[
OKOZ:
1.
03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.02 Majburiy sug‘urta;
2.
07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
3.
09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar]
[
TSZ:
1.
Moliya / Sug‘urta]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summalari va sug‘urta tariflari miqdorlari to‘g‘risida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
“Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga
muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli
qaroriga
muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
3. Belgilab qo‘yilsinki, soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi to‘lov kunida qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 80 baravarini tashkil etadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, sug‘urta mukofoti Davlat soliq qo‘mitasi (sug‘urta qildiruvchi) tomonidan vakil qilingan sug‘urtalovchiga sug‘urta qilinishi kerak bo‘lgan sug‘urta qildiruvchining har bir xodimiga to‘lash paytida amal qilgan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida to‘lanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
5. “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi (vakolatli sug‘urtalovchi) mazkur qarorda belgilangan tartibda majburiy davlat sug‘urtasi o‘tkazishni qonunchilikda belgilangan tartibda ochiq tanlov asosida keyingi vakolatli sug‘urtalovchini jalb qilgunga qadar davom ettirsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
6. “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasiga tegishli hujjatlarning nusxalari va sug‘urta zaxiralari mablag‘lari vakolatli sug‘urtalovchi etib belgilangan sug‘urta kompaniyasiga berilishini ta’minlasin.
Vakolatli sug‘urtalovchi hujjatlarni va sug‘urta zaxiralari vositalarini qabul qilsin hamda har bir keyingi yil boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan zarur sug‘urta shartnomalari tuzilishini ta’minlasin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi
qoidalarini
tasdiqlasin.
(2-7-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari R. R. Yunusov va B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 30-dekabr,
631-son