30.04.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1344
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining qarori, 30.04.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1344
Kuchga kirish sanasi
10.05.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2021
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Bank siri to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-son “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, mamlakat hududida bank kartalarini emissiya qilish, ular orqali operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha hisob-kitoblar va xizmat ko‘rsatish tartibini belgilaydi.