“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari), fermer va dehqon xo‘jaliklarining xodimning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash bo‘yicha mazkur qaror qabul qilingungacha bo‘lgan qarzlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga belgilangan tartibda to‘lanadi.
3. Vazirliklar, idoralar, mulkchilik va ishlab chiqarish shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar mazkur Qoidalarning o‘z tarkibiy bo‘linmalari va tuzilmalariga yetkazilishini, shuningdek ularning to‘g‘ri qo‘llanishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi* tufayli yetkazilgan zararni to‘lash bo‘yicha munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek mazkur Qoidalar bilan tartibga solinadi.
Mazkur Qoidalarning amal qilishi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan yollanma mehnatdan foydalanayotgan yuridik shaxslarga, yuridik shaxs bo‘lmasdan faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklariga (keyingi o‘rinlarda matnda ish beruvchi deb yuritiladi), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlagan yoki ishlayotgan hamda mehnat jarohati olgan xodimlarga joriy etiladi.
2. Ish beruvchi ish beruvchining hududida va uning tashqarisida, shuningdek ish beruvchi bergan transportda ishga kelish yoki ishdan ketish vaqtida xodimning sog‘ligiga mehnat jarohati bilan yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
Ish beruvchi, mehnat jarohati yoki boshqa mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq ravishda xodim sog‘ligiga yetkazilgan zararni, agar u yetkazilgan zarar uchun o‘zining aybdor emasligini isbot qila olmasa, xodimga yetkazilgan zararni to‘lashi shart.
3. Ish beruvchi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-texnik, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika choralari hamda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish tadbirlari ta’minlanmaganligi (mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi qoidalari va shu kabilarga rioya qilmaslik) tufayli olingan mehnat jarohati uning aybi bilan sodir etilgan deb hisoblanadi.
4. Quyidagi hujjatlar mehnat jarohati uchun ish beruvchining aybdorligini yoki javobgarligini isbotlovchi dalil bo‘lishi mumkin:
baxtsiz hodisa va ishlab chiqarishda sog‘liqqa yetkazilgan boshqa xil shikastlar to‘g‘risida dalolatnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnatni muhofaza qilish va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini, sog‘liqqa yetkazilgan zarar sabablarini nazorat qilishni amalga oshiruvchi davlat mehnat texnika inspektori yoxud boshqa mansabdor shaxslar (organlar)ning xulosasi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kelishmovchilik paydo bo‘lganda yoki ish beruvchi zararni to‘lashni rad etganda, ushbu masala qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
(4-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar sog‘ligiga yetkazilgan boshqa shikastlarni tekshirish va hisobga olish tartibi Hukumat tomonidan belgilanadi.
5. Jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi zararning kelib chiqishiga yoki uning ko‘payishiga sabab bo‘lgan taqdirda, zararning to‘lov miqdori summasi jabrlanuvchining aybiga qarab kamayishi mumkin, lekin kamayish ellik foizdan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi tufayli hamda ish beruvchining aybi bo‘lmagan hollarda, ish beruvchining javobgarligi, aybidan qat’i nazar (ya’ni uning mehnat vazifalarini bajarishda yuqori xavfli manbalar tomonidan xodim sog‘ligiga yetkazilgan zarar), zararni to‘lash summasi jabrlanuvchining aybdorligi darajasiga qarab kamayishi ham mumkin, lekin kamayish ellik foizdan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Bunda zararni to‘lashdan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jabrlanuvchining aybdorligi darajasi korxona, muassasa, tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakolatli organi qarori bilan, mazkur masala bo‘yicha kelishmovchilik paydo bo‘lganda esa — sud tomonidan belgilanadi.
Zararni to‘lashning qo‘shimcha turlariga, bir yo‘la nafaqa to‘lashga, shuningdek boquvchisining vafoti tufayli yetkazilgan zarar to‘lovlariga nisbatan aralash javobgarlik qo‘llanilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jabrlanuvchining mehnat jarohati tufayli mehnatga layoqatsizlik darajasi Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) tomonidan belgilanadi.
Kasb bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik darajasini belgilash bilan bir vaqtda, TIEK asoslari mavjud bo‘lganda, nogironlikning tegishli guruhi belgilanadi hamda jabrlanuvchining qo‘shimcha yordam turlariga bo‘lgan muhtojligi aniqlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
7. Mazkur Qoidalarga muvofiq zararni to‘lash uchun zarur bo‘lgan pul summasi, qo‘shimcha xarajatlarni qoplash hamda bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimlari) asosida oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori* oshirilganda sog‘liqning shikastlanishi bilan bog‘liq zarar yoki boquvchisining vafoti bilan bog‘liq ravishda beriladigan yo‘qotilgan ish haqi, boshqa to‘lovlarni qoplash summasi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining oshirilgan summasiga mutanosib ravishda ko‘paytiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
9. Mehnat jarohati olgandan keyin mehnat munosabatlarini to‘xtatish zararni to‘lashdan ozod qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11. Xodimga jarohat yoki sog‘lig‘iga boshqa shikast yetkazilganda jabrlanuvchining olgan yoxud olishi mumkin bo‘lgan yo‘qotgan ish haqi (daromadi) to‘lanadi.
Zarar har oyda jabrlanuvchining kasbiy mehnat faoliyatini yo‘qotish darajasiga tegishli ravishda mehnat jarohati olgunga qadar uning o‘rtacha oylik ish haqiga foizlarda, sog‘ligiga shikast yetkazilishi sababli qilingan qo‘shimcha xarajatlar kompensatsiyalarda, shuningdek belgilangan hollarda bir martalik nafaqalar to‘lashda qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish haqi yoki uning bir qismi to‘lanayotganda, jarohat olishi tufayli tayinlangan nogironlik pensiyalari, shuningdek mehnat jarohati olgunga qadar va undan keyin tayinlangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlarning boshqa turlari yetkazilgan zararni to‘lashda hisobga olinmaydi. Shuningdek jabrlanuvchining jarohat olgandan keyingi ish haqi ham zararni to‘lashda hisobga olinmaydi. Bunda jabrlanuvchilarga — mehnat jarohati bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarga zararni to‘lash miqdori belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ellik foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
12. Jabrlanuvchining yo‘qotgan ish haqi tarkibiga: ham asosiy, ham daromad solig‘i undiriladigan o‘rindoshlik ish joyi bo‘yicha mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha barcha mehnat haqi turlari; tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadi (soliq inspeksiyasi ma’lumotlari asosida); mualliflik haqi; vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi hamda homiladorlik va tug‘uruq ta’tillari davri uchun to‘langan nafaqalar kiritiladi.
O‘qish davrida to‘lanadigan stipendiya (zararni qoplash to‘g‘risida murojaat qiluvchining xohishiga ko‘ra) ish haqiga tenglashtiriladi.
13. Jabrlanuvchining yo‘qotgan ish haqi tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi: yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi qo‘yilmalari yoki paylari bo‘yicha ular tomonidan olinadigan dividendlar va foizlar, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlari; bir martalik tusdagi to‘lovlar (foydalanilmagan ta’til uchun pul kompensatsiyalari, mehnat shartnomasi to‘xtatilganda beriladigan yordam nafaqalari).
14. O‘rtacha oylik ish haqi mehnat jarohati olish yoki mehnat jarohati tufayli mehnatga layoqatsizlikdan yoxud mehnatga layoqat darajasi pasayishidan (fuqaroning tanlovi bo‘yicha) oldingi oxirgi o‘n ikki oy mobaynidagi ish (xizmat, muddatli harbiy xizmatdan tashqari) bo‘yicha aniqlanadi. Kasb kasalligiga chalingan taqdirda o‘rtacha oylik ish haqi ham bunday kasallikka sabab bo‘lgan ishni to‘xtatishdan oldingi oxirgi o‘n ikki oy bo‘yicha belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rtacha oylik ish haqi hisoblab chiqariladigan oylar sonidan (fuqaroning xohishiga ko‘ra) ish oyning birinchi kunidan boshlanmaganligi yoki to‘xtatilmaganligi munosabati bilan to‘liqsiz ish oylari hamda uch yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilish munosabati bilan beriladigan ta’til oylari (shu jumladan, to‘liq bo‘lmagan oylar), shuningdek xodim nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblangan yoki mehnat jarohati tufayli yetkazilgan zarar to‘lovini olib kelgan, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs, 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolani yoki davolash muassasasining o‘zganing parvarishiga muhtojlik haqidagi xulosasiga ko‘ra qariyalarni parvarish qilish mobaynidagi ish vaqti chiqarib tashlanadi. Bunda chiqarib tashlangan oylar bevosita boshqa oldingi oylar bilan almashtiriladi yoki ularni almashtirish imkoni bo‘lmaganda hisoblashdan chiqarib tashlanadi. Bunday almashtirish, jarohatlanishdan yoki kasb kasalligiga chalinishdan oldingi ish joyidan qat’i nazar, oxirgi ikki yil doirasida amalga oshiriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
15. O‘n ikki oydagi ish uchun o‘rtacha oylik ish haqi mazkur Qoidalarning 14-bandida ko‘rsatilgan ish haqining umumiy summasini o‘n ikkiga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi. Jabrlanuvchi zarar yetkazilgan vaqtda o‘n ikki oydan kam ishlagan taqdirda, o‘rtacha oylik ish haqi haqiqatda ishlagan umumiy ish haqini ishlagan oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.
Ish davri to‘liq oydan kam vaqtni tashkil qilgan taqdirda, zararni to‘lash miqdori shartli oylik ish haqi (daromad) miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. U quyidagi tartibda aniqlanadi: butun ishlangan vaqt davomida olingan ish haqi (daromad) kunlar soniga bo‘linadi, hosil bo‘lgan summa bir yil uchun o‘rta hisobda hisoblab chiqilgan bir oydagi ish kunlari soniga ko‘paytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Haqiqiy ish haqi miqdori to‘g‘risidagi hujjatlarni olish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda zararni to‘lash miqdori zararni to‘lash to‘g‘risida murojaat qilingan vaqtda belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Jabrlanuvchining o‘rtacha oylik ish haqi miqdori pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan ko‘p bo‘lmagan hollarda ham yetkazilgan zararni to‘lash miqdori xuddi shu tartibda hisoblab chiqiladi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Balog‘atga yetmaganlar mehnat jarohati olgan taqdirda, zarar uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, ammo qonunchilikda belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining besh baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Agar bir ish beruvchida ishlangan davrda mehnat jarohati takroran olingan taqdirda o‘rtacha oylik ish haqi jabrlanuvchining xohishiga ko‘ra birinchi yoki takroriy mehnat jarohati olingandan ilgarigi tegishli davrlar bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Zararni to‘lash miqdori kasbga doir mehnatga layoqatsizlikning umumiy foiziga qarab hisoblab chiqiladi.
Agar mehnat jarohatlari turli ish beruvchilarda ishlaganda olingan bo‘lsa, u holda zararning to‘lov miqdorini aniqlash har bir ish beruvchi tomonidan, tegishli mehnat jarohati bo‘yicha kasbga doir mehnatga layoqatsizlik foiziga qarab alohida amalga oshiriladi.
18. Chet ellarda ishlagan xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi) chet elda ishlaganlik uchun to‘lovlarni chiqarib tashlagan va mazkur Qoidalarning 8-bandini hisobga olgan holda umumiy asoslarda hisoblab chiqiladi.
19. Ishlab chiqarish ta’limini (amaliy mashg‘ulotni) o‘tash davrida mehnat jarohati olgan fuqarolarning o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi) jabrlanuvchining qaysi kasb (mutaxassislik) bo‘yicha o‘qiganligiga qarab, shu kasb (mutaxassislik) stavkasi (maosh)dan kelib chiqqan holda (ammo 2 razryaddan past emas) hisoblab chiqiladi. O‘qish (amaliy mashg‘ulot) davomida ish haqi (daromad) olgan shaxslarga, ularning xohishiga ko‘ra, o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi) shu davr uchun hisoblab chiqiladi. Jabrlanuvchilarning xohishiga ko‘ra, o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi) o‘qish davrida to‘langan stipendiya bo‘yicha ham hisoblab chiqilishi mumkin.
20. Mehnat jarohati tufayli o‘zining roziligi bilan vaqtincha yengilroq, kam haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilgan jabrlanuvchiga ish haqi mehnatga layoqati tiklangunga qadar mehnat jarohati olgandan avvalgi o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi)dan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa ishga o‘tkazish zarurligi, uning davom etish muddati va tavsiya etiladigan ish turi TIEK xulosasiga muvofiq belgilanadi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Agar jabrlanuvchi mehnat jarohati tufayli avvalgi ishini bajara olmagan taqdirda ish beruvchi jabrlanuvchini uning xohishiga ko‘ra TIEK xulosasiga muvofiq, o‘z hisobidan yangi kasbga o‘qitishi shart.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Yangi kasbga o‘qitish davrida jabrlanuvchiga mehnat jarohati olgunga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi) to‘lanadi. Mazkur davrda zararni qoplash summasini to‘lash umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Etkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan ish beruvchi jabrlanuvchiga, o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi)dan tashqari, mehnat jarohati tufayli qilingan qo‘shimcha xarajatlarni ham to‘lashga majburdir. To‘lanadigan bunday xarajatlarga davolash, protezlash, qo‘shimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish, sanatoriya-kurortda davolanish, shu jumladan jabrlanuvchining davolanadigan joyga borish va kelish yo‘l xarajatlari, zarur hollarda esa shuningdek o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lganda, kuzatib boruvchi shaxsning ham yo‘l xarajatlari, maxsus transport vositalarini sotib olish va boshqa turli yordam xarajatlari, agar u TIEK tomonidan yordamning ushbu turlariga muhtoj deb topilgan bo‘lsa va ularni tegishli tashkilotlardan bepul olish huquqi bo‘lmasa, shuningdek jabrlanuvchi bilan ish beruvchi o‘rtasida zararni to‘lash bo‘yicha bahs paydo bo‘lganda hamda bahs jabrlanuvchi foydasiga hal bo‘lgan hollarda advokat yollash uchun qilingan xarajatlar kiradi.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Dori-darmonlar sotib olish uchun qilingan xarajatlar davolovchi shifokor tomonidan yozib berilgan belgilangan shakldagi retsept hamda pul to‘langanligi to‘g‘risidagi chek taqdim etilganda ish beruvchi tomonidan jabrlanuvchiga to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun TIEKning uy sharoitida parvarishga muhtojlik haqidagi xulosasi talab qilinmaydi (ular maxsus tibbiy parvarishga muhtoj bo‘lgan hollar bundan mustasno).
(22-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Mazkur bandda ko‘rsatilgan yordamning bir nechta turlariga muhtoj bo‘lgan jabrlanuvchiga yordamning har bir turini olish bilan bog‘liq xarajatlar to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Maxsus tibbiy parvarishga muhtoj bo‘lgan jabrlanuvchilar uchun qo‘shimcha xarajatlar har oyda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ikki baravari miqdorida belgilanadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Uy sharoitida parvarish qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar har oyda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ellik foizi miqdorida belgilanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ham maxsus tibbiy parvarishga, ham uy sharoitidagi parvarishga muhtoj bo‘lgan jabrlanuvchiga uy sharoitidagi parvarish bilan bog‘liq xarajatlar maxsus tibbiy parvarish xarajatlariga qo‘shimcha ravishda to‘lanadi.
Jabrlanuvchini parvarish qilish uchun qo‘shimcha xarajatlar, ularning kim tomonidan amalga oshirilishidan qat’i nazar, to‘lanadi.
Boshqa qo‘shimcha xarajatlar miqdori tegishli tashkilotlarning schyotlari va boshqa hujjatlar asosida yoxud jabrlanuvchi tomonidan ushbu xarajatlar qilingan vaqtdagi narxlarga muvofiq aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Jabrlanuvchining sanatoriy-kurortda davolanishga muhtojligi haqida TIEK xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda, unga har yilgi mehnat ta’tilidan tashqari davolanish uchun qo‘shimcha ta’til beriladi. Davolanish uchun berilgan ta’til vaqti uchun to‘lov har yilgi ta’til to‘lovi uchun belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Davolanish davridagi zararni to‘lash umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Mehnat jarohati olgan xodim boshqa ishga o‘tganda, davolanish uchun berilgan qo‘shimcha ta’til uchun to‘lov zarar yetkazilgani uchun mas’ul bo‘lgan ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Jabrlanuvchi, shuningdek uni kuzatib boruvchi shaxsning yo‘l kira xarajatlarini to‘lash miqdori xizmat safari to‘g‘risidagi normativ hujjatlarga muvofiq aniqlanadi.
25. Yo‘qotilgan ish haqi (daromadi)ni to‘lashdan zararni to‘lashning boshqa turlaridan tashqari, ish beruvchi jabrlanuvchiga bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘laydi.
Xodim sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar bilan bog‘liq holda ish beruvchi tomonidan to‘lanadigan bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa — ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakolatli organi o‘rtasidagi bitim bo‘yicha aniqlanadi. Bir yo‘la beriladigan nafaqa miqdori jabrlanuvchining bir yillik ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
Yillik ish haqi miqdori mazkur Qoidalarning 14 va 15-bandlariga muvofiq hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik ish haqini o‘n ikkiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Xodim mehnat jarohatiga bog‘liq holda vafot etgan taqdirda, ish beruvchi marhumning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz, shuningdek o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga yoki marhum vafot etgan kungacha undan pensiya (nafaqa) olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga, marhumning vafotidan so‘ng tug‘ilgan farzandiga, shuningdek ota-onalaridan biriga, umr yo‘ldoshiga yoki oilasining ishlamaydigan va vafot etganning 3 yoshga to‘lmagan bolalari, ukalari, singillari yoki nabiralari parvarishi bilan band bo‘lgan boshqa a’zosiga zararni to‘lashi shart.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18 yoshdan oshgan shaxslar, agar ular shu yoshga yetgunga qadar nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan bo‘lsa;
(26-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oila a’zosining mehnatga layoqatsizligi boshlangan vaqt (boquvchining vafotigacha yoki vafotidan keyin) uning zarar to‘lovini olish huquqiga ta’sir etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
18 va undan katta yoshdagi o‘quvchilar o‘quv yurtlarining tugatgunlariga qadar, ammo ko‘pi bilan 23 yoshgacha zarar to‘lovini olish huquqiga egadirlar.
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
27. Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va boquvchining vafoti tufayli zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar uchun zarar miqdori vafot etgan shaxsning o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan uning o‘ziga va qaramog‘idagi mehnatga layoqatli, ammo zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolarga to‘g‘ri keladigan ulushni chegirib tashlagan holda belgilanadi.
Zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning har biriga beriladigan zarar to‘lovlari miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning hammasiga to‘g‘ri keladigan ulush ularning soniga taqsimlanadi.
Vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lmagan, ammo zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar uchun zarar to‘lovi miqdori sud tartibida belgilanadi.
Vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan va bo‘lmagan shaxslar ayni bir vaqtda zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lishgan taqdirda zarar to‘lovlari miqdori eng avvalo vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lmagan shaxslar uchun belgilanadi. Ular uchun belgilangan zarar to‘lovi summasi boquvchining ish haqidan chegirib tashlanadi, so‘ng ish haqining qolgan miqdoriga qarab vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar uchun zarar to‘lovi miqdori mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boquvchisini yo‘qotganlik tufayli zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar uchun ularga boquvchi vafoti tufayli tayinlangan pensiya, shuningdek boshqa pensiyalar, ish haqi, stipendiyalar va boshqa daromadlar zarar to‘lovi hisobiga kiritilmaydi. Bunda qaramog‘ida bo‘lgan har bir shaxs hisobiga zarar to‘lovi miqdori qonunchilikda belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining ellik foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
(27-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. Boquvchisini yo‘qotganlik tufayli zarar to‘lovi olishga huquqi bo‘lganlardan har biriga belgilangan zarar miqdori keyinchalik hisob-kitob qilinmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
vafot etgan boquvchining farzandlarida, nabiralari, ukalari va singillarini uch yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bilan band bo‘lgan shaxslarga zarar to‘lovlari belgilanganda yoki to‘xtatilganda;
vafot etganning qaramog‘ida bo‘lgan yoki u vafot etgan kungacha uning ta’minotida bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar soni o‘zgarganda.
Ko‘rsatib o‘tilgan hollarda zararni to‘lash miqdori, zararni undirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar soni ko‘payishi yoki kamayishi hisobga olingan holda, mazkur Qoidalarning 27-bandiga muvofiq qayta hisoblab chiqiladi.
29. Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga ish beruvchi vafot etganning kamida oltita o‘rtacha yillik ish haqining ushbu shaxslar soniga bo‘lingan summasida bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘laydi.
Oltita o‘rtacha yillik ish haqi miqdori mazkur Qoidalarning 14 va 15-bandlariga muvofiq hisoblab chiqilgan vafot etganning o‘rtacha oylik ish haqi (daromadi)ni yetmish ikkiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
30. Sog‘liq shikastlanganligi tufayli bir yo‘la beriladigan nafaqa olingandan keyin xodim mehnat bilan bog‘liq holda jarohatlanishi munosabati bilan vafot etgan taqdirda, ish beruvchi vafot etganning kamida beshta o‘rtacha yillik ish haqi miqdorida bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lashi shart.
31. Xodim mehnat bilan bog‘liq holda jarohatlanishi munosabati bilan vafot etgan taqdirda ish beruvchi qo‘shimcha ravishda dafn etish uchun zarur xarajatlarni ushbu xarajatlarni sarflagan shaxsga to‘lashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Ish beruvchi kasb bo‘yicha mehnat layoqatini yo‘qotgan xodimga ishlab chiqarishda nobud bo‘lganning oila a’zolariga amaldagi qonunchilikka muvofiq ularning zararni to‘lashga bo‘lgan huquqlarini va ushbu masalalar bilan ish beruvchiga murojaat qilish tartibini tushuntirishi hamda zararni to‘lash to‘g‘risidagi talablarni berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni olishda ariza beruvchiga ko‘maklashishi va tegishli hollarda ushbu hujjatlarni boshqa tashkilotlardan talab qilishi shart.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
33. Zararni to‘lash to‘g‘risidagi ariza ish beruvchiga beriladi. Zararni to‘lash to‘g‘risidagi arizaning nusxasi kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yoxud korxona xodimlarining boshqa vakolatli organiga beriladi.
34. Ish beruvchi zararni to‘lash to‘g‘risidagi arizani ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda ko‘rib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart.
Qaror ish beruvchining buyrug‘i (farmoyishi) bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq asoslangan bo‘lishi zarur, unda zarar to‘lovini oladigan shaxslar, oilaning har bir a’zosi uchun uning miqdorlari va to‘lash muddatlari ko‘rsatiladi.
Ish beruvchining zararni to‘lash yoki asoslangan rad etish haqidagi buyrug‘i nusxasi xodimga yoki manfaatdor shaxslarga buyruq chiqarilgan kundan boshlab 3 kun muddatda topshiriladi.
35. Zararni to‘lash to‘g‘risidagi arizaga Davolash-mehnat ekspertiza komissiyasining kasb bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik darajasi to‘g‘risidagi hamda tegishli hollarda jabrlanuvchining qo‘shimcha yordam turlariga muhtojligi haqidagi xulosasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Davolash-mehnat ekspertiza komissiyasida sog‘liqni tekshiruvdan o‘tkazish va qayta tekshirishdan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Boquvchisini yo‘qotganlik tufayli zarar to‘lanishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga zararni to‘lash haqidagi arizaga fuqarolik holati dalolatnomlarini yozish organi (FHDY) tomonidan boquvchining vafoti to‘g‘risida berilgan guvohnoma nusxasi ilova qilinadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Tegishli hujjatlar bo‘lmaganda hamda ularni tiklash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, qaramog‘ida bo‘lganlik holati sud tomonidan belgilanadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
39. Jabrlanuvchining yoki boshqa manfaatdor shaxslarning iltimosiga ko‘ra korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar tomonidan vakil qilingan boshqa vakolatli organ ish beruvchi bilan muzokaralarda jabrlanuvchi tomonidan qatnashish uchun o‘z vakilini ajratadi.
40. Xodim yoki manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan norozi bo‘lgan yoki belgilangan muddatda javob olinmagan taqdirda ushbu nizoni hal etish uchun sudga murojaat qilishlari mumkin. Korxonaning kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlar tomonidan vakil qilingan vakolatli organ manfaatdor shaxslarning roziligiga ko‘ra ariza bilan sudga murojaat qilishi va sud jarayonida qatnashishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
41. Chet elda ishlagan davrda mehnat jarohati olgan xodimlar va boquvchisi vafot etgan taqdirda ularning oila a’zolari tomonidan zarar to‘lovini olish to‘g‘risidagi ariza xodimni chet elga ishga yuborgan vazirlikka, idoraga, tashkilotga, korxonaga beriladi.
42. Belgilangan tartibda xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar deb e’tirof etilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) taqdirda zararni to‘lash bo‘yicha tegishli to‘lovlarni to‘lash majburiyati uchun uning huquqiy vorisi javob beradi. Zararni to‘lash to‘g‘risidagi talab ham unga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilishida, bu belgilangan tartibda qayta tashkil etish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, javobgar bo‘lgan qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi), fermer xo‘jaligi, yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xo‘jaliklarida mablag‘lar mavjud bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda zararni to‘lash summasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari deb yuritiladi) tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadi.
Xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) fermer xo‘jaliklariga aylantirilganda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq zararni to‘lash summasi, qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi)da mablag‘ bor-yo‘qligidan qat’i nazar, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan ushbu jamg‘arma mablag‘laridan to‘lanadi.
Qayta tashkil etish komissiyasi yuqorida ko‘rsatilgan organlarga to‘lovni bundan keyin amalga oshirish uchun jabrlanuvchining zarur bo‘lgan barcha hujjatlarini beradi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Mehnat jarohati uchun javobgar bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda tugatish komissiyasi zararni to‘lash summasini bundan keyin to‘lash uchun zarur summani tugatilayotgan yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining mablag‘lari jamlanadigan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlarining maxsus maqsadli budjetdan tashqari hisob raqamlariga o‘tkazishi kerak.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
45. Agar jabrlanganga yoki zararni undirishga huquqi bo‘lgan shaxslarga zarar summasini to‘lash muayyan davrga belgilangan bo‘lsa, u holda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazish uchun mazkur summani hisoblab chiqish yuridik shaxs tugatilgan kunda mazkur Qoidalarda belgilangan miqdorda, biroq kamida besh yil uchun amalga oshiriladi.
46. Agar yuridik shaxs tugatilgan kunda jabrlanuvchilarga yoki bunga huquqi bo‘lgan shaxslarga zarar summasini to‘lash muddatsiz belgilangan bo‘lsa, u holda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lash uchun mazkur summani hisoblab chiqish O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha umr ko‘rish yoshi hisobga olingan holda yuridik shaxs tugatilgan kunda mazkur Qoidalarda belgilangan miqdorda, biroq kamida 5 yil uchun amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisob-kitob qilish uchun qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha umr ko‘rish yoshi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining manfaatdor organlari va tashkilotlari e’tiboriga yetkaziladi.
(46-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Zararni to‘lash uchun summalarni o‘tkazish tugatilayotgan yuridik shaxsning mablag‘lari yoki mol-mulki mavjud bo‘lmaganligi yoki yetarli emasligi sababli mumkin bo‘lmagan hollarda va zararni to‘lash uchun summalarni o‘tkazish tugatilayotgan qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi), fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligida mablag‘ yo‘qligi yoki yetarli emasligi tufayli mumkin bo‘lmagan hollarda, bu tugatish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan taqdirda, shuningdek agar yuridik shaxs tugatilgandan keyin jabrlanganlarda yoki zarar to‘lanishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslarda, mazkur Qoidalarga muvofiq, ularni olish uchun qo‘shimcha yoki yangi huquqlar paydo bo‘lganda zararni to‘lash summasi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan ushbu jamg‘arma mablag‘laridan to‘lanadi.
Tugatish komissiyasi bundan keyin to‘lovni amalga oshirish uchun jabrlanganlarning zarur bo‘lgan barcha hujjatlarini yuqorida ko‘rsatilgan organlarga beradi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari zarar to‘lanishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning yashash joylari bo‘yicha zarar summasi to‘lovini mazkur Qoidalarga muvofiq hisoblab chiqilgan miqdorda amalga oshiradilar.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda zarar summasini to‘lash tartibi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
a) jabrlanuvchilarga — ular mehnat jarohati oqibatida kasb bo‘yicha mehnatga layoqatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan kundan boshlab;
b) boquvchining vafoti tufayli zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga — boquvchining vafot etgan kunidan, ammo faqat zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lingan vaqtdan boshlab to‘lanadi.
51. Zararni undirish to‘g‘risida ariza jabrlanuvchining mehnat jarohati tufayli kasb bo‘yicha mehnatga layoqati yo‘qotilgandan yoki boquvchining vafotidan 3 yildan keyin berilgan taqdirda zararni to‘lash bu haqda murojaat qilingan kundan boshlab amalga oshiriladi.
52. Zarar to‘lovlarini olish muddatini uzaytirish zarur hujjatlar taqdim etilishi bo‘yicha avvalgi to‘lovlar muddati tugagan kundan boshlab amalga oshiriladi.
53. O‘rtacha oylik ish haqi (daromad) bo‘yicha zararni to‘lash mehnat jarohati tufayli jabrlanuvchi kasb bo‘yicha mehnat layoqatini yo‘qotganlik belgilangan muddat uchun, qo‘shimcha xarajatlarni to‘lash esa ularga muhtojlik belgilangan muddat davomida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
54. Ish beruvchi jabrlanuvchini yoki manfaatdor shaxslarni zararni to‘lash miqdori qayta hisoblanishiga sabab bo‘lgan ma’lumotlar bilan tilxat bo‘yicha tanishtirishi shart, jabrlanuvchi yoki manfaatdor shaxslar esa o‘z navbatida zarar to‘lovi miqdori qayta hisoblanishiga sabab bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida yozma ravishda ma’lum qilishlari shart (pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oshgan hollar bundan mustasno).
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa zararni undirish huquqi olingan kundan boshlab bir oy mobaynida to‘lanadi.
Zarar to‘lovlari summasini oluvchiga yetkazib berish va jo‘natish xarajatlari yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi.
Ushbu summalar, oluvchilarning xohishiga ko‘ra, ularning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazilishi mumkin.
zararni qoplash miqdorini oshirish huquqi vujudga kelganda — tegishli holatlar yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab;
qoplash miqdorining kamaytirilishiga sabab bo‘luvchi holatlar yuzaga kelganda — tegishli holatlar yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Zararni undiruvchi shaxs keksalar yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar uyiga (pansionatga) joylashtirilgan taqdirda, unga zararni qoplash miqdori bilan u erdagi parvarish qilish qiymati o‘rtasidagi farq to‘lanadi, ammo bu tayinlangan zarar qoplanishi summasining 25 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Agar ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz kishilar bor bo‘lsa zarar quyidagi tartibda qoplanadi: qaramog‘idagi mehnatga layoqatsiz bir kishi hisobiga — belgilangan qoplash summasining chorak qismi, ikki kishi hisobiga — uchdan bir qismi, uch va undan ko‘p kishi hisobiga yarmi qoplanadi. To‘lovning qolgan qismi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uyida (pansionatda) parvarish qilish qiymatini chegirib tashlagan holda, ammo zarar qoplanishi miqdorining 25 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, jabrlanuvchining o‘ziga to‘lanadi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
58. Sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilib jazo muddatini o‘tash davrida qoplanishi kerak bo‘lgan zarar summasi oluvchining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi va unga ozodlikdan mahrum etilgan joydan chiqqandan keyin to‘lanadi.
59. Tayinlangan, ammo jabrlanuvchi yoki zararni undirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan o‘z vaqtida olinmagan to‘lov uni olish haqida murojaat qilingan oldingi 3 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt uchun to‘lanadi.
Zarar uchun javobgar bo‘lgan ish beruvchining aybi bilan o‘z vaqtida olinmagan zararni qoplash summasi biron-bir muddat bilan chegaralanmagan holda o‘tgan davr uchun to‘lanadi.
60. Jabrlanuvchiga yoki boquvchining vafoti tufayli zararni undirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga tegishli bo‘lgan va vafot etish tufayli ular tomonidan to‘liq olinmay qolgan zarar undirish summasi umumiy asoslarda ularning merosxo‘rlariga to‘lanadi.
61. Jabrlanganlarga yoki zararni undirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga ortiqcha to‘langan zarar to‘lovi summasi, agar ular tomonidan suiiste’mol qilish oqibatida (qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yo‘qotgan taqdirda zarar summasini undirish tayinlangan oila tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilmasligi natijasida va boshqalar) yoxud sanoqdagi xato oqibatida asossiz to‘langan bo‘lsa, qaytarib olinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Noto‘g‘ri olingan zarar to‘lovi summasini qaytarib olish mehnatga haq to‘lash summasidan chegirib qolishda qonunchilikda belgilangan kafolatlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
(61-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Zararni qoplash summasini to‘lash to‘xtatilgan taqdirda ortiqcha to‘langan summa bo‘yicha qarzning qolgan qismi sud tartibida undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
62. Zarar summasini to‘lash davrida zararni qoplash tayinlanishi to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi (sudning qarori), jabrlanuvchi va boshqa manfaatdor shaxslarning zararni qoplash tayinlanishi to‘g‘risidagi arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ish beruvchining buxgalteriyasida har bir oluvchining alohida hujjatlar yig‘majildida, ish beruvchi tugatilgan taqdirda esa — ish beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlarida saqlanadi.
(62-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 09/23/119/0160-son)
Zarar summasini to‘lash to‘xtatilgandan ikki yil keyin ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar yig‘majildlari ish beruvchining arxiviga yoki budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga doimiy saqlash uchun topshiriladi.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
63. O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun jo‘nab ketgan shaxslarga zararni to‘lash O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni ish beruvchilar tomonidan to‘lash Qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 1-fevraldagi 48-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 2-son, 7-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularning ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2001-yil 1-martdagi 103-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 13-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilovaning II bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)