LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 6-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3298, 06.05.2021-y.) asosan 2021-yil 10-avgustdan davlat reyestridan chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 368-son “Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2004-yil 5-maydagi 209-son “Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq qaror qilamiz:
1. Investorlarga “nol” xarid qiymati bo‘yicha berilgan past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar bo‘yicha oldingi yillardagi to‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarzlari, shu jumladan ular bo‘yicha hisoblangan penya va jarimalar summalarini aniqlash va hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining 2004-yil 13-dekabrdagi 119, 2004-63, 01/06-20-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2003-yil 26-avgustdagi 368-son, “Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2004-yil 5-maydagi 209-son va “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorlariga muvofiq investorlarga (shu jumladan, chet ellik investorlarga) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotilgan past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat budjeti), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — davlat maqsadli jamg‘armalari)ga to‘lovlar bo‘yicha oldingi yillardagi to‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarzlari, shu jumladan, ular bo‘yicha hisoblangan penya va jarimalar summalarini (keyingi o‘rinlarda — qarzdorlik)ni aniqlash va hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi.
1. To‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarz summalari investorlarga investitsiya majburiyatlariga asosan “nol” xarid qiymati bo‘yicha beriladigan past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalari bo‘yicha hisobdan chiqariladi.
2. Xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotilayotgan davlat mulki obyektlari ro‘yxatini shakllantirish va tanlov shartlarini tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan, Davlat mulki obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nul” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan aniqlanadi.
3. To‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarz summalari sotish obyektini “nul” xarid qiymati berish shartnomasini sotuvchi bilan tanlov g‘olibi o‘rtasida rasmiylashtirish yilining boshlanishida qayd etilgan, ushbu korxonaning ular bo‘yicha hisoblab yozilgan jarimalari va penyalarini hisobga olgan holda Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarning jami summasidan kelib chiqib aniqlanadi.
4. Uni qoplashning haqiqatdagi manbalariga ega bo‘lmagan qarz to‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarz deb topiladi, u quyidagi formulaga ko‘ra aniqlanadi:
Qb — sotuvchi bilan tanlov g‘olibi o‘rtasida sotish obyektini “nul” xarid qiymati berish shartnomasi rasmiylashtirilgan yilning boshlanishida hosil bo‘lgan, jarima va penyalarni hisobga olgan holda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi jami qarz;
Iz — ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot va tovarlar (buxgalteriya balansining 150-satri + 170-satri + 180-satri);
Pm — pul mablag‘lari va qisqa muddatli investitsiyalar (buxgalteriya balansining 320-satri + 370-satri);
Kr — kreditorlik qarzi summasi (buxgalteriya balansining 610-satri + 670-satri + 690-satri + 720-satri + 760-satri).
Buxgalteriya balansining shakli o‘zgargan taqdirda, buxgalteriya balansining yuqorida ko‘rsatilgan satrlarining raqamlari tegishlicha o‘zgaradi.
Bunda sotuvchi bilan tanlov g‘olibi o‘rtasida sotish obyektini “nul” xarid qiymati berish shartnomasi rasmiylashtirilgan yilning boshlanishida hosil bo‘lgan, ular bo‘yicha hisoblab yozilgan jarima va penyalarni hisobga olgan holda, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi jami qarz summasidan oshadigan to‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarz summasi hisobdan chiqarilmaydi.
5. To‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarz summasining hisob-kitobi uchun buxgalteriya balansining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish” O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (19-son BHMS) (ro‘yxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr) bilan belgilangan tartibda o‘tkazilgan, korxonaning aktivlari va majburiyatlarini inventarlash natijalari bilan asoslangan tegishli moddalari qo‘llanadi.
6. Investorlarga davlat korxonalarini investitsiya majburiyatlariga asosan “nul” xarid qiymati berish shartnomasi rasmiylashtirilganidan keyin ushbu korxonalarning o‘tgan yillardagi to‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarzlarini hisobdan chiqarish amalga oshiriladi.
Bunda Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlaydigan, iqtisodiy nochor davlat korxonalari va past likvidli obyektlarni investorlarga “nul” xarid qiymati berish bo‘yicha hududiy komissiyaga (bundan keyin — Komissiya) quyidagilar taqdim etiladi:
obyektni “nul” xarid qiymati olgan investorlar tomonidan — o‘tkazilgan inventarizatsiyalash natijalari bilan asoslangan buxgalteriya balansi;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan — sotish obyektini “nul” xarid qiymati berish shartnomasi sotuvchi bilan tanlov g‘olibi o‘rtasida rasmiylashtirilgan yilning boshlanishida hosil bo‘lgan, ular bo‘yicha hisoblab yozilgan penya va jarimalarni hisobga olgan holda, Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha o‘tgan yillar qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha).
7. Komissiya mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq to‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarz summasini aniqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari to‘plami, 2003-yil, 8-son, 78-modda) muvofiq qarzni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qarzni hisobdan chiqarish soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha butun mavjud qarzga mutanosib ravishda amalga oshiriladi (qarzni mutanosib ravishda hisobdan chiqarishga misol mazkur Nizom ilovasida keltirilgan).
Komissiyaning qaroriga asosan hisobdan chiqarilgan qarz summalarini soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarida aks ettiradilar;
belgilangan tartib va muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga hisobdan chiqarilgan qarz summalari to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etadilar.
9. Ular bo‘yicha hisoblab yozilgan penya va jarimalarni hisobga olganda, korxonaning o‘tgan yillar qarzlarini Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lashga doir, to‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarz summasidan ortiqcha majburiyatlari sotuvchi bilan xaridor o‘rtasida korxonani “nul” xarid qiymati berish shartnomasi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab investorga o‘tadi.
10. Davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari qarzning hisobdan chiqarilgan summalari soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarida to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilishi uchun shaxsan javob beradilar.
11. Obyektni “nul” xarid qiymati olgan investorlar buxgalteriya balansining ko‘rsatkichlari bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka ega bo‘ladilar.
ming so‘m | ||||||||
T/r | Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari | O‘tgan yillar qarzlarining summasi, jami | Asosiy qarz summasi | Asosiy qarz summasida salmog‘i (%da) | Penya | Penya summasida salmog‘i (%da) | Jarimalar | Jarimaning butun summasida salmog‘i (%da) |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 |
1. | Yuridik shaxslar foydasiga solinadigan soliq | 135 | 100 | 54,1 | 25 | 52,1 | 10 | 37,0 |
2. | QQS | 75 | 50 | 27,0 | 15 | 31,3 | 10 | 37,0 |
3. | Mol-mulk solig‘i | 35 | 25 | 13,5 | 5 | 10,4 | 5 | 18,5 |
4. | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar | 15 | 10 | 5,4 | 3 | 6,3 | 2 | 7,4 |
5. | Jami | 260 | 185 | 71,2* | 48 | 18,5* | 27 | 10,4* |