01.10.2018 yildagi -son
2. Tomonlar yoki Ijro etuvchi tashkilotlar o‘zlarining vakolatlari doirasida, quyidagi 3-moddada sanab o‘tilgan sohalarda Hamkorlik dasturlarni ishlab chiqish uchun boshqa muassasalarni tayinlashlari mumkin. Bunday holda, Tomon yoki Ijro etuvchi tashkilot boshqa Tomon yoki Ijro etuvchi tashkilotni muayyan Hamkorlik dasturiga mas’ul etib tayinlangan muassasa to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qiladi.
3. Mazkur Bitimning 3-moddasida nazarda tutilgan Hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun har qanday boshqa tashkilotlarni tayinlash Tomonlarning o‘zlari tomonidan belgilanadi.
1. Mazkur Bitim maqsadlarida “Intellektual mulk” atamasidan 1967-yil 14-iyulda Stokgolmda imzolangan Butunjahon intellektual mulk tashkilotini tashkil etish to‘g‘risidagi Konvensiyaning 2-moddasi hamda Savdo bilan bog‘liq jihatlar bo‘yicha Intellektual Mulk Huquqi Bitimi (TRIPS)ning 1-moddasida nazarda tutilishi bo‘yicha TRIPS Bitimining II qismi, 1 — 7-bo‘limlarining predmeti hisoblanuvchi intellektual mulkning barcha toifalariga nisbatan qo‘llaniladi.
1. O‘zlarining tegishli qonun va qoidalariga muvofiq, shuningdek, mazkur Bitimning 10-moddasida nazarda tutilgan maxfiylik shartlariga rioya qilgan holda Tomonlar va ularning Ijro etuvchi tashkilotlari o‘zaro ishonch va mantiqiy muddatlarda mazkur Bitim doirasida birgalikda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar va ishlarning natijalaridan, hamkorlikning tanlab olingan istalgan sohasida Ijroiya kelishuviga muvofiq, foydalanishni ta’minlaydilar.
2. Mazkur Bitim 10 (o‘n) yil davomida amal qiladi, basharti Tomonlardan biri 16-moddaning 3-bandiga muvofiq hamkorlikni tugatish niyatida bo‘lmasa, keyingi 5 (besh) yillik davrlarga o‘z-o‘zidan uzayaveradi;