[
OKOZ:
1.
19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.04.00 Muzokaralar olib borish. Bayonnoma masalalari]
[
TSZ:
1.
Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Chili Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida
Memorandum
Siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida
2016-yil 7-oktabr, Toshkent
(O‘zbekiston Respublikasi uchun 2016-yil 7-oktabrdan kuchga kirgan)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Chili Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining qoidalari va xalqaro huquqning umum-e’tirof etilgan normalariga amal qilib,
ikki tomonlama munosabatlarda umumiy qiziqish uyg‘otadigan xamda mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha turli darajalarda maslahatlashuvlar o‘tkazish o‘zaro manfaatliligini inobatga olib,
quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:
1-modda
Tomonlar umumiy qiziqish uyg‘otadigan qator masalalar yuzasidan muntazam ravishda ikki tomonlama, mintaqaviy yoki ko‘p tomonlama miqyosda siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazib turishlari mumkin.
2-modda
Bunday uchrashuvlar mutanosib ravishda O‘zbekiston va Chili yoki uchinchi davlatda o‘tkaziladi. Mazkur uchrashuvlar ishtirokchilarining darajasi, uchrashuv vaqti, joyi va kun tartibi oldindan diplomatik kanallar orqali kelishiladi.
Tomonlar, o‘zaro kelishuvga muvofiq umumiy qiziqish uyg‘otadigan ayrim masalalarni muhokama qilish uchun ad hos (maxsus) ishchi guruhlar tuzishlari mumkin.
3-modda
Tomonlar quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkizishlari mumkin:
a) ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish;
b) umumiy qiziqish uyg‘otadigan global va mintaqaviy masalalar;
v) umumiy manfaatlardan kelib chiqadigan boshqa masalalar bo‘yicha axborot almashish.
4-modda
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, tuzilmalar va forumlar, xususan Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida pozitsiyalarini o‘zaro kelishish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishlari mumkin.
5-modda
Tomonlar o‘zaro tashriflar yo‘li bilan aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashish, tajriba va fikr almashish maqsadida bahamjihat harakat qilish uchun qulay sharoitlar yaratishlari mumkin.
6-modda
Tomonlar mazkur Memorandumga o‘zaro kelishuv asosida o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishlari mumkin.
Mazkur Memorandumni qo‘llash yoki talqin qilish bilan bog‘liq vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklar Tomonlar o‘rtasida muzokaralar va/yoki maslahatlashuvlar yo‘li bilan hal etiladi.
7-modda
Mazkur Memorandum imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Mazkur Memorandum nomuayyan muddatga tuziladi. Tomonlardan biri boshqa Tomonni mazkur Memorandumning amal qilishini tugatish haqidagi o‘zining istagi to‘g‘risida diplomatik kanallar orqali olti oy oldin xabardor qilguniga qadar amal qiladi.
Toshkent shahrida 2016-yil 7-oktabrda ikki asl nusxada, har biri o‘zbek, ispan va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)