Bojxona deklaratsiyasini berish yoki ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini mazkur hududdan bevosita olib chiqishga qaratilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish, shuningdek tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan keyingi barcha harakatlarni ular amalda bojxona chegarasini kesib o‘tguniga qadar bajarish tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish shartlari hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar bojxona organlariga davlat tilida yoki xalqaro tashishlarda qo‘llaniladigan boshqa tillarda taqdim etiladi. Xalqaro tashishlarda qo‘llaniladigan boshqa tillarda taqdim etilgan hujjatlar, zarur hollarda, davlat tiliga tarjima qilinib, tashuvchi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Mazkur moddaning ikkinchi qismi “a” bandida ko‘rsatib o‘tilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan faqat bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish shartlariga muvofiq bo‘lgan maqsadda foydalanilishi kerak. Mazkur tovarlardan ular shartli chiqarib yuborilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinib, bojxona to‘lovlarini to‘lash majburiyati tiklanadi.
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismi “d” bandida ko‘rsatib o‘tilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlar uchun taqdim etilmagan muvofiqlik sertifikatini yoki sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish talab etilsa, ushbu tovarlardan foydalanish, ularni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan ularni sotish yoki o‘zga usulda boshqa shaxsga o‘tkazish orqali berish taqiqlanadi, mazkur tovarlarni olib kirishga doir cheklovlar ushbu tovarlarning sifati va xavfsizligi tekshirilishi munosabati bilan belgilangan hollarda esa har qanday shaklda foydalanish (ishlatish) taqiqlanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan tovarlarni faqat reklama, namoyish qilish va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida bitta nusxadan vaqtincha olib chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda, tovarning olib chiqishdagi bojxona qiymatidan va (yoki) miqdoridan hamda tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish ma’lum qilingan kuni amalda bo‘lgan bojxona bojlari va soliqlar stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan bojxona bojlari hamda soliqlar to‘lanadi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda, tovarlarni vaqtincha olib chiqqan va ularni ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda qaytarib olib kirmagan shaxs vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etmaganlik uchun javobgar bo‘lmaydi.
ular mazkur Kodeksning 49-moddasiga muvofiq qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarga ekvivalent bo‘lgan tovarni qayta ishlash natijasida olingan bo‘lsa;
Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan operatsiyalar va harakatlarning amalga oshirilishi tovarning yo‘qotilishiga yoki uning xossalari o‘zgarishiga olib kelsa, mazkur operatsiyalar va harakatlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan shartlarga rioya etish harbiy yuklarga, insonparvarlik yordami, texnik ko‘mak sifatida olib kiriladigan tovarlarga hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarz (kredit) mablag‘lari, grantlar hisobidan olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek olib kirilayotgan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga, chet el valyutasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan operatsiyalar va harakatlarning bajarilishi tovarning yo‘qotilishiga yoki xossalarining o‘zgarishiga olib kelsa, ushbu operatsiyalar va harakatlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talabga rioya etilmagan taqdirda, bojxona organi bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugagan tovarga nisbatan qaror qabul qilinishi uchun sudga murojaat etadi.
Ushbu Kodeksning 134-moddasida ko‘rsatilgan hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali orqali “bir darcha” prinsipi bo‘yicha taqdim etiladi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, bojxona organi vakolatli shaxsning yozma xabarini olganidan keyin besh ish kuni ichida unga ruxsatnoma berishi shart. Qabul qilib olingan sanasi ko‘rsatilgan ariza va vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga yuborilgan yozma xabar ruxsatnoma olinguniga qadar ruxsatnomaga tenglashtiriladi hamda tovarlarni bojxona organining ruxsatnomasi olinishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos bo‘ladi.
Transport vositasi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo‘lmagan hollarda, shuningdek bojxona to‘lovlarini to‘lashdan shartli ozod etishni qo‘llash shartlariga rioya etilmagan taqdirda, transport vositasiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda davriy bojxona to‘lovlari qo‘llaniladigan vaqtincha olib kiriladigan tovar sifatida qaraladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat tugaganidan so‘ng tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan o‘zgarmas holatda qaytarib olib chiqilishi yoki tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatni hisoblash transport vositasini vaqtincha olib kirish rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularni vaqtincha olib chiqish va bojxona hududiga qaytarib olib kirishda bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etiladi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan joylardan yuboriladigan xalqaro kuryerlik jo‘natmalari qabul qiluvchilar qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida turgan bo‘lsa, o‘sha bojxona organigacha bojxona nazorati ostida yetkazib beriladi.
Ushbu Kodeksning 167-moddasiga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasini berish talab qilinmaydigan tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari bojxona organlari tomonidan bojxona kirim orderidan foydalangan holda hisoblanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismi qoidalaridan qat’i nazar, bojxona organlari shaxslarning tovarlarni yoki ularni qayta ishlash mahsulotlarini va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga qaytarib olib kirish borasidagi majburiyatlari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bojxona rejimlari shartlariga muvofiq bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Tovarlarda ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan maxsus tamg‘alar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari mavjud emasligiga, shunday tovarlari mavjudligi aniqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs buning aksini isbotlamasa, tovarlarni bojxona hududiga bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirganlik yoki chiqarib yuborganlik faktining tasdiqlanishi deb qaraladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish tizimini tekshirish bojxona organlari tomonidan quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan va bojxona hududida sodir bo‘lgan hollar belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Transport vositasining ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnomani (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) olish yo‘li bilan oldindan tasdiqlanishi mumkin.
Ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan faktlar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjud bo‘lsa, bojxona organi ularni bartaraf etish uchun arizachiga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnoma bojxona organi tomonidan bir ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali elektron shaklda arizachiga yuboriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelishi bilan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi hamda guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi to‘g‘risida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilish talab etilmaydi.
ushbu Kodeksning 227-moddasi talablariga muvofiq tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqli avtotransport vositalarining borligi;
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz tovarning chiqarib yuborilishiga yo‘l qo‘ygan bojxona organining mansabdor shaxsi belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ayni bir shaxs tomonidan muntazam ravishda olib o‘tish deganda, mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan ko‘p marta bitta yuk jo‘natuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) asosida bir xil sharoitda bojxona chegarasidan olib o‘tilishi tushuniladi. Bunday hollarda muayyan vaqt ichida bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan barcha tovarlar uchun bitta bojxona yuk deklaratsiyasi beriladi. Bu tartib vaqtincha tovarlarni saqlashning eng ko‘p muddati yoki bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlari buzilishiga olib kelishi mumkin emas.
Ushbu Kodeksning 251-moddasida ko‘rsatilgan tovarlar bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda tovarlarni chiqarib yuborish bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar yoki bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha operatsiyalar yakunlanguniga qadar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin:
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatlarning bajarilganlik fakti bojxona brokerining zimmasiga bojxona rejimining amal qilishini tugallash bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish majburiyatlarini yuklamaydi.
Ushbu Kodeksning 163 va 169-moddalarida nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda belgilangan bojxona boji, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i o‘rniga yagona bojxona to‘lovini to‘lashni nazarda tutuvchi bojxona to‘lovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladi.
ushbu Kodeksning 201-moddasiga muvofiq tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona nazoratini amalga oshirish natijasida bojxona to‘lovlari qo‘shimcha hisoblangan taqdirda yuzaga keladi.
(297-modda ikkinchi qismining 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi O‘RQ-785-sonli Qonuniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son — tijorat banklari hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida 2022-yil 1-maydan keyin yangitdan tuziladigan bitimlar (rasmiylashtirish shakli va usulidan qat’i nazar) asosida sotib olinadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tatbiq etiladi)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan, bitimning narxiga kiritiladigan xarajatlar tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sug‘urta qilish, brokerlik xizmati) uchun haq to‘langanligi to‘g‘risida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, to‘lov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
Ushbu modda birinchi qismining “v” bandida ko‘rsatilgan xarajatlar olib kiriladigan tovarlarni bojxona hududiga olib chiqish uchun ishlab chiqarishga va sotishga qaratilishi kerak.
Agar aynan bir xil tovar uchun ushbu Kodeks 304-moddasi birinchi qismining “a” bandida ko‘rsatilgan xarajatlarning qiymati baholanayotgan tovar uchun shunday xarajatlarning qiymatidan masofa va transportning turlaridagi tafovut tufayli ancha farq qilsa, aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga ko‘ra aniqlanadigan bojxona qiymatiga tegishli tarzda tuzatishlar kiritilishi kerak.
b) ushbu moddaning “a” bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi va baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni o‘sha mamlakatda ishlab chiqarilgan ayni o‘sha klassdagi va turdagi tovarni O‘zbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda;
Agar tovarning bojxona qiymatini ushbu Kodeksning 303, 309, 310, 311 va 312-moddalarida ko‘rsatilgan bojxona qiymatini aniqlash usullarini ketma-ketlikda qo‘llash natijasida deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan aniqlash mumkin bo‘lmasa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymati bojxona qiymatini aniqlash usullarining muddatlarni qo‘llash, tovarlarning ishlab chiqarilgan mamlakatini, aynan bir xilligini yoki o‘xshashligini aniqlashga doir talablarini bir muncha qayishqoqlik bilan qo‘llash orqali aniqlanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda, baholanayotgan tovarni yetkazib berish shartlarini hisobga olgan holda ma’lumotlarga tegishli tuzatishlar kiritilishi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq baholanayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashning bir nechta usulini qo‘llash imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda, ularni qo‘llashning ketma-ketligiga amal qilinishi zarur.
Ushbu moddaning o‘ninchi qismida ko‘rsatilgan hisob-kitoblarni o‘tkazish mumkin bo‘lmagan taqdirda, olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini muvaqqat (shartli) baholash bojxona organining ixtiyorida mavjud bo‘lgan narxlar to‘g‘risidagi tegishli axborot asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan bitimning bahosiga qo‘shiladigan komponentlar tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sug‘urtalash, sertifikatlashtirish, brokerlik xizmatlari) uchun haq to‘langanligi to‘g‘risida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, to‘lov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan hollarda bojxona organi va deklarant yoki bojxona brokeri o‘rtasida tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulini tanlash xususida maslahatlashuvlar o‘tkazilishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 262, 269 va 270-moddalariga muvofiq tovarlarni deklaratsiyalashda to‘langan bojxona to‘lovlari lozim darajada to‘ldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilishi yakunlangandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
Ushbu Kodeksning 93 va 236-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do‘koni va erkin ombor faoliyatini litsenziyalashda bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash sifatida tovarlarni garovga qo‘yish qo‘llanilmaydi.
Kafil ushbu Kodeksning 340-moddasiga muvofiq bojxona organining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga ta’minlash summalarini kiritish orqali bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashni amalga oshiradi.
To‘lovchi tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha qarzi ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichida to‘lanmagan taqdirda, bojxona organi undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratiladigan miqdordagi bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzning summasini ko‘rsatgan holda garov reyestriga yozuv kiritadi. Yozuv bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarz to‘liq qoplanganidan yoki hisobdan chiqarilganidan keyin garov reyestridan o‘chiriladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezonlarining qo‘llanilish xususiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan hollarda, lozim darajada rasmiylashtirilgan tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat yoki so‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilmaguniga qadar tovar muayyan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanmaydi.
Tovarlarni chiqarib yuborish ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq to‘xtatib turilgan taqdirda, bojxona organlari tomonidan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganligi belgilari mavjud bo‘lgan tovarlar aniqlanganda huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini va deklarantni xabardor qilish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘riladi.
Agar ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda bojxona organlariga huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining tovarlarni chiqarib yuborishni to‘xtatib turish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizasi kelib tushgan bo‘lsa, ularni chiqarib yuborish dastlabki tarzda to‘xtatib turilgan sanadan e’tiboran o‘n ish kuniga qadar to‘xtatib turiladi. Bunda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili o‘n ish kuni ichida quyidagilarni bojxona organiga taqdim etishi kerak:
3) ushbu Kodeksning 385-moddasida belgilangan tartibda intellektual mulk obyektlarini Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlar.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning shaxsiy bagaji unda shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallanmagan tovarlar yoki bojxona hududiga olib kirilishi yoxud bu hududdan olib chiqilishi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida taqiqlangan yoxud karantin qoidalari va boshqa maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taxmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda bojxona ko‘rigidan ozod etilmaydi. Bojxona ko‘rigi diplomatik agent yoki uning vakolatli vakili ishtirokida o‘tkaziladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning shaxsiy bagaji unda shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallanmagan tovarlar yoki olib kirilishi va olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan yoxud karantin qoidalari va boshqa maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taxmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddat uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha yuqori turuvchi bojxona organi tomonidan tiklanishi mumkin.