Ushbu Qonun xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan muassasalar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Prokuror nazorati tartibida amalga oshiriladigan davlat nazorati tegishli qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
nazorat qiluvchi organlar — xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar;
Keyingi tahrirga qarang.
tekshirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunlar hamda o‘z faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
taftish — moliya va soliq masalalari bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliq, davlat statistika organlariga hamda banklarga taqdim etiladigan hisobga olish va hisobot ishlarining to‘g‘riligi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalterlik, moliya va boshqa hujjatlarini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
muqobil tekshirish — operatsiyalar birligi tufayli o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va turli xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi yoki bir xo‘jalik yurituvchi subyektning turli bo‘linmalaridagi hujjatlarni taqqoslashdan iborat tekshiruv;
Keyingi tahrirga qarang.
nazorat tartibida tekshirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ilgarigi tekshirishda ko‘rsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi ustidan nazorat qiluvchi organlar amalga oshiradigan tekshirish.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish orqali davlat tomonidan nazorat qilish, shuningdek idora qaramog‘idagi organlarni tekshirishdan o‘tkazish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishiga ruxsat belgilangan namunadagi maxsus guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi va u chiqargan qarorlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishga doir qismi nazorat qiluvchi organlar uchun majburiy hisoblanadi.
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari bo‘yicha nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning, shu jumladan kompleks tekshiruvlar hamda taftishlarning nazorat qiluvchi organlar bir-birining ishini takrorlashiga yo‘l qo‘ymaydigan muvofiqlashtiruvchi rejalarini ishlab chiqish;
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar o‘tkazishning muvofiqlashtiruvchi rejalariga rioya qilishini nazorat qilish hamda rejadan tashqari tekshiruvlar maxsus vakolatli organ bilan kelishmay o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus vakolatli organni tuzish va uning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejali tekshirish, shu jumladan taftishdan o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishni o‘tkazishning muvofiqlashtiruvchi rejasidan ko‘chirma;
nazorat qiluvchi organning muvofiqlashtiruvchi reja asosida chiqargan buyrug‘i yoxud maxsus vakolatli organning rejadan tashqari tekshirish, shu jumladan taftish o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshiruvni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan qarorlari.
Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun qo‘zg‘atilgan jinoiy ish mavjudligi asos bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejali tarzda tekshirishlar maxsus vakolatli organning qaroriga binoan yiliga ko‘pi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘la miqdorda to‘lovchi, boshqa tartib va qoidalarga rioya qiluvchi auditorlarning har yilgi tegishli xulosalariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan, qoida tariqasida, ko‘pi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish muddatlari o‘ttiz kalendar kunidan oshmasligi lozim. Alohida hollarda maxsus vakolatli organning qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejadan tashqari tekshirish uchun maxsus vakolatli organning tekshirilayotgan obyekt nomini, tekshiruv o‘tkazish maqsadi, muddatlari hamda uni o‘tkazish sabablarining asosliligi ko‘rsatilgan holda rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida chiqargan qarori, shuningdek tekshirishni amalga oshiruvchi tegishli nazorat qiluvchi organning buyrug‘i asos bo‘lib xizmat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
nazorat qiluvchi organga xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qonunlar va boshqa qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar kelib tushganda;
sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashganda, shuningdek qo‘shni davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli vujudga kelganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish soliq organlari hamda boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ularning xo‘jalik faoliyatini taftish qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirish tegishli nazorat qiluvchi (yong‘inga qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa) organlar tomonidan, qoida tariqasida, bir marta o‘tkaziladigan kompleks tekshiruv davomida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Nazorat tartibida tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli organ yoki uning hududiy bo‘linmalari bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan maxsus vakolatli organ yoki uning hududiy bo‘linmalari qarorini, tekshirish o‘tkazish uchun asos hisoblanuvchi boshqa hujjatlarni talab qilish, tekshiruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishish;
Keyingi tahrirga qarang.
tekshirish o‘tkazish uchun asosga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;
nazorat qiluvchi organlarning vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarni bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan tekshirish tugaganidan so‘ng o‘n kun muddat ichida tekshirish natijalarini aks ettiruvchi hujjatning bir nusxasini olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tekshiruvchilarning qonuniy talabiga binoan tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlarni taqdim etishga, ularni tekshirish obyektlariga kiritishga, tekshiruvchilarga o‘z vazifalarini bajarishlari uchun ko‘maklashishga majburdirlar.
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish chog‘ida o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan tekshirish o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulkdorlari oldiga aybdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masalani qo‘yish;
tekshiruvga vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mutaxassislarini belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining qonuniy talablari tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarish uchun majburiydir.
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish chog‘ida o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni ko‘rsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tekshiruv natijalarini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoldirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Agar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasalar, ular o‘zlariga berilgan vakolat doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq chora-tadbirlarni ko‘rishlari mumkin. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy qarorlari yoki boshqa harakatlari natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
Shikoyatni berish nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsining harakatlarini to‘xtatib qo‘ymaydi. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan qilingan shikoyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.