LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 85-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 1919 yilda Jenevada qabul qilingan va 1952-yil 28-iyunda qayta ko‘rib chiqilgan Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 103-Konvensiyaga qo‘shilishi haqida”gi Qaroriga asosan qo‘shilgan.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi, Xalqaro Mehnat Byurosining Ma’muriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1952-yilning 4-iyunida o‘zining O‘ttiz beshinchi Sessiyasiga to‘planib, onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib va bu Sessiya kun tartibining yettinchi bandi hisoblanib, mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib, bir ming to‘qqiz yuz ellik ikkinchi yil iyun oyining yigirma sakkizinchi kunida quyidagi “Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 1952-yilgi (qayta ko‘rib chiqilgan) Konvensiya” deb nomlanishi mumkin bo‘lgan Konvensiyani qabul qildi:
1. Ushbu Konvensiya sanoat korxonalarida, nosanoat va qishloq xo‘jalik ishlarida band bo‘lgan ayollarga, shu jumladan, kasanachi sifatida yollangan ayollarga nisbatan qo‘llaniladi.
2. Mazkur Konvensiya maqsadlari uchun “sanoat korxonalari” atamasi davlat va xususiy korxonalarni, shuningdek, ularning har qanday bo‘limlarini o‘z ichiga oladi va xususan quyidagilarni qamrab oladi:
b) buyumlar ishlab chiqariladigan, o‘zgartiriladigan, tozalanadigan, ta’mirlanadigan, bezaladigan, sayqal beriladigan, sotishga tayyorlanadigan, buziladigan yoki yo‘q qilinadigan korxonalarni yoki materiallar qayta ishlanadigan korxonalarni, shu jumladan, kemasozlik bilan shug‘ullanadigan korxonalarni, elektr quvvati yoki har qanday dvigatel quvvati ishlab chiqaradigan, transformatsiya qilinadigan yoki uzatiladigan korxonalarni;
s) qurilish va inshootlar qurilishi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni, xususan, qurish, ta’mirlash, saqlash, qayta qurish yoki buzish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni;
d) yo‘llar, temir yo‘llar, dengiz, ichki suv yo‘llari orqali yoki havo yo‘llari orqali yo‘lovchilarni yoki yuklarni tashish bilan shug‘ullanadigan, shu jumladan, yuklarni port, prichal, pristan, yuk omborlarida yoki aeroportlarda tashish bilan shug‘ullanadigan korxonalarni.
3. Mazkur Konvensiya maqsadlari uchun “nosanoat ish turlari” atamasi quyidagi davlat yoki xususiy korxonalarda yoki xizmatlarda bajariladigan yoki ular bilan bog‘liq bo‘lgan ish turlarini o‘z ichiga oladi:
e) mehmonxonalar, pansionlar, restoranlar, klublar, qahvaxonalar va boshqa shularga o‘xshash dam olish va ovqatlanish muassasalari;
f) kasal, nogiron, qarovsizlarni yoki yetimlarni davolaydigan va ularga g‘amxo‘rlik qiladigan muassasalar;
Shuningdek, vakolatli hokimiyat organi mazkur Konvensiya qoidalarini ko‘llashga qaror qilgan boshqa har qanday nosanoat ish turlari.
4. Mazkur Konvensiya maqsadlari uchun “qishloq xo‘jalik ish turlari” atamasi qishloq xo‘jalik korxonalarida, shu jumladan, ekinzorlar xamda yirik sanoatlashtirilgan qishloq xo‘jalik korxonalarida bajariladigan barcha ish turlarini o‘z ichiga oladi.
5. Ushbu Konvensiya muayyan korxona, korxona bo‘limi yoki ish turiga nisbatan qo‘llanilishiga tumon tug‘ilgan barcha hollarda, mazkur masala vakolatli hokimiyat organi tomonidan mehnatkashlar va ish beruvchilarning tegishli vakolatli tashkilotlari bilan, agar bunday tashkilotlar mavjud bo‘lsa, maslahatlashilgandan so‘ng hal qilinadi.
6. Milliy qonun hujjatlari mazkur Konvensiya qo‘llanilishi doirasidan faqat ish beruvchining oila a’zolari, milliy qonun-qoidalar belgilagani kabi, yollanadigan korxonalarni chiqarishi mumkin.
Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “ayol” atamasi yoshi, millati, irqi yoki e’tiqodi, nikohda bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar, ayol jinsiga mansub har qanday shaxsni, “farzand” atamasi esa uning ota-onasi nikohda bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar, xar qanday farzandni anglatadi.
1. Ayol, unga nisbatan mazkur Konvensiya qo‘llanilsa, uning ehtimol tutilgan tug‘ish vaqtini tasdiqlovchi tibbiy guvohnoma taqdim etilishi bilan onalik ta’tiliga chiqish huquqiga ega bo‘ladi.
2. Onalik ta’tili muddati kamida o‘n ikki haftani tashkil etadi hamda tugishdan keyingi majburiy ta’til muddatini o‘z ichiga qamrab oladi.
3. Tug‘ishdan keyingi majburiy ta’til muddati milliy qonun hujjatlari tomonidan belgilanadi, ammo hech bir xolda olti haftadan kam bo‘lishi mumkin emas; onalik ta’tilining butun muddatidan qolgan qoldig‘idan, milliy qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilganiga qarab, ehtimol tutilgan tug‘ish vaqtigacha yoki tug‘ishdan keyingi majburiy ta’til muddati tugaganidan so‘ng foydalanilishi mumkin yoki uning bir qismidan ehtimol tutilgan tug‘ish vaqtigacha, qolgan qismidan esa tugishdan keyingi majburiy ta’til tugagandan so‘ng foydalanilishi mumkin.
4. Agar tugish ehtimol tutilgan muddatdan so‘ng ro‘y bersa, ushbu muddatgacha olingan ta’til har qanday holda ham tug‘ishning amaldagi muddatigacha uzaytiriladi, bunda tugishdan keyingi majburiy ta’til davomiyligi qisqartirilmaydi.
5. Homiladorlik sababli tibbiy guvohlik bilan aniqlangan kasallanish holida milliy qonun hujjatlari tugishgacha bo‘lgan davr uchun qo‘shimcha ta’til muddatini ko‘zda tutadi va buning eng ko‘p davomiyligi vakolatli hokimiyat organi tomonidan belgilanadi.
6. Tug‘ish sababli tibbiy guvohlik bilan aniqlangan kasallanish holida ayol tug‘ishdan keyingi ta’tilini uzaytirish huquqiga ega bo‘ladi va bu uzaytirilgan ta’til eng ko‘p muddati vakolatli hokimiyat organi tomonidan belgilanishi mumkin.
1. 3-modda qoidalariga muvofiq ravishda onalik ta’tilida bo‘lgan ayol pul va tibbiy nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi.
2. Pul nafaqasi miqdori milliy qonun hujjatlari tomonidan ayolning o‘zi va uning farzandi uchun gigiyena nuqtai nazaridan yaxshi hayotiy sharoitni hamda zarur turmush darajasini ta’minlaydigan tarzda belgilanadi.
3. Tibbiy nafaqalar malakali akusherlar yoki vrachlar tomonidan ayol tug‘ishigacha, tug‘ish vaqtida va tug‘ishidan keyin uni parvarish qilishni va kuzatuvni, shuningdek, zaruratga qarab kasalxonaga yotkizilishini o‘z ichiga oladi; bunda ayolning imkoniyat darajasida vrachni tanlash, shuningdek, davlat yoki xususiy tibbiy muassasani tanlash erkinligi hurmat qilinadi.
4. Pul va tibbiy nafaqalar majburiy ijtimoiy sug‘urta tizimi mablag‘lari hisobidan yoki davlat fondi hisobidan beriladi: har ikki holda ham ko‘rsatilgan shartlarga javob beradigan barcha ayollar bu huquqqa ega bo‘ladilar.
5. Ko‘rsatilgan nafaqalar olish huquqiga ega bo‘lishga da’vogarlik qila olmaydigan ayollar, ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan tekshirish orqali, ijtimoiy yordam fondlari tomonidan beriladigan tegishli yordam olish huquqiga ega bo‘ladilar.
6. Majburiy ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobiga beriladigan pul nafaqalari miqdori ayolning avvalgi ish haqi asosida hisoblab chiqiladigan bo‘lsa, bu pul nafaqasi miqdori ayolning ushbu maqsadda hisobga olinadigan avvalgi ish haqining kamida uchdan ikki qismini tashkil etadi.
7. Har qanday badallar, ya’ni onalik nafaqalarni ko‘zda tutuvchi hamda bu nafaqalarni berish maqsadidan kelib chiqadigan ish haqi summasiga asoslangan har qanday soliqlarni ko‘zda tutuvchi majburiy ijtimoiy sug‘urta tizimi asosida beriladigan badallar, ish beruvchilar va mehnatkashlar tomonidan yoki faqat ish beruvchilarning o‘zlari tomonidan to‘lanishidan qat’iy nazar, korxonada yollangan erkaklar va ayollar umumiy soni asosida, jinsi farqlanmasdan, to‘lanadi.
8. Hech bir holda ish beruvchi u tomonidan yollangan ayollarga to‘lanadigan bunday nafaqalarning xarajatlari uchun shaxsan javobgar bo‘lmaydi.
1. Agar ayol o‘z farzandini boqadigan bo‘lsa, u bu maqsad uchun ishida bir yoki bir necha marta tanaffus olish huquqiga ega bo‘ladi va bu tanaffus davomiyligi milliy qonun hujjatlari tomonidan belgilanadi.
2. Ayolning farzandini boqish maqsadidagi ishdagi tanaffuslari ish vaqtidek hisoblanadi hamda unga bu uchun qonun hujjatlari tomonidan belgilangan yoki qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda ish vaqtidek haq to‘lanadi; agar bu masala jamoa shartnomasi orqali tartibga solinadigan bo‘lsa, mazkur qoida tegishli shartnoma bilan belgilanadi.
Ayol ushbu Konvensiyaning 3-modda qoidalariga muvofiq unga berilgan onalik ta’tili asosida ishda bo‘lmasa va shu paytda ish beruvchi tomonidan ushbu ayolni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida buyruq qabul qilinsa yoki ushbu ayolning bunday ta’tili paytida muddati tugaydigan buyruq qabul qilinsa, bunday buyruq noqonuniy hisoblanadi.
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Xalqaro Mehnat Tashkilotning har qanday a’zosi ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatiga ilova qilingan deklaratsiyasi orqali, quyidagilarni mazkur Konvensiya qo‘llanilishi doirasidan istisno qilishi mumkin:
2. Agar Tashkilotning a’zosi tomonidan ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan ish turlari yoki korxonalar toifalari istisno qilinsa, ushbu istisnolar ratifikatsiya to‘g‘risidagi hujjatga ilova qilinadigan deklaratsiyada ko‘rsatiladi.
3. Shunday deklaratsiya qilgan Tashkilotning har bir a’zosi navbatdagi deklaratsiyasi orqali shunday deklaratsiyani to‘la yoki qisman bekor qilishi mumkin.
4. Tashkilotning har bir a’zosi, unga nisbatan ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq tayyorlangan deklaratsiyasi kuchda bo‘lsa, ushbu Konvensiyaning qo‘llanilishi to‘g‘risidagi o‘zining har yilgi ma’ruzasida, aytib o‘tilgan deklaratsiyaga ko‘ra mazkur moddaning 1-bandi qo‘llaniladigan ish turlari va korxonalarga nisbatan o‘z qonunchiligi va amaliyotining holatini hamda ushbu ish turlari va korxonalarga nisbatan Konvensiya qay darajada qo‘llanilayotgani yoki ularni qanday ko‘llash ko‘zda tutilayotganini ko‘rsatadi.
5. Ushbu Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan besh yil o‘tganidan keyin Xalqaro Mehnat Byurosining Ma’muriy kengashi Konferensiyaga, ushbu istisnolar qo‘llanilishi bo‘yicha, mazkur masala sohasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan choralar to‘g‘risidagi takliflarni o‘z ichiga oluvchi maxsus ma’ruzani taqdim etadi.
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar ro‘yxatga olinishi uchun Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
1. Ushbu Konvensiya faqatgina ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan ro‘yxatga olingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining a’zolarinigina birlashtiradi.
2. Ushbu Konvensiya Tashkilot ikki a’zosining ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan ro‘yxatga olingan sanadan keyin o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kiradi.
3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning xar bir a’zosi uchun uning ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjati ro‘yxatga olingan sanadan keyin o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kiradi.
1. Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavi 35-moddasining 2-bandiga muvofiq Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga yuboriladigan deklaratsiyalarda kuyidagilar ko‘rsatiladi:
a) qaysi hududlarga nisbatan Tashkilotning tegishli a’zosi Konvensiya qoidalarining o‘zgartirishlarsiz qo‘llanilishini zimmasiga olishi;
b) qaysi hududlarga nisbatan Tashkilotning tegishli a’zosi Konvensiya qoidalarining o‘zgartirishlar bilan qo‘llanilishini zimmasiga olishi va shu o‘zgartirishlarning tafsiloti;
s) qaysi hududlarga nisbatan Konvensiya qo‘llanilmasligi va bu holda uning qo‘llanilmaslik sabablari;
d) qaysi hududlarga nisbatan Tashkilotning tegishli a’zosi o‘z qarorini, bu holat kelgusida ko‘rib chiqilgunga qadar, saqlab turishi.
2. Ushbu modda 1-bandining “a” va “b” kichik bandlarida ifodalangan majburiyatlar ratifikatsiyaning ajralmas qismi deb hisoblanadi va ratifikatsiya kuchiga ega.
3. Tashkilotning xar qanday a’zosi navbatdagi deklaratsiya orqali ushbu modda 1-bandining “b”, “s” yoki “d” kichik bandlari asosida avvalgi deklaratsiyada aytib o‘tilgan xar qanday shartlardan yoki ularning bir qismidan voz kechishi mumkin.
4. Tashkilotning har qanday a’zosi, ushbu Konvensiya denonsatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan davr mobaynida, 12-modda qoidalariga muvofiq, Bosh direktorga istalgan avvalgi deklaratsiyaning har qanday shartiga o‘zgartirishlar kirituvchi hamda belgilangan hududlaridagi hozirgi ahvolni ifoda etuvchi navbatdagi deklaratsiyani yuborishi mumkin.
1. Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavi 35-moddasining 4- va 5-bandlariga muvofiq, Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga yuboriladigan deklaratsiyalarda Konvensiya qoidalari tegishli hududga nisbatan qanday qo‘llanilishi, ya’ni o‘zgartirishlar bilan yoki o‘zgartirishlarsiz qo‘llanilishi ko‘rsatiladi; agar deklaratsiyada Konvensiya qoidalari o‘zgartirishlar bilan qo‘llanilishi ko‘rsatilsa, u holda o‘zgartirishlarning tafsiloti ham beriladi.
2. Tashkilotning tegishli a’zosi, a’zolari yoki tegishli xalqaro darajadagi mas’ul istalgan paytda, keyingi deklaratsiyasi orqali, tegishli huquqidan foydalanib, har qanday avvalgi deklaratsiyasida ko‘zda tutilgan har qaysi o‘zgartirishlardan to‘liq yoki qisman voz kechishi mumkin.
3. Tashkilotning tegishli a’zosi, a’zolari yoki tegishli xalqaro darajadagi mas’ul, ushbu Konvensiya denonsatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan muddat mobaynida, 12-modda qoidalariga muvofiq, Bosh direktorga har qanday avvalgi deklaratsiyaning har qanday shartiga o‘zgartirishlar kirituvchi hamda ushbu Konvensiyaning qo‘llanilishiga nisbatan hozirgi ahvolni ifoda etuvchi deklaratsiya yuborishi mumkin.
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning a’zosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan o‘n yil o‘tganidan keyin Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga ro‘yxatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti ro‘yxatga olinganidan keyin bir yil o‘tgach kuchga kiradi.
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir a’zosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan o‘n yillik muddat o‘tganidan keyin, bir yil ichida mazkur moddada ko‘zda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan bo‘lsa, navbatdagi o‘n yillik muddatni kutishga majbur bo‘ladi va shunga muvofiq, u mazkur modda shartlariga binoan ushbu Konvensiyani xar o‘n yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin bo‘ladi.
1. Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori Tashkilot a’zolari tomonidan yuborilgan ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlar, deklaratsiyalar va denonsatsiya aktlarining barchasini ro‘yxatga olganligi haqida Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha a’zolariga xabar beradi.
2. Bosh direktor, unga yuborilgan ikkinchi ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatni ro‘yxatga olganligi haqida Tashkilot a’zolariga xabar berganda, u Tashkilot a’zolarining e’tiborini Konvensiyaning kuchga kirish sanasiga qaratadi.
Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan o‘zi ro‘yxatga olgan ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlar, deklaratsiyalar va denonsatsiya aktlarining barchasiga oid to‘la ma’lumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga ro‘yxatga olish uchun yuboradi.
Har gal, Xalqaro Mehnat Byurosi Ma’muriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ma’ruzani taqdim etadi va uni to‘la yoki qisman qayta ko‘rib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini ko‘rib chiqadi.
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani to‘la yoki qisman qayta ko‘rib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud bo‘lmasa, u holda:
a) Tashkilotning biror a’zosi tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning o‘z kuchi bilan, 12-modda qoidalaridan qat’iy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan bo‘lishi kerak;
b) qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan e’tiboran, mazkur Konvensiyaning Tashkilot a’zolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi to‘xtatiladi.