O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risida 2004-yil 16-iyundagi Shartnoma hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida 2005-yil 14-noyabrdagi Shartnoma qoidalariga asoslanib,
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida madaniyat, fan va texnika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, axborot, sport va turizm sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida 1993-yil 19-martdagi Bitim hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida 1995-yil 27-iyuldagi Bitimni amalga oshirishni davom ettirish maqsadida,