LexUZ sharhi
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi, Xalqaro Mehnat Byurosining Ma’muriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1957-yilning 5-iyunida o‘zining Qirqinchi Sessiyasiga to‘planib, majburiy mehnat to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqib va bu Sessiya kun tartibining to‘rtinchi bandi hisoblanib, Majburiy mehnat to‘g‘risida 1930-yilgi Konvensiya qoidalarini hisobga olib, Qullik to‘g‘risidagi 1926 yilgi Konvensiya zo‘raki yoki majburiy mehnat qullikka o‘xshash sharoitga olib kelmasligi uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini va Qullikka, qul savdosi xamda kullikka o‘xshash institutlar va odatlarga barham berish to‘g‘risidagi 1956-yilgi qo‘shimcha Konvensiya qarz asorati va krepostnoy qaramlikni to‘liq bekor qilishini e’tiborga olib, Ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi 1949-yilgi Konvensiya ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi kerakligini e’tirof etishini xamda mehnatkashni o‘z ish joyidan haqiqiy ketish imkonidan mahrum qiladigan haq to‘lash usullarini qo‘llashning taqiqlanishini e’tiborga olib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavida va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ifoda etilgan inson huquqlarini buzish hisoblangan zo‘raki yoki majburiy mehnatning ayrim turlarini bartaraf qilish yuzasidan bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib, mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib, bir ming to‘qqiz yuz ellik yettinchi yil iyun oyining yigirma beshinchi kunida kuyidagi “Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risidagi 1957-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin bo‘lgan Konvensiyani qabul qildi:
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Xalqaro Mehnat Tashkilotining xar bir a’zosi ushbu Konvensiyaning 1-moddasida keltirilgan zo‘raki yoki majburiy mehnat shakllarining kechiktirilmay va to‘la bekor qilinishini ta’minlash uchun samarali choralar ko‘rishga majburiyat oladi.