16.12.1966 yildagi -son
 LexUZ sharhi
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Inson huqukdari bo‘yicha komissiyaga ko‘rib chiqish va umumiy tavsiyalar berish uchun yoki tegishli hollarda inson huquqlariga aloqador masalalar borasida ma’lumot uchun 16-17-moddalarga binoan davlatlar taqdim etayotgan ma’ruzalarni axborot uchun berishi, shuningdek 18-moddaga muvofiq ixtisoslashgan muassasalar takdim etgan inson huquqlariga aloqador ma’ruzalar berishi mumkin.
Mazkur Paktda ishtirok etuvchi manfaatdor davlatlar va ixtisoslashtirilgan muassasalar Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga 19-moddaga muvofiq har qanday umumiy tavsiyanoma borasida yoki Inson huqukdari bo‘yicha komissiyaning har qanday ma’ruzasidagi ana shunday umumiy tavsiyanomaga tayanish xususida yoki o‘sha joyda tayanilayotgan har qanday hujjat borasida mulohaza taqdim etishi mumkin.
3. Ushbu Pakt mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan har qanday davlat qo‘shilishi uchun ochiqdir.
26-moddaning 5-bandiga muvofiq yuboriladigan bildirishlardan qat’i nazar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘sha moddaning 1-bandida qayd etilgan davlatlarni quyidagilar haqida xabardor etadi:
a) 26-moddaga binoan imzolashlar, ratifikatsiyalar va qo‘shilishlar;
b) 27-moddaga muvofiq mazkur Paktning kuchga kirish sanasi va 29-moddaga muvofiq har qanday tuzatishlarning kuchga kirish sanasi.
2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi 26-moddada ko‘rsatilgan barcha davlatlarga ushbu Paktning tasdiqlangan nusxalarini yuboradi.