LexUZ sharhi
2. Agarda 1-band qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs har ikki Ahdlashuvchi Davlatlar rezidenti hisoblansa, uning maqomi quyidagi tartibda belgilanadi:
3. Agarda 1-band qoidalariga ko‘ra, jismoniy shaxs bo‘lmagan shaxs, har ikki Ahdlashuvchi Davlatlarning rezidenti hisoblansa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu masalani o‘zaro kelishuv asosida hal qilishga intiladilar va mazkur Konvensiyani bunday shaxsga tatbiq qilish usulini belgilaydi. Bunday kelishuvga erishilmasa, ushbu Konvensiya ustuvorliklaridan foydalanish maqsadida bunday shaxs Ahdlashuvchi Davlatlarning birontasining ham rezidenti hisoblanmaydi.
5. 1 va 2-bandlarning qoidalaridan qat’i nazar, mustaqil maqomga ega bo‘lgan agentdan farq qiluvchi va unga nisbatan 6-bandning qoidalari qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan shaxs, korxona nomidan faoliyat ko‘rsatsa va Ahdlashuvchi Davlatda korxona nomidan shartnoma tuzish vakolatiga ega bo‘lib, faoliyat ko‘rsatsa, bu holda shaxs tomonidan mazkur korxona uchun amalga oshiradigan har qanday faoliyatga nisbatan korxona ushbu Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi. Bunda ushbu shaxs faoliyati 4-bandda sanab o‘tilgan faoliyat turlari bilan cheklanmasligi ko‘zda tutiladi, zero ular doimiy faoliyat yuritish joyida amalga oshirilganda, mazkur band qoidalariga muvofiq, ushbu doimiy faoliyat yuritish joyini doimiy muassasa joyiga aylantirmaydi.
3. 1-bandning qoidalari ko‘chmas mulkdan bevosita foydalanishi, ijaraga berishi yoki boshqacha shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga, shuningdek ko‘chmas mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadga nisbatan qo‘llaniladi.
5. 1, 3 va 4-bandlarning qoidalari ham korxonaning ko‘chmas mulkdan oladigan daromadlariga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan daromadlarga tatbiq qilinadi.
2. 3-band qoidalariga ko‘ra, bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasasi orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda ushbu doimiy muassasaga u shunday yoki shunga o‘xshash faoliyatni shunday yoki shunga o‘xshash sharoitlarda o‘zi doimiy muassasasi bo‘lgan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda amalga oshiruvchi alohida va mustaqil tashkilot olishi mumkin bo‘lgan foyda hisoblanadi.
4. Ahdlashuvchi Davlatda korxona foydasi umumiy qiymatining uning turli tuzilmalariga mutanosib taqsimlanishi asosida doimiy muassasaga tegishli bo‘lgan foydani aniqlanishi odatdagi amaliyot bo‘lsa-da, 2-band qoidalari ushbu Davlatga bunday taqsimlash asosida soliqqa tortiladigan foydani aniqlashni inkor etmaydi, zero amaliyot shuni taqozo etadi; ammo taqsimlashning tanlangan usuli ushbu moddada ko‘zda tutilgan tamoyillarga mos bo‘lgan natijani berishi kerak.
2. 1-band qoidalari, shuningdek, pulda, umumiy faoliyatda yoki transport vositalari ekspluatatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olinadigan foydaga nisbatan ham tatbiq qilinadi.
4. 1-band qoidalari bitta Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblangan foizlarning haqiqiy egasi unda foizlar vujudga kelgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda unda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatni yuritayotgan bo‘lsa, yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy bazasi orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni, hamda ularga nisbatan foizlar to‘lanadigan qarz majburiyatlari haqiqatdan ham bunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bog‘liq bo‘lgan taqdirda qo‘llanilmaydi. Bunday hollarda vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-modda qoidalari qo‘llaniladi.
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan, 6-moddada ko‘zda tutilgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan ko‘chmas mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
1. 16, 18 va 19-moddalar qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti tomonidan yollanma ish munosabati bilan olinayotgan maosh, oylik ish haqi va boshqa shu kabi to‘lovlar, agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan bo‘lsa, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar yollanma ish shu tarzda amalga oshirilsa, shu munosabat bilan olingan haq ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. 1-band qoidalaridan qat’i nazar, bitta Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilayotgan yollanma ish munosabati bilan olinayotgan haq quyidagi hollarda ushbu birinchi aytib o‘tilgan Davlatda soliqqa tortiladi:
1. 14 va 15-moddalarning qoidalaridan qat’i nazar, bitta Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan teatr, kino, radio yoki televideniye ijodkori, yoki musiqachi, yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyatidan olinayotgan daromad mana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
2. San’at xodimi yoki sportchi tomonidan amalga oshirilayotgan shaxsiy faoliyat munosabati bilan olingan daromad san’at xodimi yoki sportchining o‘ziga emas, boshqa shaxs nomiga hisoblansa, bu daromad, 7, 14 va 15-moddalar qoidalaridan qat’i nazar, san’at xodimi yoki sportchi faoliyati qayerda amalga oshirilayotgan bo‘lsa, o‘sha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. 1 va 2-bandlarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlardan birida san’at xodimlari yoki sportchilar tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatdan olinayotgan daromadga, agar ularning ushbu Davlatga tashrifi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning jamoat fondlari hisobidan yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan to‘liq moliyalashtirilgan taqdirda, taalluqli bo‘lmaydi. Bu holda daromad faqat ushbu san’at xodimi yoki sportchi rezident bo‘lgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
19-moddaning 2-bandida ko‘zda tutilgan qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga avvalgi yollanma ish uchun kompensatsiya sifatida to‘lanadigan pensiyalar va shunga o‘xshash to‘lovlar, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
3. 15, 16 va 18-moddalar qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki mahalliy hokimiyat organi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ish haqi, maosh va shunga o‘xshash haqlar va pensiyalarga qo‘llaniladi.
2. 1-band qoidalari, 6-modda 2-bandida ko‘rsatilgan ko‘chmas mulkdan olinayotgan daromadlarni istisno qilgan holda, agar bunday daromadlarni oluvchi bitta Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti bo‘la turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda o‘sha erda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyat yuritayotgan yoki shu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza bilan birgalikda mustaqil shaxsiy xizmatlar ko‘rsatayotgan bo‘lsa, hamda daromad manbai bo‘lgan huquq yoki mulki haqiqatdan ham shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bog‘lik bo‘lsa, ushbu daromadlarga tatbiq qilinmaydi. Bu holda vaziyatdan kelib chiqib 7-modda va 14-modda qoidalari qo‘llaniladi.
1. 6-moddada aytib o‘tilgan, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga tegishli bo‘lgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan ko‘chmas mulkdan iborat sarmoya ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
3. 9-moddaning 1-bandi, 11-moddaning 6-bandi yoki 12-moddaning 6-bandi qoidalari qo‘llaniladigan hollardan tashqari, bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasiga to‘lanayotgan foizlar, royalti va boshqa tovon pullari, bunday korxonaning soliqqa tortiluvchi foydasini aniqlash maqsadida, bunday to‘lovlar aytib o‘tilgan birinchi Davlat rezidentiga to‘langan aynan shunday sharoitlarga muvofiq ushlab qolinadi. Xuddi shunday, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga qarzlari shu korxonaning soliqqa tortiluvchi mulkini aniqlash maqsadida aytib o‘tilgan birinchi Davlat rezidentining qarzlari bo‘lganidek, aynan shunday sharoitlarga muvofiq ushlab qolinadi.
5. Ushbu modda qoidalari, 2-modda qoidalaridan qat’i nazar, barcha tur va ta’rifdagi soliqlarga tatbiq qilinadi.
1. Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki ikkalasining harakatlari unga mazkur Konvensiya qoidalariga amal qilinmasdan uning soliqqa tortilishiga olib kelayotgani yoki olib kelishi mumkin, deb hisoblasa, u shu Davlatlarning ichki qonunchiligi bilan nazarda tutilgan himoya vositalaridan qat’i nazar, o‘z arizasini Ahdlashuvchi Davlatlardan qay birining rezidenti bo‘lsa, o‘sha Davlat vakolatli organiga yoki, uning vaziyati 24-moddaning 1-bandi ta’siriga tushgan bo‘lsa, Ahdlashuvchi Davlatlardan qay birining milliy shaxsi bo‘lsa, o‘sha Davlat vakolatli organiga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Konvensiya qoidalariga amal qilinmasdan soliqqa tortishga olib keluvchi harakat to‘g‘risida birinchi marta xabardor bo‘lgan kundan uch yil mobaynida taqdim etilishi lozim.
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri 1-bandga muvofiq olgan har qanday axborot shu Davlatning ichki qonunchiligiga muvofiq olingan axborot kabi maxfiy hisoblanadi hamda 1-bandda aytib o‘tilgan soliqlarga nisbatan baholash va to‘plash, majburiy undirish yoki sud ta’qibi yoki appelatsiyalar ko‘rib chiqish, ham yuqorida sanab o‘tilganlarning barchasini nazorat qilish bilan mashg‘ul shaxslar yoki organlargagina (shu jumladan, sudlar va ma’muriy organlar) xabar beriladi. Bunday shaxs yoki organlar bu axborotni faqat belgilangan maqsadlarda ishlatishlari lozim. Ular bu axborotni ochiq sud majlisi yoki sud qarorlarida oshkor etishlari mumkin.
3. Hech bir holatda 1 va 2-bandlar qoidalari Ahdlashuvchi Davlatga:
4. Agar axborot Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tomonidan ushbu moddaga muvofiq so‘ralgan bo‘lsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat bunday axborot shu boshqa Davlatning soliq maqsadlari uchun kerak bo‘lmagan holda ham so‘ralgan axborotni olish uchun axborot to‘plash bo‘yicha o‘z tadbirlaridan foydalanishi lozim. Avvalgi gapda bayon etilgan majburiyat 3-band qoidalari bilan cheklangan, lekin hech bir holatda bunday cheklovlar Ahdlashuvchi Davlatga axborotga ichki manfaatdorlik mavjud bo‘lmaganligi sababi bilan axborot taqdim etishdan bosh tortishga ruxsat beruvchi qoida sifatida talqin qilinmaydi.
5. 3-band qoidalari hech bir holatda Ahdlashuvchi Davlatga axborotga bank, boshqa moliyaviy muassasa, nominal ega, yoki agent, yoki ishonchli vakil bo‘lgan shaxs egalik qilayotganligi sababli yoki axborot shaxsning mulkchilik huquqiga tegishli ekanligi sababli axborot taqdim etishdan bosh tortishga ruxsat beruvchi qoida sifatida talqin etilmaydi.
2. Ushbu Konvensiya 1-bandda aytib o‘tilgan xabarlarning oxirgi sanasidan kuchga kiradi va uning qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlarning ikkalasida ham amal qiladi;