T/r | Nomi | Obyektlar soni | Mablag‘ kelib tushishi (ming so‘m) |
SANOAT | |||
1. | “O‘zkimyosanoat” uyushmasi | 3 | 3042 |
2. | “O‘zbekmebel” DAB | 3 | 204 |
3. | “O‘zolmosoltin” uyushmasi | 1 | 120 |
4. | “O‘zeltexsanoat” uyushmasi | 23 | 12191 |
5. | “O‘zmashsanoat” uyushmasi | 22 | 25450 |
6. | “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi | 31243 | |
7. | “O‘zavtosanoat” uyushmasi | 5 | 2280 |
8. | “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi | 11 | 2231 |
9. | “Ko‘mir” AB | 4 | 698 |
10. | Davlat geologiya qo‘mitasi | 4 | 1689 |
11. | “Maxsusqotishma” RB | 1 | 180 |
12. | Energetika vazirligi | 17 | 854 |
JAMI | 94 | 80182 | |
QURILISh, TRANSPORT VA ALOQA KOMPLEKSI | |||
1. | “O‘zavtotrans” korporatsiyasi | 48 | 9001 |
2.** | “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyasi | 16247 | |
3.** | “Toshkentqurilish” korporatsiyasi | 8137 | |
4. | “O‘zqurilishyog‘ochsanoat” bosh boshqarmasi | 2 | 39 |
5. | “O‘zqurilishmateriallari” konserni | 1 | 21632 |
6. | Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi | 28 | 5000 |
7. | “Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi | 3 | 681 |
8. | Aloqa vazirligi | 1 | 3615 |
9. | “O‘zbektransqurilish” uyushmasi | 10 | 532 |
10. | “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi | 3 | 116 |
JAMI | 96 | 65000 | |
DEHQONChILIK SANOATI KOMPLEKSI | |||
1. | “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi | 54 | 19139 |
2. | “O‘zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi | 5 | 1876 |
3. | “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” | 120 | 69399 |
4. | “O‘zdonmahsulot” davlat korporatsiyasi | 74 | 25936 |
5. | “O‘zbaliq” davlat korporatsiyasi | 21 | 11806 |
6. | “O‘zdehqonchilikqurilish” birlashmasi | 168 | 11309 |
JAMI | 442 | 139465 | |
IJTIMOIY KOMPLEKS | |||
1. | Sog‘liqni saqlash vazirligi | 312 | 438 |
2. | “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi | 75 | 6156 |
3. | “O‘zmaishiyxizmat” uyushmasi | 26 | 1190 |
4. | “O‘zbeksavdo” uyushmasi | 1 | 790 |
JAMI | 414 | 8574 | |
HAMMASI | 1046 | 293221 |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.12.1994 yildagi 628-son
Kuchga kirish sanasi
29.12.1994
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
|
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublikada islohotlarni yanada avj oldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda korxonalarni xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha 1995-yil topshirig‘ining bajarilishini 1 va 2-ilovalarga muvofiq ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga zarurat bo‘lganda ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatga tuzatish kiritishga ruxsat etilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, 1995-yilda davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha olingan dividendlar korxonalar va tashkilotlarga ularni rivojlantirish hamda texnik qayta jihozlash uchun yo‘naltiriladi. Bu mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan holda ular Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.
Davlat mulki qo‘mitasi aksiyalarning davlat ulushini boshqarish huquqini berish bo‘yicha aksionerlik birlashmalari va jamiyatlari bilan shartnomalar tuzilishini ta’minlasin.
3. Davlat mulki qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston tadbirkor ittifoqi, kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘arma bilan birgalikda respublika aholisi o‘rtasida xususiy tadbirkorlikni ommaviy ravishda rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni 3-ilovaga muvofiq amalga oshirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.