LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining 2011-yil 14-dekabrdagi 04/16-2401-sonli xatiga asosan viloyatda 2012-yil uchun davlat mulki ijara haqining eng kam stavkalarini belgilash maqsadida qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mulkini boshqarish Davlat qo‘mitasining 2011-yil 14-dekabrdagi 04/16-2401-sonli xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Viloyatdagi mahalliy hokimliklar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari balansidagi mol-mulkini hamda vakolatli davlat organi tomonidan tasarruf etish huquqisiz ularga berilgan mol-mulkini ijaraga berish bo‘yicha 2012-yil uchun ijara to‘lovining eng kam miqdordagi stavkalari 1-ilovaga muvofiq, ijara to‘lovining hududiy zonalar bo‘yicha koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq, ijara to‘lovining eng kam miqdordagi stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar va ijara haqlarini hisoblash tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Davlat mulki bo‘lgan binolar va xonalarda hamda inshootlarda ijarada joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara to‘lovining nol stavkasi qo‘llanishi belgilab qo‘yilsin.
4. Termiz shahri va tuman hokimliklari, viloyat davlat mulki boshqarmasi (E. Eshkeldiyev) bilan hamkorlikda har chorakda davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan va faoliyat ko‘rsatmayotgan bino-inshootlarni aniqlash yuzasidan xatlovlar o‘tkazish, ularning ro‘yxatini yuritish hamda tasdiqlangan ijara to‘lovining eng kam miqdordagi stavkalari bo‘yicha ijaraga berilishini ta’minlasinlar.
5. Viloyat moliya boshqarmasi (T. Jumayev), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (M. Suyarov), viloyat Nazorat taftish boshqarmasi (G‘. Mamatqulov) va viloyat g‘aznachilik boshqarmasi (S. Jumayev) ushbu qarorga muvofiq davlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan ijaraga berilgan davlat mulklari ijara shartnomalarining qonuniy tartibda tuzilishini va ijara haqlarining to‘liq to‘lanib borilishini vakolatlari doirasida nazoratga olsinlar.
6. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi (A. Pardayev), viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi (T. Arziqulov), viloyat o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi (P. Bakirov), viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi (A. Bo‘riyev) hamda boshqa davlat tashkilotlari va korxonalari har chorak yakunida tizimlaridagi tashkilot va muassasalar bo‘yicha foydalanilmayotgan davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan bino va inshootlar (xonalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish Markazi”ga taqdim etishlari yuklatilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari P. Madiyev zimmasiga yuklansin.
2012-yilda Davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara to‘lovining eng kam miqdordagi stavkalari | |||
T/r | Tarmoq kodi | Ijaraga beriladigan maydonning amalga oshiriladigan faoliyat turlari | Yillik eng kam stavka 1 kv.m/so‘m |
Sanoat | |||
1 | 13100 | Kimyo sanoati | 2200 |
2 | 13300 | Neftkimyo sanoati | 2200 |
3 | 14100 | Mashinasozlik | 2200 |
4 | 14200 | Dastgohsozlik va asbobsozlik sanoati | 2200 |
5 | 14300 | Hisoblash vositalari sanoati | 2200 |
6 | 14400 | Traktor va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi | 1600 |
7 | 14500 | Qurilish, yo‘l va kommunal mashinasozlik | 1600 |
8 | 14600 | Yengil va oziq-ovqat sanoati mashinasozligi hamda maishiy priborlar ishlab chiqarish | 1600 |
9 | 14710 | Sanitar-texnik va gaz uskunalari hamda buyumlari ishlab chiqarish | 2200 |
10 | 14800 | Metall konstruksiyalari va buyumlarini ishlab chiqarish | 2200 |
11 | 14900 | Mashina va uskunalarini ta’mirlash | 2200 |
12 | 14780 | Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari | 2200 |
O‘rmon xo‘jaligi, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati | |||
13 | 15100 | O‘rmon xo‘jaligi sanoati | 2200 |
14 | 15200 | Yog‘ochni qayta ishlash sanoati | 2200 |
15 | 15300 | Sellyuloza-qog‘oz sanoati | 2200 |
16 | 16100 | Qurilish materiallari sanoati | 2200 |
Yengil sanoat | |||
17 | 17100 | To‘qimachilik sanoati | 2200 |
18 | 17200 | Tikuvchilik sanoati | 2200 |
19 | 17300 | Charm, mo‘yna va poyabzal sanoati | 2200 |
20 | 17900 | Yengil sanoatning boshqa sohalari | 2200 |
Oziq-ovqat sanoati | |||
21 | 18100 | Shirin oziq-ovqat sanoati (baliq, go‘sht, yog‘, pishloq va sut sanoatidan tashqari) | 2200 |
22 | 18200 | Go‘sht va sut sanoati | 2200 |
23 | 18300 | Baliqchilik sanoati | 2200 |
24 | 19210 | Un yorma ishlab chiqarish sanoati | 2200 |
25 | 19220 | Kombikorm ishlab chiqarish sanoati | 1600 |
26 | 19700 | Oziq-ovqatning boshqa tarmoqlari | 2200 |
Sanoatning boshqa sohalari | |||
27 | 19300 | Meditsina sanoati | 2200 |
28 | 19400 | Nashriyot sanoati | 6000 |
29 | 19740 | Kiyim-kechak va gazlamadan tayyorlangan boshqa buyumlarni kimyoviy tozalash, bo‘yash, yuvish va ularga ishlov berish | 2200 |
Qishloq xo‘jaligi | |||
30 | 21100 | Bog‘dorchilik (shu jumladan issiqxonalar) 1 ga | 880000 |
31 | 21200 | Chorvachilik | 1000 |
32 | 21300 | Baliq yetishtirish | 1000 |
33 | 22200 | Veterinariya xizmati | 2200 |
Transport va aloqa | |||
34 | 51111 | Umumiy foydalanishdagi yer usti temir yo‘l transporti | 2200 |
35 | 51121 | Transport sohasi (avtopark va taksopark, avtomobillar to‘xtash joyi, garaj hamda avtomobillarni yuvish) | 2200 |
36 | 52100 | Pochta aloqasi | 2200 |
37 | 52200 | Kuryerlik xizmati | 4000 |
38 | 52300 | Elektr-radio-uyali aloqa va peydjer aloqasi (antenna-qurilmalarini mahkamlash uchun o‘rnatiladigan moslama-tortqich qoziqlarning umumiy perimetri bo‘yicha hisoblanadi, shu jumladan inshootlar) | 18000 |
Qurilish | |||
39 | 60000 | Qurilish | 2200 |
40 | 66000 | Loyiha, loyiha-qidiruv tashkilotlari | 2200 |
Savdo va umumiy ovqatlanish | |||
41 | 71100 | Ulgurji savdo | 6000 |
42 | 71200 | Chakana savdo | 6000 |
43 | 71300 | Umumiy ovqatlanish | 6000 |
44 | 71200 | Kitob do‘konlari | 1000 |
45 | 71400 | Madaniy, maishiy xizmat va xo‘jalik buyumlarini ijaraga berish | 6000 |
46 | 71500 | Xalq iste’mol mollari olib-sotishda vositachilik xizmati ko‘rsatish | 9000 |
47 | 80000 | Moddiy texnika ta’minoti va sotish | 6000 |
48 | 82000 | Axborot-hisoblash xizmatlari ko‘rsatish | |
49 | 82100 | Internet va kompyuter tarmog‘i bo‘yicha xizmat ko‘rsatish | |
50 | 83000 | Ko‘chmas mol-mulk operatsiyasi xizmati ko‘rsatish | |
51 | 84300 | Reklama, vakolatxona xizmati | |
52 | 84400 | Auditorlik faoliyati | |
53 | 84500 | Marketing tadqiqotlari, tijorat faoliyati, moliya va boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahat xizmati | |
54 | 87100 | Tahririyat va nashriyot | |
55 | 87300 | Metallolom va chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha tayyorlov tashkilotlari | |
56 | 90100 | Turar joy kommunal xo‘jaligi (UJMSh obyektlari) | |
57 | 90220 | Mehmonxona xo‘jaligi | |
58 | 90300 | Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishning noishlab chiqarish turlari | |
59 | 90300 | Sartaroshxona, fotosalon, modalar uyi, poyabzal ta’mirlash | |
60 | 90300 | Lombardlar | |
61 | 90300 | Hammom | |
62 | Sauna | ||
Sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minot | |||
63 | 91510 | Sog‘liqni saqlash | 4000 |
64 | 91600 | Dam olish va sayyohlik | 4000 |
65 | 91611 | Madaniy dam olish markazlari (bilyard, o‘yin avtomatlari, diskoteka va boshqalar) | 7000 |
66 | 91700 | Jismoniy tarbiya va sport | 2200 |
67 | 71212 | Dorixona muassasalari*, optika va tibbiyot anjomlarini sotish magazinlari | 3500 |
Ta’lim | |||
68 | 92100 | Oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlarni tayyorlash (shuningdek o‘quv kurslari) | |
69 | 92200 | Ishchilarni va boshqa xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish | |
70 | 92310 | Bolalar umumta’lim maktablari (nodavlat ta’lim muassasalari uchun) | |
71 | Umumiy ovqatlanish o‘quv ta’lim muassasalari uchun (oshxona, zal va yordamchi xonalar hamda joylar) | ||
72 | 92400 | Maktabgacha tarbiya (nodavlat umumta’lim muassasalari uchun) | |
73 | 93000 | Madaniyat va san’at | |
74 | 93132 | Ko‘rgazma | |
75 | 93160 | Madaniyat va istirohat bog‘lari | |
76 | 93170 | Botanika bog‘lari va zooparklar | |
77 | 93620 | Kinostudiya va ovoz yozish studiyalari | |
78 | 95000 | Fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish | |
Moliya-kredit faoliyatlari | |||
79 | 96000 | Moliya, kredit va nafaqa (pensiya) ta’minoti (sug‘urta va auditorlik faoliyatlaridan tashqari) | 6000 |
80 | 96100 | Bank faoliyati | 6000 |
Boshqa faoliyat turlari | |||
81 | 96200 | Sug‘urta | 6000 |
82 | 97800 | Sud va huquqiy muassasalar | 5000 |
83 | 84400 | Hay’at va advokatlar huquqiy maslahat xizmatlari | 4000 |
84 | 98000 | Jamoat birlashmalari | 1500 |
85 | 80200 | Omborxonalar | 6000 |
86 | Mulkdan ofis maqsadida foydalanish davlat korxonalari uchun | 2500 | |
87 | Mulkdan ofis maqsadida foydalanish xususiy korxonalari uchun | 9000 | |
88 | Avtomobillarga yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalari | 7000 | |
89 | Yengil avtotransport va boshqa turdagi transport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish | 7000 | |
90 | Yer va tuproq tarkibini tadqiqot qilish laboratoriyalari | 4000 | |
91 | Non-bulochka mahsulotlari tayyorlash | 6000 |
Davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ijara to‘lovining eng kam miqdordagi stavkalariga qo‘llaniladigan hududiy zonalar koeffitsiyentlari (Kz) | |||
Guruh t/r | Shahar va tumanlar nomi | Zonalar | Hududiy zonalar koeffitsiyenti |
1. | Termiz shahar | shahar hududi | 2,6 |
2. | Denov tumani | tuman markazi | 2,6 |
boshqa hududlari | 2,1 | ||
3. | Jarqo‘rg‘on tumani | tuman markazi | 2,3 |
boshqa hududlari | 1,9 | ||
4. | Qumqo‘rg‘on tumani | tuman markazi | 2,3 |
boshqa hududlari | 1,9 | ||
5. | Angor tumani | tuman markazi | 2,3 |
boshqa hududlari | 1,9 | ||
6. | Sariosiyo tumani | tuman markazi | 2,3 |
boshqa hududlari | 1,9 | ||
7. | Uzun tumani | tuman markazi | 2,3 |
boshqa hududlari | 1,9 | ||
8. | Boysun tumani | tuman markazi | 2,3 |
boshqa hududlari | 1,9 | ||
9. | Termiz tumani | tuman markazi | 2,3 |
boshqa hududlari | 1,9 | ||
10. | Sherobod tumani | tuman markazi | 2,3 |
boshqa hududlari | 1,9 | ||
11. | Sho‘rchi tumani | tuman markazi | 2,3 |
boshqa hududlari | 1,9 | ||
12. | Oltinsoy tumani | tuman markazi | 2,1 |
boshqa hududlari | 1,7 | ||
13. | Muzrabod tumani | tuman markazi | 2,1 |
boshqa hududlari | 1,7 | ||
14. | Qiziriq tumani | tuman markazi | 2,1 |
boshqa hududlari | 1,7 |
Es — 1-ilovaga muvofiq faoliyat turiga ko‘ra bir yilga bir kv. metr uchun ijara to‘lovining eng kam stavkasi.
Ijaraga olingan davlat mulklaridan foydalanish hamda ijara to‘lovi summalarini belgilash tartibi, bajariladigan qo‘shimcha xarajatlar, kommunal to‘lovlarini va yer soliqlarini to‘lash, ijaraga olingan davlat mulklarini kapital ta’mirlash, qo‘shimchalar qilish ishlari uchun sarflangan xarajatlarni to‘lash tartiblari to‘g‘risida.
a) Bino-inshoot hamda asosiy vositalar va avtotransport vositalarini kapital ta’mirlash, qo‘shimchalar kiritish ishlarini bajarish uchun sarflangan mablag‘lar to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar “Balans saqlovchi”ga taqdim etilganda va tomonlarni roziligi bilan, ushbu sarflangan mablag‘lar summasi ijara shartnomasi bo‘yicha “Balans saqlovchi”ga to‘lanishi lozim bo‘lgan ijara to‘lovi summasidan chegirib qolinishi mumkin. Ijara vaqtida olingan mahsulot va foyda “Ijaraga oluvchi”ning mulki hisoblanadi.
b) Belgilangan ijara to‘lovi summasiga yer solig‘i, kommunal xarajatlar (va boshqa turdagi xizmatlar) kiritilmagan bo‘lib, ushbu xarajatlar bo‘yicha “Ijaraga oluvchi” va “Balans saqlovchi” (mulk egasi) o‘rtasida asosiy ijara shartnomasiga qo‘shimcha alohida shartnoma tuziladi va ushbu shartnoma bo‘yicha “Ijaraga oluvchi” mazkur xarajatlarni to‘lash majburiyatini oladi.
v) Oliy o‘quv yurtlari, kollejlar, akademik litseylar, o‘rta ta’lim maktablarning ichkarisida joylashgan talaba va o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi oshxona, bufet va boshqa savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini ijaraga olgan ijarachilar yozgi ta’til davrida (yilning iyun, iyul va avgust oylari) ijara to‘lovi to‘lashdan ozod qilinadi.
g) “Ijaraga oluvchi” ijara shartnomasida ko‘rsatilgan davlat mulkidan foydalanganligi uchun ijara to‘lovini to‘lash muddati quyidagicha amalga oshiriladi:
ijara shartnomasida ijara to‘lovini xar oyda to‘lab borish belgilanganda, ijara to‘lovi ijara shartnomasi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab har oyning 10-kunidan kechiktirmasdan “Ijaraga beruvchi”ning tranzit hisob-raqamiga yuz foiz oldindan to‘lash shaklida amalga oshiriladi;
Ijara shartnomasida ijara to‘lovini har chorakda to‘lab borish belgilanganda, ijara to‘lovi ijara shartnomasi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab har chorakning birinchi oyining 20-kunidan kechiktirmasdan “Ijaraga beruvchi”ning tranzit hisob-raqamiga yuz foiz oldindan to‘lash shaklida amalga oshiriladi.