LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi mazkur Bitimga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi 275-II-sonli “Belgilar ro‘yxatga olinadigan Xalqaro tovarlar va xizmatlar tasnifi to‘g‘risidagi Nitstsa shartnomasiga qo‘shilish haqida”gi qaroriga asosan qo‘shilgan.
(1) Ushbu Bitim qo‘llaniladigan mamlakatlar Maxsus ittifoq tashkil qiladilar va belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning yagona tasnifini (keyingi o‘rinda “Tasnif” deb yuritiluvchi) qabul qiladilar.
(ii) har bir tovar yoki xizmat qaysi sinfga tegishli ekanligini ko‘rsatib, tovarlar va xizmatlarning alfavit tartibidagi ro‘yxatidan (keyingi o‘rinda “alfavit ro‘yxati” deb yuritiluvchi).
(i) Butunjahon intellektual mulk tashkilotini tuzish to‘g‘risidagi Konvensiyada aytib o‘tilgan Xalqaro intellektual mulkni muhofaza qilish byurosi (keyingi o‘rinda “Xalqaro byuro”) tomonidan 1971-yilda e’lon qilingan tasnifni; shu bilan birga, tushuniladiki, ushbu nashrga kiritilgan sinflar ro‘yxati uchun tushuntirishlar 3-moddada aytib o‘tilgan Ekspertlar qo‘mitasi tomonidan sinflar ro‘yxati uchun tushuntirishlar ishlab chiqilgunga qadar vaqtinchalik va tavsiyanomalar sifatida qaraladi;
(ii) ushbu Akt kuchga kirgunga qadar, 1957-yil 15-iyundagi Nitstsa bitimining 4(1) moddasiga va ushbu Bitimning 1967-yil 14-iyundagi Stokgolm Aktiga muvofiq kuchga kirgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni;
(iii) ushbu Aktning 3-moddasiga muvofiq keyinchalik kiritilgan va ushbu Aktning 4 (1) moddasiga muvofiq kuchga kirgan o‘zgartirishlarni.
(5) (a) (3) (i) bandda aytib o‘tilgan Tasnif, ushbu Akt imzolash uchun ochiq bo‘lgan sanadan oldin kuchga kirgan, 3 (ii) bandda ko‘rsatilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan birga Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Bosh direktoriga (keyingi o‘rinda “Bosh direktor” va “Tashkilot”) topshirilgan fransuz tilidagi bir haqiqiy nusxada saqlanadi. Ushbu Akt imzolash uchun ochiq bo‘lgan sanadan keyin kuchga kirgan, 3 (ii) bandda ko‘rsatilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham fransuz tilidagi bir haqiqiy nusxada Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.
(b) (a) bandda aytib o‘tilgan matnlarning ingliz tilidagi varianti ushbu Akt kuchga kirgandan keyin qisqa muddatda, 3-moddada aytib o‘tilgan ekspertlar Qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi. Uning haqiqiy nusxasi saqlash uchun Bosh direktorga topshiriladi.
(c) 3 (iii) bandda aytib o‘tilgan o‘zgartirishlar ingliz va fransuz tillardagi bitta haqiqiy nusxada saqlash uchun Bosh direktorga topshiriladi.
(6) 5-moddada ko‘rsatilgan Assambleya belgilashi mumkin bo‘lgan Tasnifning arab, ispan, italyan, nemis, portugal, rus va boshqa tillardagi rasmiy matnlari manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashilgandan keyin, yoki ushbu hukumatlar tomonidan berilgan tarjimaga asoslanib, yoki Maxsus ittifoq yoki Tashkilot budjetiga moliyaviy ta’sir ko‘rsatmaydigan boshqa vositalardan foydalanib Bosh direktor tomonidan tuziladi.
(7) Alfavit ro‘yxati har bir mahsulot yoki xizmat ko‘rsatkichining qarshisida u tuzilgan tilga mos keladigan tartib raqamini o‘z ichiga olgan, va
(i) ingliz tilida tuzilgan alfavit ro‘yxatida xuddi shu ko‘rsatkichga ega bo‘lgan tartib raqami, agar so‘z fransuz tilida tuzilgan alfavit ro‘yxati haqida yuritilayotgan bo‘lsa, va aksincha;
(ii) fransuz tilida tuzilgan alfavit ro‘yxatida, yoki ingliz tilida tuzilgan alfavit ro‘yxatida xuddi shu ko‘rsatkichga ega bo‘lgan tartib raqami, agar so‘z (6) bandga muvofiq tuzilgan alfavit ro‘yxati haqida yuritilayotgan bo‘lsa.
(1) Ushbu Bitim bilan yuklangan majburiyatlarni hisobga olib, Tasnif Maxsus Ittifoqning har bir mamlakatida unga shu mamlakatda beriladigan ma’noga ega bo‘ladi.
(2) Maxsus Ittifoqning har bir mamlakati Tasnifni asosiy yoki ikkilamchi tizim sifatida ishlatish huquqini o‘zida qoldiradi.
(3) Maxsus ittifoq mamlakatlarining vakolatli idoralari belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar va nashrlarga belgi ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan tovarlar yoki xizmatlar tegishli bo‘lgan Tasnif sinflari raqamlarini kiritadilar.
(4) Har qanday nomlanishni alfavit ro‘yxatiga kiritilishi, bu nomga bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqlarga hech qanday daxl qilmaydi.
(2) (a) Bosh direktor Maxsus ittifoq a’zolari bo‘lmagan, lekin Tashkilotga a’zo bo‘lgan yoki Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining ishtirokchilari bo‘lgan mamlakatlarni Ekspertlar qo‘mitasi yig‘ilishlarida vakillik qilish uchun kuzatuvchi sifatida taklif qilishi mumkin va Ekspertlar qo‘mitasining talabiga binoan taklif qilishi lozim.
(b) Bosh direktor belgilar sohasida ixtisoslashgan, a’zolari qatoriga Maxsus ittifoqning mamlakati bo‘lgan kamida bitta mamlakat kiradigan hukumatlararo tashkilotlarni Ekspertlar qo‘mitasi yig‘ilishlarida vakillik qilish uchun kuzatuvchi sifatida taklif qiladi.
(c) Bosh direktor boshqa hukumatlararo va xalqaro nodavlat tashkilotlarini ularni qiziqtiradigan masalalarni muhokama qilishda ishtirok etishi uchun taklif qilishi mumkin va Ekspertlar qo‘mitasining talabiga binoan taklif qilishi lozim.
(ii) Maxsus ittifoq mamlakatlariga Tasnifdan foydalanishni osonlashtiruvchi va uni bir xilda qo‘llanishini ta’minlovchi tavsiyalar yuboradi;
(iii) Maxsus ittifoq yoki Tashkilot budjetiga moliyaviy ta’sir ko‘rsatmasdan, Tasnifdan rivojlanayotgan mamlakatlar foydalanishiga ko‘maklashadigan barcha boshqa qarorlarni qabul qiladi;
(4) Ekspertlar qo‘mitasi o‘z tartib-qoidalarini qabul qiladi. Ushbu qoidalar Tasnifni takomillashtirishga katta hissa qo‘sha oladigan (2) (b) bandda ko‘rsatilgan hukumatlararo tashkilotlar Ekspertlar qo‘mitasining kichik qo‘mitalari va ishchi guruhlari yig‘ilishlarida ishtirok etish imkonini beradi.
(5) Tasnifga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflar har qanday Maxsus ittifoq mamlakatining vakolatli idorasi, Xalqaro byuro, (2) (b) bandga muvofiq Ekspertlar qo‘mitasida vakilliq qilayotgan hukumatlararo tashkilotlar, va bunday takliflarni tayyorlash uchun Ekspertlar qo‘mitasi maxsus taklif qilgan har qanday mamlakat yoki tashkilot tomonidan berilishi mumkin. Takliflar Xalqaro byuroga yuboriladi, u Ekspertlar qo‘mitasi a’zolari va kuzatuvchilariga takliflar ko‘rib chiqiladigan Ekspertlar qo‘mitasi sessiyasidan kamida ikki oy oldin ularni yuboradi.
(7) (a) (b) band qoidalarini hisobga olib, Ekspertlar qo‘mitasi qaror qabul qilish uchun Maxsus ittifoqning ovoz berishda qatnashuvchi va ishtirok etuvchi mamlakatlarining oddiy ko‘pchiligi talab qilinadi.
(b) Tasnifga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarorlar Maxsus ittifoqning ovoz berishda qatnashuvchi va ishtirok etuvchi mamlakatlarining beshdan to‘rt qismiga teng ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. O‘zgartirishlar deganda, tovarlar va xizmatlarning bir sinfdan boshqasiga o‘tkazilishi yoki har qanday yangi sinfning kiritilishi tushuniladi.
(c) (4) bandda aytib o‘tilgan protsedura qoidalari, maxsus holatlar istisno qilinganda, Tasnifga o‘zgartirishlar belgilangan muddatlarning oxirida qabul qilinishini ko‘zda tutadi; har bir muddatning davomiyligi Ekspertlar qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(1) Maxsus ittifoq mamlakatlarining vakolatli idoralari Xalqaro byuro tomonidan qabul qilingan o‘zgartirishlar va tavsiyalar bo‘yicha Ekspertlar qo‘mitasining qarorlari to‘g‘risida xabardor qilinadi. Tuzatishlar bildirishnoma yuborilgan sanadan olti oydan keyin kuchga kiradi. Har qanday boshqa o‘zgartirish Ekspertlar qo‘mitasi tomonidan o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab belgilangan sanadan kuchga kiradi.
(2) Xalqaro byuro kuchga kirgan o‘zgartirishlarni Tasnifga kiritadi. Ushbu o‘zgartirishlar haqidagi axborotlar 5-moddada aytib o‘tilgan Assambleya belgilaydigan davriy nashrlarda chop etiladi.
(1) (a) Maxsus ittifoq ushbu Aktni ratifikatsiya qilgan yoki unga qo‘shilgan mamlakatlardan tashkil topgan Assambleyaga ega.
(b) Har bir mamlakat hukumatidan bitta delegat vakil bo‘ladi, u o‘rinbosarlarga, maslahatchilarga va ekspertlarga ega bo‘lishi mumkin.
(i) Maxsus ittifoqni saqlash va rivojlantirishga va ushbu Bitimni qo‘llashga tegishli barcha masalalarni ko‘rib chiqadi;
(ii) Ushbu Aktni ratifikatsiya qilmagan yoki unga qo‘shilmagan Maxsus ittifoq mamlakatlarining sharhlarini tegishlicha inobatga olgan holda, qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyalarni tayyorlash yuzasidan Xalqaro byuroga ko‘rsatma beradi;
(iii) Tashkilot Bosh direktorining (keyingi o‘rinda “Bosh direktor”) Maxsus ittifoqqa tegishli hisoboti va faoliyatini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, va Maxsus ittifoq kompetensiyasiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur yo‘l-yo‘riqlar beradi;
(iv) dasturni belgilaydi, Maxsus ittifoqning ikki yillik budjetini qabul qiladi va uning moliyaviy hisobotlarini tasdiqlaydi;
(vi) 3-moddada ko‘rsatilgan Ekspertlar qo‘mitasidan tashqari, Maxsus ittifoq maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur deb hisoblaydigan boshqa ekspert qo‘mitalari va ishchi guruhlarini ham tuzadi;
(vii) Maxsus ittifoqqa a’zo bo‘lmagan qaysi mamlakatlar, va qaysi hukumatlararo va xalqaro nodavlat tashkilotlar uning yig‘ilishlarida kuzatuvchi sifatida kiritilishi mumkinligini aniqlaydi;
(ix) Maxsus ittifoq maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan boshqa har qanday tegishli choralarni amalga oshiradi;
(b) Ma’muriy boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan boshqa Ittifoqlarni ham qiziqtiradigan masalalar bo‘yicha Assambleya Tashkilot Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasining fikrini eshitgandan so‘ng qarorlar qabul qiladi.
(c) (b) bandning qoidalariga qaramay, agar biron bir sessiyada vakillik qilgan davlatlar soni yarmidan kam bo‘lsada, lekin Assambleyaga a’zo davlatlarning uchdan bir qismiga teng yoki undan ko‘p bo‘lsa, u qaror qabul qilishi mumkin, biroq Assambleyaning barcha bunday qarorlari, o‘z protsedura qoidalariga taalluqli qarorlar bundan mustasno, quyidagi shartlar bajarilgan i taqdirdagina kuchga kiradi. Xalqaro byuro aytib o‘tilgan qarorlarni Assambleyada vakil bo‘lmagan, unga a’zo-davlatlarga yuboradi, va ularni qarorlar yuborilgan sanadan boshlab uch oy ichida yozma ravishda bu qarorlarga ovoz beradilarmi, ularga qarshi yoki betaraf ekanliklari haqida xabar berishga taklif qiladi. Agar ushbu muddat tugagandan so‘ng, shunday ovoz bergan yoki ovoz berishdan bosh tortganligi haqida xabar bergan mamlakatlar soni sessiyaning o‘zida kvorumga erishish uchun yetarli bo‘lmagan songa yetsa, bunday qarorlar bir vaqtda ko‘pchilik ovoz saqlanib qolish sharti bilan kuchga kiradi.
(d) 8 (2) moddaning qoidalariga rioya qilgan holda, Assambleya o‘z qarorlarini berilgan ovozlarning ko‘pchilik uchdan ikki qismi bilan qabul qiladi.
(g) Assambleyaga a’zo bo‘lmagan Maxsus ittifoq davlatlari uning yig‘ilishlariga kuzatuvchilar sifatida kiritiladi.
(4) (a) Assambleyaning navbatdagi sessiyasi har ikki yilda bir marta Bosh direktor tomonidan chaqiriladi va istisnoli holatlardan tashqari, Tashkilot Bosh assambleyasi bilan bir vaqtda va joyda o‘tkaziladi.
(b) Assambleya Bosh direktor tomonidan Assambleyaga a’zo-davlatlari chorakdan birining talabiga binoan chaqiriladigan navbatdan tashqari sessiyaga yig‘iladi.
(b) Xalqaro byuro, xususan, yig‘ilishlarni tayyorlaydi va Assambleya Kotibiyati, Ekspertlar qo‘mitasi hamda shunday Assambleya yoki Ekspertlar qo‘mitasi tomonidan yaratilishi mumkin bo‘lgan boshqa ekspertlar qo‘mitalari yoki ishchi guruhlarining vazifalarini bajaradi.
(c) Bosh direktor Maxsus ittifoqning bosh mansabdor shaxsi va Maxsus ittifoq vakili bo‘lib hisoblanadi.
(2) Bosh direktor va u tayinlagan har qanday xodim Assambleya, Ekspertlar qo‘mitasi hamda Assambleya yoki Ekspertlar qo‘mitasi tomonidan yaratilishi mumkin bo‘lgan boshqa shunday ekspertlar qo‘mitalari yoki ishchi guruhlarining barcha yig‘ilishlarida ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi. Bosh direktor yoki u tayinlagan xodim ushbu organlarning ex officio kotibi bo‘lib hisoblanadi.
(3) (a) Xalqaro byuro, Assambleyaning ko‘rsatmasiga binoan, 5 — 8-moddalardan tashqari, Bitim qoidalarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyalar tayyorlaydi.
(b) Xalqaro byuro qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun hukumatlararo va xalqaro nodavlat tashkilotlari bilan maslahatlashishi mumkin.
(c) Bosh direktor va u tayinlagan shaxslar bu konferensiyalar ishida ovoz berish huquqisiz ishtirok etadilar.
(b) Maxsus ittifoq budjeti Maxsus ittifoq daromadlari va xarajatlarini, uning Ittifoqlar uchun umumiy xarajatlar budjetiga to‘lovini, shuningdek, kerak bo‘lganda, Tashkilot Konferensiyasi budjetiga ajratmalarni o‘z ichiga oladi.
(c) Ittifoqlar uchun umumiy xarajatlar — bu faqat Maxsus ittifoq bilan bog‘liq bo‘lmagan, bir vaqtning o‘zida Tashkilot ma’muriy boshqaruvini amalga oshiradigan bir yoki bir nechta boshqa Ittifoqlarga tegishli xarajatlardir. Bunday umumiy xarajatlardagi Maxsus ittifoq ulushi uning ushbu xarajatlarda manfaatdorligiga mos keladi.
(2) Maxsus ittifoq budjeti Tashkilot ma’muriy boshqaruvini amalga oshiradigan boshqa Ittifoqlarning budjetlari bilan muvofiqlashtirish talablarini hisobga olgan holda qabul qilinadi.
(ii) Xalqaro byuro Maxsus ittifoq bilan bog‘liq xizmatlarni taqdim etgani uchun yig‘imlar va to‘lovlardan;
(iii) Maxsus ittifoqqa tegishli Xalqaro byuroning nashrlarini sotishdan va bunday nashrlarga huquqlarni o‘tkazishdan tushgan mablag‘lardan;
(4) (a) (3) (i) bandda aytib o‘tilgan badal to‘lovini aniqlash uchun, Maxsus ittifoqning har bir mamlakati Sanoat mulkini muhofazalash bo‘yicha Parij ittifoqiga tegishli bo‘lgan sinfga kiradi va yillik badallarini ushbu Ittifoqda bunday sinf uchun o‘rnatilgan miqdordagi birliklar asosida to‘laydi.
(b) Har bir Maxsus Ittifoq mamlakatining yillik badal to‘lovi barcha mamlakatlar Maxsus ittifoq budjetiga to‘lashi kerak bo‘lgan badal to‘lovlarning umumiy summasiga tegishli summaga teng, xuddi shunday uning birliklari soni barcha badal to‘lovchi mamlakatlar birliklarining umumiy soniga to‘g‘ri keladi.
(d) Badallarni to‘lash bo‘yicha qarzdor mamlakat, agar uning qarzi o‘tgan ikki yil davomida to‘langan badallar miqdoriga teng yoki undan ko‘p bo‘lsa, Maxsus ittifoqning barcha organlarida ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ladi. Shu bilan birga, Maxsus ittifoqning ushbu organlaridan har biri bunday mamlakatga to‘lovni kechiktirish alohida va muqarrar holatlar tufayli yuz berganiga amin bo‘lgan taqdirda, ushbu organda o‘z ovoz berish huquqidan foydalanishni davom ettirishga ruxsat berishi mumkin.
(e) Agar budjet yangi moliyaviy davr boshlanishidan oldin qabul qilinmagan bo‘lsa, unda moliyaviy reglamentda ko‘zda tutilgan tartibda o‘tgan yil darajasidagi budjet amal qiladi.
(5) Maxsus ittifoq nomidan Xalqaro byuro tomonidan bajariladigan xizmatlar uchun yig‘imlar va to‘lovlarning razmeri Bosh direktor tomonidan belgilanadi va u bu haqda Assambleyaga xabar beradi.
(6) (a)Maxsus ittifoqning aylanma mablag‘lari jamg‘armasi mavjud bo‘lib, bu Maxsus ittifoqning har bir mamlakati tomonidan to‘lanadigan bir martalik to‘lovdan tashkil topadi. Agar aylanma mablag‘lari jamg‘armasi yetarli bo‘lmasa, Assambleya uni ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(b) Har bir mamlakatning aytilgan jamg‘armaga dastlabki to‘lovi miqdori yoki uning bu fondni ko‘paytirishdagi ulushi ushbu davlatning jamg‘arma tuzilgan yoki uni ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan yilga qo‘shgan hissasiga mutanosibdir.
(s) Ushbu nisbat va to‘lov shartlari Assambleya tomonidan Tashkilot Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasining fikrini eshitgandan so‘ng Bosh direktorning taklifiga binoan belgilanadi.
(7) (a) Hududida Tashkilot shtab-kvartirasi joylashgan mamlakat bilan tuzilgan shtab-kvartira haqidagi bitimda, agar aylanma mablag‘lar jamg‘armasi yetarli bo‘lmaganda, ushbu mamlakat avans taqdim etishi ko‘zda tutilgan. Bu avanslar miqdori va ularni berish shartlari har bir holda ushbu mamlakat va Tashkilot o‘rtasida maxsus kelishuvga binoan belgilanadi.
(b) (a) bandda ko‘rsatilgan mamlakat ham, Tashkilot ham yozma xabarnoma orqali avans olish majburiyatini bekor (denonsatsiya) qilishi mumkin. Denonsatsiya xabarnoma berilgan yil tugagagandan uch yildan keyin kuchga kiradi.
(8) Moliyaviy reviziya Maxsus ittifoqning bir yoki bir nechta davlatlari yoki Assambleya ular roziligi bilan tayinlagan tashqi revizorlar bilan moliyaviy reglament qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(1) 5, 6, 7-moddalarga va ushbu moddaga tuzatishlar kiritish bo‘yicha takliflar har qanday Assambleyaga a’zo-davlatlar yoki Bosh direktor tomonidan berilishi mumkin. Bunday takliflar Bosh direktor tomonidan ularni Assambleyada ko‘rilishidan kamida olti oy oldin Assambleyaga a’zo-davlatlarga yuboriladi.
(2) (1) bandda ko‘zda tutilgan moddalarga kiritilgan har qanday tuzatish Assambleya tomonidan qabul qilinadi, buning uchun berilgan ovozlarning ko‘pchilik to‘rtdan uch qism ovoz talab qilinadi; shu bilan birga, 5-modda va ushbu bandga kiritilgan har qanday tuzatish berilgan ovozlarning ko‘pchilik beshdan to‘rt qism ovozi bilan qabul qilinadi.
(3) (1) bandda ko‘zda tutilgan moddalarga kiritilgan har qanday tuzatish har bir mamlakatning konstitutsiaviy tartibiga muvofiq qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomalar Bosh direktor tomonidan ushbu tuzatishlar Assambleya tomonidan qabul qilgan paytda unga a’zo bo‘lgan davlatlarning to‘rtdan uch qismidan qabul qilingandan keyin bir oy o‘tgach kuchga kiradi. Shu tarzda qabul qilingan ushbu moddalarga kiritilgan har qanday tuzatish, tuzatishlar kuchga kirgan vaqtda Assambleya a’zolari bo‘lgan yoki shu kunday keyin a’zo bo‘lgan barcha mamlakatlar uchun majburiydir; shu bilan birga Maxsus ittifoq mamlakatlari majburiyatlarini oshiruvchi har qanday tuzatish faqat bunday tuzatish qabul qilinganligini bildirgan mamlakatlar uchun majburiydir.
(1) Ushbu Aktni imzolagan Maxsus ittifoqning har qaysi mamlakati uni ratifikatsiya qilishi yoki, agar uni imzolagan bo‘lmasa, unga qo‘shilishi mumkin.
(2) Maxsus ittifoqning a’zosi bo‘lmagan, lekin Sanoat mulkini muhofazalash bo‘yicha Parij konvensiyasining ishtirokchisi bo‘lgan har qanday mamlakat ushbu Aktga qo‘shilishi va bu bilan Maxsus ittifoq mamlakati bo‘lishi mumkin.
(3) Ratifikatsiya yorliqlari va qo‘shilish to‘g‘risidagi aktlar saqlash uchun Bosh direktorga topshiriladi.
(i) oltita yoki undan ko‘p mamlakatlar o‘z ratifikatsiya yorliqlarini yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi aktlarini saqlash uchun toshirdilar;
(ii) bu mamlakatlarning kamida uchtasi ushbu Akt imzolash uchun ochiq bo‘lgan sanaga Maxsus ittifoq malakalari bo‘lib hisoblanadilar.
(b) (a) bandda aytib o‘tilgan kuchga kirish o‘z ratifikatsiya yorliqlarini yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi aktlarini ushbu ko‘rsatilgan kuchga kirishdan kamida uch oy avval saqlash uchun toshirgan mamlakatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
(c) (b) band tegishli bo‘lmagan har qanday mamlakat uchun ushbu Akt Bosh direktor tomonidan uning ratifikatsiyasi yoki qo‘shilishi haqidagi bildirishnoma e’lon qilingandan sanadan uch oydan keyin kuchga kiradi, agar faqat ratifikatsiya yorlig‘ida yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi Aktda kechroq sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa. Bunday holatda ushbu Akt bu mamlakat uchun shu tariqa ko‘rsatilgan sanaga kuchga kiradi.
(5) Ratifikatsiya qilish yoki qo‘shilish avtomatik ravishda ushbu Akt bilan o‘rnatilgan qoidalarni e’tirof etishga va barcha afzalliklarga ega bo‘lishga olib keladi.
(6) Ushbu Akt kuchga kirgandan keyin hech bir mamlakat ushbu Bitimning har qanday oldingi aktini ratifikatsiya qilishi yoki unga qo‘shilishi mumkin emas.
Ushbu Bitim Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasi ega bo‘lgan amal qilish muddatiga ega.
(1) Ushbu Bitim vaqti vaqti bilan Maxsus ittifoq mamlakatlari konferensiyalarida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
(2) Qayta ko‘rish bo‘yicha konferensiyani chaqirish to‘g‘risidagi qaror Assambleya tomonidan qabul qilinadi.
(3) 5 — 8-moddalarga tuzatishlar qayta ko‘rish bo‘yicha konferensiyada yoki 8-modda qoidalariga muvofiq qabul qilinishi mumkin.
(1) Har qanday mamlakat Bosh direktorga yo‘naltirilgan bildirishnoma bilan ushbu Aktni denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya, shuningdek, ushbu Aktni bekor qiluvchi mamlakat ratifikatsiya qilgan yoki qo‘shilgan ushbu Bitimning avvalgi aktini yoki avvalgi aktlarini bekor qilishdir; denonsatsiya faqat uni amalga oshirgan mamlakatga nisbatan qo‘llaniladi, Maxsus ittifoqning boshqa mamlakatlari uchun esa, Bitim o‘z kuchida qoladi va bajarilishi shart.
(3) Ushbu moddada ko‘zda tutilgan denonsatsiya huquqi, Maxsus ittifoq davlati bo‘lgan kundan boshlab besh yil o‘tgunga qadar, mamlakat tomonidan qo‘llanilishi mumkin emas.
Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining 1967-yilgi Stokgolm Aktining 24-moddasi qoidalari ushbu Bitimga qo‘llaniladi; shu bilan birga, agar bu qoidalarga kelajakda tuzatishlar kiritilsa, unda vaqt bo‘yicha oxirgi tuzatish Maxsus ittifoqning ushbu tuzatish bilan bog‘liq mamlakatlari uchun qo‘llaniladi.
(1) (a) Ushbu Akt ingliz va fransuz tillarida bitta nusxada imzolangan bo‘lib, ikkala matn ham bir xil kuchga ega va Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.
(b) Ushbu Aktning rasmiy matnlari manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashishdan so‘ng va ushbu Akt imzolangan sanadan ikki oy mobaynida, boshqa ikki tilda, (a) ostbandda aytib o‘tilgan boshqa tillar bilan bir qatorda, Butun jahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etuvchi Konvensiyaning bir xil kuchga ega matnlari imzolangan ispan va rus tillarida Bosh direktor tomonidan tuziladi.
(c) Ushbu Aktning rasmiy matnlari manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashishdan so‘ng, arab, italyan, nemis va portugal tillarida, shuningdek Assambleya belgilagan boshqa tillarda Bosh direktor tomonidan tuziladi.
(3) (a) Bosh direktor ushbu Akt imzolangan matnining ikkita o‘zi tasdiqlagan nusxasini barcha Maxsus ittifoq mamlakatlari hukumatlariga va, so‘rov bo‘yicha, har qanday boshqa davlat hukumatiga yuboradi.
(b) Bosh direktor ushbu Aktga har qanday tuzatishlarning o‘zi tasdiqlagan ikkita nusxasini barcha Maxsus ittifoq mamlakatlari hukumatlariga va, so‘rov bo‘yicha, har qanday boshqa davlat hukumatiga yuboradi.
(5) Bosh direktor Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining barcha ishtirokchi-mamlakatlari hukumatlariga quyidagilar haqida xabar beradi:
(ii) 9 (3)-moddasiga muvofiq ratifikatsiya yorlivlari yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi aktlarni saqlash uchun topshirish haqida;