28.04.1977 yildagi -son
 LexUZ sharhi
(v) “hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti” deganda, 9(1)-moddaga muvofiq deklaratsiya topshirgan har qanday tashkilot tushuniladi;
(viii) “deponentlash bo‘yicha xalqaro organ” deganda, 7-moddaga muvofiq deponentlash bo‘yicha xalqaro organ maqomini olgan deponentlash bo‘yicha muassasa tushuniladi;
(x) “Ittifoq” deganda 1-moddada aytib o‘tilgan Ittifoq tushuniladi;
(xi) “Assambleya” deganda, 10-moddada aytib o‘tilgan Assambleya tushuniladi;
(b) Har qanday Ahdlashuvchi davlat (a)-kichik bandda ko‘rsatib o‘tilgan deponentlash bo‘yicha xalqaro organ tomonidan berilgan deponentlash to‘g‘risidagi tilxat nusxasini talab qilishi mumkin.
(2) Ushbu Shartnoma va Yo‘riqnoma bilan boshqariladigan masalalarga kelsak, bironta Ahdlashuvchi davlat ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan talablardan boshqa yoki qo‘shimcha talablarni taqdim qila olmaydi.
i) qayta deponentlash (a)(ii) kichik bandda aytib o‘tilgan hollarda deponentlash bo‘yicha boshqa xalqaro organda amalga oshirilishi mumkin.
(d) (a) — (s)- va (e)-kichik bandlar qoidalarini hisobga olgan holda, agar dastlab depozitlangan mikroorganizmning yashashga layoqatliligi to‘g‘risidagi avvalgi hamma arizalar mikroorganizm yashashga layoqatli ekanini ko‘rsatsa, va agar qayta deponentlash (a) kichik bandda aytib o‘tilgan bildirishnoma depozitor tomonidan olingan sanadan e’tiboran uch oy oralig‘ida amalga oshirilgan bo‘lsa, qayta deponentlash dastlabki deponentlash sanasiga amalga oshirilgan hisoblanadi.
(e) Agar (b)(i) kichik bandlar qoidalari qo‘llanadigan bo‘lsa va depozitor Xalqaro byuroning (b)(i) kichik bandlarda aytib o‘tilgan tugatilganlik, cheklanganlik yoki to‘xtatilganlik to‘g‘risidagi (a) kichik bandda ko‘rsatilgan bildirishnomani u chop etilgan sanadan e’tiboran olti oy oralig‘ida olmagan bo‘lsa, (d) kichik bandda aytib o‘tilgan uch oylik muddat ko‘rsatib o‘tilgan nashr sanasidan e’tiboran hisoblanadi.
(1) Deponentlash bo‘yicha xalqaro organ maqomiga enga bo‘lish uchun, deponentlash bo‘yicha har qanday muassasa Ahdlashuvchi davlat hududida joylashgan bo‘lishi hamda muassasa (2)-bandda sanab o‘tilgan shartlarga javob berishi va javob berishda davom etishi borasida ushbu davlat tomonidan taqdim etilgan va’dalarda o‘z aksini topgan imtiyozdan foydalanayotgan bo‘lishi kerak. Aytib o‘tilgan va’dalar hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti tomonidan ham taqdim etilishi mumkin; bunday hollarda deponentlash bo‘yicha muassasa ushbu tashkilot a’zosi bo‘lgan davlat hududida joylashgan bo‘lishi kerak.
(ii) Yo‘riqnomada ko‘zda tutilganidek, mazkur Shartnomaga muvofiq ilmiy va ma’muriy vazifalarni bajarish uchun zarur xodimlar jamoasi va asbob-uskunalarga ega bo‘lishi;
(vi) depozitorga, Yo‘riqnomada ko‘zda tutilganidek, yashashga layoqatlilik to‘g‘risida tilxat yoki boshqa har qanday talab qilingan guvohnoma berishi;
(vii) depozitlangan mikroorganizmlarga nisbatan, Yo‘riqnomada ko‘zda tutilganidek, maxfiylik talablariga bo‘ysunishi;
(viii) har qanday depozitlangan mikroorganizm namunasini Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan shartlarga rioya qilgan holda hamda protseduraga muvofiq berishi kerak.
(3) Yo‘riqnoma quyidagi hollarda qo‘llanadigan chora-tadbirlarni ko‘zda tutadi::
(1)(a) deponentlash bo‘yicha muassasa deponentlash bo‘yicha xalqaro organ maqomiga ega bo‘lishi uchun, o‘z hududida deponentlash bo‘yicha muassasa joylashgan Ahdlashuvchi davlat Bosh direktor nomiga ayitib o‘tilgan muassasa 6(2)-moddada ifodalangan shartlarga javob beradi va javob berishda davom etadi degan va’dalar berilgan deklaratsiyani o‘z ichiga olgan yozma xabar yuboradi. Aytib o‘tilgan maqom hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti tomonidan Bosh direktorga yo‘llangan va aytib o‘tilgan deklaratsiyani o‘z ichiga olgan yozma xabariga muvofiq ham olinishi mumkin.
(b) bu xabar, Yo‘riqnomada ko‘zda tutilganidek, deponentlash bo‘yicha muassasa to‘g‘risidagi axborotni ham o‘z ichiga oladi, hamda unda deponentlash bo‘yicha xalqaro organ maqomi kuchga kirgan sana ham ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
(b) Deponentlash bo‘yicha xalqaro organ maqomi xabar bosilib chiqqan sanadan e’tiboran olingan hisoblanadi yoki, agar sana (1)(b)-bandga muvofiq ko‘rsatilgan bo‘lsa va agar u xabar chop etilgan sanadan ancha kechki bo‘lsa, shu sanadan e’tiboran olingan hisoblanadi.
(3) (1)- va (2)-bandlarga muvofiq protsedura tafsilotlari Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan.
(1)(a) Har qanday Ahdlashuvchi davlat yoki har qanday hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti, 6-moddada sanab o‘tilgan shartlarga rioya qilinmagan yoki boshqa rioya qilinmayapti degan faktga asoslanib, Assambleyadan har qanday organning deponentlash bo‘yicha xalqaro organ sifatidagi maqomini tugatishni yoki mikroorganizmlarning muayyan turlari bilan cheklashni talab qilishi mumkin. Biroq Ahdlashuvchi davlat yoki hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti tomonidan qo‘yilgan bunday talab, ushbu tashkilotlarning o‘zlari tomonidan 7(1)(a)-moddada aytib o‘tilgan Deklaratsiya taqdim etilgan deponentlash bo‘yicha xalqaro organga nisbatan tegishli bo‘lmaydi.
(b) (a)-bandga muvofiq talab qo‘yilgunga qadar, Ahdlashuvchi davlat yoki hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti Bosh direktor orqali 7(1)-moddaga muvofiq xabar yuborgan Ahdlashuvchi davlat yoki hukumatlararo sanoat mulki tashkilotini taklif qilinayotgan talab sabablari haqida xabardor qiladi, toki ushbu davlat yoki tashkilot aytib o‘tilgan bildirishnoma yuborilgan sanadan e’tiboran olti oy muddatda taklif qilingan talabning kiritilish zaruratini bartaraf qilish imkoniyatiga ega bo‘lsin.
(s) Agar Assambleya talabni yetarli darajada asosli deb topsa, (a)-kichik bandda tilga olingan deponentlash bo‘yicha xalqaro organ maqomini tugatish yoki ushbu organga berilgan deponentlash bo‘yicha xalqaro organ maqomini muayyan turdagi mikroorganizmlar bilan cheklash haqida qaror chiqaradi. Assambleyaning ushbu qarori aytib o‘tilgan talab foydasiga ko‘pchilikning ovozini — 2/3 ovozni talab qiladi.
(2)(a) 7(1)(a)-moddada aytib o‘tilgan va’dalar keltirilgan deklaratsiyani taqdim etgan Ahdlashuvchi davlat yoki hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti Bosh direktor nomiga yuborilgan xabar vositasida o‘z deklaratsiyalarini yo batamom chaqirib olishlari, yoki faqat muayyan turdagi mikroorganizmlarga nisbatan chaqirib olishlari mumkin, va, agar va modomiki ularning tarkibidagi va’dalar qonuniy kuchga ega bo‘lmay qolgan bo‘lsa, o‘z deklaratsiyalarini har qanday holatda chaqirib olishlari kerak.
(b) Agar bunday xabar butun boshli deklaratsiyaga tegishli bo‘lsa, deponentlash bo‘yicha xalqaro organ maqomining Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan sanadan e’tiboran tugatilishini bildiradi, agar u faqat muayyan turdagi mikroorganizmlarga tegishli bo‘lsa, ushbu maqomning tegishli tarzda cheklanishini bildiradi.
(1)(a) Bir nechta davlatdan regional paketlarni berish topshirig‘ini olgan har qanday hukumatlararo tashkilot, hamda Sanoat mulkining muhofazasi bo‘yicha Xalqaro (Parij) ittifoq a’zolari bo‘lgan hamma davlatlar Bosh direktor nomiga u 3(1)(a)-moddada ko‘zda tutilgan e’tirof etish to‘g‘risidagi majburiyatni va 3(2)-moddada qayd etilgan talablarga tegishli majburiyatlarni qabul qilishi, hamda hukumatlararo sanoat mulki tashkilotlarga nisbatan qo‘llanadigan ushbu Shartnoma va Yo‘riqnoma qoidalaridan kelib chiqadigan hamma oqibatlarni e’tirof etishi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi mumkin. Avvalgi gapda tilga olingan deklaratsiya 16(1)-moddaga muvofiq ushbu Shartnoma kuchga kirgunga qadar topshirilgan bo‘lsa, uning amal qilishi kuchga kirgan sanadan e’tiboran boshlanadi. Deklaratsiya ushbu Shartnoma kuchga kirganidan keyin topshirilgan bo‘lsa va agar unda keyingiroq sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bu holda uning amal qilishi deklaratsiya topshirilgan sanadan e’tiboran boshlanadi. Aytib o‘tilgan so‘nggi holatda deklaratsiya xuddi shu holatda ko‘rsatilgan sanadan e’tiboran amal qila boshlaydi.
(b) Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tashkilot 3(1)(b)-moddada ko‘zda tutilgan huquqqa ega bo‘ladi.
(2) Mazkur Shartnoma yoki Yo‘riqnomaning hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti manfaatlariga tegishli har qanday qoidasini qayta ko‘rib chiqish yoki unga o‘zgartirishlar kiritishda har qanday hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti o‘zining (1)-bandda tilga olingan deklaratsiyasini Bosh direktor nomiga yuboriladigan bildirishnomada chaqirib olishi mumkin. Ushbu chaqirib olish:
(ii) bildirishnoma (i)-kichik bandda tilga olingan sanadan keyin olingan bo‘lsa, bildirishnomada ko‘rsatilgan sanadan boshlab yoki, bunday ko‘rsatma mavjud bo‘lmagan taqdirda, bildirishnoma olingan sanadan e’tiboran uch oy o‘tib, kuchga kiradi.
(3) (2)bandda aytib o‘tilgan holatga qo‘shimcha ravishda, har qanday hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti o‘zining (1)(a)-bandda ko‘rsatilgan deklaratsiyasini Bosh direktor nomiga bildirishnoma yuborish yo‘li bilan chaqirib olishi mumkin. Ushbu chaqirib olish Bosh direktor bildirishnomani olgan sanadan e’tiboran ikki yil o‘tib kuchga kiradi. Ushbu bandga muvofiq chaqirib olish to‘g‘risidagi bironta bildirishnoma deklaratsiya kuchga kirgan sanadan e’tiboran besh yillik muddat davomida qabul qilinmaydi.
(4) hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan va (2)- yoki (3)-bandlarda tilga olingan chaqirib olish, — uning ma’lumoti deponentlash bo‘yicha muassasaga 7(1)-moddaga muvofiq deponentlash bo‘yicha xalqaro organ maqomiga ega bo‘lish imkoniyatini bergan edi, — chaqirib olish to‘g‘risidagi bildirishnoma Bosh direktor tomonidan olingan sanadan e’tiboran bir yil o‘tib bunday maqomning tugatilishiga olib keladi.
(5) (1)(a)-bandda aytib o‘tilgan har qanday deklaratsiya, (2)-band yoki (3)-bandda chaqirib olish to‘g‘risidagi bildirishnoma, 6(1)-moddaning ikkinchi gapiga muvofiq keltirilgan hamda 7(1)(a)-moddaga muvofiq tashkil qilingan deklaratsiyaga kiritilgan va’dalar, 8(1)-moddaga muvofiq ilgari surilgan talab va 8(2)-modada aytib o‘tilgan chaqirib olish to‘g‘risidagi xabar hukumatlararo sanoat mulki tashkilotining oliy boshqaruv organi tomonidan dastlab maxsus ma’qullanishi kerak; hamma Ahdlashuvchi davlatlar bu tashkilotning a’zolari bo‘lib, uning qarorlari bunday davlatlar hukumatlarining rasmiy vakillari tomonidan qabul qilinadi.
(d) Ittifoq a’zosi bo‘lmasa-da, ammo Tashkilotning yoki Sanoat mulki muhofazasi bo‘yicha Xalqaro (Parij) ittifoqining a’zosi bo‘lgan har qanday davlat, hamda, 2(v)-moddada belgilab qo‘yilganidek, patentlar sohasida ixtisoslashgan va hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti bo‘lmagan har qanday hukumatlararo tashkilot Assambleya majlislarida va, agar Assambleya shunday qaror qabul qilsa, Assambleya tomonidan ta’sis etilgan har qanday komitet yoki ishchi guruh majlislarida o‘z kuzatuvchilariga ega bo‘lishlari mumkin.
(vi) (1)(d)-band qoidalarini hisobga olgan holda Ahdlashuvchi davlatlar bo‘lmagan qaysi davlatlar, 2(v)-moddada belgilangan hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti bo‘lmagan qanday hukumatlararo tashkilotlar, va qanday xalqaro nohukumat tashkilotlar o‘z majlislariga kuzatuvchilar sifatida qatnasha olishini, va deponentlash bo‘yicha xalqaro organlar o‘z majlislariga kuzatuvchilar sifatida qay darajada qatnashishini hal qiladi;
(6)(a) Assambleya o‘z qarorlarini, 8(1)(s)-, 12 (4)- va 14(2)(b)-moddalar qoidalarini hisobga olgan holda, ko‘pchilik ovoz bilan qabul qiladi.
(i) Ittifoqning ma’muriy vazifalarini, jumladan mazkur Shartnoma va Yo‘riqnoma yoki Assambleyaga muvofiq o‘ziga maxsus yuklatilgan vazifalarni amalga oshiradi;
(b) Bosh direktor yoki u tayinlagan har bir xodim (a)-kichik bandda tilga olingan Assambleyaning, shuningdek komitetlar, ishchi guruhlar va boshqa majlislarning exofficio kotibi hisoblanadi.
(i) ushbu Shartnoma Yo‘riqnomaga maxsus havola qiladigan talablarga nisbatan, yoki bunday qoidalar o‘rnatilgan yoki o‘rnatilishi maxsus ko‘zda tutilgan talablarga nisbatan,
(4)(a) Yo‘riqnomaga har qanday tuzatishni qabul qilish uchun, (b)-kichik band qoidalarini hisobga olgan holda, berilgan ovozlarning uchdan ikki qismi talab qilinadi.
(5) Ushbu Shartnoma qoidalari bilan Yo‘riqnoma qoidalari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan holda, Shartnoma qoidalari qo‘llanadi.
(3) 10- va 11-moddalarga kiritiladigan tuzatishlar yo qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyada yoki 14-moddaga muvofiq qabul qilinishi mumkin.
(1)(a) Mazkur moddaga muvofiq 10- va 11-moddalarga tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflar har qanday Ahdlashuvchi davlat yoki Bosh direktor tomonidan ilgari surilishi mumkin.
(2)(a) (1)-bandda tilga olingan tuzatishlar Assambleya tomonidan qabul qilinadi.
(b) 10-moddaga kiritiladigan har qanday tuzatishni qabul qilish uchun berilgan ovozlarning beshdan bir qismi talab qilinadi, 11-moddaga kiritiladigan har qanday tuzatishni qabul qilish uchun berilgan ovozlarning to‘rtdan uch qismi talab qilinadi.
(3)(a) (1)-bandda tilga olingan moddalarga kiritiladigan har qanday tuzatish ushbu tuzatish har bir davlatning konstitutsion protsedurasiga muvofiq amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi yozma bildirish Bosh direktor tomonidan ushbu tuzatish kiritilayotgan vaqtda Assambleya a’zolari bo‘lgan Ahdlashuvchi davlatlarning to‘rtdan uch qismidan olinganidan bir oy o‘tib kuchga kiradi.
(c) (a)-kichik band qoidalariga muvofiq qabul qilingan va kuchga kirgan har qanday tuzatish ushbu tuzatish Assambleya tomonidan qabul qilingan sanadan keyin Ahdlashuvchi davlat maqomini olgan hamma davlatlar uchun majburiydir.
(3) Hech bir Ahdlashuvchi davlat (1)-bandda ko‘zda tutilgan denonsatsiya huquqidan, shu davlatning o‘zi ushbu Shartnoma qatnashchisiga aylangan sanadan e’tiboran besh yil muddat o‘magunga qadar, foydalana olmaydi.
(4) Ushbu Shartnomaning 7(1)(a)-moddada aytib o‘tilgan dekloratsiyani deponentlash bo‘yicha muassasaga nisbatan deklaratsiyani amalga oshirgan va bu unga deponentlash bo‘yicha xalqaro organ maqomiga ega bo‘lish imkonini bergan Ahdlashuvchi davlat tomonidan denonsatsiya qilinishi tufayli (1)-bandda aytib o‘tilgan xabarnoma Bosh direktor tomonidan olingan sanadan e’tiboran bir yil o‘tib, bunday maqomning tugatilishiga olib keladi.
(2) Bosh direktor ushbu Shartnoma va Yo‘riqnomaning o‘zi tomonidan tasdiqlangan ikkita nusxasini 15(1)-moddada aytib o‘tilgan hamma davlatlarning hukumatlariga, 9(1)(a)-moddaga muvofiq deklaratsiya topshirishi mumkin bo‘lgan hukumatlararo tashkilotlarga, va, talabga binoan, har qanday boshqa davlatning hukumatiga beradi.
(4) Bosh direktor ushbu Shartnomaga va Yo‘riqnomaga kiritilgan har qanday tuzatishning o‘zi tomonidan tasdiqlangan ikkita nusxasini hamma Ahdlashuvchi davlatlarga, hukumatlararo sanoat mulki tashkilotlariga va, talabga binoan, har qanday boshqa davlatning hukumatiga va 9(1)(a)-moddaga muvofiq deklaratsiya topshira oladigan har qanday boshqa hukumatlararo tashkilotga beradi.
(i) 18-moddaga muvofiq imzolashlar to‘g‘risida,
(ii) 15(2)-moddaga muvofiq qo‘shilish to‘g‘risidagi ratifikatsion hujjatlar yoki aktlarning saqlashga topshirilgani to‘g‘risida,
(iii) 9(1)(a)-moddaning qoidalariga muvofiq topshirilgan deklaratsiyalar va 9(1)(a)-moddaga muvofiq chaqirib olish haqidagi xabarnomalar to‘g‘risida,
(iv) 16(1)-moddaga muvofiq ushbu shartnomaning kuchga kirgan sanasi to‘g‘risida,
(v) 7- va-8-moddalarga muvofiq xabarlar to‘g‘risida, shuningdek 8-moddaga muvofiq qarorlar to‘g‘risida,
(vi) 14(3)-moddaga muvofiq ushbu Shartnomaga kiritilgan tuzatishlarni qabul qilish to‘g‘risida,
(vii) Yo‘riqnomaga kiritiladigan har qanday tuzatish to‘g‘risida,
(viii) Shartnomaga yoki Yo‘riqnomaga kiritilgan tuzatishlarning kuchga kirgan sanasi to‘g‘risida,
(ix) 17-moddaga muvofiq olingan denonsatsiyalar to‘g‘risida xabardor qiladi.