O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 26 iyundagi «Reklama to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi 243-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2001 yil 26 martdagi «Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 4-sonli qaroriga muvofiq hamda «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarashli transport vositalarining salon ichki, tashqi va ustki qismlarida, metropoliten stansiyalari hududida, o‘tish joylarida, trolleybus va tramvay tarmog‘iga tegishli moslamalarda reklama va reklamani joylashtirish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni tartibga solish masalalarini takomillashtirish maqsadida, «Toshshahartransxizmat» uyushmasining 2010 yil 18 noyabrdagi 5-10/370-sonli murojaat xatini inobatga olib qaror qilaman:
1. «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarashli transport vositalarida reklamani joylashtirish Tartibi» 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. «Toshshahartransxizmat» uyushmasi huzuridagi Toshkent shahar transportida reklama va axborot faoliyati bo‘yicha doimiy Komissiyaning tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarashli transport vositalarida reklamani joylashtirish tariflari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
«Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarashli transport vositalarida reklamani joylashtirish haqi joriy tariflarga» 2011 yil 1 yanvardan boshlab qo‘llaniladigan tariflar esa Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi muhokamasiga kiritilib, uning qaroriga asosan qo‘llanilishi inobatga olinsin.
4. «Toshshahartransxizmat» uyushmasi (Sh. Muhamedjanov), uyushma tarkibida Toshkent shahar transportida reklama va axborot faoliyati bo‘yicha Komissiyaning ishchi organi etib «Toshtrans Reklama-Servis» korxonasi ta’sis etilsin va o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin.
Reklama transport vositalarida, shu jumladan metropolitenda faqat ularning egalari yoki mulkdorlari bilan kelishilgan holda hamda xavfsizlik talablari va yo‘l harakati qoidalariga muvofiq joylashtirilishi mumkin.
Reklama joylashtirish va reklama uzatuvchi moslamalarni o‘rnatishdan tushgan mablag‘lar Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari» «Toshshahartransxizmat» uyushmasi raisi nazoratida «Toshtrans Reklama-Servis» korxonasi xarajatlarini qoplashga, ma’lum qismi transport vositalarining egalari yoki mulkdorlari bilan kelishilgan holda ularning hisobiga o‘tkaziladi va Toshkent shahar yo‘lovchi transporti infrastrukturasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Toshkent shahar transportida reklama va axborot faoliyati bo‘yicha Komissiyaning majlislarini tayyorlash va o‘tkazish, mazkur komissiya qarorlari asosida «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarashli transport vositalarida reklamani joylashtirish uchun ruxsatnoma hujjatlarini tayyorlash va arizachilarga berish, ularni joylashtirishdan tushadigan mablag‘larni jamlash va ularning hisobini olib borish, shuningdek reklama beruvchilar bilan aloqalarni amalga oshirish «Toshtrans Reklama-Servis» korxonasi tomonidan amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari R. Usmonov va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sh. Muhamedjonov zimmalariga yuklatilsin.
Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrida yo‘lovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2006 yil 11 yanvardagi PF-3713-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi 2000 yil 26 noyabrdagi 243-sonli qarori, 2010 yil 17 sentyabrdagi «Reklama to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining «Reklama joylashtirish to‘g‘risidagi Tartibni tasdiqlash haqida»gi qarori asoslangan bo‘lib, Toshkent shahar transport vositalarida reklamani joylashtirish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.
1.1. Transport vositalarida reklama-axborot faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi qonuniga qat’iy amal qilgan holda va ushbu Tartib asosida Toshkent shaxar transportida reklama va axborot faoliyati bo‘yicha doimiy Komissiyasi (keyingi o‘rinlarda «Komissiya» deb yuritiladi) xamda uning ishchi organi «Toshtrans Reklama-Servis» korxonasi (keyingi o‘rinlarda «Toshtrans Reklama-Servis» deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
1.2. Komissiya majlislarini tayyorlash, uning qarorlari asosida transport vositalarida reklamalarni joylashtirish hujjatlarini rasmiylashtirish, ushbu Tartibning tatbiq etilishini ta’minlash, reklama va reklama vositalarini joylashtirishni monitoring qilish, reklamalarni joylashtirishdan olinadigan daromadlarning tushumini ta’minlash va reklama beruvchilar bilan shartnomaviy aloqalarni tiklash va Komissiya qarorlari asosida boshqa reklama bozorlariga oid masalalar bilan ishlash Komissiyaning ishchi organi — «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan amalga oshiriladi.
1.3. «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga tegishli barcha transport vositalarida reklamani joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar va hujjatlarni rasmiylashtirish ushbu Tartib asosida faqatgina «Komissiya» hamda «Toshtrans Reklama-Servis» orqali amalga oshirilishi shart va boshqa har qanday uchinchi tashkilotlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar, Komissiyaning qarorisiz o‘rnatilgan reklama va reklama uzatuvchi moslamalar noqonuniy hisoblanadi, noqonuniy reklamani o‘rnatgan tashkilotlar yoki shaxslar harakatdagi qonunchilik doirasida javobgar bo‘ladilar.
1.4. «Toshtrans Reklama-Servis» rahbari transport vositalarida reklama o‘rnatish haqida Komissiya raisiga yilning har choragida bir marta umumiy yozma hisobot berib turadi.
2.1. Transport vositalarida reklama faoliyatini rivojlantirish, yanada takomillashtirish va uni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish Komissiyaning asosiy maqsadidir.
reklama ishlab chiqaruvchilar, reklama tarqatuvchilar, yuridik va jismoniy reklama agentliklari (keyinga o‘rinda— reklama tarqatuvchi) bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
transport vositalarida reklama-axborot faoliyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
tariflar asosida amalga oshiriladigan to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash va transport vositalarida reklama joylashtirishdan tushadigan mablag‘larni to‘plash;
mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkor (yuridik va jismoniy shaxs)larga o‘z mahsulotlarini iste’molchiga tezroq etkazish uchun omil bo‘luvchi yangi zamonaviy reklama vositalarini joylashtirish uchun qulayliklar va shart-sharoitlar yaratish;
reklama bozoridagi reklama ishlab chiqaruvchilar, reklama tashuvchilar, yuridik va jismoniy reklama agentliklari uchun barobar qulaylik va teng imkoniyatlar yaratish;
3.1. Komissiyaning ish faoliyati O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi 2000 yil 26 iyun 243-sonli Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»ga qarori doirasida tashkillashtiriladi. Transport vositalari tizimida reklama faoliyatini nazoratga olish, tahlil qilish va bu faoliyat turining to‘g‘ri rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan imkoniyatlarni safarbar qilish va shart-sharoitlar yaratish Komissiyaning ish faoliyatida asosiy o‘rin tutadi.
3.2. Komissiyaning ish faoliyati reklama beruvchilarning buyurtmalariga asoslangan holda tashkillashtiriladi va qabul qilingan qarorlarda o‘z ifodasini topadi.
3.3. «Toshshahartransxizmat» uyushmasi huzuridagi Toshkent shahar transportida reklama va axborot faoliyati bo‘yicha Komissiya Toshkent shahar hokimligi huzuridagi reklama va axborot faoliyati bo‘yicha Komissiyasi vakili hisoblanadi. Shuningdek, «Toshshahartransxizmat» uyushmasi huzuridagi Toshkent shahar transportida reklama va axborot faoliyati bo‘yicha Komissiya raisining o‘rinbosari Toshkent shahar hokimligi huzuridagi reklama va axborot faoliyati bo‘yicha Komissiyasining a’zosi hisoblanadi.
4.1. Ushbu Tartibda «Reklama to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ko‘rsatilgan quyidagi tushunchalar va atamalar qo‘llaniladi:
4.1.1. «Reklamani joylashtirish joyi» — Transport vositalarida (saloni ichida, tashqi va ustki qismida, va h.k), metropoliten stansiyalari hududida, o‘tish joylarida, trolleybus va tramvay tarmog‘iga tegishli moslamalar va «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga tegishli barcha transport vositalarining so‘nggi bekatlar ichida (reklama maydoni shaharga qaramagan holda) maxsus ajratilgan va belgilangan joy.
4.1.2. «Reklama joyining pasporti» (keyingi o‘rinlarda — «Pasport») Komissiya qarori asosida reklama tarqatuvchiga ma’lum muddatga, ma’lum belgilangan joyga reklama moslamasini o‘rnatish uchun belgilangan shakldagi hujjat bo‘lib, reklama moslamasini o‘rnatish shartlari ifodalangan texnik hujjat hisoblanadi. Pasport reklama ko‘rinishini o‘rnatish uchun asos bo‘maydi.
4.1.3 «Montaj ishlarini olib borish uchun texnik tasdiqnoma» (keyingi o‘rinlarda — «Tasdiqnoma») — Reklama tarqatuvchiga ma’lum muddat ichida, ma’lum belgilangan reklama moslamasini uning pasportida ko‘rsatilgan joyga o‘rnatish ishlarini olib borish huquqini beruvchi hujjat. Tasdiqnoma Komissiya tomonidan reklama moslamasining tayyor texnik pasporti asosida tasdiqlanib, reklama tarqatuvchiga beriladi.
4.1.4. «Reklama moslamasida reklamani joylashtirish huquqining berilganligi to‘g‘risidagi ruxsatnoma» (keyingi o‘rinlarda — «Ruxsatnoma») — Reklama tarqatuvchiga ma’lum muddatga, ma’lum belgilangan reklama moslamasiga reklama ko‘rinishini o‘rnatish mumkinligi haqidagi hujjat. Ruxsatnoma Komissiya ishchi organi tomonidan reklama moslamasining tayyor texnik pasporti asosida tasdiqlanib, reklama tarqatuvchiga beriladi.
4.1.5. «Reklamani joylashtirish shartnomasi» (keyingi o‘rinlarda — «Shartnoma») — Komissiya nomidan «Toshtrans Reklama-Servis» va reklama tarqatuvchi o‘rtasida transport vositalarida reklamani joylashtirish uchun tuziladigan ikki tomonlama huquqiy kelishuv.
4.1.6. «Hujjatlarni tayyorlash bitimi» (keyingi o‘rinlarda — «Bitim») — Reklamaning texnikaviy vositalarini o‘rnatish uchun reklama joyining pasporti, ruxsatnomasi va boshqa hujjatlarni tayyorlab berish bo‘yicha pullik xizmatlarga «Toshtrans Reklama-Servis» va reklama tarqatuvchi o‘rtasida tuziladigan kelishuv.
4.1.7. «Bosh kelishuv» — Mazkur Tartib shartlariga rioya etish to‘g‘risida reklama tarqatuvchi va Komissiya nomidan «Toshtrans Reklama-Servis» o‘rtasida tuziladigan kelishuv.
5.1. Transport vositalarida reklama moslamalarini joylashtirish faqat ularning egalari bilan kelishilgan holda, reklama moslamasi pasporti mavjudligi hamda xavfsizlikka qo‘yilayotgan talablar va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan taqdirda amalga oshiriladi.
5.2. «Toshshahartransxizmat» uyushmasining korxonalari va ularning tarkibiy bo‘linmalariga qarashli bo‘lgan transport vositalariga reklama moslamalarini joylashtirish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish Komissiya qarorlari asosida belgilangan tartibda «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan amalga oshiriladi.
6.1 Transport vositalarida reklama moslamalarini joylashtirish istagini bildirgan tashkilotlar yoki shaxslar «Toshtrans Reklama - Servis»ga reklama moslamasini joylashtirish bo‘yicha buyurtma bilan murojaat etadilar. Buyutrmaga quyidagilar ilova qilinadi:
reklama moslamasi joylashtirilayotgan transport vositasining davlat raqami yoki reklama moslamasi joylashtirilayotgan aniq manzil (dislokatsiya);
reklama moslamasi transportga o‘rnatilgan holatida transport vositasi qanday ko‘rinish olishini tasvirlovchi fotosurat;
joylashtiriladigan reklama moslamasining texnik ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari (hajmi, bo‘yi, eni, qalinligi va hokazolar) aks etgan chizma.
6.2. Yangi reklama moslamasini o‘rnatish uchun «Toshtrans Reklama-Servis» 5 ish kuni ichida buyurtmada so‘ralayotgan joyga boshqa reklama tarqatuvchi buyurtmasining bor yoki yo‘qligini o‘rganib chiqadi, shuningdek so‘ralayotgan joy bo‘yicha aniq axborot to‘plash uchun arizada ko‘rsatilgan joyga chiqadi. Agar so‘ralgan joy bo‘sh bo‘lib, reklama moslamasini o‘rnatish uchun texnikaviy imkoniyat mavjud bo‘lsa, reklama joyining texnik hujjati — pasportini tayyorlash va mas’ul organlar bilan kelishish xizmati uchun to‘lov bitimi yozib beriladi. Buyurtmachi 5 ish kuni ichida bitimda ko‘rsatilgan to‘lovni to‘liq amalga oshiradi va shundan so‘ng «Toshtrans Reklama-Servis» l oy muddat ichida ushbu reklama joyining pasportini tayyorlab beradi», uni mas’ul organlar bilan kelishuvdan o‘tkazadi va Komissiyaning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritiladi.
6.3. Agar reklama moslamasi joylashtiriladigan joyga bir vaqtning o‘zida bir necha buyurtmalar berilsa, «Toshtrans Reklama-Servis» ushbu buyurtmalarning barchasini aniq qabul qilingan vaqti va sanasini ko‘rsatgan holda ro‘yxatga oladi. Shundan so‘ng qolgan buyurtmachilarga birinchi bo‘lib buyurtma topshirgan reklama tarqatuvchiga pasport berish jarayoni boshlanganligini yozma ravishda ma’lum qiladi. Mabodo pasport berish jarayonida birinchi bo‘lib buyurtma topshirgan reklama tarqatuvchi ma’lum bir qonuniy hujjatlarda ko‘rsatilgan qoidalarni yoki «Toshtrans Reklama-Servis» bilan tuzilgan bitim shartlarini buzsa, «Toshtrans Reklama-Servis» birinchi bo‘lib buyurtma topshirgan reklama tarqatuvchiga pasport berish jarayoni to‘xtatilganligi va buning sabablarini aniq ko‘rsatgan holda yozma tarzda ma’lum qiladi.
6.4. Buyurtma «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan ro‘yxatga olinib atroflicha o‘rganilgandan so‘ng reklama moslamasini transport vositalarida joylashtirishga ruxsat berilishi yoki rad etilishi (vaqtinchalik to‘xtatilishi) haqidagi qaror Komissiyaning navbatdagi majlisida qabul qilinadi.
6.5. Reklama moslamasiga pasport berish jarayoni yakuniga etganidan so‘ng «Toshtrans Reklama-Servis» ushbu pasportni ma’lum tartib raqami ostida ro‘yxatga oladi va montaj ishlarini olib borish uchun texnik tasdiqnomani tayyorlaydi va Komissiyaning navbatdagi majlisida tasdiqdan o‘tkazadi.
6.6. Reklama moslamasini joylashtirish uchun pasport va tasdiqnoma olingandan so‘ng, reklama moslamasi egasi ushbu reklama moslamasini o‘rnatish uchun l oy muhlatga ega bo‘ladi. Agar reklama tarqatuvchi ushbu 1 oy muhlat ichida reklama moslamasini o‘rnatishga ulgurmasa, u «Toshtrans Reklama-Servis» bilan tuziladigan qo‘shimcha bitim orqali ushbu moslamani joylashtirish muddatini ko‘pi bilan yana 1 oyga uzaytirishi mumkin.
6.7. Reklama moslamasini o‘rnatish, uni risoladagidek texnik holatda saqlash ishlari va uni elektr tarmoqlariga ulash uchun (zarur hollarda) reklama tarqatuvchi mustaqil ravishda transport vositasining egasi bilan ushbu xizmatlar uchun alohida bitim tuzish huquqiga ega.
6.8. Buyurtmadagi reklama moslamasini joylashtirish rad etilgan taqdirda yoki vaqtinchalik to‘xtatilganda Komissiyaning qarorida rad etilganligi yoki vaqginchalik to‘xtatilganligi sabablari asoslangan ravishda, aniq bo‘lishi kerak va ushbu qarorning nusxasi «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan buyurtmachiga 5 ish kuni ichida taqdim etiladi.
6.9. Buyurtmadagi reklama moslamasini joylashtirishga ruxsat berilishi haqida Komissiya qaror qabul qilsa, «Toshtrans Reklama-Servis» buyurtmachi (reklama qurilmasi egasi) bilan qo‘shimcha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun o‘rnatilgan tartibda bitim tuzadi va shartnomaviy haq-huquq va majburiyatlar doirasida faoliyat yuritadi.
6.10. Reklama moslamasi o‘rnatilgandan so‘ng «Toshtrans Reklama-Servis» va reklama moslamasining egasi o‘rtasida shartnoma tuziladi va reklama joylashtirilganligi yoki joylashtirilmaganligidan qat’iy nazar, reklama joyining egasi tasdiqlangan tariflar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshira boshlaydi. Reklama joyining egasi bir yil davomida har bir reklama joyida, reklama moslamasi bilan bog‘liq texnik nosozliklarni saqlash va ijtimoiy reklama joylashtirish uchun 40 kunlik muhlatga ega. Ushbu 40 kunlik muhlat davomida reklama joyining egasi to‘lovlardan ozod qilinadi.
7.1. Transport vositalaridagi reklama moslamalariga reklama joylashtirish istagini bildirgan reklamachi «Toshtrans Reklama-Servis»ga buyurtma bilan murojaat qilishi lozim. Buyurtmada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
agar mahsulot sertifikatlanishi majburiy bo‘lsa, «O‘zdavlatstandart» yoki sertifikatlash huquqiga ega idora tomonidan berilgan muvofiqlik sertafikatiniig nusxasi;
agar reklama qilinayotgan faoliyat turini litsenziyalash zarur bo‘lsa, tegishli litsenziyalar nusxasi.
7.2 Buyurtma «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan ro‘yxatga olinadi, o‘rnatilgan tartibda to‘liq o‘rganiladi va reklamani transport vositalarida joylashtirishga ruxsat berilishi yoki rad etilishi (vaqtinchalik to‘xtatilishi) haqida qaror qabul qilinadi. Ayrim hollarda reklamaga taalluqli qo‘shimcha axborotlar talab etilishi mumkin.
7.3 Buyurtmadagi reklamani joylashtirish rad etilgan taqdirda yoki vaqtinchalik to‘xtatilganda «Toshtrans Reklama-Servis»ning qarorida rad etilganligi yoki vaqtinchalik to‘xtatilganligi sabablari asoslangan ravishda, aniq va ravshan bo‘lishi kerak va ushbu qarorning nusxasi «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan buyurtmachiga taqdim etiladi.
7.4 Buyurtmadagi reklamani joylashtirishga ruxsat berilishi haqida «Toshtrans Reklama-Servis» ijobiy qaror qabul qilsa, reklamani joylashtirish uchun ruxsatnoma tayyorlash xizmati uchun «Toshtrans Reklama-Servis» va buyurtmachi o‘rtasida bitim tuziladi. Buyurtmachi 3 ish kuni ichida ko‘rsatilgan to‘lovni to‘liq amalga oshiradi va shundan so‘ng «Toshtrans Reklama-Servis» 5 ish kuni ichida ushbu reklama ruxsatnomasini tayyorlab beradi.
7.5. Ushbu ruxsatnoma reklama tarqatuvchiga malum vaqt davomida ma’lum reklama moslamasida reklamani joylashtirish huquqini beradi.
7.6. Ma’lum reklamani joylashtirishga ruxsat berilishi yoki rad etilishi (vaqtinchalik to‘xtatilishi) haqidagi «Toshtrans Reklama-Servis» qarori bahsli vaziyatlarni keltirib chiqargan taqdirda, ushbu qaror Komissiyaning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritilishi va qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
8.1. Komissiyaning ish faoliyati zaruriyatdan kelib chiqqan holda, ammo bir oyda kamida bir marta (ya’ni l oyda 2 marta, oyning birinchi va ikkinchi yarmida) Komissiya raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan majlisda o‘z aksini topadi. Majlisda uning kun tartibida ko‘riladigan reklama tarqatuvchilarning buyurtmalari, murojaatlari yoki boshqa bahsli masalalar ustidan ma’lum qarorlar qabul qilinishi mumkin.
8.2 Navbatdagi majlis kunining o‘tkazilishi Komissiya raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan belgilanib, unda doimiy Komissiya tarkibiga kiruvchi a’zolar yoki ularning vakillari ishtirok etishlari mumkin.
8.3. Reklama tarqatuvchilarning buyurtmalari va murojaatlarini «Toshtrans Reklama-Servis» qabul qilib, Komissiyaning navbatdagi majlisiga o‘rnatilgan tartibda taqdim egadi.
8.4. Yangi reklama moslamalarini va axborot uzatuvchi manbalarni transport vositalariga joylashtirish haqidagi buyurtmalarni «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan ro‘yxatga olish yoki uni navbatdagi Komissiya majlisiga tayyorlash va qabul qilingan qarorlar asosida reklama tarqatuvchiga javob berish jarayoni uchun muhlat 10 ish kuni miqdorida belgilanadi.
8.5. Reklama tarqatuvchilarning mavjud reklama joylariga reklamani joylashtirish haqidaga buyurtmalarini «Toshtrans Reklama - Servis» tomonidan ro‘yxatga olish, o‘rganish va qabul qilingan qarorlar asosida, reklama tarqatuvchiga javob berish jarayoni uchun muhlat 5 ish kuni miqdorida belgilanadi.
8.6. Komissiya qarorlari uning a’zolarining kamida 2/3 qismi qatnashganda qabul qilinishi mumkin. Komissiya qarorlari yig‘ilishda qatnashganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya qarorlari yig‘ilish bayonnomalari shaklida rasmiylashtiriladi va barcha manfaatdor shaxs va tashkilotlarga etkaziladi.
8.7. Buyurtmalarni «Toshtrans Reklama-Servis» tomonidan ro‘yxatga olish yoki Komissiyaning navbatdagi majlisiga tayyorlash va qabul qilingan qarorlar asosida reklama beruvchiga javob berish jarayoni uchun yuqoridagi 8.4., 8.5-bandlarda belgilangan muddatlar faqat Komissiyaning maxsus qarori asosida o‘zgartirilishi mumkin.
9.1. Reklamani transport vositalarida joylashtirish haqi miqdorlari «Toshtrans Reklama-Servis» va reklama tarqatuvchi o‘rtasida imzolangan shartnomada qayd etilgan shartlar doirasida, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan tariflar asosida amalga oshiriladi.
9.2 Reklamani transport vositalarida joylashtirish haqi miqdori tarqatilayotgan reklamaning mohiyati, hajmi, reklama joylashtirilayotgan transport vositalari turlaridan, harakat yo‘nalishining uzun-qisqaligidan» yo‘lovchilarning oqimidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
9.3. Reklama joyi egalaridan transport vositalarida reklama joylashtirish haqi quyidagi vaziyatlarda olinmaydi:
agar reklamachi reklama joylashtirilgan transport vositasining bevosita egasi bo‘lib, o‘z mahsuloti yoki xizmatlarining reklamasini joylashtirsa;
9.4. «Toshtrans Reklama-Servis» o‘rnatilgan tartibda, reklama tarqatuvchilarga qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatishga haqlidir. Qo‘shimcha pullik xizmatlar tariflari «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tomonidan belgilanadi.
10.1. Reklama tarqatuvchi va reklama beruvchi O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq huquqlarga, shuningdek quyidagi huquqlarga xam egadir:
transport vositalarida reklamani joylashtirish bilan bog‘liq barcha harakatlarini qat’iy ravishda O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi qonuni va ushbu Tartibga muvofiq amalga oshirish;
reklama moslamasining amal qilish muddatini uzaytirish zarur bo‘lgan vaziyatlarda kechiktirmagan holda joylashtirish muddati tugashiga 5 kun qolganda uzaytirish bo‘yicha ariza taqdim etish;
Komissiyaning reklamani joylashtirish muddatini uzaytirish bo‘yicha rad qarori olingan taqdirda 5 kun muddatda reklama vositasini olib tashlash;
keyinchalik reklamani joylashtirishdan voz kechilgan taqdirda ijro organini bu to‘g‘rida xabardor qilish va reklamani joylashtirishning to‘langan muddati tugagunga qadar reklama vositasini olib tashlash;
reklama moslamasi yoki reklama tashqi ko‘rinishi yomonlashgan taqdirda, xabar qilingandan so‘ng 3 ish kunidan kechiktirmagan holda tiklash ishlarini o‘tkazish;
reklama qilinayotgan mahsulot va xizmatlarga tegishli litsenziya (faoliyat majburiy tartibda litsenziyalanishi lozim bo‘lsa) va sertifikatni (faoliyat majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim bo‘lsa) taqdim etish.
11.1. «Toshtrans Reklama-Servis» mazkur Tartibda ko‘rsatilgan huquqlar va quyidagi qo‘shimcha huquqlarga ega:
qonunchilikda belgilangan holatlarda reklama tarqatuvchidan tegishli litsenziya va sertifikatlarni talab qilish;
reklama tarqatuvchilarga belgilangan tartibda «Toshtrans Reklama-Servis»ning Nizomida ko‘rsatilgan qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish (montaj yoki demontaj ishlari, fotosuratlar taqdimoti va hokazolar).
reklama tarqatuvchilarga hech qanday to‘siqsiz reklamani joylashtirish tartibi, shuningdek, reklamani joylashtirish bilan bog‘liq va Komissiya faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni berish;
haqi to‘langan reklamani joylashtirish muddatining tugaguniga qadar tomonlarga bog‘liq bo‘lmagan holda reklama olib tashlansa, reklama tarqatuvchilarga foydalanilmagan davrdagi pul miqdorini qaytarib berish yoki qayta hisob-kitob qilib, boshqa reklama joylashtirish hisobiga o‘tkazish;
12.1. Reklama tarqatuvchilar reklamaga tegishli hujjatlarni muddati yakunlangan oxirgi kundan boshlab kamida 1 yil davomida saqlashlari shart.
13.1 .Komissiyaning ruxsatnomasisiz har xil turdagi reklama joylashtirilishi noqonuniy reklama hisoblanadi.
13.2. Noqonuniy reklama joylashtirgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan «Reklama to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan choralar ko‘riladi.
14.1. Reklamani joylashtirish jarayonida yuzaga keladigan nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
15.1 «Toshshahartransxizmat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarga qarashli transport vositalarida reklama vositalarini joylashtirish Tartibini buzgan yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
№ | Reklama moslamasi o‘rnatiladigan joylar | Reklama moslamasining turi | Hajmi (sm) | Ramzi | Soni | 1 ta reklama moslamasidan 1 oyga reklamani joylashtirish tarifi (AQSh dollarida) |
1. Yer transporti vositalarida reklama qurilmalarida reklamani joylashtirish | ||||||
1. | «Mercedes-Benz» avtobus salonidagi oynalar tepasida | Reklama lavhasi | 27x47 | MA-1 | I dona | 2,25 |
2. | «Mercedes-Benz» avtobusi bortida | Stikerlar | Bort maydoniga binoan | MA-2 | 1 avtobus | 125,0 |
3. | «Mercedes-Benz» avtobusi orqa oynasida (ko‘cha tomonga qarab) | Reklama lavhasi (echiladigan) | 210x40 | MA-3 | 1 dona | 9,25 |
4. | «Mercedes-Benz» avtobusi salonidagi oynalar tepasida | Reklama lavhasi | 70x40 | MA-4 | 1 dona | 6,25 |
5. | «Mercedes-Benz» avtobusi salonida | Monitor | xxx | MA-5 | 1 dona | 31,0 |
6. | «Isuzo» avtobusi salonidagi tepasiga | Reklama lavhasi | 40x20 | IA-1 | 1 dona | 2,0 |
7. | «Isuzo» avtobusi salonida | Tutqichlar | 64x11,5 | IA-2 | 1 tomoni | 0,75 |
8. | «Isuzo» avtobusi haydovchisining orqasidagi oynada | Plakatlar (echiladigan) | 38x52 | IA-3 | 1 dona | 3,75 |
9. | «Isuzo» avtobusi yon tarafidagi borti | Stikerlar | Bort maydoniga binoan | IA-4 | 1 midibus | 90,0 |
10. | «Isuzo» avtobusi yon tarafidagi borti | Stikerlar | Bort maydoniga binoan | IA-5 | 1 midibus | 90,0 |
11. | «Tatra» tramvayining kirish-chiqish eshiklari tepasida (ko‘cha tomonga qarab) | Reklama lavhasi | 120x30 | T-l | 1 dona | 4,50 |
12. | «KTM» tramvayi salonida | Tutqichlar | 6.5x11.5 | T-2 | 1 dona | 0,75 |
13. | «Tatra» tramvayining bortlarida | Stikerlar | Bort maydoniga binoan | T-3 | 1 tramvay | 275,0 |
14. | Tramvay haydovchisining orqasidagi oynada | Plakatlar (echiladigan) | 42x58 | T-4 | 1 dona | 3,75 |
15. | Mikroavtobus bortlarida | Stikerlar | Bort maydoniga binoan | MI-3 | 1 mikro-avtobus | 90,0 |
II.Toshkent metropoliteni stansiyalari va metro vagonlari ichida Reklama qurilmalarida reklamalarni joylashtirish | ||||||
1. | Vestibyulda | Moslama | 42x61 | M-1 | 1 dona | 3,0 |
2. | Vestibyulda | Moslama | 30x42 | M-2 | 1 dona | 1,50 |
3. | Vestibyulda | Moslama | 300x500 | M-3 | 1 dona | 185,0 |
4. | O‘tish joyi | Moslama | 80x60 | M-4 | 1 dona | 6,0 |
5. | Platformada | Yoritiladigan moslama | 100x400 | M-5 | 1 dona | 50,0 |
6. | Platformada | Yoritiladigan moslama | 120x50 | M-6 | 1 dona | 7,50 |
7. | Platformada | Yoritiladigan moslama | 60x100 | M-7 | 1 dona | 7,50 |
8. | Yo‘nalishdagi devorlarda | Moslama | 120x240 | M-8 | 1 dona | 32,0 |
9. | Ekskalatorda | Yoritiladigan moslama | 60x40 | M-9 | 1 dona | 3,0 |
10. | O‘tish yo‘lida | Ko‘rsatgichda | 90x150 | M-10 | 1 dona | 16,50 |
11. | O‘tish yo‘lida | Ko‘rsatgichda | 200x400 | M-11 | 1 dona | 100,0 |
12. | O‘tish yo‘lida | Ko‘rsatgichda | 160x500 | M-12 | 1 dona | 100,0 |
13. | O‘tish yo‘lida | Ko‘rsatgichda | 350x65 | M-13 | 1 dona | 28,0 |
14. | Vestibyulda | Ko‘rsatgichda | 60x40 | M-14 | 1 dona | 3,0 |
15. | Vestibyulda | Yoritiladigan moslama | 120x180 | M-15 | 1 dona | 26,50 |
16. | Vestibyulda | Yoritiladigan moslama | 90x120 | M-16 | 1 dona | 13,50 |
17. | Vestibyulda | Yoritiladigan moslama | 150x300 | M-17 | 1 dona | 55,0 |
18. | Vestibyulda | Yoritiladigan moslama | 100x1500 | M-18 | 1 dona | 18,50 |
19. | Vestibyulda | Yoritiladigan moslama | 120x170 | M-19 | 1 dona | 25,0 |
20. | Vagonlar ichida | Tutqichlar | 64x11,5 | M-20 | 1 tomoni | 0,75 |
21. | Vagonlar ichida | Reklama lavhasi | 12x48 | M-21 | Bir vagonda 1 dona | 1,40 |
22. | Vagonlar ichida | Reklama lavhasi | 36x52 | M-22 | Bir vagonda 1 dona | 1,50 |
23. | Vagonlar ichida | Reklama lavhasi | 27x47 | M-23 | Bir vagonda 1 dona | 1,50 |
24. | Vagonlar ichida | Reklama lavhasi | 42x61 | M-24 | Bir vagonda 1 dona | 3,0 |
25. | Vagonlar ichida | Reklama lavhasi | 51x57 | M-25 | Bir vagonda 1 dona | 3,0 |
26. | Vagonlar ichida | Reklama lavhasi | 80x60 | M-26 | 1 dona | 6,0 |
27. | Platformada | Monitor | xxx | M-27 | 1 dona | 51,50 |
28. | Vagon eshiklarida | Stiker | 24x40 | M-28 | 1 dona | 1,25 |
29. | Stansiya chiqish-kirish eshiklarida | Stiker | 27x47 | M-29 | 1 dona | 4,25 |
30. | Kassalarda | Moslama | Ajratilgan maydonga binoan | M-30 | 1 dona | 5,75 |
31. | Vestibyulda | Prizmatron | 165x375 | M-31 | 1 taraf | 15,50 |