LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2014-yil 28-apreldagi 3, 67-sonli “Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari to‘g‘risida namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1279-7, 05.05.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 15-16-son, 130-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasining 2003-yil 27-sentabrdagi 05-20-401, 14 va 01/23-55-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 1279, 2003-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.