31.12.2010 yildagi 382-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Er qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qoidalari, 31.12.2010 yildagi 382-son
Kuchga kirish sanasi
07.02.2011
O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2004-y., 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2004-yil, 7-son, 64-modda) Xlorni ishlab chiqarish, saqlash transportda tashish va undan foydalanishda xavfsizlik Qoidalari”ga asoslangan holda qayta ko‘rib chiqilgan. Qoidalar tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat olib borayotgan hamda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga qarashli barcha tashkilotlar uchun majburiydir.
Mazkur Qoidalar “Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash korxonalari uchun portlash xavfsizligining umumiy Qoidalari”ga (“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan 2009-yil 5-yanvardagi 01-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 19-yanvardagi 20-15-15/12-sonli xati) qo‘shimcha tarzda qo‘llaniladi.
v) yuqorida ko‘rsatilgan “a”, “b” obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni tayyorlash, montaj qilish, tuzatish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda.
v) O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasiga binoan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2006-yil, 39-son, 386-modda) xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ekspluatatsiya qilishdagi avariya holatlarida boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganligi uchun javobgarlik riskini sug‘urtalash haqidagi kelishuv;
11. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish “Xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil, 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2000-yil, 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
23. Elektroliz zallarida elektroliz qurilmalari va jihozlarini o‘rnatishda “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish Qoidalari” (TFQ) (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil, 9-iyul, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 27-son, 317-modda), “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi Qoidalari” (TXQ) (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil, 18-avgust, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 33-son, 379-modda), “Elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik Qoidalari” (“O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan 2004-yil 13-fevraldagi 84-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2004-yil 27-fevraldagi 20-15-62/24-sonli xati), “Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash korxonalari uchun portlash xavfsizligining umumiy Qoidalari” (“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan 2009-yil 5-yanvardagi 01-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2009-yil 19-yanvardagi 20-15-15/12-sonli xati) va mazkur Qoidalarning talablari bajarilishi lozim.
28. Elektroliz zallaridagi elektrli ko‘tarish qurilmalari “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish Qoidalari” (TFQ) (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil, 9-iyul) va “Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi Qoidalari” (TXQ) (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil, 18-avgust) talablariga binoan yerdan izolyatsiya qilinishi kerak. Kran ilmog‘ining yerdan izolyatsiya qilish darajasining ketma-ketligi soni uchtadan kam bo‘lmasligi lozim (ilmoqning polispastdan, arava relsining ko‘prikdan, kran relsining rels osti konstruksiyalaridan).
Vodorodni qayta quyish bo‘limida 33-bandda keltirilgan tadbirlar oldindan amalga oshirilgan holda bitta zaxira kompressorini o‘rnatishga (kompressor ishlamay qolganda vodorodni o‘t oldirgichga tushirish amalga oshirilishiga) yo‘l qo‘yiladi.
91. Suyultirilgan va gaz holatidagi xlor uchun mo‘ljallangan trubalar quyidagi qo‘shimchalar inobatga olingan holda STH 11-76 “Texnologik quvuro‘tkazgichlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish Qoidalari” (“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan 2009-yil 28-oktabrdagi 211-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining 2009-yil 1-dekabrdagi 6-15/23-9626/6-sonli xati) hamda QMQ 3.05.05 “Texnologik jihozlar va texnologik trubalar” talablariga javob berishi kerak:
144. 140, 142 va 143-bandlarning talablariga javob bermaydigan ishlab turgan xlor omborlarini rekonstruksiya qilishda xlor xavfsizligi bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilot tomonidan tavsiya etilgan va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan muvofiqlashtirilgan xlor omborlari xavfsizligini oshirish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim.
b) idish ichidagi gazlarni chiqarib tashlanadigan idishning tashqi tomonidagi trubaga (mazkur Qoidalarning 88-bandida ko‘zda tutilgan yopish ventillaridan keyin) suyultirilgan xlorning gaz liniyasiga o‘tib ketganligi haqida xabar beruvchi qurilma o‘rnatilishi lozim.
161. Mazkur Qoidalarning 136-bandidagi “a”, “b”, “g” va “e” kichik bandlariga tegishli xlor omborlari hududida, shuningdek alohida joylashtirilgan bug‘lantiruvchi, xlor idishlarini qayta yuklash punktlari, to‘kish-quyish punktlari va xlor bo‘lgan temir yo‘l vagon-sisternalari turadigan boshi berk yo‘llarda avariya holatida xlor chiqishini avtomatik tarzda nazorat qilish va himoya suv pardasi yordamida uni mahalliylashtirish va (yoki) xavfsiz konsentratsiyaga kelgunga qadar tarqatib yuborish tizimi yoki qurilmalari ko‘zda tutilishi kerak.
164. Xlor omborlari, to‘ldirish stansiyalari, bug‘lantirish va xlor saqlanadigan xonalarda avariya holatlarini mahalliylashtirish uchun mazkur Qoidalarning 129-bandiga binoan gaz analizatori signali bo‘yicha avtomatik tarzda yoqiladigan avariya ventilyatsiyasi ko‘zda tutilishi lozim.
193. Vagon-sisternada ortiqcha bosim yo‘q bo‘lsa, 1 tonnadan ortiq suyultirilgan xlor qoldig‘i bo‘lsa, mazkur Qoidalarining 172-bandi talablari buzilganligi aniqlansa, vagon-sisternani to‘ldirishga tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi va bu tashkilotning mas’ul xodimi tomonidan jurnalga tegishli yozuvlar kiritiladi.
208. Iste’molchilardan kelib tushadigan konteynerlar va ballonlar mazkur Qoidalarning 172-bandi talablariga javob bermaydigan idishlarni aniqlash maqsadida ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim.
v) konteyner va ballonlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan maydoncha kirish va yuklash ishlarini amalga oshirish uchun qulay bo‘lishi hamda 289 va 290-bandlar talablari inobatga olingan holda avariya holatida xlorning oqib ketishini kuzatish aniqlash va mahalliylashtirish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim;
272. Bazaviy va guruhlarga biriktirilgan xlor omborlarining hajmi loyiha asosida mazkur Qoidalarning 137 va 139-bandlari talablarini inobatga olib va hududdagi barcha iste’molchilarni idishlarga quyilgan xlor bilan tezda ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Xlorni so‘rib olish qurilmasining ishi mazkur Qoidalarning 129-bandi talablariga binoan avariya ventilyatsiyasi yoqilganda to‘xtashi lozim.
288. Ombor hududida mazkur Qoidalarning 287-bandi talablariga amal qilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘riquyosh nurlari va atmosfera yog‘inlaridan himoya qiladigan ochiq tomlar ostida bo‘shatilgan idishni saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
298. Konteynerdan (ballonlardan) xlorni yig‘ib olish mazkur Qoidalarning 158-bandi talablariga binoan keyinchalik bug‘lantiruvchida bug‘latish sharti bilan suyultirilgan holda amalga oshiriladi. Xlor cheklangan holda iste’mol qilinganda gaz holatidagi xlorni to‘g‘ridan to‘g‘riidishdan yig‘ib olishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday holatda yig‘ib olinadigan xlorni bug‘lantirishning talab qilinadigan jadallik darajasiga tabiiy yoki majburiy konveksiya (sirkulyatsiya) hisobiga olinadigan atrofdagi havoning issiqlik oqimi yordamida erishilishi lozim. Bu xlor bilan xavfsiz tarzda ish olib borishga ixtisoslashgan tashkilot bilan muvofiqlashtirilgan tegishli hisoblar yordamida asoslab berilishi kerak.
302. Ballonlar va konteynerlardan gaz holatidagi xlorni yig‘ib olish 298-band talablarini inobatga olib, quyidagi shartlarni bajargan holda amalga oshiriladi:
323. Mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq xlor bilan bog‘liq avariya holatlarini bartaraf etish uchun avariya-qutqaruv xizmati asosiy vositalar bilan jihozlanishi lozim.

T/R

Jihoz nomi

Ish tarkibi

Muddatlari
(qanday muddat ichida)

1

2

3

4

1.



Suyultirilgan xlor omborlari (idishlar, o‘lchov asboblari va buferli idishlar)



1.Texnik ko‘rik:
a) tashqi va ichki tekshiruvlar (izoh, 1-band)
b) sinov bosimi ostida gidravlik sinovlarni o‘tkazish

12 oy (tashkilot),
4 yil
“Sanoatgeokontexnazorat”
davlat inspeksiyasi)
8 yil

2.Qobiq qalinligini o‘lchash

12 oy

3.Mahkamlash qurilmasi, muhofaza klapanlari va membranalari, NSPvaA qurilmalarini tekshirish

12 oy

4.Sifonlarni tekshirish

12 oy

5.Zichlikni sinovdan o‘tkazish

12 oy

6.Qobiqning tashqi qismi bo‘yalgan izolyatsiyasini ta’mirlash

12 oy

2.


Xlor uchun temir yo‘l vagon-sisternalari





1.Texnik ko‘rik:
a) tashqi va ichki tekshiruvlar (izoh, 1-band)
b) sinov bosimi ostida gidravlik

12 oy (tashkilot),
4 yil
(“Sanoatgeokontexnazorat”
davlat inspeksiyasi)
8 yil

2.Qobiq qalinligini o‘lchash

12 oy

3.Mahkamlash qurilmasi, muhofaza klapanlari va membranalarini tekshirish

12 oy

4.Sifonlarni tekshirish

12 oy

5.Qobiq qalinligini o‘lchash (izoh, 2-band)

12 oy

6.Sisternaning yurish qismi va qozonining mahkamlash qismlarini ko‘zdan kechirish

Vagon-sisterna to‘ldiruvchi
tashkilotga etib kelganda

7.Depodagi ta’mir

Ishlab chiqarilgandan so‘ng har ikki yilda va keyinchilik har yili

8.Kapital ta’mir

Ishlab chiqaruvchi zavodning texnik shartlariga muvofiq, lekin 5 yilda kamida bir marta

3.Xlor uchun konteyner va ballonlar1.Texnik ko‘rik:
a) tashqi va ichki tekshiruvlar
b) sinov bosimi ostida gidravlik sinovlarni o‘tkazish

2 yil

2 yil

2.Qurilma, sifonlarni tekshirish va bo‘yash (zaruriyat bo‘lganda)

Har safargi to‘ldirishdan oldin

4.

Kondensator element


1.Truba va truba ichidagi bo‘shliqlarni echib olish va yuvish hamda zaruriyat bo‘lganda kondensator elementlarini ta’mirlash va almashtirish

12 oy

2.Qurilmalarni tekshirish va ta’mirlash, tagliklarni almashtirish

12 oy

3.Izolyatsiyani ta’mirlash, bo‘yash

12 oy

4.Zichlik sinovini o‘tkazish (izoh, 2-band)

12 oy

5.



Bug‘lantiruvchi, resiver, axlatlarni tozalovchi, filtr



1.Tozalash

6 oy

2.Ishchi bosimda siqish

6 oy

3.Ta’mir (zaruriyat bo‘lganda almashtirish)

6 oy

4.Mahkamlash qurilmalari, muhofaza klapanlari, membranalarni tekshirish, tagliklarni almashtirish

12 oy

5.Qobiqni ta’mirlash va bo‘yash

12 oy

6.


Suyultirilgan va gaz holatidagi xlor trubalari

1.Tashqi ko‘rik

12 oy

2.Mahkamlash qurilmalari, muhofaza klapanlari, membranalarni tekshirish

12 oy

3.Foansli birikmalar tagliklarini almashtirish

Flansli birikmalar har safar echilganda amalga oshiriladi

4.Zichlik sinovini o‘tkazish (izoh, 2-band)

12 oy

5.Tanlab olib tekshirish

Ishlab chiqarishga kiritilgandan so‘ng 2 yildan keyin, keyinchalik 4 yildan so‘ng

6.Mustahkamlik va zichlik sinovlaridan o‘tkazish

Tanlab olib tekshirish o‘tkazilganda

1.Avariyaviy ishlarni amalga oshirish uchun individual himoya vositalari:
Izolyatsiya qiladigan nafas olish apparatlari (shuningdek o‘z-o‘zini qutqarish vositalari);
100 foizli gaz holatidagi xlor va suyultirilgan xlor to‘kilib ketishidan himoyalanish uchun mo‘ljallangan germetik holatdagi izolyatsiya kostyumlari;
Qutqaruv kamari;
Kapronli arqon, uzunligi 20 m.

(4 — 6 komplekt)

2.Xlor oqib chiqishini mahalliylashtirish va bartaraf qilish uchun jihozlar, moslamalar va asboblar komplekti:
Maxsus himoya suv pardasini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan ko‘chma qurilmalar.
Ballondan xlor oqib chiqishini bartaraf qilish uchun “A” komplekti:
avariyaviy ballon uchun futlyar;
ballon mahkamlagichidagi germetik holatni ta’minlovchi qopqoq;
ballon qobig‘idan xlor oqib chiqishini bartaraf qilish uchun tezda o‘rnatiladigan qurilma.
Konteynerdan xlor oqib chiqishini bartaraf qilish uchun “B” komplekti:
konteynerning mahkamlovchi qurilmasi uchun germetik holatni ta’minlovchi qopqoq (ishlatiladigan har bir idish turi bo‘yicha yoki universal);
konteyner qobig‘idan xlor oqib chiqishini bartaraf qilish uchun tezda o‘rnatiladigan qurilma.
Temir yo‘l (avtomobil) sisternasi va bakidan xlor oqib chiqishini bartaraf qilish uchun “V” komplekti:
sisternaning mahkamlovchi qurilmasidagi germetik holatni ta’minlovchi qopqoq;
sisternaning muhofaza klapanidan xlor oqib chiqishini bartaraf qilish uchun germetik holatni ta’minlovchi qurilma;
sisterna, bak qobig‘idan xlor oqib chiqishini bartaraf qilish uchun tezda o‘rnatiladigan qurilma.
Ekspluatatsiya qilinadigan xlor trubalarining barcha diametrlari uchun tez o‘rnatiladigan xomutlar.
Trubalarning flansli birikmalarining barcha diametrlari uchun po‘lat berkitgichlar (paronitli tagliklar bilan)
5 dan 20 mm gacha bo‘lgan yoriqlarni yamash uchun qo‘rg‘oshinli konus qopqoqlar.
Gaykali kalitlar komplekti (mahkamlanuvchi birikmalarning barcha o‘lchamlari uchun).
Gaz kalitlari № 1 va № 2.
Slesar asbobi (bolg‘a, o‘ygich, egov, drel parmalari bilan, arra, montaj uchun pichoq).
3 — 5 mm qalinlik va 500x500 mm o‘lchamdagi paronit.
5 mm qalinlik va 200x200 mm o‘lchamdagi qo‘rg‘oshin.
Barcha turdagi mahkamlash birikmalari uchun bolt va gaykalar to‘plami.
3 — 5 mm qalinlik va 300x400 mm o‘lchamdagi rezina.
3 — 5 mm diametrga ega po‘lat sim (kuydirilgan).
Ventillar uchun salnikli qoplama (graflangan asbest).


Kamida 5 dona






















15 m

3.Akkumlyatorli fonar (xlor ishlab chiqariladigan va boshqa portlovchi obyektlar uchun portlashdan xavfsiz tarzda ishlangan).