O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.Shoismatov tomonidan 2007-yil 21-mayda tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi me’yoriy-huquqiy va me’yoriy texnik hujjatlarni tayyorlash jadvaliga asosan buyuraman:
Ammiakli sovutish qurilmalarining texnik holatini tekshirish va ulardan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar tasdiqlansin.
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining 2008-yil 24-oktabrdagi 220-sonli buyrug‘i bilan
“TASDIQLANGAN”
“TASDIQLANGAN”
“Ammiakli sovutish qurilmalarining texnik holatini tekshirish va ulardan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi 57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ammiakli sovutish qurilmalari (keyingi o‘rinlarda — ASQ)ning texnik holatini tekshirish va baholashda yagona uslubiyotni ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Ushbu hujjat “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi hududiy organlarining ASQni tekshirish ishlarini bajaradigan kimyoviy nazorat inspektorlari uchun mo‘ljallangan, shuningdek korxona va tashkilotlar texnik xizmatlarining ASQni saqlash va foydalanish ustidan muassasaviy nazoratni amalga oshiruvchi mutaxassislari tomonidan foydalanilishi mumkin.
Ammiak — eng samarali sovutish agentlaridan biri hisoblanadi. Energetik ko‘rsatkichlarining, agregat holati o‘zgarganda (kondensatsiya, qaynash) issiqlik almashinuv intensivligining yuqoriligi tufayli ammiak katta miqdorda sovuqlik hosil qilinadigan ko‘plab yirik korxonalarning sovuqlik ta’minoti masalalarini hal qilishda keng qo‘llaniladi. Sovutish qurilmalari ekologiyasiga qo‘yiladigan talablarning kuchayib borayotganligi sababli korxonalarda (hatto sovuqlik kam hosil qilinadigan korxonalarda ham) ammiakning qo‘llanilishi sohasi kengayib bormoqda.
Ammiakli sovutish qurilmalaridan uzoq vaqtlardan buyon foydalanib kelinishiga qaramay, yangi sovutish qurilmalarini loyihalashda ham, ishlab turgan qurilmalardan foydalanishda ham, ammiakni ishlatish bilan bog‘liq o‘ziga xos qator xavf-xatarlar to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish kerak, jumladan:
ammiakning havodagi hajmiy ulushi 11% dan oshganda u yona boshlaydi; 15—28% — bu normal sharoitlarda portlash xavfi bo‘lgan konsentratsiyalar diapazoni; ammiak 100°S gacha qiziganda portlash xavfi bo‘lgan konsentratsiyalar chegaralari kengayadi va 14,5—29,5% ni tashkil etadi;
agar havo tizimida kondensatsiyalanmaydigan xavfli gazlar, moy qoldiqlari va ularning parchalanish mahsulotlari mavjud bo‘lsa, ammiakning portlash tezligi va bosimi keng doiralarda o‘zgarishi mumkin.
Ishlab turgan va loyihalanayotgan sovutish qurilmalaridan xavfsiz foydalanish sharoitlarini ta’minlashning eng ratsional usullarini izlab topish — bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
1. Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalar sovutish agenti sifatida ammiak ishlatiladigan yopiq siklda ishlovchi statsionar kompressor sovutish qurilmalari va komplekt holda o‘rnatilgan sovutish qurilmalari tizimlarini tekshirish tartibini belgilab beradi.
2. Uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqish zaruriyati ammiakli sovutish qurilmalari ustidan ularning konstruksiyasi va ulardan foydalanish xavfsizligi bo‘yicha davlat nazoratining o‘rnatilishi bilan bog‘liq holda yuzaga keldi.
3. Ammiakli sovutish qurilmalarini nazoratga olishda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va amaldagi xavfsizlik me’yorlari va qoidalariga muvofiqlik darajasini aniqlash uchun kompleks tekshiruvdan o‘tkazish lozim.
4. Tekshirish jarayonida sovuqlik ishlab chiqarish texnologik sxemasining loyihaga, pasportlarga, hisobiy parametrlarga muvofiqligi, texnologik reglamentning amaldagi talablarga muvofiq to‘g‘ri ishlab chiqilganligi, unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar, ASQ ni ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish davrida texnologik sxemaga o‘zgartirishlar to‘g‘ri kiritilganligi aniqlanadi.
sovuq hosil qilishning barcha bosqichlarida texnologik parametrlarning texnologik reglamentga muvofiqligi ta’minlanishi kerak;
nazorat, boshqaruv va avariyaga qarshi himoya (AQH) tizimi, texnologik rejim parametrlari signalizatsiyasi bo‘lishi kerak;
ammiakni ASQning istalgan apparat va idishidan zaxira resivyerlar yoki ishga yaroqli ammiak ballonlariga chiqarish imkoniyati bo‘lishi kerak.
7. ASQda ixtisoslashgan korxonalar (tashkilotlar)da amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlarga muvofiq tayyorlangan uskunalardan foydalaniladi.
a) kompressorlar, nasoslar, idishlar va ASQning boshqa uskunalari uchun ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan beriladigan foydalanish hujjatlari (pasport, foydalanish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma)ning borligi;
v) kompressor va nasoslarni vibratsiyadan himoyalash choralarining yetarliligi (ularni tayanch konstruksiyalarga mahkamlanganligi, poydevorning holati, bog‘lama quvur o‘tkazgichlarning ishonchli mahkamlanganligi);
g) suyuq fazaning kompressorga tushishiga yo‘l qo‘ymaydigan uskunalar (suyuqlik ajratgichlar, himoya resivyerlari)ning mavjudligi va ularning holati (ko‘zdan kechirib tekshiriladi);
d) kompressorni moylash tizimidan foydalanish sharoitlarining ishlab chiqaruvchi tashkilot yo‘riqnomasi talablariga muvofiqligi (mashinani moylash uchun ishlatilayotgan moy ishlab chiqaruvchi tashkilot yo‘riqnomasida ko‘zda tutilganga moy turiga to‘g‘ri kelishi, moyning sifati sertifikat bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak);
e) kompressor va nasoslarning aylanuvchi qismlarida echib olinadigan himoya to‘siqlarining mavjudligi va ularning ishonchli mahkamlanganligi;
j) nazorat asboblari, avtomatik himoya vositalarining mavjudligi va holati, ulardan foydalanish sharoitlarining ishlab chiqaruvchi tashkilot yo‘riqnomasi talablariga muvofiqligi;
z) ASQ sig‘imli uskunalari (resivyerlar, kondensatorlar, bug‘latgichlar, suyuqlik ajratgichlar, moy ajratgichlar, moy yig‘gichlar va boshqa uskunalar)ning holati, ularning amaldagi “Bosim ostida ishlaydigan idishlarni o‘rnatish va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalari”ga muvofiqligi;
i) belgilangan xizmat muddatini ishlab bo‘lgan uskunalar va ulardan foydalanishni davom ettirish mumkinligi to‘g‘risida ixtisoslashgan tashkilot xulosasining borligi.
v) ammiakli quvur o‘tkazgichlarning korxona tomonidan har yili tashqi ko‘rikdan, shuningdek davriy taftishlar, mustahkamlik va zichlik bo‘yicha sinovdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
g) quvur o‘tkazgich devorlari qalinligi buzmaydigan nazorat usullari yordamida davriy tekshiruvdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
d) montaj qilishda ishlatiladigan quvur va armatura materiallarining sifatini tasdiqlovchi hujjatlar (sertifikatlar)ning mavjudligi;
j) qismlarga ajraladigan ulanmalarni germetiklash uchun qo‘llanilgan qistirma materialga sertifikatning borligi, uning ishchi muhit parametrlariga muvofiqligi.
10. Ammiakli quvur o‘tkazgichlarni tashqi ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida quyidagilar aniqlanishi lozim:
a) devor ustidan o‘tkazilgan quvur o‘tkazgichlarning estakadalardagi payvand tutashuvlarining to‘g‘ri joylashganligi;
g) flanetslar zichlovchi yuzalari konstruksiyasining xavfsizlik qoidalari talablariga muvofiqligi (“chiqiq-botiq” yoki “tirnoq-o‘yiq”);
d) flanetsli ulanmani mahkamlovchi detallarning ishchi sharoitlarga muvofiqligi, flanetsli ulanmalar to‘g‘ri yig‘ilganligi;
e) qulf armaturaning loyihaga muvofiq joylashganligi, armatura korpuslarida ularning tavsiflari (shartli bosim, o‘tish yo‘li, ishchi muhit yo‘nalishi) ko‘rsatilgan tamg‘alarning mavjudligi, shtok, maxovikning holati, qo‘lda harakatlantiriladigan armaturaning balandlik bo‘yicha pol yoki xizmat ko‘rsatish maydonchasiga nisbatan to‘g‘ri joylashganligi;
z) quvur o‘tkazgichlarning tayanchlar o‘rtasida me’yoriy qiymatlardan ortiq miqdorda osilib qolmaganligi;
k) ajratuvchi bo‘yoq va sovutish agentining harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi stryelkalarning mavjudligi;
11. Sovutish qurilmalarining holati va ulardan foydalanish sharoitlari tekshirilganda quyidagilar aniqlanishi lozim:
b) SKni navbatdan tashqari taftish qilish uchun quvur o‘tkazgich uchastkasini uzib qo‘yuvchi qulflovchi armaturaning mavjudligi;
v) SKning ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan berilgan pasportda yoki ASQ loyihasida ko‘rsatilgan bosimda ochilishi uchun to‘g‘ri rostlanganligi;
r) SKdan gazsimon ammiakning xizmat ko‘rsatish maydonchasidan 3 m dan, bino tomining tepa qirrasidan 1 m dan, hudud yuzasidan 6 m dan kam balandlikda chiqishini oldi olinganligi;
d) SKdan chetga chiqaruvchi quvurlarning mavjudligi va ularning qarshiliklari hisoblanganligi (SK ochila boshlanishidagi bosimning ko‘pi bilan 5%);
e) kompressor saqlovchi klapanlari va apparatlar (idishlar)dagi saqlovchi klapanlarning sozligi davriy tekshiruvlardan o‘tkazilganligini (kamida 6 oyda bir marta) tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
SK pasporti, mavjud SK turlaridan foydalanish va ularni ishga tushish bosimiga rostlash bo‘yicha ishlab chiqaruvchi korxona yo‘riqnomalari;
SKni sinovdan o‘tkazish va rostlash (ochilish boshlanishiga, ishga tushgandan keyin yopilishga, zatvor zichligiga) parametrlarini avtomatik tarzda yozib borish, SK sozligi va rostlanganligini tekshirish uchun stend;
xodimlar (ishchi va mutaxassislar)ning o‘qitilganligini (hujjatlar bo‘yicha) tasdiqlovchi hujjatlar.
12. ASQning nazorat-o‘lchov asboblari, avariyaga qarshi himoya va avtomatika vositalari bilan to‘liq jihozlanganligi tekshirilganda quyidagilar aniqlanishi lozim:
a) blokirovka va signalizatsiya qurilmalari ro‘yxati hamda ularni tekshirish bo‘yicha korxonaning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomaning borligi;
b) NUA va A hamda avariyaga qarshi himoya vositalari elektr ta’minotining ishonchliligi (mustaqil zaxira elektr ta’minoti manbasining mavjudligi);
v) quyidagi parametrlar bo‘yicha avariya rejimlaridan avtomatik tarzda himoyalovchi asboblarning mavjudligi va sozligi (hujjatlar bo‘yicha):
g) oraliq issiqlik tashuvchi muhit (tuzli eritma, suv)da ishlaydigan sovutish tizimlarida avtomatik tarzda himoyalovchi asboblarga qo‘shimcha ravishda bug‘lantiruvchi qobiq-quvurlar orqali issiqlikni tashuvchi muhitning harakati to‘xtaganda yoki ularda ammiakning qaynash harorati (bosimi) yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada pasayganda kompressorlarni uzib qo‘yadigan asbob (rele)larning mavjudligi;
d) suv bilan sovutiladigan har bir kompressorda suv oqimini nazorat qiladigan va suv oqimi bo‘lmaganda kompressorni ishga tushirilishini blokirovka qiladigan yoki uzib qo‘yadigan qurilmalarning mavjudligi;
e) sovutish qurilmalari kompressorlarining avtomatik tarzda himoyalovchi asboblarni (kamida bir oyda bir marta) va apparat (idish)lardagi sath himoya relelarini davriy tekshiruvdan (10 kunda bir marta) o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning borligi;
i) himoya asboblari ishlab ketgandan keyin kompressorning avtomatik tarzda ishga tushishini oldi olinganligi;
k) har qaysi kompressorning haydash va so‘rish quvur o‘tkazgichlarida termometrlar uchun ularni mexanik shikastlanishdan saqlovchi himoya to‘sig‘i bilan jihozlangan gilzalarning mavjudligi (ventillardan 200 — 300 mm masofada); bunda simobli termometrlardan foydalanish ruxsat etilmaydi;
l) ishlatilayotgan manometr va manovakuummetrlarning “Bosim ostida ishlaydigan idishlarni o‘rnatish va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalari” talablariga muvofiqligi va ishchi muhit (ammiak)ga to‘g‘ri kelishi;
n) manometrlar davriy tekshirishdan o‘tkazilib, plombalanganligi yoki tamg‘alanganligini, shuningdek ishchi manometrlarning nazorat manometrlari bilan tekshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning borligi;
o) ammiakli uskunalar joylashgan xonalardagi elektr asboblari va boshqaruv vositalari qobiqlarining GOST 14254 “Qobiqlar yordamida ta’minlanadigan himoya darajalari” bo‘yicha kamida IP44 darajada himoyalanganligini tasdiqlovchi hujjatlarning borligi;
p) korxonada nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatik himoya vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash tizimining mavjudligi, uning faoliyati samaradorligi.
a) mashina (apparat) bo‘limlarida umumiy havo almashinuv (havoni yuborish-tortish), QMQ 2.04.05 “Isitish, ventilatsiya, kondensatsiyalash tizimlari”da ko‘zda tutilgan avariyaviy mexanik havo tortish ventilatsiyasi tizimlarining mavjudligi va havo almashinuvi sonining hujjatlar bilan tasdiqlanganligi; ventilyatorlarning amaldagi xavfsizlik qoidalariga muvofiqligi. Elektr ta’minoti, elektr uskunalarining “Elektr uskunalarini o‘rnatish qoidalari”, “Elektr uskunalaridan foydalanish qoidalari” va “Xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga muvofiqligi;
b) mashina (apparat) va kondensator bo‘limlari xonalarida havodagi ammiak bug‘larining avariyaviy konsentratsiyalari signalizatorlari va ammiakning havoga chiqishini ko‘rsatuvchi indikatorlarning mavjudligi;
v) chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan ammiak konsentratsiyalari signalizatorlarining tovush-yorug‘lik signalizatsiyasi, avariyaviy ventilatsiya va ajratuvchi avtomat armatura bilan birgalikda ishlashi (tanlab tekshiriladi);
g) transformator podstansiyalari, elektr shiti, dispetcher, operator hamda NO‘A va A xonalari joylashishining loyihaga, “Elektr uskunalarini o‘rnatish qoidalari”ning 7-bobi talablariga muvofiqligi;
d) portlash xavfi bo‘lgan V-16 hududlarda o‘rnatiladigan elektr mashinalari, elektr apparatlari, shu jumladan tashqi kondensator qurilmalari qobiqlarining GOST 14254 bo‘yicha kamida IP44 darajada himoyalanganligi to‘g‘risida hujjatli tasdiqning mavjudligi.
Avariyaviy va havoni tortish ventilyatorlarining elektr dvigatellari portlashdan himoyalangan: yoritqichlar qobig‘ining himoyalanish darajasi GOST 14254 bo‘yicha kamida IP53 bo‘lishi kerak.
e) mashina (apparat) va kondensator bo‘limlarida ishchi yoritish o‘chib qolganda avtomatik tarzda ishga tushadigan avariyaviy yoritish tizimi kameralari va taqsimlash qurilmalarining mavjudligi;
j) yoritish tizimining to‘g‘ri ulanganligi (avariyaviy va ishchi yoritish yoritqichlari turli transformatorlarga ulangan bo‘lishi kerak);
z) mahalliy yoritish uchun mo‘ljallangan 12 V dan yuqori bo‘lmagan kuchlanishda ishlaydigan (portlashdan himoyalanish darajasi portlashga qarshi kuchaytirilgan mustahkamlikdan past bo‘lmagan) yoritqichlarning mavjudligi;
i) harorati 0°S va undan past bo‘lgan sovutish kameralari uchun “Kamerada odam bor” signalizatsiyasining mavjudligi;
k) mashina (apparat) bo‘limi devorining tashqi tomonida (ishchi kirish joyi va har bir zaxira chiqish joyi eshigi yonida) butun sovutish qurilmasi uskunalari va ishchi yoritish tizimi elektr ta’minotini favqulodda uzib qo‘yish uchun mo‘ljallangan tugmachalarning mavjudligi. Bu tugmachalar uskunaning elektr ta’minotini uzib qo‘yish bilan bir vaqtda avariyaviy va umumiy havo almashinuv ventilatsiyasini, yorug‘lik-tovush signalizatsiyasi va avariyaviy yoritish tizimini ishga tushirishi kerak.
l) portlash xavfi bo‘lgan V-16 hududda joylashgan mashina (apparat) va kondensator bo‘limlarida RD 34.21.122 “Bino va inshootlarni yashindan himoyalash qurilmalarini qurish bo‘yicha yo‘riqnoma”ga muvofiq binoni yashindan himoyalovchi qurilmalarning mavjudligi;
m) yer usti va yer osti kommunikatsiyalarini binoga kirish joyida yashindan himoyalovchi qurilmaning yerga ulash moslamasiga ulash yo‘li bilan ularning yuqori potensiallar o‘tishidan, shuningdek yashinning ikkilamchi ta’siridan himoyalanganligi;
n) mashina (apparat) bo‘limlari, elektr shitlari, dispetcherlik punktlari, operator xonalarida SNiP 2.04.09 “Bino va inshootlarning yong‘in avtomatikasi”ga muvofiq avtomatik yong‘in signalizatsiyasining mavjudligi;
14. ASQ uskunalari va quvur o‘tkazgichlarini rejaviy-profilaktik ta’mirlash ishlarini tashkil etilishi tekshirilganda quyidagilar aniqlanishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
a) ASQ uskunalarini ta’mirlash ishlarini bajarish uchun berilgan ruxsatnoma (litsenziya) yoki ushbu faoliyat turi uchun litsenziyaga ega tashkilot bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi;
(14-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 2020-yil 4-noyabrdagi 20/YuB-67-sonli qarori tahririda)
b) uskunalarni rejaviy-profilaktik ta’mirlash ishlarini tashkil etishda asos sifatida foydalanilgan hujjat (“Texnologik uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash tizimi” yoki korxona standarti)ning mavjudligi;
v) rejaviy ta’mirlash ishlarining haqiqatda ham bajarilganligini tasdiqlovchi “Texnologik uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash tizimi”da ko‘zda tutilgan quyidagi texnik hujjatlarning mavjudligi:
15. Uskunalarning holati va ulardan foydalanish ustidan texnik nazoratning tashkil etilishi tekshirilganda quyidagilar aniqlanadi:
Q uskunalari, quvur o‘tkazgichlari, armatura hamda NUA va Aning soz holati va xavfsiz ishlashi uchun mas’ul shaxslar;
ASQ uskunalari, quvur o‘tkazgichlari va nazorat-o‘lchov asboblarining texnik holatini nazorat qilish bo‘yicha mas’ul shaxslarda ish rejalarining mavjudligi va tekshiruv dalolatnomalari bo‘yicha rejaning bajarilishi to‘g‘risida ma’lumotlar.
b) texnologik reglament tarkibi va mazmuni, bunda “Ishlab chiqarish va jarayonni boshqarish nazorati” bo‘limida belgilangan parametrlarni nazorat qilish davriyligi va usullari, nazorat vositalari va bajaruvchilarga e’tibor qaratilishi kerak; signalizatsiya, blokirovka, texnologik jarayonni yoki alohida kompressor va nasos agregatlarini avtomatik nazorat qilish va tartibga solish tizimlari ro‘yxatining mavjudligi;
v) “Ishlab chiqarishdan foydalanish xavfsizligi” bo‘limida xavf-xatarlar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uskuna buzilishlari va avariya vaziyatlarining tavsiflari, ularni tuzatish, lokallashtirish va bartaraf etish usullari ko‘rsatilganligi;
d) yo‘riqnomalarda ish joylaridagi asosiy xavf-xatar omillari, avariyalarni bartaraf etishda xodimlarning xatti-harakatlari to‘g‘risida ma’lumotlarning borligi;
j) raqamlangan, shnurlangan, korxonaning muhri, sana va kompressor sexi boshlig‘ining imzosi qo‘yilgan belgilangan shakldagi ASQ ishlashini qayd etish jurnalining mavjudligi va mashinistlar tomonidan uning to‘g‘ri to‘ldirilganligi;
z) texnologik jarayonni yuritish qoidalari va uning parametrlariga reglamentga muvofiq rioya qilinishi; tekshiruv sutkalik jurnalga qayd etilgan NO‘A va A asboblari ko‘rsatkichlarini taqqoslash va reglamentning “Ishlab chiqarish nazorati” bo‘limi yordamida amalga oshiriladi;
i) kondensatorlardan chiqayotgan suv tarkibi unda ammiak borligini aniqlash uchun tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan ASQdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq har oy tekshirilayotganligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
k) issiqlik tashuvchi oraliq muhit tarkibi unda ammiak borligini aniqlash uchun tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan ASQdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq har oy tekshirilayotganligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
l) smena jurnalida ammiakli gaz haydash quvur o‘tkazgichlaridagi bekitish ventillarini hamda suyuqlikni ajratgichlar va ajratuvchi idishlarning chiqarish quvurlaridagi ventillarni plombalash va ulardagi plombani olish holatlari va vaqti to‘g‘risida qaydlarning mavjudligi;
m) xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning texnologik intizomga rioya qilishlari ustidan ASQ boshlig‘i (uning o‘rnidagi shaxs) tomonidan kundalik nazoratning o‘tkazilganligi;
n) tanlab tekshirish yordamida ASQga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning texnologik jarayonni xavfsiz yuritish usullari va ASQni avariyaviy to‘xtatish bo‘yicha bilimlari yetarliligi aniqlanishi kerak;
s) ASQ texnologik bloklarining portlash xavfi toifasini, uskunalarning germetikligi buzilganda, ammiak otilib chiqqanda va ammiak-havo aralashmasi portlaganda buziladigan hududlarning hisobiy radiuslarini belgilash;
t) ammiak tashqariga chiqqan avariya vaziyatlarida ammiak to‘lqinini tarqatib yuborish, lokallashtirish, uni yig‘ish, neytrallash bo‘yicha, shu jumladan tashqi qurilmalarda, ammiakni saqlash joylarida, texnik vositalar (suv pardalari, ammiakni neytrallash qurilmalari, chiqqan ammiakni yoyib yuborish tizimlari)ning mavjudligi; ammiak-havo aralashmasi portlaganda binolar, texnologik bloklarni portlash to‘lqini ta’sirida buzilishdan himoyalash, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni portlash to‘lqini ta’siridan muhofaza qilish, gaz-portlash xavfi bo‘lgan hududdan odamlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha texnik vositalarning mavjudligi;
u) avariya vaziyatlarini lokallashtirish rejasida ko‘zda tutilgan tadbirlar va ularning yetarliligi, shuningdek:
har chorakda AVLR qismlaridan biri bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari va har yil AVLR bo‘yicha o‘quv trevogasi o‘tkazilayotganligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
kompressor bo‘limida tovush sirenasining mavjudligi va uning ishlashi (ishlatib ko‘riladi). Bunda xodimlarning sirena tovushi berilganda bajaradigan xatti-harakatlari tekshiriladi (ular binoni tark etishlari va AVLRda belgilangan joyda to‘planishlari kerak);
xavf-xatar to‘g‘risida gaz tarqalishi mumkin bo‘lgan hududda joylashgan tashkilotlarga, aholi yashaydigan joylardagi qutqaruv bo‘linmalariga, hududiy nazorat organiga xabar berish vositalarining mavjudligi va uning samaradorligi;
f) individual himoya vositalari (himoyalovchi maxsus kiyim, maxsus poyabzal, individual protivogazlar)ning mavjudligi; ularni hisobga olish va saqlash tartibi; nafas olish organlarini izolatsiyalaydigan filtrlovchi va shlangli avariya protivogazlarining mavjudligi.
Oldin sodir bo‘lgan ishlab chiqarish buzilishlari va travmatizmi, ularning tahlili va ularning takrorlanishini oldini olish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar;
mashina va kondensator bo‘limlari binolarining yengil to‘siq qurilish konstruksiyalari (elementlari) holati;
uskuna va quvur o‘tkazgichlarni pnevmatik sinovlardan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomaning mavjudligi va uning talablariga rioya qilinishi;
sovutish qurilmasida issiqlik nagruzkasi o‘zgarganligi to‘g‘risida ASQ xodimlarini xabardor etish tartibi;
ammiakli sovutish batareyalari ustidagi hosil bo‘lgan qor qatlamini ko‘chirish bo‘yicha yo‘riqnoma talablarining bajarilishi.