06.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1900
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining buyrug‘i, 06.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1900
Kuchga kirish sanasi
16.02.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2020
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq mobil aloqadan foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish tartibi hamda shartlarini, mobil aloqa tarmog‘i operatorlari va foydalanuvchilarining huquq hamda majburiyatlarini, shuningdek, ularning javobgarliklarini belgilash maqsadida buyuraman:
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova), O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 219-modda), “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 59-modda) va “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 170-modda) qonunlariga muvofiq, mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish hamda uni ko‘rsatish tartibi va shartlarini, mobil aloqa tarmoqlari operatorlari va abonentlarning huquq va majburiyatlarini, shuningdek ularning javobgarligini belgilaydi.
8. Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ “Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda (2007-yil 27-noyabr, ro‘yxat raqami 1743 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 48-49-son, 492-modda) belgilangan tartibda mobil aloqaning istalgan tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ularning ishlashini cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
47. Abonent tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonunida, ushbu Qoidalar va shartnomada belgilangan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha talablar buzilgan holatlarda, buzilishlar bartaraf etilgunga qadar operator mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatilishini to‘xtatish huquqiga ega. Bunda, mobil aloqa tarmog‘idan foydalana olish va abonent tomonidan favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirish imkoniyati saqlanadi.