O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais o‘rinbosari B. Mirboboyev, sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga amal qilgan holda “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasi 35-bandining o‘zbekcha matniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqidagi ishni ochiq majlisda ko‘rib chiqdi.
Masala “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq “Elxolding” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Kuzatuvchi kengashining raisi D. Shukurovning Konstitutsiyaviy sudga murojaati munosabati bilan sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovaning tashabbusi bilan kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 208-modda 35-bandining rus tilidagi matniga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘idan “kitob mahsulotlari, maktab o‘quv qurollari va ko‘rgazmali qo‘llanmalarning, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji realizatsiya qilinishi” oboroti ozod etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 22-moddasida “realizatsiya qilish” va “savdo faoliyati” tushunchalariga ta’rif berilgan. Unga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasiga muvofiq fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi lozim.
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 208-moddasi 35-bandining o‘zbek va rus tillari matnlaridagi mavjud nomuvofiqlik uning amalda qo‘llanilishida xatoliklarga olib kelayotganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining yuqorida ko‘rsatilgan normalariga rioya etilishi lozimligi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasi 35-bandining o‘zbekcha matniga o‘zgartish kiritish zaruratini keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi.
Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 208-moddasi 35-bandining o‘zbekcha matnidagi “savdosi” so‘zi “realizatsiya qilinishi” so‘zlari bilan almashtirilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2008-yil 1-yanvargacha amalda bo‘lgan tahririda ham aynan shu holatni o‘zida aks etgan 71-modda 32-bandining o‘zbek tilidagi matnida “realizatsiya qilish” atamasi qo‘llanilgan.
Bayon qilinganlarga asoslanib va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10, 25, 26, 27-moddalariga, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 26-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 208-moddasi 35-bandining o‘zbek va rus tillaridagi matnlarini o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 208-moddasi 35-bandining o‘zbek tilidagi matniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilsin (ilova qilinadi).