12.09.2008 yildagi 207-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
 LexUZ sharhi
2. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan konvensiyalar, shuningdek Milliy harakatlar rejasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi zimmasiga yuklansin.
4. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi Milliy harakatlar rejasi bajarilishi muntazam ravishda ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Milliy harakatlar rejasi to‘g‘risidagi axborotni manfaatdor xalqaro tashkilotlarga ma’lum qilsin.
T/rTadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmi*Bajarish muddatiMas’ul ijrochilar
I. Bolalar mehnatidan noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
1.O‘zbekiston Respublikasida ishga qabul qilish uchun belgilangan eng kichik yoshga ko‘rsatmani nazarda tutuvchi Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiyaning ratifikatsiya qilinganligi haqidagi hujjatga ilova qilinadigan bayonotni ishlab chiqish va Xalqaro Mehnat Tashkilotiga (keyingi o‘rinlarda XMT deb yuritiladi) yuborish.Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiya ratifikatsiya qilinganligi haqidagi hujjatga ilova qilinadigan bayonot2008-yil III chorak Tashqi ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi
2.Qonun hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish va bolalarni Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyada belgilangan bolalar mehnatining og‘ir shakllariga jalb etganlik uchun, shuningdek 18 yoshga yetmagan shaxslarga nisbatan mehnat qonunchiligini buzganlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning, shu jumladan ota-onalarning javobgarligini belgilash va kuchaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari2009-yil II chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Adliya vazirligi
3.O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish.Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirishlar kiritish2009-yil II chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi
4.Bolalar mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek uning og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilish masalalarini voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar majlislarida ko‘rib chiqish.Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar qarorlariHar yiliO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar
5.16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.Idoraviy normativ-huquqiy hujjat2008-yil IV chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
6.Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiya hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiya talablarini hisobga olgan holda, 18 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslarning og‘ir yuklarni ko‘tarish va ko‘chirishdagi mavjud normativlarni ko‘rib chiqish va zarur bo‘lganda ularga o‘zgartirishlar kiritish. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat2008-yil IV chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
7.O‘quvchilarning respublika korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.Hukumat qarori loyihasi2008-yil IV chorak Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi
8.Oilaviy biznes va hunarmandchilik faoliyati to‘g‘risidagi nizomni, ularda o‘n sakkiz yoshga yetmagan shaxslarning ishtirok etishi tartibini nazarda tutgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash.Hukumat qarori loyihasi2009-yil II chorak Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi
II. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyani amalga oshirishni nazorat qilish va monitoringini olib borish
9.Korxonalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan bolalarni mehnatga majbur qilishga yo‘l qo‘ymaslik va ular tomonidan voyaga yetmaganlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan mehnat normalari va sharoitlariga, shuningdek Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiya hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqla� va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiya talablariga rioya qilinishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash.Tadbirlar rejasiTasdiqlash — 2008-yil sentyabr

Amalga oshirish — doimo
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
10.Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh va o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lgan yoshlarning mehnat sharoitlari bo‘yicha mehnat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash.Qonun hujjatlariga muvofiq rejali va rejadan tashqari tekshirishlarQonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan muddatlarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
11.Har bir ta’lim muassasasi darajasida o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga doimiy ravishda qatnashmasligining har bir holatini ko‘rgazmali muhokama qilgan holda o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlaridagi davomati yuzasidan nazoratni ta’minlash.
Ta’lim muassasalari rahbarlarining o‘quvchilar kontingentini saqlash va ularning davomati yuzasidan shaxsiy javobgarligini belgilash.
Ijrochilarning qo‘shma qaroriQaror qabul qilish — 2008-yil sentyabr

Amalga oshirish — doimo
Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Yoshlar ittifoqi
12.Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan monitoring va nazoratni amalga oshirish. Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qaroriQaror qabul qilish — 2008-yil sentyabr

Amalga oshirish — doimo ���
Xalq ta’limi vazirligi, “Mahalla” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar ittifoqi
13.O‘quv muassasasiga qatnamaydigan bolalarning ota-onalariga jamoat ta’sirini ko‘rsatish va bolalarni o‘qishga qaytarish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ana shunday bolalar bilan ishlashini kuchaytirish.Ijrochilarning qo‘shma qaroriQaror qabul qilish — 2008-yil sentyabr

Amalga oshirish — doimo
Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Mahalla” jamg‘armasi
14.Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hududlarida (yakka tartibdagi qurilish, hunar-mandchilik sohasida va iqtisodiy faoliyatning boshqa turlarida) bolalarning majburiy mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan jamoat nazoratini amalga oshirish.Mahalliy davlat hokimiyati organlari qaroriQaror qabul qilish — 2008-yil oktyabr

Amalga oshirish — doimo
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamg‘armasi
15.Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-maydagi 106-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan aholi bandligini doimiy ravishda o‘rganish doirasida band bo‘lgan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar soni to‘g‘risida ma’lumotlar olinishini ta’minlash. Tadbirlar rejasiTasdiqlash — 2008-yil sentyabr

Amalga oshirish—belgilangan muddatlarda
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
16.Amaldagi davlat statistika hisoboti doirasida 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar sonini hisobga olishni ta’minlash.O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qarori2008-yil IV chorak O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
17.Bolalar mehnati masalalari bo‘yicha bandlikning norasmiy sektorini o‘rganishni o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish.Metodika2009-yil II chorakMehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

Bolalar mehnati masalalari bo‘yicha bandlikning norasmiy sektorini o‘rganishni o‘tkazish.

O‘rganishlarni o‘tkazish Har yili
18.Notinch oilalardagi bolalar ahvolining doimiy monitoringini amalga oshirish. Tadbirlar rejasiTasdiqlash — 2008-yil sentyabr

Amalga oshirish — doimo
Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar, Xalq ta’limi vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqi
19.Bolalarning mehnat sohasidagi huquqlari buzilishi to‘g‘risida kelib tushayotgan xabarlarga qonun hujjatlari doirasida o‘z vaqtida munosabat bildirish maqsadida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, shuningdek uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bolalar mehnati masalalari bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan “Ishonch” telefonlarini tashkil etish.Vazir buyrug‘i2008-yil sentyabr Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
20.Paxta yig‘im-terimi ishlarida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan joylarda monitoring olib borish uchun ishchi guruh tashkil etish.Ishchi guruh tarkibi va harakatlar rejasi2008-yil sentyabr, keyinchalik har yili––avgust Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Paxta yig‘im-terimi ishlarida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan joylarda monitoring olib borish. Har yili— avgust-noyabr
Monitoring natijalari to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotnomani tegishli takliflar bilan birga Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Har yili —
10-sentabr,
10-oktabr,
10-noyabr,
10-dekabr
21.Jamoa shartnomalarini, ularga yoshlarga nisbatan, ayniqsa o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lgan shaxslarga nisbatan mehnat qonunchiligida va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlar va qo‘shimcha kafolatlarga rioya qilishni, shuningdek ularning ishlab chiqarishda ijtimoiy muhofazasi ta’minlanganligini kafolatlaydigan maxsus qoidalarni kiritgan holda qayta ko‘rib chiqish. Jamoa shartnomasi tuzish bo‘yicha tavsiyalar2008-yil IV chorak O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat va a�olini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi
III. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyani amalga oshirish masalalari bo‘yicha keng axborot-tushuntirish ishlari olib borish
22.O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiya hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiya mazmunini tushuntirgan holda ommaviy axborot vositalarida axborot materiallari e’lon qilish.2008-2009-yillar uchun ommaviy axborot vositalarida yoritish dasturi Tasdiqlash — 2008-yil sentyabr

Amalga oshirish — 2008-2009-yillar
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati
23.O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiya hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiya mazmunini tushuntirib beradigan axborot materiallari (risolalar, bukletlar)ni ish beruvchilar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasida tarqatish.Axborot materiallarini ishlab chiqish va nashr etish qo‘shma rejasiTasdiqlash — 2008-yil sentyabr

Amalga oshirish — 2008-2009-yillar
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, XMT**, YUNISEF**
24.Ota-onalarni bolalar mehnatining og‘ir shakllari oqibatlari to‘g‘risida maqsadli xabardor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish.Chora-tadbirlar kompleksiTasdiqlash — 2008-yil oktyabr

Amalga oshirish — doimo
Xalq ta’limi vazirl�gi, O‘rta maxsus, kasb-hun?r ta’limi markazi, XMT**, YUNISEF**
25.Xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “davra suhbati” tashkil etish.Bolalar mehnati muammolarini keng muhokama qilish 2009-yildan boshlab har yili 12-iyuldaMehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, vazirliklar va idoralar
26.Manfaatdor xalqaro tashkilotlar uchun respublika tomonidan bolalar mehnatining og‘ir shakllariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar masalalari bo‘yicha yillik ma’ruzalar tayyorlash. Xalqaro jamoatchilikni bolalar mehnatining og‘ir shakllarini yo‘q qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida xabardor qilishHar yili 1-fevralgacha Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, YUNISEF**, XMT**, PROON**
27.Bolalar mehnati masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiyalarda O‘zbekiston delegatsiyasining ishtirokini ta’minlash va ushbu masalalar bo‘yicha O‘zbekiston munosabatini xalqaro jamoatchilikka yetkazish. Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini yo‘q qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida xalqaro jamoatchilikni xabardor qilishBelgilangan tartibda kelishuv bo‘yichaMehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bosh prokuratura, XMT**, YUNISEF**, PROON**
28.2010-yildan boshlab kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlarida o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga “Biznes bilan tanishish” va “Mehnat huquqi” o‘quv modullarini joriy etish.Chora-tadbirlar kompleksiTasdiqlash—2008-yil oktyabr

Amalga oshirish — 2008-2009-yillar
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Savdo-sanoat palatasi, XMT**
29.Qishloq xo‘jaligi ishlarini amalga oshirishda bolalarning majburiy mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilish.Ijrochilarning qo‘shma bayonoti2008-yil III chorak Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
IV. Bolalar mehnatining og‘ir shakllariga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltirilgan xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirish
30.O‘zbekiston Respublikasining XMTning Bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha Dasturi (IPEK)ga qo‘shilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqish va kiritish.Mamlakatimizda XMT IPEK faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish.Tadbirlar rejasi, O‘zaro tushunish to‘g‘risidagi Memorandum loyihasi2009-yil II chorakMehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi
31.Bolalar huquqlarini himoya qilish va bolalar mehnatining og‘ir shakllariga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha:
— mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, xalq ta’limi organlari (umumta’lim maktablari rahbarlari) va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun;
— bolalar huquqlarini ta’minlash va bolalar mehnati muammolarini yoritadigan ommaviy-axborot vositalari jurnalistlari va muharrirlari uchun;
— kasaba uyushmalari tashkilotlari rahbarlari uchun trening va seminarlar turkumini tashkil etish.
YUNISEF, XMT, PROON va Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy ko‘magida o‘tkaziladigan trening va seminarlar dasturiTasdiqlash — 2008-yil oktyabr

Amalga oshirish— 2008––2009-yillar
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, YUNISEF**, XMT**, PROON**, Osiyo taraqqiyot banki**
32.Mamlakatimiz mintaqalarida tumanlar va shaharlar hokimlari o‘rinbosarlari uchun bolalar huquqlarini ta’minlash va ularni mehnatning og‘ir shakllaridan muhofaza qilish masalalari bo‘yicha treninglar o‘tkazish.YUNISEF tomonidan moliyalashtiriladigan treninglar dasturi2008––2009-yillarDavlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, YUNISEF**
33.Fermyerlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi ishlariga qatnashishga bolalarni jalb etishda qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlari o‘tkazish.Axborot-tushuntirish ishlari jadvali, dasturiTasdiqlash — 2008-yil sentyabr

Amalga oshirish — 2009-yil
Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, YUNISEF**
34.Bolalar huquqlarini ta’minlash, shu jumladan mehnat sohasida ta’minlash va bolalar mehnatining og‘ir shakllariga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha axborot materiallari (plakatlar, postyerlar) ishlab chiqish va o‘quv yurtlarida tarqatish.YUNISEFning moliyaviy ishtirokida nashr prospekti va ishlab chiqish jadvali2009-yilXalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, YUNISEF**
35.“Bolalarning muhofazalanganligini ta’minlaydigan muhitni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash, unda:
— kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni;
— infratuzilmani va hayotda og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash metodlarini takomillashtirishni nazarda tutish.
Ushbu loyihani aholi farovonligini oshirish mintaqaviy strategiyalariga joriy etish.
Loyihani amalga oshirish dasturi, moliyaviy hujjatlarIshlab chiqish — 2009-yil 1-yanvargacha

Amalga oshirish — 2009-2010-yillar
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, YUNISEF, Osiyo taraqqiyot banki, PROON
36.Mintaqaga maqsadli donor mablag‘larini jalb qilgan holda Orolbo‘yi mintaqasida yashayotgan bolalarning farovonligini oshirish uchun qulay muhit yaratishni nazarda tutadigan 2009-2010-yillar uchun “Orol bolalari” xalqaro dasturini ishlab chiqish. Dasturni tasdiqlash to‘g‘risida Hukumat qaroriIshlab chiqish — 2009-yil II chorak

Amalga oshirish — 2009-2010-yillar
Orol genofondini himoya qilish jamg‘armasi, YUNISEF**, PROON**, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm va Buxoro viloyatlari hokimliklari
37.Kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar mehnatiga iqtisodiy muqobil choralar sifatida, shu jumladan aholining o‘zini o‘�i ish bilan band qilishi?a ko‘maklashish maqsadida ayniqsa uzoq qishloq va tog‘li tumanlarda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va mavjud ish o‘rinlari samaradorligini oshirish bo‘yicha innovatsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.Ijrochilar tomonidan tasdiqlangan dasturlar2009––2010-yillarMehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Osiyo taraqqiyot banki, PROON, xalqaro donor tashkilotlar