Xususiylashtirish jarayoniga chet el investorlarini jalb etish uchun “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining jozibadorligini oshirish maqsadida, moliyaviy maslahatchi “Kommersbank” (Germaniya) boshchiligidagi konsorsiumning tavsiyalarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining hamda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarining:
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi 1-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari va unitar korxonalarni kompaniya filiallariga aylantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
kompaniya filiallariga aylantiriladigan aksiyadorlik jamiyatlarining xorijiy kreditlar bo‘yicha qarzlarini 3-ilovaga* muvofiq “O‘zimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyatiga qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
1-ilovada ko‘rsatilgan yuridik shaxslarni “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining filiallariga aylantirish 2002-yil 10-yanvargacha tugallanishi;
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi uning filiallariga aylantiriladigan 1-ilovaga muvofiq korxonalarning shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
“O‘zmakom”, “Rubikon Vayerless Kommyunikeyshns”, “Bo‘zton”, “O‘zbektelekom Interneyshnl AJ” qo‘shma korxonalarining ustav fondlaridagi davlat ulushi hisobiga shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bir oy muddatda “O‘zmakom”, “Rubikon Vayerless Kommyunikeyshns”, “Bo‘zton”, “O‘zbektelekom Interneyshnl AJ” qo‘shma korxonalarining ustav fondlaridagi davlat ulushlari “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga berilishini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
4. Belgilansinki, 3-ilovada ko‘rsatilgan qarzlar “O‘zbektelekom” kompaniyasining sotilgan aksiyalari paketi uchun xorijiy investordan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida erkin muomaladagi valyutada ochiladigan maxsus hisob raqamiga kelib tushgan sanadan boshlab qayta rasmiylashtiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xorijiy kreditlar bo‘yicha qarz majburiyatlari “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi balansidan “O‘zimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazilishi bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida aks ettirilishi tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov va Bosh vazir o‘rinbosari O‘.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumati kreditidan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 2-oktabrdagi qarori 2-bandining beshinchi xatboshidagi “korxonalarining” so‘zi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarorida:
1-banddan “va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xo‘jalik hisobidagi “UzNet” axborot-kompyuter xizmatining idoralararo axborot-kompyuter tarmog‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-bandning ikkinchi xatboshidan “uning tarkibiga yuridik shaxs huquqi bilan xo‘jalik hisobidagi “UzNet” axborot-kompyuter xizmatini shu’ba korxonasi sifatida kiritgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 30-iyundagi 253-son qarorida:
ushbu qarorga 4-ilovaning “Aksiyadorlik jamiyatlari” deb nomlangan II bo‘limi “O‘zimpeksaloqa” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
ushbu qarorga 4-ilovaning “Qo‘shma korxonalar” deb nomlangan III bo‘limidan “Bo‘zton”, “Rubikon”, “O‘zmakom” so‘zlari chiqarib tashlansin.