O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(I bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
II. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 193-modda; 1994-yil, № 2, 52-modda):
1) beshinchi moddasi 1-bandining birinchi qismidan “va jamoa xo‘jaligida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati) ishlab chiqarish kooperativining bir shakli sifatida ushbu Qonunda, boshqa qonun hujjatlarida va o‘z ustavida nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari) yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 437-II-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 6-dekabrdagi 311-II-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda):
2) 9-moddasining birinchi qismi “tashkilotlar” degan so‘zdan keyin “fermer va” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar “Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“korxona, muassasa, tashkilot, fermer xo‘jaligi tugatilganda, dehqon xo‘jaligi tugatilganda yoki uning faoliyati to‘xtatilganda”;
ikkinchi qismidagi “korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar “korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar “korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 39-moddasidagi “Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar “Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 47-moddasining birinchi qismidagi “jamoa xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari, tashkilotlari, muassasalari hamda dehqon xo‘jaliklarining” degan so‘zlar “qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkatlarining), boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, fermer va dehqon xo‘jaliklarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 48-moddasining uchinchi qismidagi “jamoa xo‘jaliklari va boshqa korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalar” degan so‘zlar “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari), boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 54-moddasidagi “jamoa xo‘jaliklari va boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari), boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 88-moddasidagi “jamoa xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, tumanga bo‘ysunadigan boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o‘rtasida, shuningdek mazkur korxonalar, tashkilotlar, muassasalar” degan so‘zlar “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari), fermer, dehqon xo‘jaliklari, tumanga bo‘ysunadigan boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida, shuningdek mazkur korxonalar, muassasalar, tashkilotlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 102-moddasining birinchi qismidagi “korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar “korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari), fermer va dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
12) 117-moddasidagi “Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar “Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari), fermer va dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
VII. 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda) 14-moddasining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar”.
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda):
1) 51-moddasining birinchi qismidan “jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish (119-moddaning to‘rtinchi qismi)”, “urushning qonun va udumlarini buzish (152-modda)”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish (158-moddaning birinchi qismi), josuslik (160-moddaning birinchi qismi)”, “kontrabanda (246-moddaning ikkinchi qismi)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 119-modda to‘rtinchi qismining, 152-moddaning, 158-modda birinchi qismining, 160-modda birinchi qismining hamda 246-modda ikkinchi qismining sanksiya qismlaridan “yoki o‘lim jazosi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismi “metall tangalar” degan so‘zlardan so‘ng “aksiz markalar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 285-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
6) Sakkizinchi bo‘limidagi “ancha miqdor”, “ancha miqdordagi zarar”, “juda ko‘p zarar”, “juda ko‘p miqdor”. “ko‘p bo‘lmagan zarar”, “ko‘p miqdor”, “ko‘p miqdordagi zarar” degan atamalarning huquqiy ma’nosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ancha miqdordagi zarar — eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar”;
“Juda ko‘p zarar — eng kam oylik ish haqining uch yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdordagi zarar;
“Ko‘p bo‘lmagan zarar — eng kam oylik ish haqining o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan zarar;
Ko‘p miqdordagi zarar — eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar”.
IX. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 512-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Ishlarni garnizonlar harbiy sudlaridan talab qilib olish huquqiga, shuningdek Qurolli Kuchlar Harbiy sudi raisining o‘rinbosarlari, Qurolli Kuchlar Harbiy prokurorining o‘rinbosarlari, garnizonlar harbiy prokurorlari va ularning o‘rinbosarlari ham egadirlar”.
X. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda):
1) 50-moddasining sarlavhasi va dispozitsiyasidagi “davlat ish bilan ta’minlash xizmati” degan so‘zlar “mahalliy mehnat organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish”;
3) 100-moddasining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “besh baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan ikki” degan so‘zlar “uch baravaridan yetti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan to‘rt baravarigacha” degan so‘zlar “yetti baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
abonentlik qurilmasini musodara qilib yoki musodara qilmay, eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (o‘rnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlariga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravargacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Radioelektron vositalari yoki yuqori chastotali qurilmalarni tayyorlash, olish, sotish yoki o‘zgaga doimiy yoxud vaqtincha foydalanish uchun berish tartibini buzish,—
radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
6) 153-moddasining dispozitsiyasidagi “radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Aloqa yo‘llari va inshootlarini, shuningdek aloqa yo‘li va kabel inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, —
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“Bo‘sh ish joylari (bo‘sh lavozimlar)ni yashirish, shuningdek har bir xodim bo‘shatib olinishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida bermaslik. Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ajratmalarni to‘lashdan bo‘yin tovlash”;
9) 245-moddasining birinchi qismidagi “151-moddasining uchinchi qismi” degan so‘zlar “151-moddasining ikkinchi qismi, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun — mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari hamda kasaba uyushmalarining mehnat bo‘yicha texnik inspektorlari”;
12) 263-moddasining birinchi qismidagi “151-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 152, 153, 154, 156-moddalarida” degan so‘zlar “151-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining birinchi qismida, 153, 154, 156-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
1-bandidagi “151-moddasining uchinchi qismida” degan so‘zlar “152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8-bandi “ushbu Kodeksning” degan so‘zlardan keyin “152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan (radioelektron vositalari yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud o‘zgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 252-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 14-moddasining oltinchi qismidagi “Yer to‘g‘risidagi Qonunga” degan so‘zlar “yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda) 7-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 25-maydagi 70-II-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 141-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XIV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
XV. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda):
1) 4-moddasining birinchi qismidagi “investorlarning” degan so‘z “aksiyadorlarning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reyestrida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim”;
“Jamiyat tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida filiallar tashkil etish va vakolatxonalar ochish, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, filiallar va vakolatxonalar joylashgan erdagi mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
birinchi qismi “ustav” degan so‘zdan keyin “yoki ta’sis shartnomasi va ustav yoxud faqat ta’sis shartnomasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismidagi “ustav va emissiya ma’lumotnomasini” degan so‘zlar “ustavini” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“Aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran uzog‘i bilan olti oygacha bo‘lgan muddatda jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi, kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi va ijroiya organi to‘g‘risidagi (tegishincha direktor, boshqaruv, direksiya, boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi to‘g‘risidagi), faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatining ko‘rsatilgan boshqaruv organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibotini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlashi shart”;
“Jamiyat davlat mulki negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi”;
“Ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori jamiyat ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan eng kam oylik ish haqining besh yuz baravar summasidan kam bo‘lmasligi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi esa, eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravar summasidan kam bo‘lmasligi kerak.
Eng kam oylik ish haqining summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zgargan taqdirda, aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi bir yil ichida belgilangan miqdorga muvofiq holga keltirilishi kerak”;
Aksiyalar xillari va turlari (toifalari) bo‘yicha farqlanadi. Aksiyalarning xillari: egasi yozilgan, egasi yozilmagan. Aksiyalarning turlari (toifalari): imtiyozli, oddiy”;
ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “aksiyadorlarini ro‘yxatga olish daftariga”, “aksiyalarini ro‘yxatga olish daftariga” degan so‘zlar “aksiyadorlarining reyestriga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 31-moddasining birinchi qismidagi “o‘z xodimlari orasida tarqatish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlariga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul va to‘lovning boshqa vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda baholanadigan huquqlar (shu jumladan ashyoviy huquqlar) vositasida amalga oshiriladi”;
“Aksiyaning haqi to‘liq to‘langunga va uning yangi egasi aksiyadorlar reyestrida ro‘yxatga olingunga qadar aksiya ovoz huquqini bermaydi, reyestrida ro‘yxatga olish, jamiyatni tuzish vaqtida muassislar sotib olgan aksiyalar bundan mustasno”;
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda korxona mehnat jamoasi a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyalar qiymati haqini to‘lab ustav fondidagi tegishli ulushdan aksiyalar sotib olish huquqiga ega bo‘ladi”;
12) 56-moddasining ikkinchi qismidagi “yillik dividendlar to‘lash to‘g‘risida” degan so‘zlar chiqarib tashlanib, “belgilab qo‘yiladi” degan so‘zlardan keyin jumla “va shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 60 kundan kech bo‘lmasligi lozim” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Davlat korxonalarini qayta tuzish natijasida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar ustav fondining boshlang‘ich miqdoriga muvofiq tarzda, mavjud aksiyalarning to‘la summasi bo‘yicha, aksiyalarning davlatga tegishli, haqi to‘lanishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilinayotgan paytda sotilmay qolgan qismini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi”;
14) 69-moddasining birinchi qismidagi “(bu xabarnoma olinganligini tasdiqlash sharti bilan)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ularning aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha majburiyatlari hamda ularning umumiy yig‘ilish va kuzatuv Kengashi oldidagi hisobotlari davriyligi nazarda tutilishi lozim”;
“Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv Kengashi, agar ustavga binoan unga shunday huquq berilgan bo‘lsa, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma shartlarini buzgan taqdirda bekor qilishga haqlidir”.
Oldingi tahrirga qarang.
(XVI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 3-dekabrdagi 713-II-son Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 1-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XVII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XVIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)