O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va Misr Arab Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi, keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
O‘zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishga intilib,
yoshlar sohasidagi hamkorlik ikki xalq o‘rtasidagi yaqinlashuv va o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etishiga ishongan holda,
Mazkur Memorandumning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi yoshlari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, ikki mamlakat yoshlarining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash sohasida Tomonlarning o‘z vakolatlari va mazkur Memorandum qoidalari doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirishdan iborat.
Tomonlar mazkur Memorandum doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshiradilar:
Tomonlar tarafidan o‘tkaziladigan xalqaro yoshlar konferensiyalari, davra suhbatlari, festivallar, ko‘rgazmalar, oromgohlar va boshqa tadbirlarning ishida yoshlar delegatsiyalarining ishtirokini ta’minlash;
har ikkala davlatlar yoshlari uchun seminarlar tashkil qilgan holda quyidagi sohalarda to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yanada rivojlantirish:
Mazkur Memorandum doirasida hamkorlik bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarning moliyaviy shartlari Tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan, joriy yil uchun nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari hisobidan belgilanadi.
Tomonlar o‘rtasida almashiladigan barcha ma’lumotlar qat’iy ravishda maxfiy hisoblanadi va boshqa Tomonning oldindan yozma roziligisiz uchinchi tomonga oshkor etilishi mumkin emas. Shuningdek, ulardan mazkur Memorandumda nazarda tutilmagan maqsadlarda ham foydalanilmaydi.
Tomonlar o‘z davlatlaridagi qonun va qoidalarga rioya qilish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.
1. Mazkur Memorandum imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va uch (3) yillik muddatga tuziladi hamda Tomonlardan biri navbatdagi muddat tugashidan kamida uch oy avval Memorandum amal qilishini tugatish niyati to‘g‘risida boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, o‘z-o‘zidan keyingi uch yillik muddatlarga uzayaveradi.
2. Mazkur Memorandum qoidalarini talqin qilish yoki qo‘llashda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar, kelishish uchun biron-bir milliy, xalqaro va uchinchi tomon sudiga murojaat qilinmasdan, Tomonlar o‘rtasida do‘stona maslahatlashuvlar orqali hal qilinadi.
3. Mazkur Memorandum Tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan har qanday boshqa tadbirlarni va tashriflar almashish imkoniyatini istisno etmaydi.
4. Mazkur Memorandum amal qilishining tugatilishi mazkur Memorandum qoidalari asosida kuchga kirgan hamda uning amal qilishi tugatilishi paytida tugallanmagan hamkorlik sohalariga daxl qilmaydi.