1-modda. 1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014-yil, № 4, 85-modda; 2017-yil, № 4, 135-modda, № 5, 201-modda, № 8, 383-modda) 105-moddasining birinchi qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini” degan so‘zlar “raisni (oqsoqolni)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi 915-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan O‘RQ-350-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
3-modda. Fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) navbatdagi saylovi 2019-yil may oyida o‘tkazilsin.
Fuqarolar yig‘inlari amaldagi raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining vakolatlari muddati 2019-yil may oyida fuqarolar yig‘inlarining yangi raislari (oqsoqollari) saylanguniga qadar uzaytirilsin.
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.