LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ustav fondlarida davlat mulki ulushi bo‘lgan bankrot korxonalarni tugatish bo‘yicha tugatish komissiyalarini tuzish jarayonlarini va ularning faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ustav fondlarida davlat mulki ulushi bo‘lgan bankrot korxonalarni tugatish bo‘yicha tugatish komissiyalari to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qaroriga muvofiq, ustav fondlarida davlat mulki ulushi bo‘lgan bankrot korxonalarni tugatish bo‘yicha tugatish komissiyalari (bundan keyin tugatish komissiyasi deb ataladi) faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslarini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
2. Bankrot deb e’tirof etilgan korxonalarni ixtiyoriy ravishda yoki xo‘jalik sudi qaroriga binoan tugatish ishlarini amalga oshirish tugatish komissiyasining asosiy vazifasi hisoblanadi.
ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda — bankrot korxona mulkdorlari tomonidan tuziladi. Bunda tugatish komissiyasi raisligiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi (bundan keyin Qo‘mita deb ataladi) bilan kelishiladi. Tugatish komissiyasini tuzish Qo‘mita buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi;
bankrot korxona xo‘jalik sudi qaroriga binoan tugatilganda — Qo‘mita tomonidan tuziladi. Tugatish komissiyasi a’zolari qo‘mita buyrug‘i bilan tayinlanadi. Tugatish komissiyasiga ishonchli vakil boshchilik qiladi, keyinchalik uning nomzodi xo‘jalik sudi tomonidan tasdiqlanadi.
Tugatish komissiyasi tarkibiga kreditorlar vakili kiritilishi mumkin, u kreditorlar majlisida saylanadi.
5. Ixtiyoriy ravishda tugatishda tugatish komissiyasi raisi tayinlangan va majburiy ravishda tugatishda ishonchli shaxs tasdiqlangan vaqtdan boshlab qarzdorning ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar, shu jumladan qarzdorning mulkini tasarruf etish bo‘yicha vakolatlar ularga o‘tadi.
6. Tugatish komissiyasiga tugatish komissiyasining raisi (ishonchli vakil) boshchilik qiladi, u ishlarga rahbarlik qiladi, komissiya majlislarini olib boradi, majlislar protokollarini, tugatish rejasini va boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi. Tugatish rejasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Tugatish davomida tugatish rejasiga u yoki bu holatlarga bog‘liq holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
8. Tugatish komissiyasi majlisi unda tugatish komissiyasi jami a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashganda huquqiy kuchga ega bo‘ladi. Qarorlar tugatish komissiyasining majlisda qatnashayotgan a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Tugatish komissiyasining qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi.
9. Tugatish komissiyasi a’zolari uning majlislarida qatnashishga majburdirlar. Tugatish komissiyasi majlislarida bankrot korxona mehnat jamoasi vakili ovoz berish huquqisiz qatnashishi mumkin.
bankrot korxonaning mulkini va majburiyatlarini xatlovdan o‘tkazadi, oraliq tugatish balansini tuzadi, tugatilayotgan ashyolar miqdorini shakllantiradi va uning qiymatini aniqlaydi;
11. Tugatish ishlari davomida tugatish komissiyasi qarzdor korxonaning bitta bankdagi faqat yagona so‘mdagi va yagona valyutadagi hisob raqamidan foydalanishi shart.
Qarzdor korxonaning tugatish ishlari boshlangan vaqtda bankda ma’lum bo‘lgan, shuningdek tugatish jarayonida aniqlangan boshqa hisob raqamlari ularning aniqlanishiga ko‘ra tugatish komissiyasi raisi (ishonchli shaxs) tomonidan yopilishi kerak.
Tugatish ishlari davomida kelib tushadigan pul mablag‘lari ham qarzdor korxonaning yagona hisob raqamiga o‘tkaziladi.
12. Tugatish komissiyasi o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida qarzdor korxonaning bankrot bo‘lishigacha olib kelinishi munosabati bilan qonunchilikka muvofiq korxona majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javob beruvchi uchinchi shaxslarga nisbatan talablar qo‘yishga haqlidir.
13. Tugatish komissiyasi tugatish ishlari tartibotini o‘tkazish natijalari bo‘yicha yakuniy hisobot tayyorlaydi va uni qarzdor korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organga tasdiqlash uchun uch kun muddatda taqdim etadi.
Tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ o‘n kun muddatda yakunlovchi hisobotni tasdiqlashi shart.
Yakuniy hisobot ko‘rsatib o‘tilgan muddatda tasdiqlanmagan taqdirda u, qaytarish sabablari ko‘rsatib o‘tilgan holda, puxtalashtirish uchun qaytariladi. Tugatish komissiyasi o‘n kun muddatda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etadi va yakunlovchi hisobotni tasdiqlash uchun takroran taqdim etadi.
14. Yakuniy hisobot tasdiqlangan taqdirda u bankrot korxonani davlat reyestridan chiqarish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga:
15. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ikki kun muddatda bankrot korxonani belgilangan tartibda davlat reyestridan chiqaradi.
16. Tugatish komissiyasi bankrot korxonani tugatishni bir yilgacha bo‘lgan muddatda amalga oshiradi.
17. Tugatish bir yil davomida tugallanmagan taqdirda tugatish komissiyasi tugatish muddatini olti oyga uzaytirish to‘g‘risidagi ariza bilan Qo‘mitaga murojaat qiladi.
18. Qo‘mita materiallarni tayyorlaydi va bankrot korxonani tugatish muddatini uzaytirish yoxud muddatni uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Komissiya deb ataladi) tasdiqlash uchun kiritadi.
19. Komissiya majlisining bankrot korxonani tugatish muddatini uzaytirishni tasdiqlash to‘g‘risidagi protokoli nusxasi Qo‘mita tomonidan uch kun muddatda tugatish komissiyasi raisi (ishonchli vakil)ga beriladi.
20. Bankrot korxonaning barcha mulki belgilangan muddatda sotilmagan taqdirda tugatish komissiyasi raisi (ishonchli vakil) tugatish ishlarini tugallash maqsadida mulkning sotilmagan qismini davlat mulkiga o‘tkazish to‘g‘risida Qo‘mitaga murojaat qiladi.
Qo‘mita bankrot korxona mulkining sotilmagan qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risida Komissiya majlisiga taklif kiritadi.
Mulkning sotilmagan qismini o‘tkazish Komissiyaning ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mulk o‘tkazilgandan keyin yakuniy hisobot tuziladi.
21. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablar buzilgan hollarda tugatish komissiyasi harakatlari yuzasidan manfaatdor shaxslar tomonidan xo‘jalik sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
22. Tugatish komissiyasi vakolati bankrot korxona yuridik shaxslarning yagona davlat reyestridan chiqarilgan vaqtdan boshlab to‘xtatiladi.