Ushbu Qonunning maqsadi parlament nazoratini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Parlament nazorati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi);
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar guruhlari (bundan buyon matnda fraksiyalar, deputatlar guruhlari deb yuritiladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining (bundan buyon matnda Oliy Majlis palatalari deb yuritiladi) va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati parlament nazorati obyektidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyat parlament nazoratining obyekti bo‘lishi mumkin emas.
navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlarini hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) qabul qilish, shuningdek Davlat budjeti ijrosining borishini ko‘rib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzasini ko‘rib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish;
Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi) hisobotini eshitish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Qonunchilik palatasi, Senat qo‘mitalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari tomonidan o‘rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan birga Oliy Majlis palatalariga kiritiladi.
Davlat budjeti loyihasi fraksiyalarda, deputatlar guruhlarida, Qonunchilik palatasining qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi, ular Davlat budjeti loyihasi bo‘yicha fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish chog‘ida fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qo‘mitalari Davlat budjeti loyihasi parametrlari bilan bog‘liq qo‘shimcha axborotni tegishli organlardan talab qilib olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi fraksiyalardan, deputatlar guruhlaridan, Qonunchilik palatasi qo‘mitalaridan kelib tushgan fikrlar va takliflarni umumlashtiradi hamda Davlat budjeti loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqish masalasi bo‘yicha xulosa tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Fraksiyalarning, deputatlar guruhlarining, Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining Davlat budjeti loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflari Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilayotganda u fraksiyalarning, deputatlar guruhlarining, Qonunchilik palatasi qo‘mitalarining kelib tushgan mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda maromiga yetkazish uchun Vazirlar Mahkamasiga yuborilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi Davlat budjeti loyihasini maromiga yetkazadi va uni Qonunchilik palatasi qayta ko‘rib chiqishi uchun kiritadi.
Davlat budjetining loyihasi bo‘yicha qaror Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15-noyabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti ko‘rib chiqish uchun Senatga yuboriladi.
Senatga kelib tushgan Davlat budjeti Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi.
Davlat budjeti yuzasidan qaror Senat tomonidan joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 78-moddasi birinchi qismining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 97-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 11-bandi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvardagi 368-III-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti”ning 161 — 166-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 11-bandi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 33-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yilning har choragida Qonunchilik palatasiga Davlat budjeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi axborotni va zarur materiallarni yuboradi.
Qonunchilik palatasi Davlat budjetining yilning har choragidagi ijrosining borishini ko‘rib chiqadi. Uni ko‘rib chiqish chog‘ida Vazirlar Mahkamasining hisoboti, fraksiyalarning, deputatlar guruhlarining fikrlari va takliflari, mas’ul qo‘mitaning xulosasi eshitiladi, muhokama o‘tkaziladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobotni fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti ijrosining borishi to‘g‘risidagi masalani dastlabki tarzda muhokama qilish davomida fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qo‘mitalari Davlat budjetining daromad qismi ijrosi xususida, ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilish holati to‘g‘risida tegishli organlardan qo‘shimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi haqidagi ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda fraksiyalar, deputatlar guruhlari joylarda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitalari tomonidan o‘rganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qo‘mitalarida muhokama etilganidan keyin Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqiladi hamda Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar to‘g‘risidagi har yilgi ma’ruzasi Bosh vazir tomonidan Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladi.
Fraksiyalar, deputatlar guruhlari, Oliy Majlis palatalarining qo‘mitalari Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma’ruzasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma’ruzasini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim masalalarini hal etishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar bo‘lishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma’ruzasini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining, Senatning qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 115-moddasining 11-bandi va O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni 38-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 261-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 251-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi, Senat zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlislarida Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.
Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti qonunga muvofiq parlament so‘rovi tartibida eshitiladi.
Fraksiyalar, deputatlar guruhlari, Oliy Majlis palatalarining qo‘mitalari Bosh vazirning hisobotini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasi, Senat majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Bosh vazirning hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalariga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar bo‘lishi mumkin.
Bosh vazirning hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining, Senatning qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 94-moddasi birinchi qismining 4-bandi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni 38-moddasining to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasi birinchi qismining 15-bandi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasi birinchi qismining 15-bandi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi, Senat zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlislarida hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish masalasi Qonunchilik palatasi tomonidan fraksiyalar, deputatlar guruhlarining tashabbusiga ko‘ra, Senat tomonidan esa, qo‘mitalarning tashabbusiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotini Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Senat O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotini Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘z faoliyati haqidagi axborotini Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hukumat a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, qaror Vazirlar Mahkamasiga oldindan yuboriladi.
Hukumat a’zolarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda hukumat a’zolarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar bo‘lishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Hukumat a’zolarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining, Senatning qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 38-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 331-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 230-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay o‘z majlisida Hisob palatasining hisobotini eshitadi.
Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda fraksiyalar, deputatlar guruhlari, shuningdek Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Hisob palatasiga va Senatga yuboriladi.
Senat har yili o‘z majlisida Hisob palatasining hisobotini mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushganidan keyin eshitadi.
Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Hisob palatasiga va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 94-moddasi birinchi qismining 2-bandi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 17-bandi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 333-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 262-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 17-bandi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 325-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 54-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Senatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 95-moddasi birinchi qismining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 12-bandi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 323-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 55-moddasi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni.
Qonunchilik palatasi, Senat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risidagi taklif Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qo‘mitalar, fraksiyalar, deputatlar guruhlari tomonidan, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan, Senat ko‘rib chiqishi uchun esa, qo‘mitalar tomonidan, shuningdek Senat a’zolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga og‘zaki javobni tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida palatalar belgilagan muddatda beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament so‘roviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Parlament so‘roviga yozma javob Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi. Yozma javobning nusxalari tegishli palataning majlisida o‘qib eshittirilguniga qadar oldindan Qonunchilik palatasi deputatlariga, Senat a’zolariga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Parlament so‘roviga javob tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi, Senat parlament so‘rovi muhokamasi yakunlari bo‘yicha qaror qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 22-bobi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2008-yil 26-avgustdagi 854-I-son qarori bilan tasdiqlangan “Parlament so‘rovini amalga oshirish tartibi”, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 52-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki O‘zbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan, Senat a’zosi esa, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan so‘rov yuborishga haqli.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘roviga, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari ish rejalariga, Qonunchilik palatasining, Senatning hamda ular kengashlarining qarorlariga muvofiq o‘z majlislarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi, Senat, ularning kengashlari va qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari o‘z ish rejalariga muvofiq vaqti-vaqti bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Qonunchilik palatasi va Senat qarorlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini joylarga chiqib o‘rganadi. Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari o‘rganish davomida davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalarini, statistika ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin.
Qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari o‘z majlislarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitishi, shuningdek o‘rganish natijalarini Qonunchilik palatasi, Senat ko‘rib chiqishi uchun kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta’minlash uchun qonun osti hujjatlarining o‘z vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Monitoringni amalga oshirish yakunlari Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari majlislarida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muayyan faktlarni yoki voqealarni o‘rganish maqsadida Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori bilan parlament tekshiruvlari o‘tkazilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi va Senat parlament tekshiruvini o‘tkazish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan komissiya tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni komissiya ishiga jalb etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur ma’lumotlarni so‘rab olish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilish.
Komissiya bajarilgan ish to‘g‘risida Oliy Majlis palatalari tomonidan belgilangan muddatda ularni xabardor qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 22-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti”ning (yangi tahriri) 266-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 22-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, mamlakatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha ular ishining samaradorligini oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalari tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuziladi.
Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori har yili Senatga hisobot taqdim etadi, hisobot Senatning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 95-moddasi birinchi qismining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 12-bandi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunining 328-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 55-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 153-II-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yillik hisobotini va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axborotini ko‘rib chiqish tartibi”.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) parlament nazoratini “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiradi.
hukumat a’zosini iste’foga chiqarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taklif kiritishi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni 38-moddasining beshinchi qismi.
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarining, davlat dasturlarining ijrosi, o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning amalga oshirilishi samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan takliflar va tavsiyalar kiritishi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan ma’ruzalarni, hisobotlarni, axborotni hamda boshqa materiallarni ular yuzasidan mulohazalar va takliflarni ko‘rsatgan holda ushbu organlarga maromiga yetkazish uchun belgilangan tartibda qaytarib yuborishi;
Keyingi tahrirga qarang.
parlament nazorati materiallarini vakolatli davlat organlariga o‘z vakolatlariga muvofiq ko‘rib chiqish uchun yuborishi;
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa hollari ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda ularga darhol chek qo‘yish choralarini ko‘rish talabi bilan tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga hamda mansabdor shaxslarga murojaat qilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish, ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga takliflar va tavsiyalar kiritishi;
Keyingi tahrirga qarang.
yangi qonun hujjati loyihasini ishlab chiqish yoki amaldagi qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
parlament nazorati subyektlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning ko‘rib chiqilishi va ijro etilishini ta’minlaydi;
parlament nazorati natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
takliflar va tavsiyalarni ko‘rib chiqish natijalari hamda ular bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida parlament nazorati subyektlariga xabar qiladi;
qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘radi.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini hamda ularning mansabdor shaxslarini parlament nazoratini o‘tkazish bilan bog‘liq zarur hujjatlar bilan tanishtirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashmasligi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi uchun to‘siqlarni yuzaga keltirmasligi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Parlament nazorati subyektlarining zimmasida qonunga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Parlament nazorati subyektlari parlament nazoratini amalga oshirayotganda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari:
Keyingi tahrirga qarang.
parlament nazorati subyektlarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi;
parlament nazorati subyektlariga parlament nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi, shuningdek ularning ishonchliligi va xolisligini ta’minlashi shart.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament nazorati subyektlarining parlament nazorati natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarini ko‘rib chiqishi va ko‘rib chiqish natijalari hamda ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ularni belgilangan muddatda xabardor qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining zimmasida qonunga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Parlament nazorati natijalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Qonunchilik palatasining, Senatning hamda ular organlarining majlislari ochiq va oshkora o‘tkaziladi. Majlislarga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Zarurat bo‘lganda, Qonunchilik palatasi, Senat va ularning organlari yopiq majlis o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Parlament nazorati natijalari ommaviy axborot vositalarida va Qonunchilik palatasining, Senatning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 10 va 20-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining yettinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 10 va 20-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining yettinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Reglamenti”ning 7 va 9-moddalari.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni.
Keyingi tahrirga qarang.
Parlament nazorati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
LexUZ sharhi