Janobi oliylari,
Men O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati o‘rtasida ijtimoiy ta’minot to‘g‘risida 2005-yil 10-mayda Toshkent shahrida imzolangan Bitimga (keyingi o‘rinlarda “Bitim”) havola qilgan holda, unga kuyidagi o‘zgartishlar kiritishni taklif etish sharafiga muyassarman:
1. Bitimning 2-moddasi quyidagi mazmundagi 1 (a) (iii) Koreya Respublikasi uchun 1 (b) (iii) — kichik band bilan to‘ldirilsin:
“4. 2-moddaning 1 (a) Koreya Respublikasi uchun 1 (b)-bandini qo‘llash maqsadida, ish beruvchidan undiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi Agentligiga o‘tkaziladigan yagona ijtimoiy to‘lovlar Koreya Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatidan olinadigan daromadlariga nisbatan belgilanmaydi.”.
Mazkur o‘zgartish u kuchga kirgunga qadar belgilangan, ammo to‘lanmagan yagona ijtimoiy to‘lovlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Basharti Koreya Respublikasi Hukumati mazkur taklifga o‘z roziligini bildirsa, ushbu nota va Siz janobi oliylarining yuqoridagi o‘zgartishlar qabul qilinganini bildiruvchi javob notasi Bitimga ish beruvchidan undiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi Agentligiga o‘tkaziladigan yagona ijtimoiy to‘lovlardan ozod qilish yuzasidan o‘zgartish kiritish bo‘yicha bitimni tashkil qilishi va uning ajralmas qismi hisoblanishi hamda Siz janobi oliylarining javob notasi sanasidan kuchga kirishini taklif qilish sharafiga muyassarman.
Men fursatdan foydalanib, Siz janobi oliylariga yana bir bor o‘zimning yuksak ehtiromimni izhor etaman.
Men Sizning 2015-yil 28-mayda yuborilgan quyidagi mazmundagi notangiz qabul qilinganini tasdiqlash sharafiga muyassarman:
“Men O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati o‘rtasida ijtimoiy ta’minot to‘g‘risida 2005-yil 10-mayda Toshkent shahrida imzolangan Bitimga (keyingi o‘rinlarda “Bitim”) havola qilgan holda, unga quyidagi o‘zgartirishlar kiritishni taklif etish sharafiga muyassarman:
1. Bitimning 2-moddasi quyidagi mazmundagi I (a) (iii) Koreya Respublikasi uchun 1 (b) (iii) — kichik band bilan to‘ldirilsin:
“4.2-moddaning 1 (a) Koreya Respublikasi uchun I (b)-bandini qo‘llash maqsadida, ish beruvchidan undiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi Agentligiga o‘tkaziladigan yagona ijtimoiy to‘lovlar Koreya Respublikasi fuqarolari mehnat faoliyatidan olinadigan daromadlariga nisbatan belgilanmaydi.”
Mazkur o‘zgartish u kuchga kirgunga qadar belgilangan, ammo to‘lanmagan yagona ijtimoiy to‘lovlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Basharti Koreya Respublikasi Hukumati mazkur taklifga o‘z roziligini bildirsa, ushbu nota va Siz janobi oliylarining yuqoridagi o‘zgartishlar qabul qilinganini bildiruvchi javob notasi Bitimga ish beruvchidan undiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi Agentligiga o‘tkaziladigan yagona ijtimoiy to‘lovlardan ozod qilish yuzasidan o‘zgartish kiritish bo‘yicha bitimni tashkil qilishi va uning ajralmas qismi hisoblanishi hamda Siz janobi oliylarining javob notasi sanasidan kuchga kirishini taklif qilish sharafiga muyassarman.
Men fursatdan foydalanib, Siz janobi oliylariga yana bir bor o‘zimning yuksak ehtiromimni izhor etaman”.
Men yuqorida bayon etilgan taklif Koreya Respublikasi Hukumatiga maqbul ekanini, Siz janobi oliylarining notasi va ushbu javob notasi Bitimga ish beruvchidan undiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi Agentligiga o‘tkaziladigan yagona ijtimoiy to‘lovlardan ozod qilish yuzasidan o‘zgartish kiritish bo‘yicha bitimni tashkil qilishi va uning ajralmas qismi hisoblanishi hamda ushbu javob notasi sanasidan kuchga kirishini tasdiqlash sharafiga muyassarman.