28.06.1952 yildagi -son
 LexUZ sharhi
1. 3-modda qoidalariga muvofiq ravishda onalik ta’tilida bo‘lgan ayol pul va tibbiy nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi.
Ayol ushbu Konvensiyaning 3-modda qoidalariga muvofiq unga berilgan onalik ta’tili asosida ishda bo‘lmasa va shu paytda ish beruvchi tomonidan ushbu ayolni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida buyruq qabul qilinsa yoki ushbu ayolning bunday ta’tili paytida muddati tugaydigan buyruq qabul qilinsa, bunday buyruq noqonuniy hisoblanadi.
2. Agar Tashkilotning a’zosi tomonidan ushbu moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan ish turlari yoki korxonalar toifalari istisno qilinsa, ushbu istisnolar ratifikatsiya to‘g‘risidagi hujjatga ilova qilinadigan deklaratsiyada ko‘rsatiladi.
4. Tashkilotning har bir a’zosi, unga nisbatan ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq tayyorlangan deklaratsiyasi kuchda bo‘lsa, ushbu Konvensiyaning qo‘llanilishi to‘g‘risidagi o‘zining har yilgi ma’ruzasida, aytib o‘tilgan deklaratsiyaga ko‘ra mazkur moddaning 1-bandi qo‘llaniladigan ish turlari va korxonalarga nisbatan o‘z qonunchiligi va amaliyotining holatini hamda ushbu ish turlari va korxonalarga nisbatan Konvensiya qay darajada qo‘llanilayotgani yoki ularni qanday ko‘llash ko‘zda tutilayotganini ko‘rsatadi.
2. Ushbu modda 1-bandining “a” va “b” kichik bandlarida ifodalangan majburiyatlar ratifikatsiyaning ajralmas qismi deb hisoblanadi va ratifikatsiya kuchiga ega.
3. Tashkilotning xar qanday a’zosi navbatdagi deklaratsiya orqali ushbu modda 1-bandining “b”, “s” yoki “d” kichik bandlari asosida avvalgi deklaratsiyada aytib o‘tilgan xar qanday shartlardan yoki ularning bir qismidan voz kechishi mumkin.
4. Tashkilotning har qanday a’zosi, ushbu Konvensiya denonsatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan davr mobaynida, 12-modda qoidalariga muvofiq, Bosh direktorga istalgan avvalgi deklaratsiyaning har qanday shartiga o‘zgartirishlar kirituvchi hamda belgilangan hududlaridagi hozirgi ahvolni ifoda etuvchi navbatdagi deklaratsiyani yuborishi mumkin.
3. Tashkilotning tegishli a’zosi, a’zolari yoki tegishli xalqaro darajadagi mas’ul, ushbu Konvensiya denonsatsiya qilinishi mumkin bo‘lgan muddat mobaynida, 12-modda qoidalariga muvofiq, Bosh direktorga har qanday avvalgi deklaratsiyaning har qanday shartiga o‘zgartirishlar kirituvchi hamda ushbu Konvensiyaning qo‘llanilishiga nisbatan hozirgi ahvolni ifoda etuvchi deklaratsiya yuborishi mumkin.
a) Tashkilotning biror a’zosi tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning o‘z kuchi bilan, 12-modda qoidalaridan qat’iy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan bo‘lishi kerak;