O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida
Qo‘shma Deklaratsiya
Havo transporti sohasida hamkorlik to‘g‘risida
1994-yil 26-aprel, Toshkent
(1994-yil 26-apreldan kuchga kirgan)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati,
ikki mamlakat o‘rtasida kengayib borayotgan va ularni bog‘layotgan aloqalarni e’tiborga olib,
transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishni istab,
Toshkent va Parij shaharlari orasida havo yo‘lini o‘rnatish to‘g‘risida umumiy kelishuvga erishdilar.
Ushbu sababga ko‘ra ikki davlat Hukumatlari ikki fuqarolik aviatsiyasi tashkilotlari va milliy aviakompaniyalar o‘rtasida o‘rnatilgan dastlabki muvaffaqiyatli aloqalar bilan qoniqishlarini bildiradilar, va yaqin kelajakda havo qatnovi to‘g‘risida Bitim tuzish maqsadida ulardan muzokaralarni davom ettirishni so‘raydilar.
Ikki mamlakat milliy aviakompaniyalari bu havo yo‘lidan foydalanishga taalluqli bo‘lgan texnik va savdo masalalarini kelgusida aniqlab oladilar.
Toshkent shahrida, 1994-yil 26-aprelda, ikki asl nusxada, o‘zbek va fransuz tillarida tuzildi, bunda har ikkala matn bir xil kuchga ega.
(imzolar)