LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 308-mh-sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3020, 01.06.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (J. Achilov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) tegishli vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida bir oylik muddatda Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tushuntirish bo‘yicha seminar o‘tkazsin.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, adliya organlarida ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan buyon matnda NNT deb yuritiladi), shu jumladan ularning alohida bo‘linmalari (vakolatxonalari va filiallari), shuningdek bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari (bundan buyon matnda xalqaro va chet el NNTlarning vakolatxonalari va filiallari deb yuritiladi), diniy tashkilotlar tomonidan tadbirlar o‘tkazilishini, xalqaro va chet el NNTlarning vakolatxonalari va filiallari tomonidan bosma, audiovizual hamda boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishini adliya organlari bilan kelishish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
1. O‘zbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlat hududida bevosita NNT tomonidan tashkillashtirilgan, o‘z ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga erishish uchun konferensiya, seminar, trening, yig‘ilish, aksiya, davra suhbati, uchrashuv, simpozium va boshqa shakllarda shaxslarni to‘plash tadbir deb e’tirof etiladi.
2. Mazkur Nizom siyosiy partiyalar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar, diniy tashkilotlarning ibodat, diniy rasm-rusumlar va marosim tarzidagi tadbirlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
NNTning ustaviga (nizomiga) muvofiq uning rahbar organlari yig‘ilishlari, NNTning, shu jumladan xalqaro va chet el NNTning vakolatxona va filiallari tomonidan ularning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan bosh tashkiloti xodimlari ishtirokida tashkilot faoliyati bilan bog‘liq o‘tkaziladigan tadbirlari, basharti ularda uchinchi shaxslarning (O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillaridan tashqari) ishtirok etishi nazarda tutilmaganda;
NNTning O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya (ruxsatnoma) olish talab qilinadigan faoliyat turi bo‘yicha tegishli litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega bo‘lgan holda ushbu faoliyat turini amalga oshirish yuzasidan o‘tkaziladigan tadbirlari;
NNTning normativ-huquqiy hujjatlarda, davlat dasturlari va milliy rejalarda hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining devoni, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarida o‘tkazilishi nazarda tutilgan tadbirlari;
NNTning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratilgan davlat granti doirasida o‘tkaziladigan tadbirlari;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan yoki ular bilan kelishilgan rejalarga muvofiq o‘tkaziladigan ommaviy jismoniy-tarbiya va sport tadbirlari;
NNTning Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga muvofiq o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlari (vakolatli organ tomonidan berilgan ruxsatnoma nusxasi taqdim etiladi);
Kelishish talab etilmaydigan tadbirlar haqida adliya organiga tadbir o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin yozma ravishda xabar beriladi, bundan boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda NNT vakilining ishtirok etish hollari mustasno.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
xalqaro, respublika, viloyatlararo NNT, xalqaro va chet el NNTlarning vakolatxona va filiallari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududlarida faoliyat olib boradigan NNT tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar — NNT ro‘yxatdan o‘tgan hududiy adliya organlari bilan kelishiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, xalqaro va chet el NNTlarning vakolatxonalari va filiallari tomonidan bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
6. NNT o‘z ixtiyoriga ko‘ra har bir alohida tadbirni yoki tadbirlar rejasini (ro‘yxatini) kelishish uchun adliya organiga murojaat qiladi.
Tegishli adliya organida ro‘yxatdan o‘tgan ikki yoki undan ortiq NNT tomonidan hamkorlikda tadbir o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lsa, ushbu tadbirni o‘tkazishni kelishish yuzasidan tashkilotchi NNTlarning biri tomonidan murojaat qilinishi yetarli hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘iga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
7. Tadbir yoki tadbirlar rejasini (ro‘yxatini) kelishish uchun NNT tadbir o‘tkazilishi mo‘ljallangan sanadan kamida yigirma kun oldin, xorijiy davlat hududida tashkillashtiriladigan tadbirlar bo‘yicha tadbir o‘tkazilishidan, xuddi shuningdek xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lsa, ularning tashrifidan kamida bir oy oldin tegishli adliya organiga yozma ravishda murojaat etishi lozim.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
8. Tadbir yoki tadbirlar rejasini (ro‘yxatini) kelishish haqidagi murojaatda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi yoki unga ilova qilinishi zarur:
tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan shaxslar soni va maqsadli guruhlar (voyaga yetmaganlar, talabalar, ayollar va h.k);
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
9. Tadbirlarning yillik, choraklik yoki oylik rejasini (ro‘yxatini) taqdim etish muddati unda nazarda tutilgan birinchi tadbir o‘tkaziladigan sanaga qarab aniqlanadi. Bunda tadbirlar rejasida (ro‘yxatida) nazarda tutilgan har bir alohida tadbir bo‘yicha mazkur Nizomning 8-bandi oltinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjatlar tegishli tadbir o‘tkazilishidan kamida yigirma kun oldin taqdim etiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
10. Tadbirda xorijiy davlat fuqarosi (fuqarolari) ishtirok etishi rejalashtirilayotgan bo‘lsa, mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha tarzda xorijiy davlat fuqarosining familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, tug‘ilgan joyi va sanasi, fotosurati, ish joylari ko‘rsatilgan ma’lumotnoma hamda uning kelib-ketish dasturi taqdim etilishi kerak, bundan belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlat fuqarolari mustasno.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
11. Xalqaro va chet el NNTning vakolatxonalari va filiallari tomonidan bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanayotganda ularning loyihalari, o‘tkaziladigan tadbirda foydalanish yoki tarqatish uchun xorijiy davlatda tayyorlangan bosma, audiovizual va boshqa materiallar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish rejalashtirilganda ularning nusxalari (namunalari) tadbir o‘tkazilishidan kamida bir oy oldin adliya organiga kelishish uchun taqdim etilishi lozim.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
12. Bosma, audiovizual va boshqa materiallarni kelishish uchun taqdim etilgan yozma murojaatda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
materiallarni tayyorlagan shaxslar haqida ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, tug‘ilgan joyi va sanasi, ish joyi ko‘rsatilgan holda);
13. Tadbir yoki tadbirlar rejasini (ro‘yxatini), bosma, audiovizual va boshqa materiallarni kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlar adliya organi tomonidan o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Xorijiy davlat hududida tashkillashtiriladigan, xuddi shuningdek xorijiy fuqarolar ishtiroki etishi nazarda tutiladigan tadbirlarni kelishish haqidagi hujjatlar adliya organi tomonidan yigirma besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘iga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
14. Hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda, NNT bu haqda adliya organiga bir ish kuni ichida o‘zgarishlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni ilova qilgan holda yozma ravishda xabar beradi.
15. Tadbir yoki tadbirlar rejasi (ro‘yxati) hamda bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishi yuzasidan qo‘shimcha savollar vujudga kelganda adliya organi tomonidan NNTdan asoslantirilgan tarzda qo‘shimcha hujjatlar so‘ralishi mumkin.
Mazkur Nizomning 14-15-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar adliya organlari tomonidan hujjatlarni ko‘rib chiqishning umumiy muddatiga ta’sir qilmaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘iga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
16. Adliya organi tadbir o‘tkazish, bosma, audiovizual va boshqa materiallarni tayyorlash va tarqatishni kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini, ularning qonun hujjatlariga va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiqligini o‘rganadi.
Zarur hollarda, adliya organi NNT tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun tegishli tashkilotlarga yuborishga haqli.
Agar xulosada tadbir o‘tkazilishiga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida fikr mavjud bo‘lsa, u holda tashkilot ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan holatlar doirasida o‘z xulosasini asoslashi kerak.
17. Adliya organi hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan tadbirni o‘tkazishga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish yoki sabablarini ko‘rsatgan holda rozilik berishni rad etish to‘g‘risida NNTni yozma ravishda xabardor qiladi.
18. Quyidagi hollarda tadbirni o‘tkazishga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish rad etiladi:
tadbir, bosma, audiovizual va boshqa materiallar O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirish, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qilish, fuqarolarning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qilishga qaratilgan bo‘lsa;
mazkur Nizomda nazarda tutilgan hamda adliya organlari tomonidan Nizomning 15-bandiga asosan so‘ralgan qo‘shimcha hujjatlar (ma’lumotlar) to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa;
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
hujjatlar (ma’lumotlar) ushbu Nizomning 7 va 9-bandlarida belgilangan muddatlarda taqdim qilinmagan bo‘lsa;
19. Tadbir o‘tkazilishiga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish rad etilganda, NNT rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish va adliya organiga takroran murojaat qilishga haqli.
20. Tadbir NNT tomonidan adliya organiga taqdim etilgan hujjatlarga (ma’lumotlarga) muvofiq o‘tkazilishi shart.
21. Tadbirning qonun hujjatlariga va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga muvofiq o‘tkazilishi uchun NNT rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs javobgardir.
22. NNT adliya organi vakiliga monitoring qilish uchun o‘zi o‘tkazayotgan tadbirga erkin kirish imkonini berishi shart.
Adliya organi NNTga o‘tkaziladigan tadbirda o‘z vakilining ishtirok etishi haqidagi ma’lumotni yozma ravishda berishi mumkin.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘iga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
23. NNT rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs tadbirni monitoring qilish uchun tashrif buyurgan adliya organi vakiliga tadbirni kuzatish, uning qonun hujjatlariga va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga muvofiq o‘tkazilishini baholash uchun barcha materiallar va ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratishi hamda boshqa zarur shart-sharoitlarni ta’minlab berishi lozim.
Adliya organi zarur hollarda NNTdan tadbir o‘tkazilgandan so‘ng tegishli ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkin.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 27-iyuldagi 193-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2679-1, 27.07.2016-y.) buyrug‘iga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 30-son, 369-modda)
24. Qonun hujjatlari va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga muvofiq o‘tkazilayotgan tadbirga adliya organi vakili tomonidan aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
25. NNT adliya organi vakilining tadbir davomida qilgan noqonuniy xatti-harakati yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.