10.12.1984 yildagi -son
 LexUZ sharhi
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 5-moddasini hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktning 7-moddasini, ularning ikkalasi hech kimga qiynoq yoki uning qadr-qimmatini kamsituvchi shafqatsiz muomala qilinmasligini va jazo berilmasligini ko‘zda tutganini hisobga olib,
1. Har bir ishtirokchi davlat quyidagi hollarda uning 4-moddada ko‘rsatilgan jinoyatlarga nisbatan sud qilish huquqini belgilash uchun zarurligi mumkin bo‘lgan tadbirlar belgilaydi:
1. Uning ixtiyoridagi axborotni ko‘rib chiqqandan keyin vaziyatlar shuni taqozo etishiga ishonch hosil qilgach, 4-moddada ko‘rsatilgan jinoyatlardan istalganini sodir etishda ayblanadigan shaxs hududida bo‘lgan istalgan ishtirokchi davlat uni hibsga oladi yoki uning shu yerda bo‘lishini ta’minlaydigan boshqa hukuqiy choralar ko‘radi. Hibsga olish va boshqa huquqiy tadbirlar mazkur davlatning qonunlari bo‘yicha amalga oshiriladi, ammo bu faqat jinoiy-protsessual harakatlar yoki berish bo‘yicha harakat qilish uchun zarur bo‘lgan vaqt mobaynida davom etishi mumkin.
3. Ushbu moddaning 1-bandiga asosan hibsda bo‘lgan istalgan shaxsga u fuqarosi bo‘lgan davlatning eng yaqin tegishli vakili bilan yoki u fuqaroligi yo‘q shaxs bo‘lsa, odatda yashab turgan davlatning vakili bilan kechiktirmay aloqa o‘rnatishida yordam ko‘rsatiladi.
4. Davlat ushbu moddaga binoan qaysidir shaxsni hibsga olsa, 5-moddaning 1-bandida eslatilgan davlatlarga bunday shaxsning hibsdaligi fakti to‘g‘risida va uni ushlashga sabab bo‘lib xizmat qilgan vaziyatlar haqida kechiktirmay xabar beradi. Ushbu moddaning 2-bandida ko‘zda tutilgan oldindan tekshiruv o‘tkazadigan davlat olgan ma’lumotlari to‘g‘risida kechiktirmay yuqorida eslatilgan davlatlarga xabar qiladi va o‘zining sud qilish huquqini amalga oshiradimi yoki yo‘qmi ekanligini ko‘rsatadi.
1. Ishtirokchi davlat, agar uning huquqiy tobeligidagi hududda 4-moddada ko‘rsatilgan jinoyatlardan istalganini sodir etishda gumon qilingan shaxs topilsa va u 5-moddada ko‘zda tutilgan hollarda jinoyatchini bermasa mazkur ishni o‘zining vakolatli hukumatlariga sudda tekshirish uchun beradi.
2. Bu hukumatlar jiddiy tusdagi oddiy jinoyat holatida bo‘lganidek, shu davlat qonuniga muvofiq tarzda qaror qabul qiladilar. 5-moddaning 2-bandida sanab o‘tilgan hollarda sudda tekshirish va qoralash uchun zarur isbotlarga qo‘yiladigan talablar hech bir holda 5-moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan hollarda qo‘llaniladiganiga nisbatan kamroq jiddiy bo‘lmaydi.
3. 4-moddada ko‘rsatilgan jinoyatlardan har qaysisi munosabati bilan tekshiriladigan har qaysi shaxsga ishni ko‘rishning hamma bosqichlarida adolatli muomala qilish kafolatlanadi.
1. 4-moddada ko‘rsatilgan jinoyatlar ishtirokchi davlatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan berish to‘g‘risidagi har qanday shartnomaga kiritiladigan jinoyatlar sifatida kiritilishi kerak deb hisoblanadi. Ishtirokchi davlatlar bunday jinoyatlarni ular o‘rtasida tuziladigan berish to‘g‘risidagi istalgan shartnomaga kiritiladigan jinoyatlar sifatida kiritish majburiyatini oladilar.
4. Ishtirokchi davlatlar o‘rtasida bunday jinoyatlar nafaqat sodir qilinadigan joyda, balki shu 5-moddaning 1-bandiga binoan o‘zining sud qilishni belgilashi lozim bo‘lgan davlatlar hududida ham sodir qilingan jinoyatlardek ko‘riladi.
1. Ishtirokchi davlatlar 4-moddada sanab o‘tilgan jinoyatlardan har biriga nisbatan amalga oshirilgan jinoiy-protsessual harakatlar munosabati bilan bir-birlariga sud tekshiruvi uchun ular ixtiyoridagi barcha mavjud dalillar berilishini qamrab oluvchi eng to‘liq yordam ko‘rsatadilar.
2. Ishtirokchi davlatlar o‘z majburiyatlarini shu moddaning 1-bandiga binoan ular o‘rtasida o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi har qanday shartnomalar bo‘yicha bajaradilar.
1. Har bir ishtirokchi davlat uning huquqiy tobeligida bo‘lgan istalgan hududda bunday harakatlar davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy sifatida, yoxud ularning gijgijlashi yoki kuzatuvi yo indamay rozilik berishi bilan chiqadigan boshqa shaxs tomonidan sodir etiladigan 1-moddada bo‘lgan qiynoq ta’rifiga kirmaydigan muomala berishning boshqa qattiq, shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi boshqa harakatlarning oldini olish majburiyatini oladi. Xususan, 10, 11, 12 va 13-moddalarda bo‘lgan majburiyatlar qiynoq to‘g‘risidagi eslatmalar muomala va jazoning boshqa qattiq, shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi shakllari to‘g‘risidagi eslatmalar bilan almashtirilgan holda tatbiq etiladi.
4. Qo‘mita o‘z xohishicha, 24-moddaga binoan tayyorlanadigan o‘zining yillik ma’ruzasiga uning tomonidan ushbu moddaning 3-bandiga binoan qilingan istalgan mulohazalarni ular bo‘yicha tegishli ishtirokchi davlatdan olingan mulohazalar bilan kiritishi mumkin. Tegishli ishtirokchi davlat iltimosiga ko‘ra Qo‘mita shuningdek ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq takdim qilingan ma’ruza nusxasini ham kiritishi mumkin.
3. Agar ushbu moddaning 2-bandiga binoan tekshiruv o‘tkazilsa, Qo‘mita tegishli ishtirokchi davlat bilan hamkorlik o‘rnatishga intiladi. Shu ishtirokchi davlat roziligi bilan bunday tekshiruv uning hududiga borib ko‘rishni nazarda tutishi mumkin.
4. Shu moddaning 2-bandiga muvofiq ana shu tekshiruv a’zosi yoki a’zolari tomonidan taqdim qilingan tekshiruv natijalari ko‘rib chiqilgandan keyin Qo‘mita tegishli ishtirokchi davlatga bu natijalarni shu vaziyatda maqsadga muvofiq deb topiladigan istalgan mulohazalar yoki takliflar bilan qo‘shib jo‘natadi.
5. Qo‘mitaning ushbu moddaning 1 — 4 bandlarida eslatilgan butun ishi maxfiy tusdadir va bu ishning hamma bosqichlarida ishtirokchi davlat bilan hamkorlik qilishga intilish lozim. 2-bandga binoan o‘tkazilgan tekshiruv nisbatan bu ish tugagagach Qo‘mita tegishli ishtirokchi davlat bilan maslahatlashgandan keyin shu ish natijalari to‘g‘risida qisqacha hisobotni 24-moddaga asosan tayyorlanadigan o‘zining har yilgi ma’lumotiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
e) Qo‘mita “s” banddagi qoidalarga rioya etgan holda tegishli ishtirokchi davlatlarga masalani ushbu Konvensiyada ko‘zda tutilgan majburiyatlarini hurmat qilish asosida do‘stona hal etish maqsadida yaxshi xizmatlar ko‘rsatadi. Shu maqsadda Qo‘mita zarurat bo‘lganda maxsus kelishuv komissiyasini ta’sis qilishi mumkin:
g) “b” bandda eslatilgan tegishli ishtirokchi davlatlar Qo‘mitada malasalani ko‘rib chiqishda vakil orqali qatnashishlari va og‘zaki va (yoki) yozma ravishda fikr bildirishlari mumkin.
i) agar “e” band qoidalari doirasida yechimga erishilsa, unda Qo‘mita o‘z axborotida faktlarni va erishilgan yechimni qisqacha bayon etish bilan chegaralanadi;
j) agar “e” band qoidalari doirasida yechimga erishilmasa, Qo‘mita o‘z axborotida faktlarni qisqacha bayon etish bilan chegaralanadi; tegishli ishtirokchi davlatlar tomonidan takdim etilgan yozma taqdimotlar va ogzaki arizalarning qaydi axborotga ilova qilinadi.
2.Ushbu moddaning qoidalari mazkur Konvensiyaning beshta ishtirokchi davlati shu moddaning 1-bandiga muvofiq ariza berganida amalga kiritiladi. Bunday arizalar ishtirokchi davlatlar tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun beriladi, Bosh kotib ularning nusxalarini qolgan ishtirokchi davlatlarga jo‘natadi. Ariza Bosh kotib nomiga bildirishnoma jo‘natish orqali istalgan vaqtda chaqirib olinishi mumkin. Arizani bunday chaqirib olish ushbu moddaga muvofiq avval o‘tkazib bo‘lingan axborot mavzui bo‘lgan har qanday masalani ko‘rib chiqishga zarar yetkazmasligi kerak; ushbu moddaga muvofiq har qanday ishtirokchi davlatning xech qanday keyingi axborotlari, agar tegishli ishtirokchi davlat yangi ariza bermagan bo‘lsa Bosh kotibga arizaning chaqirib olinishi to‘g‘risida bildirilgandan keyin qabul qilinmaydi.
3. Qo‘mita 2-bandni hisobga olgan holda ushbu moddaga Muvofiq ravishda unga berilgan axborotni 1-bandga ko‘ra bayonot bergan va go‘yoki Konvensiyaning u yoki bu qoidalarini buzayotgan ushbu Konvensiyaning ishtirokchi davlatiga ma’lum qiladi. Axborotni olgan davlat olti oy mobaynida Qo‘mitaga masalani va shu davlat tomonidan qabul qilinadigan har qanday tadbirlarni aniklashtiradigan yozma tushuntirish yoki ariza takdim etadi.
8. Ushbu moddaning qoidalari ushbu Konvensiyaning beshta ishtirokchi davlati mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq ariza berganda amalga kiritiladi. Bunday arizalar ishtirokchi davlatlar tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun beriladi, u ularning nusxalarini qolgan ishtirokchi davlatlarga jo‘natadi. Ariza istalgan vaqtda Bosh kotib nomiga bildirishnoma jo‘natish vositasida chaqirib olinishi mumkin. Arizani bunday chaqirib olish ushbu moddaga binoan berilib bo‘lingan axborot mavzui sanalgan istalgan masalani ko‘rib chiqishga zarar keltirmasligi lozim; har qanday shaxs tomonidan yoki uning nomidan jo‘natiladigan hech qanday keyingi xabarlar ushbu moddaga muvofiq, Bosh kotib tomonidan arizani chaqirib olish to‘g‘risida bildirishnoma olingandan keyin, agar tegishli ishtirokchi davlat yangi ariza bermasa, qabulqilinmaydi.
Qo‘mita va 21-modda 1-bandining “e” kichik bandiga binoan tainlanishi mumkin bo‘lgan kelishuv komissiyalarining a’zolari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Imtiyozlar va immunitetlar to‘g‘risida Konvensiyasining tegishli bo‘limlarida ko‘zda tutilganidek Birlashgan Millatlar Tashkiloti topshirig‘i bo‘yicha ishlaydigan ekspertlarning imtiyozlari va immunitetlari huquqiga egadirlar.
2. Ushbu moddaning 1-bandi bo‘yicha qabul qilingan tuzatish ushbu Konvensiyaning ishtirokchi davlatlaridan uchdan ikki qismi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibini o‘zining konstitutsion tartiblariga muvofiq ular tomonidan mazkur tuzatish qabul qilinganligi to‘g‘risida xabardor qilgandan keyin amalga kiritiladi.
2. Har bir davlat ushbu Konvensiyani imzolaganda, ratifikatsiya qilganda yoki unga qo‘shilganda u o‘zini ushbu moddaning 1-bandi qoidalari bilan bog‘lanib qolmagan deb hisoblagani to‘g‘risida ma’lum qilishi mumkin. Boshqa ishtirokchi davlatlar shunday izoh bergan har qanday ishtirokchi davlatga nisbatan ushbu moddaning 1-bandi qoidalari bilan bog‘lanib qolmaydilar.
3. Ushbu moddaning 2-bandiga muvofiq izoh bergan har qanday ishtirokchi davlat bu hakda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga bildirib qo‘yib, istalgan paytda o‘z sharhini olib tashlashi mumkin.
a) 25 va 26-moddalarga binoan imzolash, ratifikatsiya qilish va qo‘shilish to‘g‘risida;
b) 27-moddaga binoan ushbu Konvensiyani amalga kiritish va 9-moddaga binoan istalgan tuzatishlarni amalga kiritish sanasi to‘g‘risida;
s) 31-moddaga binoan bekor qilish to‘g‘risida.