Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan talablarni bajarmaslik sudning qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va miqdorda bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga jarima solishi uchun asos bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari o‘ziga ushbu hujjatlar taqdim etilgan davlat organi, tashkilot va mansabdor shaxslar tomonidan, agar ijro hujjatlarida boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, banklarga taqdim etilgan yuridik shaxsdan pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari esa keyingi ish kunidan kechiktirmay bank tomonidan ijro etiladi.
Ayrim toifadagi ijro hujjatlari ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan muddatlarda davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmagan taqdirda, undiruvchi tomonidan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etiladi hamda aybdor shaxslar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
1) ushbu Qonunning 82-moddasida ko‘rsatilgan ayrim toifadagi ijro hujjatlari tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Jismoniy shaxsga yo‘llangan chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno), qoida tariqasida, Majburiy ijro byurosining bo‘linmasiga qaytarilishi lozim bo‘lgan topshirganlik to‘g‘risidagi yozma bildirishnomaga jismoniy shaxsning imzosi qo‘ydirilgan holda unga shaxsan topshiriladi. Yuridik shaxsga yuborilgan chaqiruv qog‘ozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno) yuridik shaxsning xodimiga topshiriladi, u topshirganlikni tasdiqlovchi yozma bildirishnomaga chaqiruv qog‘ozini, boshqa xabarnomani olganligi haqida familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimini ko‘rsatgan holda imzo qo‘yadi.
1) ushbu modda birinchi qismining 1-bandida qayd etilgan ijro hujjatlari (sud buyrug‘i bundan mustasno) ijroga topshirilganda — sud hujjati qonuniy kuchga kirgan yoki uning ijrosini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish uchun belgilangan muddat tugagan kundan boshlab yoxud ijro hujjatini ijroga topshirishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab, sud hujjati darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hollarda esa — hujjat chiqarilgan kunning ertasidan boshlab;
Ushbu moddaning birinchi qismida qayd etilgan boshqa barcha ijro hujjatlari bo‘yicha ularni ijroga topshirish muddatlari, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ular berilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish davlat ijrochisi turgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu modda birinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha undiruvni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, davlat ijrochisi bu haqda tegishli dalolatnoma tuzadi, dalolatnomani katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi.
Ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha undiruvni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha boqimanda qarzdorlikni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjati davlat soliq xizmati organiga, davlat daromadiga o‘zga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjati esa tegishincha ushbu hujjatni bergan sudga yoki boshqa organga qaytariladi.
Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 3, 4 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha qaytarilgan hollarda bo‘nak badalining qaytarilayotgan ijro hujjatini ijro etish yuzasidan davlat ijrochisi qilgan xarajatlardan ortiqcha qismigina qaytariladi. Undiruvchiga ijro hujjati va bo‘nak badalini qaytarish to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan katta davlat ijrochisi tasdiqlaydigan qaror chiqariladi.
Ijro ishi yuritish ushbu Qonunning 25-moddasi asosida boshqa davlat ijrochisiga yuborilishi munosabati bilan tamomlanayotganda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar bekor qilinmaydi. Mazkur vakolatlar ijro ishi yuritish yuborilgan davlat ijrochisiga o‘tadi.
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari ularni ijroga topshirish muddati o‘tib ketganidan keyin yuborilgan bo‘lsa yoki ushbu Qonunning 8 va 83-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, davlat ijrochisi ijro hujjatlarini ular kelib tushgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida qaytarib yuboradi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvarag‘ida vaqtincha turgan pul mablag‘larini ijro hujjati talablariga muvofiq keyinchalik taqsimlash uchun Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga inkasso topshiriqnomasi orqali nizosiz tartibda hisobdan chiqarishi shart.
Ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, qarzdor va uning oila a’zolari normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlarga ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin emas.
Davlat ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish haqidagi ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan taklifi davlat ijrochisi tomonidan tegishli mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvchiga yuborilishi kerak. Bir navbatdagi talablar bo‘yicha bir nechta undiruvchi mavjud bo‘lgan taqdirda, takliflar ijro hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga kelib tushish navbatiga muvofiq, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkka nisbatan esa qonunda belgilangan navbatga muvofiq davlat ijrochisi tomonidan undiruvchilarga yuboriladi. Agar mol-mulkning davlat ijrochisi tomonidan taklif qilingan bahosi ijro hujjati bo‘yicha undiruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan summadan ortiq bo‘lsa, undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirishga tegishli farqni bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga to‘lagan (o‘tkazgan) taqdirda haqli, bu haqda taklifda ko‘rsatib o‘tiladi. Undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirish to‘g‘risidagi qarori haqida davlat ijrochisini taklifni olgan kundan e’tiboran besh kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari qarzdor jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan sud yoki boshqa organ tomonidan berilgan ijro hujjatidagi talablar ijro etilgan taqdirda, undiruvni belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulkiga qaratishda ham qo‘llaniladi.
Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda undiruvchi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo‘yicha tegishli xarajatlarni to‘liq bo‘nak bilan ta’minlashga haqli.
Ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ijro hujjatini ijro etish uchun qilingan xarajatlar undiruvchidan undiriladi. Ko‘rsatilgan hollarda xarajatlarni undirish davlat ijrochisining qarori asosida amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishga ketgan xarajatlarni qoplashni qarzdor rad etgan yoki undan bo‘yin tovlagan taqdirda, ularni qoplash to‘g‘risidagi masala undiruvchining arizasiga binoan yoki davlat ijrochisining tashabbusi bilan sud tartibida hal qilinadi. Bunda undiruvchi yoki davlat ijrochisi davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.
Qarzdorga bir necha talablar (ijro hujjatlari) bo‘yicha solingan ijro yig‘imlari ushbu moddaning birinchi — oltinchi qismlarida belgilangan tegishli talabni qanoatlantirish uchun mo‘ljallangan ketma-ketlikka muvofiq undiriladi. Bunda qarzdorga nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bo‘yicha solingan ijro yig‘imlari, shuningdek qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulk mulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchiga o‘tkazilgan hollarda birinchi navbatdagi talablarga tenglashtiriladi.