Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlari normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlariga amal qilishlari lozim.
Iqtisodiy sudlarga tushuntirilsinki, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlar IPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalar asosida IPKning 28 va 29-boblarida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda ko‘rib chiqiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
2. Sudlarning e’tibori hakamlik bitimi yuridik va jismoniy shaxslarning nizoni hakamlik sudiga hal qilish uchun topshirish haqidagi yozma kelishuvi hisoblanishiga va bunday bitim mavjud bo‘lgan taqdirdagina nizo hakamlik sudining hal qiluviga topshirilishi mumkinligiga qaratilsin. Hakamlik bitimi shartnomaning tarkibiy qismi bo‘lgan shartnoma sharti yoki alohida bitim tarzida rasmiylashtirilishi mumkin.
Qonun 13-moddasining birinchi qismiga ko‘ra hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha yoxud ayrim nizolar hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida ko‘rsatilishi lozim.
Shu bois, agar hakamlik bitimida taraflar o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha nizolar hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida ko‘rsatilgan bo‘lsa, hakamlik kelishuvini haqiqiy emasligi haqidagi nizo ham hakamlik sudida ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ma’lum bir nizolar hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida ko‘rsatilgan bo‘lib, ularda hakamlik bitimi ustidan nizolashish masalasi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, hakamlik kelishuvini haqiqiy emasligi haqidagi nizo iqtisodiy sudda ko‘rilishi lozim.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
3. Sudlar Qonun 5-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hakamlik sudlarini tashkil etishlari, shuningdek hakamlik bitimi taraflari bo‘lishi mumkin emasligini nazarda tutishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar nizo ko‘rsatilgan organlar tomonidan tashkil qilingan hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan va/yoki davlat hokimiyati hamda boshqaruv organi hakamlik bitimi tarafi bo‘lsa, hakamlik sudining hal qiluv qarori IPK 226-moddasi birinchi qismining 3-bandiga mos holda iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinadi, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish haqidagi arizani qanoatlantirish esa IPK 231-moddasi birinchi qismining 3-bandiga mos holda rad etiladi.
(3-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. IPKning 29-moddasiga ko‘ra fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan hamda iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan nizo taraflarning kelishuviga binoan iqtisodiy sud qaror chiqargunga qadar hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirilishi mumkin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Bunda taraflarning kelishuvi deganda Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan hakamlik bitimi tushuniladi.
Agar taraflarning nizoni hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuvi mavjud bo‘lib, hakamlik sudiga murojaat qilish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa va agar ishning xo‘jalik sudida ko‘rilishiga qarshi bo‘lgan javobgar birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni mazmunan hal etishni hakamlik sudiga topshirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilsa, xo‘jalik sudi da’voni ko‘rmasdan qoldiradi.
Bunda “birinchi ariza” deganda javobgarning hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar nizo mohiyati bo‘yicha bayon qilgan yozma yoki og‘zaki fikrini tushunish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
5. IPKning 28 va 29-boblari hamda Qonunning 7 va 8-boblariga muvofiq sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan faqat hakamlik muhokamasi taraflari, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza bilan esa hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha taraf murojaat qiladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan bo‘lsa, ushbu shaxslar bunday hal qiluv qarori ustidan IPK 223-moddasining ikkinchi qismiga asosan hal qiluv qarorini bekor qilish haqida iqtisodiy sudga ariza berishlari mumkin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
5.1. Sudlarga tushuntirilsinki, nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni hakamlik sudi foydasiga undirish talabi IPKning 29-bobida belgilangan qoidalar asosida ko‘rib chiqilmaydi.
(5.1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Shu bois, nizoni hakamlik sudida hal qilishda taraflar tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan xarajatlarni to‘lash hakamlik sudi tomonidan kechiktirilgan taqdirda, hakamlik sudini tashkil etgan yuridik shaxs hakamlik muhokamasining tegishli tarafidan ushbu xarajatlarni undirishni so‘rab vakolatli sudga umumiy tartibda da’vo arizasi bilan murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi iqtisodiy sudga, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza esa hakamlik sudi joylashgan erdagi yoki qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi yoxud, agar qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tgan joy noma’lum bo‘lsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga beriladi.
Bunday toifadagi ishlar bo‘yicha IPKning 38-moddasida belgilangan shartnoma bo‘yicha sudlovga tegishlilik to‘g‘risidagi qoida qo‘llanilmaydi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
7. Sudlarga tushuntirilsinki, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlar alohida toifadagi ishlar hisoblanadi. Agar arizani qaytarish yoki qabul qilishni rad etish uchun asoslar mavjud bo‘lmasa, sudlar arizani ish yuritishga qabul qilishlari, unga tegishli raqam berishlari hamda ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqarishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hakamlik muhokamasi taraflari sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida sudning ajrimi orqali xabardor qilinadi. Ajrim topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat bilan yuboriladi yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 284-sonli qarori tahririda)
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Bunday holatda agar ish bo‘yicha taqdim qilingan hujjatlar (dalillar) yetarli deb hisoblansa, sud ishni mavjud hujjatlar asosida ko‘rib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda IPKning 164-moddasida belgilangan muddatlar qo‘llaniladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha davlat boji “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ilovasida keltirilgan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga muvofiq undiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Bunda iqtisodiy sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, tadbirkorlik subyektlari — hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risida ariza berganda davlat boji to‘lovidan ozod etilgan. Bunday holatda davlat boji arizani ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha ariza qanoatlantirilganda qarzdordan, qanoatlantirish rad etilganda arizachidan undiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Sudlar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda iqtisodiy sud hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli emasligiga alohida e’tibor qaratishlari lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha IPKda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha ajrim chiqaradi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ajrim ustidan IPKda belgilangan tartibda va muddatda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. IPK 223-moddasining birinchi qismi hamda Qonun 46-moddasining birinchi qismi mazmuniga ko‘ra hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining xo‘jalik sudiga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori ustidan ushbu qarorni olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ariza belgilangan muddat o‘tganidan keyin taqdim etilgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma asosida tiklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ariza belgilangan muddat o‘tganidan keyin taqdim etilgan bo‘lib, muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma berilmagan yoki belgilangan muddatning o‘tkazilishi sabablari sud tomonidan uzrli deb topilmagan bo‘lsa, arizani qabul qilish IPK 224-moddasining oltinchi qismiga muvofiq IPK 154-moddasining qoidalari bo‘yicha rad etiladi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Agar hakamlik sudi tomonidan ish bo‘yicha qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lsa, o‘ttiz kunlik muddat arizachi tomonidan qo‘shimcha hal qiluv qarori olingan kundan boshlab hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qarzdor joylashgan erdagi yoki yashaydigan joydagi yoxud, agar qarzdor joylashgan yer yoki yashaydigan joy noma’lum bo‘lib, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudning ish yurituvida hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ish mavjud bo‘lsa, hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi iqtisodiy sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza kelib tushsa, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ish yuritish IPK 101-moddasining 1-bandiga asosan to‘xtatib turilishi yoki ishni ko‘rish IPK 230-moddasining oltinchi qismiga asosan qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirilishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganidan keyin manfaatdor shaxs tomonidan shu ish doirasida hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza IPKning 229-moddasi hamda Qonunning 51-moddasi talablariga rioya qilingan holda berilgan bo‘lsa, u ish yuritishga qabul qilinadi va dastlabki ariza bilan birga ko‘rib chiqiladi. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza IPKning 229-moddasi hamda Qonunning 51-moddasi talablari buzilgan holda berilgan bo‘lsa, u IPKning 155-moddasiga mos holda qaytariladi.
Agar iqtisodiy sudning ish yurituvida IPK 223-moddasining ikkinchi qismi va 228-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilingan holda hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi alohida qo‘zg‘atilgan ishlar mavjud bo‘lsa, bu ishlar IPK 158-moddasining ikkinchi qismiga asosan bitta ish yuritishga birlashtirilishi mumkin.
(12-bandning beshinchi — yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni IPKning 224-moddasi talablariga mos kelishi va unga ushbu moddada nazarda tutilgan hujjatlar, shu jumladan pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinishi lozim. Ushbu talablarga rioya qilinmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza IPKning 155-moddasiga mos holda qaytariladi. Arizaning qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin iqtisodiy sudga umumiy tartibda bunday ariza bilan qaytadan murojaat qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sudlarga tushuntirilsinki, manfaatdor shaxs tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza IPKning 29-bobi talablariga rioya etilgan holda umumiy tartibda berilganda, bunday arizani hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilayotganligi asos qilinib qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish mumkin emas.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, hakamlik sudining hal qiluv qarori IPK 226-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa, bekor qilinadi. Bunda isbotlash majburiyati hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib ariza bergan tarafning zimmasiga yuklatiladi. Shu bilan birga, agar IPKning 226-moddasida ko‘rsatilgan asoslar iqtisodiy sud tomonidan aniqlangan taqdirda ham, hakamlik sudining hal qiluv qarori bekor qilinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
15.1. Sudlar hakamlik bitimini qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra haqiqiy emas deb hisoblash uchun uning bunday bitimlarga qo‘yilgan talablarga muvofiqligini tekshirishlari lozim. Xususan, uning yozma shaklda tuzilganligiga, shartnomaning tarkibiy qismi bo‘lgan shartnoma sharti yoki alohida bitim tarzida rasmiylashtirilganligiga, hakamlik bitimi, agar u hakamlik bitimi taraflari tomonidan imzolangan hujjatda ifodalangan bo‘lsa yoki bunday bitimni qayd etishni ta’minlovchi elektron yoxud boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda xatlar yoki xabarlar almashish yo‘li bilan tuzilgan bo‘lsa, yozma shaklda tuzilgan hisoblanishiga e’tibor qaratilishi zarur.
Hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha yoxud ma’lum bir nizolar hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida, shuningdek agar nizo doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluviga topshiriladigan bo‘lsa, mazkur hakamlik sudining nomi ko‘rsatilishi lozim. Ushbu talablarga rioya qilinmagan taqdirda, bitim Qonunning 12 va 13-moddalariga muvofiq haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Shuningdek, hakamlik bitimida hakamlik sudyalarining soni, hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy va til, hakamlik muhokamasining qo‘llaniladigan qoidalari, nizoni ko‘rib chiqish muddati haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, Qonun 9-moddasining birinchi qismiga muvofiq hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolarni hal etadi. Shu bois, nizosiz huquqiy munosabat yuzasidan tuzilgan hakamlik bitimi o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim hisoblanadi va hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishga asos bo‘ladi.
(15.1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
15.2. Sudlarga tushuntirilsinki, IPK 226-moddasi birinchi qismining 2-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha hal qiluv qarori bekor qilinganda iqtisodiy sud o‘zining ajrimida manfaatdor shaxs hakamlik bitimi bilan qamrab olinmagan masala bo‘yicha vakolatli sudga murojaat qilishga haqli ekanligini ko‘rsatishi mumkin.
(15.2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
15.3. IPK 226-moddasi birinchi qismining 3-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishda hakamlik sudyasiga qo‘yiladigan talablarga rioya etilganligi; hakamlik sudining tarkibi Qonunda ko‘rsatilgan tartibda shakllantirilganligi; hakamlik sudyasi rad etilgan bo‘lsa, rad etilgan ariza Qonunda ko‘rsatilgan tartibda hal etilganligi; hakamlik muhokamasi qoidalari qonun hujjatlari asosida belgilanganligi tekshirilishi zarur.
(15.3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
15.4. IPK 226-moddasi birinchi qismining 4-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talab bildirilganda, sudlar hakamlik sudi nizoni O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan boshqa qonun hujjatlari asosida hal qilganligini tekshirishlari lozim. Agar nizo hakamlik sudi tomonidan chet davlat qonun hujjatlariga muvofiq hal qilingan bo‘lsa, hakamlik sudining hal qiluv qarori IPK 226-moddasi birinchi qismining 4-bandiga asosan bekor qilinadi.
(15.4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
15.5. Hakamlik sudining hal qiluv qarori IPK 226-moddasi birinchi qismining 5-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha faqat hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha tarafning arizasi bo‘yicha bekor qilinishi mumkin. Ya’ni, hakamlik sudining hal qiluv qarori foydasiga hal qilingan taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini isbotlovchi dalillar berilgan taqdirda ham hal qiluv qarori ushbu asos bo‘yicha iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi mumkin emas.
(15.5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
15.6. Hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo Qonunga muvofiq hakamlik sudi muhokamasi predmeti bo‘la olmasligi iqtisodiy sudlar tomonidan aniqlangan taqdirda, ushbu holat hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi arizada bayon etilgan yoki etilmaganligidan, shuningdek mazkur holatni isbotlovchi dalil taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki etilmaganligidan qat’i nazar, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
(15.6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ma’muriy, oila va mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar, xususan, davlat organlari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi; undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish to‘g‘risidagi; davlat ro‘yxatiga olishni rad etganlik yoki belgilangan muddatda davlat ro‘yxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan berilgan shikoyat; agar qonunda so‘zsiz (akseptsiz) tartibda jarima undirilishi nazarda tutilmagan bo‘lsa nazorat qiluvchi organlar tomonidan tashkilotlar va fuqarolardan jarimalar undirish to‘g‘risidagi; nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonunchilik talablarini buzgan holda so‘zsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablag‘larini budjetdan qaytarish to‘g‘risidagi nizolar; huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash; yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi; yer bilan bog‘liq nizolar; mulk huquqini tan olish haqidagi nizolar va boshqa shu kabi arizalar hakamlik sudi muhokamasi predmeti bo‘la olmaydi.
(15.6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarori tahririda)
15.7. Qonun 13-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra hakamlik bitimida hakamlik sudyalarining soni, hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy va til, hakamlik muhokamasining qo‘llaniladigan qoidalari, nizoni ko‘rib chiqish muddati haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hakamlik sudi tomonidan nizo ko‘rib chiqilishida hakamlik sudyalarining soni yoki hakamlik muhokamasining qo‘llaniladigan qoidalari buzilgan holda hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lsa, u IPK 226-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan bekor qilinadi.
(15.7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlarga tushuntirilsinki, agar hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasining tili to‘g‘risidagi qoida buzilgan holda hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lsa, ushbu hal qiluv qarori ham IPK 226-moddasi birinchi qismining 4-bandiga mos ravishda bekor qilinadi.
(15.7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. IPK 227-moddasining uchinchi qismiga ko‘ra, hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Bunda sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, agar hakamlik sudining hal qiluv qarori IPK 226-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan bekor qilingan bo‘lsa, hakamlik sudiga murojaat qilish uchun asos bo‘lgan hujjat haqiqiy emas deb topilganligi sababli, hakamlik muhokamasi taraflari IPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli. Hakamlik sudining hal qiluv qarori IPK 226-moddasi birinchi qismining 2-bandiga (Qonun 47-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi) asosan hamda ushbu qarorning 3 va 15.6-bandlarida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra bekor qilingan bo‘lsa ham, hakamlik muhokamasi taraflari IPKda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori IPK 226-moddasi birinchi qismining 3, 4, 5-bandlariga asosan bekor qilingan va hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo‘qotilmagan bo‘lsa, hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik sudiga yangidan murojaat etishga haqli.
Shu munosabat bilan, hakamlik sudining hal qiluv qarori IPK 226-moddasi birinchi qismining 3, 4 va 5-bandlariga asosan bekor qilinganidan keyin hakamlik muhokamasi taraflari mazkur nizo bo‘yicha iqtisodiy sudga murojaat qilganda, da’vo arizasini qabul qilish IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etiladi. Agar da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga asosan tugatiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori u bekor qilingan paytda ijro etilgan bo‘lsa, iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimida IPK 227-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar va ko‘rsatmalardan tashqari, Qonunning 54-moddasiga asosan hakamlik sudining to‘liq yoki qisman bekor qilingan hal qiluv qaroriga muvofiq javobgardan da’vogarning foydasiga undirilgan narsalarning hammasi javobgarga qaytarib berilishi haqidagi masala hal qilinishi va ijro varaqasi berilishi lozim. Agar bu masala iqtisodiy sudning ajrimida hal etilmagan bo‘lsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala IPKning 344-moddasiga mos holda hal etiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
18. Sudlarga tushuntirilsinki, hakamlik sudining hal qiluv qarori mazkur qarorda belgilangan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ijro etiladi. Agar qarorda ijro etish muddati belgilanmagan bo‘lsa, u darhol ijro etilishi kerak.
“Hakamlik sudi hal qiluv qarorini darhol ijro etish” deganda tegishli taraf tomonidan hal qiluv qarorining to‘liq matni olinganidan so‘ng unda nazarda tutilgan harakatlarning oqilona muddatda, ya’ni hal qiluv qarori zarariga qabul qilingan taraf tomonidan normal sharoitlarda qarorda ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan muddatda bajarilishi tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugamasdan sudga murojaat etilganligi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarori bekor qilinganligi yoxud uning ijrosi iqtisodiy sud yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan to‘xtatib turilganligi IPK 231-moddasi birinchi qismining 6-bandiga asosan ijro varaqasini berishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. IPK 229-moddasining oltinchi qismiga ko‘ra hamda Qonun 49-moddasi va 51-moddasi uchinchi qismining mazmunidan ko‘rinishicha, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddatni o‘tkazib yuborish sabablari vakolatli sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Agar ariza belgilangan muddat o‘tganidan keyin taqdim etilgan bo‘lib, muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma berilmagan yoki sud tomonidan belgilangan muddatning o‘tkazilishi sabablari uzrli deb topilmagan bo‘lsa, u IPK 229-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq ushbu Kodeksning 155-moddasi qoidalariga binoan qaytariladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda berilganda, uning shakli va mazmuniga qo‘yilgan talablarga rioya etilmaganda yoki unga qonunda nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmaganda, u IPKning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan qaytariladi. Ishni ko‘rish vaqtida arizaning sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi aniqlansa, ish IPKning 39-moddasiga asosan tegishli iqtisodiy sudga o‘tkaziladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Iqtisodiy sudlar nazarda tutishlari lozimki, agar hakamlik sudida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan filial yoki vakolatxonaga nisbatan huquq va majburiyatlari to‘g‘risida nizo ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bunday hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi iqtisodiy sudga ariza berilganda, IPKning 25-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda bunday arizani qabul qilish IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi. Agar ariza ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga muvofiq tugatiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlarga tushuntirilsinki, IPKning 311-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda esa, bunday ish materiallari taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga o‘tkaziladi. Agar ariza ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Iqtisodiy sudlar IPK 230 “Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi”, 231 “Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etish asoslari”, 232 “Iqtisodiy sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrimi” — moddalarini amaliyotda qo‘llashda mazkur qarorning 2–4, 7–11, 15 va 16-bandlarida berilgan tushuntirishlarga asoslanishi lozim.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
23. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish jarayonida hakamlik sudining hal qiluv qarori qisman ijro etilganligi aniqlansa va ijro varaqasini berishni rad etish uchun asoslar mavjud bo‘lmasa, ajrim hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijro etilmagan qismi bo‘yicha chiqariladi. Bunda hakamlik sudi hal qiluv qarorining qisman ijro etilganligini tasdiqlovchi dalillar sudga manfaatdor shaxs tomonidan taqdim etiladi.
24. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, hakamlik sudi hakamlik muhokamasi taraflari o‘rtasida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Kelishuv bitimining shartlari hakamlik muhokamasi taraflari tomonidan ixtiyoriy ravishda ijro etilishi lozim.
Kelishuv bitimi shartlarining ixtiyoriy ijro etilmaganligi manfaatdor tarafning arizasi bo‘yicha vakolatli sud tomonidan ijro varaqasi berish uchun asos bo‘ladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish jarayonida kelishuv bitimini tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sudlarga tushuntirilsinki, hakamlik sudining hal qiluv qarorini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimi ijro hujjatini bergan sud tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Iqtisodiy sudning hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan ajrimi darhol ijro etiladi. Shu bois, ajrim asosida iqtisodiy sud ijro varaqasini beradi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Undiruvchining elektron manzili mavjud bo‘lgan taqdirda, sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat shaklidagi ijro varaqasi axborot tizimi orqali yuborilishi mumkin.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 25-fevraldagi 292-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilishi alohida toifadagi ish hisoblanmaydi. Ammo, bunday ariza iqtisodiy sudga taqdim etilganda, sud uni ish yuritishga qabul qilishi va ishga alohida raqam berishi lozim.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudlarga tushuntirilsinki, hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash haqidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafi tomonidan hakamlik sudi joylashgan erdagi yoki qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi yoxud agar qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tgan joy noma’lum bo‘lsa qarzdorning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga beriladi va IPKning 93–100-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hakamlik sudi tomonidan da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori qabul qilingan taqdirda, da’voni ta’minlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining arizasiga binoan iqtisodiy sudi tomonidan IPK 99-moddasining beshinchi qismi va Qonun 32-moddasining oltinchi qismiga asosan sud majlisi o‘tkazilmasdan bekor qilinadi.