Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 31.08.2000 yildagi 116-II-son
Дата вступления в силу
20.09.2000
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI QIShLOQ XOʻJALIK OʻSIMLIKLARINI ZARARKUNANDALAR, KASALLIKLAR VA BEGONA OʻTLARDAN HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDA 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilishni taʼminlash, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining inson sogʻligʻiga, atrof tabiiy muhitga zararli taʼsirining oldini olish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. (2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: begona oʻtlar — biologik va ekologik jihatdan madaniy oʻsimliklar orasida oʻsib koʻpayishga moslashgan, hosilni hamda mahsulot sifatini pasaytiruvchi yovvoyi yoki yarim xonaki oʻsimliklar; zararkunandalar — qishloq xoʻjalik oʻsimliklariga va ularning hosiliga zarar yetkazadigan jonivorlar va hasharotlar; pestitsidlar — oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladigan kimyoviy moddalar, shuningdek qishloq xoʻjalik oʻsimliklari rivojining regulyatorlari va defoliantlari; fitosanitariya nazorati — zararli organizmlar va ular tabiiy kushandalarining tarqalishi, shuningdek ularning rivojlanish surʼati va zararlilik darajasini kuzatib borish hamda aniqlash; oʻsimliklarni himoya qilish vositalari — oʻsimliklarni himoya qilish uchun ishlatiladigan kimyoviy va biologik vositalar; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash reglamenti — oʻsimliklarni himoya qilish vositasi sifatida qoʻllaniladigan har bir kimyoviy yoki biologik vositadan foydalanishda rioya etilishi shart boʻlgan talablar (usullar, davriylik, muddatlar, normalar va boshqalar); oʻsimliklarni himoya qilishning biologik vositalari — oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladigan tabiiy organizmlarga aynan oʻxshash biologik moddalar, sunʼiy ravishda yaratilgan mavjudotlar, genetik yetishtirilgan oʻsimlik yoki boshqa organizm. 4-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus vakolat bergan organ (bundan buyon — maxsus vakolatli organ deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va boshqa davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (4-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son) 5-modda. Maxsus vakolatli organning vakolatlari Maxsus vakolatli organ: oʻsimliklarni himoya qilishning samarali, ekologik jihatdan xavfsiz va kam zaharli vositalarini qoʻllash hisobiga qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini oshirish va ularning hosilini saqlab qolishga qaratilgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishning yagona siyosatini amalga oshiradi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlari natijalari yuzasidan xulosa beradi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash reglamentlari va qoidalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda oʻsimliklarni oʻsishini boshqaruvchi vositalar roʻyxatini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan eʼlon qilib boradi; oʻsimliklarni himoya qilishda Qoʻllanilishi taqiqlangan hamda cheklangan faol va nofaol ingrediyentlar reyestrini yuritadi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, ularni qoʻllash reglamentlariga rioya etish, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining inson sogʻligʻi va atrof muhitga taʼsirini aniqlash bilan bogʻliq davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqariladigan va import boʻyicha olib kelinayotgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining sifati ustidan nazoratni uyushtiradi, ulardan foydalanishga doir xulosalar beradi, agar inson sogʻligʻi va atrof muhitga nomaqbul taʼsir koʻrsatayotgani aniqlansa, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyadi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. (5-moddaning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi: oʻsimliklarni himoya qilishning davlat dasturlarini roʻyobga chiqaradi; Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa mamlakatlardan oʻsimliklarning karantinli va oʻta xavfli zararkunandalari, kasalliklari hamda begona oʻtlar kirib kelishi xavfining oldini olish va unga barham berish choralarini koʻradi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, yangi texnika va texnologiya jarayonlari hamda ulardan foydalanish usullarini yaratish, sinash va joriy etishga doir ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va loyihalash ishlarini muvofiqlashtiradi; oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha mutaxassislar tayyorlanishi, qayta tayyorgarlikdan oʻtkazilishi va malakasi oshirilishini taʼminlaydi; kimyoviy, biologik va boshqa preparatlarni qoʻllash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar, tavsiyanomalar ishlab chiqadi va ularni tasdiqlaydi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan samarali foydalanishni, shuningdek ularni tashish, saqlash qoidalari va qoʻllash reglamentlariga rioya etilishini uyushtiradi; qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalariga boʻlgan, favqulodda vaziyat hollari uchun esa kimyoviy vositalarning zaxiralarini shakllantirishga boʻlgan ehtiyojini aniqlaydi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllashning sifati ustidan nazorat olib boradi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. (6-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi vakolatlari (7-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son) Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati: (7-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son) oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish, saqlash, realizatsiya qilish, tashish, ulardan foydalanish, ularni zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash normalari, qoidalari hamda normativlariga rioya etilishi ustidan sanitariya-gigiyena nazoratini amalga oshiradi; toksikologik-gigiyenik jihatdan baho berish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar tashkil etadi va oʻtkazadi, pestitsidlarning oziq-ovqat mahsulotlaridagi, ishlab chiqarish va atrof muhit obyektlaridagi gigiyenik normativlari hamda reglamentlarini ishlab chiqadi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining davlat sanitariya-gigiyena ekspertizasini oʻtkazadi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalari bilan bevosita ishlaydigan shaxslarning dastlabki va vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻriklardan oʻtishini, pestitsidlar bilan zaharlangan bemorlarga tashxis qoʻyilishini tashkil etadi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. (7-moddaning oltinchi xatboshisi Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi vakolatlari (8-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi: (8-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) roʻyxatga olish uchun taqdim etiladigan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining atrof tabiiy muhitga koʻrsatadigan taʼsiriga baho beradi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining yaroqsizlarini, chiqindilarni va idishlarni koʻmib tashlash jarayonida ishtirok etadi; (8-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda) oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, boshqa kimyoviy moddalar va dorilarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish, yoʻq qilib tashlash va koʻmib tashlashda atrof muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. (8-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 9-modda. Davlat fitosanitariya nazorati Davlat fitosanitariya nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻsimliklarni himoya qilish xizmati tomonidan amalga oshiriladi. 10-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi majburiyatlari Yuridik va jismoniy shaxslar oʻsimliklarni himoya qilish sohasida: zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarning keng rivojlanishi hamda tarqalishining oldini olish maqsadida qishloq xoʻjaligi yerlarini muntazam ravishda nazarlaridan oʻtkazishlari va himoyalash tadbirlarini amalga oshirishlari; Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi oʻsimliklarni himoya qilish xizmatining talabiga binoan oʻz hududlaridagi yerlar, oʻsimliklar va saqlanayotgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarining fitosanitariya holatiga, shuningdek ularni himoya qilish tadbirlarining amalga oshirilishi va oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanilishiga doir maʼlumotni taqdim etishlari; odamlar va jonivorlarning xavfsizligini taʼminlashlari; Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻsimliklarni himoya qilish xizmatini xavfli fitosanitariya oqibatlariga olib kelishi mumkin boʻlgan vaziyatlardan xabardor qilishlari; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini olib kirish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va ulardan foydalanish yuzasidan belgilangan qoidalar hamda tartibga rioya etishlari, mazkur vositalar qishloq xoʻjalik mahsulotlari va atrof muhitni ifloslantirishiga yoʻl qoʻymasliklari shart. Yuridik va jismoniy shaxslar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. (10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 11-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan yoki boshqa mamlakatlardan olib kelinadigan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari roʻyxatga olinishi shart. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish maxsus vakolatli organ tomonidan roʻyxatga olish sinovlarining natijalari asosida amalga oshiriladi. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalari besh yil muddatga roʻyxatga olinadi. Belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish, olib kelish, realizatsiya qilish va qoʻllash taqiqlanadi. 12-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlari Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlari ularni qoʻllash reglamentlarini ishlab chiqish va asoslash uchun oʻtkazilib: oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash samaradorligini aniqlashni; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining inson sogʻligʻiga salbiy taʼsirining qay darajada xavfliligini baholashni va gigiyena normativlarini, sanitariya normalari hamda qoidalarini ishlab chiqishni; oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllashga ekologik jihatdan baho berishni oʻz ichiga oladi. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida talabnoma bergan yuridik va jismoniy shaxslar roʻyxatga olish sinovlarini oʻtkazish uchun oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining texnik hujjatlari va namunalarini taqdim etishlari shart. Roʻyxatga olish sinovlarini oʻtkazish muddati ikki yildan oshmasligi lozim. 13-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlarining natijalariga doir xulosa Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlarining natijalariga doir xulosa maxsus vakolatli organ tomonidan tayyorlanadi. Roʻyxatga olish sinovlari natijalariga doir xulosa tayyorlash muddati olti oydan oshmasligi lozim. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida talabnoma bergan, shuningdek ularni yaratgan shaxslar oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlari natijalariga doir xulosa tayyorlanishida qatnashishga haqli emaslar. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olish sinovlari natijalariga doir xulosa ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. 14-modda. Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma Maxsus vakolatli organning oʻsimliklarni himoya qilish vositasini roʻyxatga olish haqidagi qarori roʻyxatga olganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish va vositani Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda oʻsimliklarni oʻsishini boshqaruvchi vositalar roʻyxatiga kiritish uchun asos hisoblanadi. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining roʻyxatga olinganligi haqidagi roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 15-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qayta roʻyxatga olish Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qayta roʻyxatga olish belgilangan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan tegishli ariza asosida amalga oshiriladi. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalari yangi muddatga qayta roʻyxatga olinganda ular qayta roʻyxatga olish muddati davomida maxsus vakolatli organning ruxsati bilangina qoʻllanilishi mumkin. 16-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olganlik va qayta roʻyxatga olganlik uchun haq toʻlash Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olganlik va qayta roʻyxatga olganlik uchun toʻlanadigan haq miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 17-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining roʻyxatga olinganligini bekor qilish Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini roʻyxatga olganlik quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: qoʻllanilayotgan vositalar tarkibida aralashmalar boʻlsa yoki ularning tarkibi roʻyxatga olingan tarkibdan farq qilsa; roʻyxatga olingan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari qoʻllanilganda fuqarolar sogʻligʻiga, atrof muhitga yoki foydali entomofaglarga zarar yetkazilishi ehtimoli toʻgʻrisida yangi ilmiy jihatdan tasdiqlangan maʼlumotlar mavjud boʻlsa. Roʻyxatga olingan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining nomaqbul xossalari, biologik jihatdan samaradorligi past ekanligi aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining xulosasi asosida maxsus vakolatli organ ularning roʻyxatga olinganligini bekor qiladi. (17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son) 18-modda. Taqiqlangan faol va nofaol ingrediyentlarni hisobga olish Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining qoʻllanilishi taqiqlangan yoki cheklangan faol va nofaol ingrediyentlarini maxsus vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda aniqlaydi va Qoʻllanilishi taqiqlangan va cheklangan faol hamda nofaol ingrediyentlar reyestriga kiritadi. (18-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son) 19-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba tarzida qoʻllash Oʻsimliklarni himoya qilish yuzasidan roʻyxatga olinmagan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllagan tarzda shoshilinch choralar koʻrish talab qilinadigan vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda bunday vositalarni bir yilgacha muddatda tajriba tarzida qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba tarzida qoʻllash uchun ruxsatnoma maxsus vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan kelishilgan holda beriladi. (19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son) Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba tarzida qoʻllash uchun ruxsatnoma berishda maxsus vakolatli organ tajriba rahbarini, shuningdek uni oʻtkazish qoidalari va shartlarini belgilaydi. Tajriba tarzida qoʻllash muddati tugaganidan keyin tajriba rahbari maxsus vakolatli organga tajriba natijalari toʻgʻrisida hisobot, shuningdek oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining qoldiqlari, tajriba oʻtkazishda foydalanilgan priborlar va moslamalarning turgan joyi haqida hisobot taqdim etadi. 20-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini standartlash, sertifikatlash va markirovkalash Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini standartlash, sertifikatlash va markirovkalash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 21-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini realizatsiya qilish, olib kirish va olib chiqish Muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan, roʻyxatga olingan va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda oʻsimliklarni oʻsishini boshqaruvchi vositalar roʻyxatiga kiritilgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini realizatsiya qilish, olib kirish va olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi. 22-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash Oʻsimliklarni himoya qilish vositalari fitosanitariya, sanitariya va ekologiya vaziyatini hisobga olgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻllaniladi. (22-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 23-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalari bilan ishlayotgandagi ehtiyot choralari toʻgʻrisidagi maʼlumot Isteʼmolchilarni oʻsimliklarni himoya qilish vositalari bilan ishlayotgandagi ehtiyot choralari toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan taʼminlash maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tashish, qoʻllash va saqlashga doir maʼlumot hamda ogohlantiruvchi markirovkasi boʻlgan idish yorligʻini taqdim etishlari shart. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tashish, qoʻllash va saqlash toʻgʻrisidagi tavsiyanomalarning shakli va ularni tasdiqlash tartibiga hamda idish yorligʻiga nisbatan qoʻyiladigan talablar maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi. 24-modda. Kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallarni saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, yoʻq qilib yuborish, utilizatsiya qilish, tashish va koʻmib tashlashga doir talablar Yuridik va jismoniy shaxslar kimyoviy moddalar, biologik vositalar va materiallarni saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish, tashish va koʻmib tashlash chogʻida fuqarolarning sanitariya-epidemiologiya jihatidan bexatarligini taʼminlovchi sanitariya-gigiyena normalari, qoidalari va normativlariga, hayvonat dunyosi va hayvonlarning yashash muhitini muhofaza qilish talablariga, oʻsimlik dunyosi obyektlari va ularning oʻsib koʻpayish muhitini muhofaza qilish talablariga rioya etishlari shart. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini faqat ularni saqlashga moʻljallangan maxsus omborxonalarda saqlashga ruxsat etiladi. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini idishsiz saqlash taqiqlanadi. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini faqat maxsus moslangan transport vositalarida tashishga yoʻl qoʻyiladi. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini saqlash va tashish chogʻida odamlar sogʻligʻiga va atrof muhitga zarar yetkazilishini istisno etadigan talablarga rioya qilinishi zarur. Yaroqsiz holga kelgan va (yoki) qoʻllanilishi taqiqlangan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, shuningdek ularning idishlarini zararsizlantirish, utilizatsiya qilish, yoʻq qilib yuborish va koʻmib tashlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (24-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Yaroqsiz holga kelgan va (yoki) qoʻllanilishi taqiqlangan oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, shuningdek ularning idishlarini yoʻq qilib yuborish usullari oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining tayyorlovchilari tomonidan ishlab chiqiladi hamda maxsus vakolatli organ, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishib olinadi. (24-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son) 25-modda. Ekologik xavf ehtimoli boʻlgan vaziyatlar Oʻsimliklarni himoya qilish uchun qoʻllaniladigan oʻta toksik, kuchli taʼsir etuvchi zaharli, radioaktiv va boshqa moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va ulardan foydalanishda ekologik xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi ehtimoli paydo boʻlganda tegishli ishlab chiqarish obyektlari atrofida, transport magistrallari yoqalab qonunchilikka muvofiq alohida huquqiy rejim oʻrnatiladi. (25-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 26-modda. Oʻzlariga berib qoʻyilgan yer uchastkalarida fuqarolarning oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishi Oʻzlariga berib qoʻyilgan yer uchastkalarida fuqarolar foydalanadigan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari oddiy va ishlatish uchun xavfsiz boʻlishi lozim. Oʻzlariga berib qoʻyilgan yer uchastkalarida fuqarolar foydalanishlariga ruxsat etilgan oʻsimliklarni himoya qilish vositalari roʻyxati maxsus vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. (26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son) 27-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi nizolarni hal etish Oʻsimliklarni himoya qilish sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. (27-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 28-modda. Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. (28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 2000-yil 31-avgust, 116-II-son (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 208-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 50-son, 588-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son) |
ЗАКОН РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН О ЗАЩИТЕ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ РАСТЕНИЙ ОТ ВРЕДИТЕЛЕЙ, БОЛЕЗНЕЙ И СОРНЯКОВ Статья 1. Цель настоящего Закона Целью настоящего Закона является регулирование отношений, связанных с обеспечением защиты сельскохозяйственных растений от вредителей, болезней и сорняков, предотвращением вредного воздействия средств защиты растений на здоровье человека, окружающую природную среду. Статья 2. Законодательство о защите растений Законодательство о защите растений состоит из настоящего Закона и иных актов законодательства. Отношения в области защиты растений в Республике Каракалпакстан регулируются также законодательством Республики Каракалпакстан. Если международным договором Республики Узбекистан установлены иные правила, чем те, которые предусмотрены законодательством Республики Узбекистан о защите растений, то применяются правила международного договора. Статья 3. Основные понятия В настоящем Законе применяются следующие основные понятия: сорняки — дикорастущие или полукультурные растения, биологически и экологически приспособленные к произрастанию среди культурных растений и снижающие урожай и качество их продукции; вредители — животные, в том числе насекомые, способные нанести вред сельскохозяйственным растениям и продукции растительного происхождения; пестициды — химические вещества, используемые для борьбы с вредителями, болезнями растений и сорняками, а также регуляторы роста и дефолианты сельскохозяйственных растений; фитосанитарный надзор — отслеживание и установление уровня распространения вредных организмов и их естественных антагонистов, а также интенсивности их развития и вредоносности; средства защиты растений — химические и биологические средства, используемые для защиты растений; регламент применения средств защиты растений — обязательное требование по применению средств защиты растений (способы, периодичность, сроки, нормы и другие), разрабатываемое на каждое химическое или биологическое средство; биологические средства защиты растений — биологические вещества, идентичные естественным организмам, культивированный продукт, генетически выведенное растение или другой организм, используемые для борьбы с вредителями, болезнями растений и сорняками. Статья 4. Государственное управление и контроль в области защиты растений Государственное управление и контроль в области защиты растений осуществляются специально уполномоченным Кабинетом Министров Республики Узбекистан органом (далее — специально уполномоченный орган), Министерством сельского и водного хозяйства Республики Узбекистан, Службой санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья Республики Узбекистан, Государственным комитетом Республики Узбекистан по экологии и охране окружающей среды и другими органами государственного управления в соответствии с законодательством. (текст статьи 4 в редакции Закона Республики Узбекистан от 26 апреля 2021 года № ЗРУ-685 — Национальная база данных законодательства, 27.04.2021 г., № 03/21/685/0373) Статья 5. Компетенция специально уполномоченного органа Специально уполномоченный орган: реализует единую политику использования средств защиты растений, направленную на повышение урожайности сельскохозяйственных культур и сохранение урожая за счет применения высокоэффективных, экологически безопасных и малотоксичных средств защиты растений; дает заключение по результатам регистрационных испытаний средств защиты растений; разрабатывает и утверждает регламенты и правила применения средств защиты растений; ведет и периодически публикует Список химических и биологических средств борьбы с вредителями, болезнями растений и сорняками, дефолиантов и регуляторов роста растений, разрешенных для применения в сельском хозяйстве Республики Узбекистан, утверждаемый Кабинетом Министров Республики Узбекистан; ведет Реестр запрещенных и ограниченных в применении активных и неактивных ингредиентов средств защиты растений; координирует деятельность органов государственного управления, связанных с производством и использованием средств защиты растений, соблюдением регламентов их применения, определением воздействия средств защиты растений на здоровье человека и окружающую среду; организует контроль за качеством средств защиты растений, выпускаемых на предприятиях Республики Узбекистан и завозимых по импорту, выдает заключения на их применение и приостанавливает использование при выявлении неблагоприятного воздействия на здоровье человека и окружающую среду; осуществляет иные полномочия в соответствии с законодательством. Статья 6. Компетенция Министерства сельского и водного хозяйства Республики Узбекистан в области защиты растений Министерство сельского и водного хозяйства Республики Узбекистан: реализует государственные программы защиты растений; принимает меры по локализации и ликвидации опасности заноса из других стран карантинных и особо опасных вредителей, болезней растений и сорняков на территорию Республики Узбекистан; координирует научно-исследовательские, опытно-конструкторские и проектные работы по созданию, испытанию и внедрению средств защиты растений, новой техники и технологических процессов и методов их использования; обеспечивает подготовку, переподготовку и повышение квалификации специалистов по защите растений; разрабатывает и утверждает методические указания, рекомендации по применению химических, биологических и других препаратов; организует эффективное использование средств защиты растений, а также соблюдение правил их транспортировки, хранения и регламентов применения; определяет потребность сельского хозяйства в химических и биологических средствах защиты растений, формировании резервов химических средств на случай чрезвычайных ситуаций; ведет контроль за качеством применения средств защиты растений; осуществляет иные полномочия в соответствии с законодательством. Статья 7. Компетенция Службы санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья Республики Узбекистан в области защиты растений (наименование статьи 7 в редакции Закона Республики Узбекистан от 26 апреля 2021 года № ЗРУ-685 — Национальная база данных законодательства, 27.04.2021 г., № 03/21/685/0373) Служба санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья Республики Узбекистан: (абзац первый статьи 7 в редакции Закона Республики Узбекистан от 26 апреля 2021 года № ЗРУ-685 — Национальная база данных законодательства, 27.04.2021 г., № 03/21/685/0373) осуществляет санитарно-гигиенический надзор за соблюдением норм, правил и нормативов при производстве, хранении, реализации, транспортировке, применении, обезвреживании, утилизации и захоронении средств защиты растений; организует и проводит научные исследования по токсиколого-гигиенической оценке, разрабатывает гигиенические нормативы и регламенты пестицидов в пищевых продуктах, в производственных объектах и объектах окружающей среды; проводит государственную санитарно-гигиеническую экспертизу средств защиты растений; организует проведение предварительных и периодических медицинских осмотров лиц, работающих со средствами защиты растений, диагностику больных с отравлениями пестицидами; осуществляет иные полномочия в соответствии с законодательством. Статья 8. Компетенция Государственного комитета Республики Узбекистан по экологии и охране окружающей среды в области защиты растений (наименование статьи 8 в редакции Закона Республики Узбекистан от 14 сентября 2017 года № ЗРУ-446 — СЗ РУ, 2017 г., № 37, ст. 978) Государственный комитет Республики Узбекистан по экологии и охране окружающей среды: (абзац первый статьи 8 в редакции Закона Республики Узбекистан от 14 сентября 2017 года № ЗРУ-446 — СЗ РУ, 2017 г., № 37, ст. 978) осуществляет оценку воздействия на окружающую природную среду предлагаемых к регистрации средств защиты растений; проводит государственную экологическую экспертизу средств защиты растений; участвует в процессе захоронения непригодных средств защиты растений, отходов и тары; (абзац четвертый части первой статьи 8 в редакции Закона Республики Узбекистан от 11 декабря 2014 года № ЗРУ-381 — СЗ РУ, 2014 г., № 50, ст. 588) осуществляет государственный контроль за соблюдением требований по охране окружающей среды при производстве, транспортировке, хранении, применении, обезвреживании, утилизации, уничтожении и захоронении средств защиты растений, других химических веществ и препаратов; осуществляет иные полномочия в соответствии с законодательством. Статья 9. Государственный фитосанитарный надзор Государственный фитосанитарный надзор осуществляется службой защиты растений Министерства сельского и водного хозяйства Республики Узбекистан. Статья 10. Обязанности юридических и физических лиц в области защиты растений Юридические и физические лица в области защиты растений обязаны: проводить систематические обследования сельскохозяйственных угодий и защитные мероприятия в целях предотвращения массового развития и распространения вредителей, болезней и сорняков; предоставлять по требованию службы защиты растений Министерства сельского и водного хозяйства Республики Узбекистан информацию о фитосанитарном состоянии земель, растительности и хранящейся сельскохозяйственной продукции на принадлежащей им территории, а также об осуществлении мер по их защите и использовании средств защиты растений; обеспечивать безопасность людей и животных; информировать службу защиты растений Министерства сельского и водного хозяйства Республики Узбекистан о ситуациях, которые могут привести к возникновению опасных фитосанитарных последствий; соблюдать установленные правила и порядок ввоза, хранения, транспортировки, реализации и использования средств защиты растений, не допускать загрязнения ими сельскохозяйственной продукции и окружающей среды. Юридические и физические лица могут нести и другие обязанности в соответствии с законодательством. Статья 11. Регистрация средств защиты растений Средства защиты растений, производимые в Республике Узбекистан или завозимые из других стран, подлежат регистрации. Регистрация средств защиты растений осуществляется специально уполномоченным органом на основе результатов регистрационных испытаний. Средства защиты растений регистрируются сроком на пять лет. Производство, ввоз, реализация и применение средств защиты растений, не зарегистрированных в установленном порядке, запрещаются. Статья 12. Регистрационные испытания средств защиты растений Регистрационные испытания средств защиты растений проводятся для разработки и обоснования регламентов их применения и включают в себя: определение эффективности применения средств защиты растений; оценку опасности негативного воздействия средств защиты растений на здоровье человека и разработку гигиенических нормативов, санитарных норм и правил; экологическую оценку применения средств защиты растений. Юридические и физические лица, подавшие заявки на регистрацию средств защиты растений, обязаны предоставлять техническую документацию и образцы средств защиты растений для проведения их регистрационных испытаний. Срок проведения регистрационных испытаний не должен превышать двух лет. Статья 13. Заключение о результатах регистрационных испытаний средств защиты растений Заключение о результатах регистрационных испытаний средств защиты растений производится специально уполномоченным органом. Срок проведения заключения результатов регистрационных испытаний не должен превышать шести месяцев. Лица, подавшие заявки на регистрацию средств защиты растений, а также разработчики этих средств не вправе участвовать в подготовке заключения о результатах регистрационных испытаний средств защиты растений. Заключение о результатах регистрационных испытаний средств защиты растений может быть обжаловано в суд. Статья 14. Регистрационное свидетельство Решение специально уполномоченного органа о регистрации средства защиты растений является основанием для выдачи регистрационного свидетельства и внесения средства в Список химических и биологических средств борьбы с вредителями, болезнями растений и сорняками, дефолиантов и регуляторов роста растений, разрешенных для применения в сельском хозяйстве Республики Узбекистан. Форма регистрационного свидетельства о регистрации средств защиты растений устанавливается Кабинетом Министров Республики Узбекистан. Статья 15. Перерегистрация средств защиты растений Перерегистрация средств защиты растений осуществляется в установленном порядке специальным уполномоченным органом на основании соответствующего заявления. При перерегистрации на новый срок применение средств защиты растений в течение срока перерегистрации допускается по разрешению специально уполномоченного органа. Статья 16. Плата за регистрацию и перерегистрацию средств защиты растений Размер платы за регистрацию и перерегистрацию средств защиты растений определяется Кабинетом Министров Республики Узбекистан. Статья 17. Аннулирование регистрации средств защиты растений Аннулирование регистрации средств защиты растений может осуществляться в случаях, когда: применяемые средства содержат примеси или их состав отличается от зарегистрированного состава; имеются новые научно подтвержденные данные о возможности причинения вреда здоровью граждан, окружающей среде или полезным энтомофагам при применении зарегистрированных средств защиты растений. При выявлении неблагоприятных свойств, низкой биологической эффективности зарегистрированных средств защиты растений их регистрация аннулируется специально уполномоченным органом на основании заключения Министерства сельского и водного хозяйства Республики Узбекистан, Службы санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья Республики Узбекистан, Государственного комитета Республики Узбекистан по экологии и охране окружающей среды. (часть вторая статьи 17 в редакции Закона Республики Узбекистан от 26 апреля 2021 года № ЗРУ-685 — Национальная база данных законодательства, 27.04.2021 г., № 03/21/685/0373) Статья 18. Учет запрещенных активных и неактивных ингредиентов Активные и неактивные ингредиенты средств защиты растений, запрещенные либо ограниченные в применении, определяются специально уполномоченным органом совместно со Службой санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья Республики Узбекистан, Государственным комитетом Республики Узбекистан по экологии и охране окружающей среды и включаются в Реестр запрещенных и ограниченных в применении активных и неактивных ингредиентов. (текст статьи 18 в редакции Закона Республики Узбекистан от 26 апреля 2021 года № ЗРУ-685 — Национальная база данных законодательства, 27.04.2021 г., № 03/21/685/0373) Статья 19. Экспериментальное применение средств защиты растений В случае наличия обстоятельств, требующих принятия неотложных мер по защите растений с применением незарегистрированных средств защиты растений, допускается их экспериментальное применение на срок до одного года. Разрешение на экспериментальное применение средств защиты растений выдается специально уполномоченным органом по согласованию с Государственным комитетом Республики Узбекистан по экологии и охране окружающей среды и Службой санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья Республики Узбекистан. (часть вторая статьи 19 в редакции Закона Республики Узбекистан от 26 апреля 2021 года № ЗРУ-685 — Национальная база данных законодательства, 27.04.2021 г., № 03/21/685/0373) При выдаче разрешения на экспериментальное применение средств защиты растений специально уполномоченный орган определяет руководителя эксперимента, а также правила и условия его проведения. По истечении срока экспериментального применения руководитель эксперимента представляет в специально уполномоченный орган отчет о результатах эксперимента, а также информацию о местонахождении остатков средств защиты растений, приборов и приспособлений. Статья 20. Стандартизация, сертификация и маркировка средств защиты растений Стандартизация, сертификация и маркировка средств защиты растений производятся в порядке, установленном законодательством. Статья 21. Реализация, ввоз и вывоз средств защиты растений К реализации, ввозу и вывозу допускаются средства защиты растений, имеющие сертификат соответствия, прошедшие регистрацию и внесенные в Список химических и биологических средств борьбы с вредителями, болезнями растений и сорняками, дефолиантов и регуляторов роста растений, разрешенных для применения в сельском хозяйстве Республики Узбекистан. Статья 22. Применение средств защиты растений Средства защиты растений применяются с учетом фитосанитарной, санитарной и экологической обстановки в порядке, установленном законодательством. Статья 23. Информация о безопасном обращении со средствами защиты растений В целях обеспечения потребителей информацией о безопасном обращении со средствами защиты растений юридические или физические лица обязаны представлять информацию о транспортировке, применении и хранении средств защиты растений и тарную этикетку с предупредительной маркировкой. Требования к форме и порядку утверждения рекомендаций о транспортировке, применении и хранении средств защиты растений и к тарной этикетке устанавливаются специально уполномоченным органом. Статья 24. Требования к хранению, применению, обезвреживанию, уничтожению, утилизации, транспортировке и захоронению химических веществ, биологических средств и материалов Юридические и физические лица обязаны соблюдать санитарные, гигиенические нормы, правила и нормативы, обеспечивающие санитарно-эпидемическое благополучие граждан, требования охраны животного мира и среды обитания животных, требования охраны объектов растительного мира и среды их произрастания при хранении, применении, обезвреживании, утилизации, транспортировке и захоронении химических веществ, биологических средств и материалов. Хранение средств защиты растений разрешается в специализированных хранилищах, предназначенных только для их хранения. Запрещается бестарное хранение средств защиты растений. Транспортировка средств защиты растений допускается только в специально оборудованных транспортных средствах. При хранении и транспортировке средств защиты растений необходимо соблюдать требования, исключающие причинение вреда здоровью граждан и окружающей среде. Обезвреживание, утилизация, уничтожение и захоронение пришедших в негодность и (или) запрещенных к применению средств защиты растений, а также тары из-под них обеспечиваются в порядке, установленном законодательством. Методы уничтожения пришедших в негодность и (или) запрещенных к применению средств защиты растений, а также тары из-под них разрабатываются изготовителями средств защиты растений и согласовываются со специально уполномоченным органом, Государственным комитетом Республики Узбекистан по экологии и охране окружающей среды, Службой санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья и Министерством по чрезвычайным ситуациям Республики Узбекистан. (часть шестая статьи 24 в редакции Закона Республики Узбекистан от 26 апреля 2021 года № ЗРУ-685 — Национальная база данных законодательства, 27.04.2021 г., № 03/21/685/0373) Статья 25. Экологически потенциально опасные ситуации В случае возникновения экологически потенциально опасных ситуаций при производстве, хранении, транспортировке и использовании высокотоксичных, сильнодействующих ядовитых, радиоактивных и иных веществ, применяемых для защиты растений, вокруг соответствующих объектов производства, вдоль транспортных магистралей устанавливается особый правовой режим в соответствии с законодательством. Статья 26. Использование средств защиты растений гражданами на предоставленных им земельных участках Средства защиты растений, используемые гражданами на предоставленных им земельных участках, должны быть простыми и безопасными в обращении. Перечень средств защиты растений, разрешенных для использования гражданами на предоставленных им земельных участках, устанавливается специально уполномоченным органом по согласованию со Службой санитарно-эпидемиологического благополучия и общественного здоровья и Государственным комитетом Республики Узбекистан по экологии и охране окружающей среды. (часть вторая статьи 26 в редакции Закона Республики Узбекистан от 26 апреля 2021 года № ЗРУ-685 — Национальная база данных законодательства, 27.04.2021 г., № 03/21/685/0373) Статья 27. Разрешение споров в области защиты растений Споры, возникающие в области защиты растений, разрешаются в порядке, установленном законодательством. Статья 28. Ответственность за нарушение законодательства о защите растений Лица, виновные в нарушении законодательства о защите растений, несут ответственность в установленном порядке. Президент Республики Узбекистан И. КАРИМОВ г. Ташкент, 31 августа 2000 г., № 116-II (Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 2000 г., № 7-8, ст. 208; Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2014 г., № 50, ст. 588; 2017 г., № 37, ст. 978; Национальная база данных законодательства, 27.04.2021 г., № 03/21/685/0373) |