01.08.2014 yildagi PQ-2221-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
 LexUZ sharhi
Qayd etib o‘tilsinki, “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish Milliy modelini, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida respublikada aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida tibbiy yordam ko‘rsatayotgan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini kuchaytirishga, zamonaviy tashxis usullarini joriy etish, ayollar, bolalar va o‘smirlar kasalliklarining oldini olish va davolashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayapti.
“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish yuzasidan hamda homilador va tug‘adigan xotinlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, o‘sib kelayotgan sog‘lom avlodni kamol toptirishda sog‘liqni saqlash tizimining roli va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha mamlakatimizda doimiy ravishda o‘tkazib kelinayotgan ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish maqsadida:
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 13-apreldagi PQ-1096-sonli qarori bilan tashkil etilgan Hukumat komissiyasi O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha Davlat dasturini amalga oshirish Hukumat komissiyasi etib qayta tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning tizimli, sobitqadam va samarali amalga oshirilishini ta’minlashda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va hududiy boshqaruv organlari faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish;