1-ILOVA
Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
Yer qa’ridan foydalanuvchilar | 1. Geologik o‘rganish natijasida �oydali qazilmalar zaxiralarini tezkor ko‘paytirish yuzasidan idoraviy komissiyalarning tezkor hisoblab chiqilgan zaxiralarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha bayonnomalarini rasmiylashtiradi. 2. Geologik o‘rganish natijalari yuzasidan Davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash (qayta tasdiqlash, hisobdan chiqarish) bo‘yicha qarorini rasmiylashtiradi. 3. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish natijasida chegirish (qazib chiqarish, yo‘qotish) va foydali qazilmalarning tezkor o‘zgartirilgan zaxiralarining hisobot balanslarini tayyorlaydi. | Har yili 1-fevralga qadar | ||
Yer qa’ridan foydalanuvchilar | Hisobotlarni Davlat komissiyasining foydali qazilmal�r zaxiralarini tasdiqlash (yoki qayta tasdiqlash) bo‘yicha tegishli qarorlarining nusxalari va idoraviy komissiyalarning tezkor hisoblab chiqilgan zaxiralarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha bayonnomalari bilan birgalikda “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali Davlat geologiya fondiga taqdim etadi. | Har yili 1-fevralga qadar | ||
Foydali qazilmalarni qazib chiqarish natijasida chegirish (qazib chiqarish, yo‘qotish) va foydali qazilmalarning tezkor o‘zgartirilgan zaxiralarining hisobot balanslarini “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali kelishish uchun Inspeksiyaga taqdim etadi. | ||||
Inspeksiya | Foydali qazilmalarni qazib chiqarish natijasida chegirish (qazib chiqarish, yo‘qotish) va foydali qazilmalarning tezkor o‘zgartirilgan zaxiralarining hisobot balanslarini kelishadi va Davlat geologiya fondiga yuboradi. Hisobot balanslarining kelishilganligi haqida “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali yer qa’ridan foydalanuvchilarni xabardor qiladi. | 5 kunda | ||
Davlat geologiya fondi | Yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan hisobot balanslarini umumlashtiradi, foydali qazilmalar turlari bo‘yicha davlat balansini tayyorlaydi va o‘rganib chiqish uchun Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etadi. | Har yili 15-aprelgacha | ||
Davlat geologiya qo‘mitasi | Davlat balansini o‘rganishni yakunlaydi va nashr qilishga ruxsat beradi. Davlat balansi tarqatiladigan davlat organlari va korxonalar ro‘yxatini tasdiqlaydi. | Har yili 1-maygacha |
2-ILOVA
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: | Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi va Davlat geologiya fondiga taqdim etish. | |
2. | Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): | Geologik o‘rganish natijasida foydali qazilmalar zaxiralarining hisobot balanslarini yuritish. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxs. |
4. | Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: | O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi “Geologiya axborot markazi” DUK tasarrufidagi Davlat geologiya fondi. |
5. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | 1. Geologik o‘rganish natijasida foydali qazilmalar zaxiralarini tezkor ko‘paytirish yuzasidan idoraviy komissiyalarning tezkor hisoblab chiqilgan zaxiralarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha bayonnomasi. 2. Geologik o‘rganish natijalari yuzasidan Davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash (qayta tasdiqlash, hisobdan chiqarish) to‘g‘risidagi qarori. 3. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish natijasida chegirish (qazib chiqarish, yo‘qotish) va foydali qazilmalarning tezkor o‘zgartirilgan zaxiralarining hisobot balanslari. |
6. | Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: | Yig‘im undirilmaydi |
7. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori: | Yig‘im undirilmaydi |
8. | Arizani ko‘rib chiqish muddati: | 5 ish kuni |
9. | Ruxsat etishga oid talab va shartlar: | Hisobot balanslariga quyidagilar aks ettiriladigan tushuntirish xati ilova qilinadi: birinchi marta davlat balansiga kiritilayotgan konlar uchun — foydali qazilmalar zaxiralarining joylashgan joyi, miqdori, sifati, o‘rganilganlik va sanoat yo‘sinida o‘zlashtirilish darajasi, rudalarning texnologik xususiyatlari, konlarda qazib olishning konchilik-geolo�iya, konchilik-texnik, gidrogeologik shart-sharoitlari, texnik-iqtisodiy baholashning asosiy ko‘rsatkichlari, qidirib topilgan foydali qazilmalar zaxiralari bilan ta’minlanganligi; davlat balansida hisobga olingan konlar uchun — konchilik-geologiya va texnik-iqtisodiy xususiyatning yangi ma’lumotlari, foydali qazilmalarning yangi aniqlangan qatlamlari, qazib chiqarilgan foydali qazilmalar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mineral xomashyodan kompleks foydalanish, geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish manbalarini ko‘rsatgan holda, foydali qazilmalar zaxiralarining ko‘paytirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, balansdan tashqari zaxiralarning o‘zgarishi (mavjud bo‘lganda) va zaxiralarni hisobdan chiqarish sabablari. Foydali qazilmani qazib chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarda foydali qazilmani kamaytiradigan bo‘sh jinslarni hisobga olmagan holda, agar ular balansdagi zaxiralarga kiritilmagan bo‘lsa, yer qa’ridan olinadigan mineral xomashyoning barcha miqdori hisobga olinadi. Hisobot balansida qazib chiqarib kamaytirilgan va tovar rudalari miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Qandaydir sabablarga ko‘ra, o‘tgan yillar uchun ilgari hisobga olinmagan foydali qazilmani qazib chiqarish hisobot yili uchun qazib chiqarish bilan birga ko‘rsatish, biroq o‘tgan yilda qazib olingan xomashyoni izohda ko‘rsatish. Agar davlat balansida hisobga olingan kompleks rudalardagi yo‘ldosh komponentlar yer qa’ridan asosiy foydali qazilma bilan birga qazib chiqarilsa, biroq keyingi texnologik qayta ishlashda yo‘qotilsa, izohda hisobdan chiqariladigan zaxiralar qazib olinganini, lekin texnologik qayta ishlashda yo‘qotilganligini ko‘rsatish. |
10. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: | O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi |
11. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: | Yer qa’ridan foydalanuvchilar har yili 1-fevralga qadar geologik o‘rganish natijasida foydali qazilmalar zaxiralarining hisobot balanslarini taqdim etadi. |
12. | Izoh: | Quyidagilar Davlat balansini yuritishning asosiy vazifalari hisoblanadi: foydali qazilmalar zaxiralari holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jumladan foydali qazilmalarning miqdori, sifati, ularning sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan har bir turi bo‘yicha o‘rganilganligi va sanoat yo‘sinida o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va turkumlashtirish; respublika hududlari bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralarining o‘zgarishini hisobga olgan holda, konlar bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralarining har yilgi harakatlarini tahlil qilish va hisobga olish; davlat hokimiyati organlarini respublika va alohida hududlar mineral-xomashyo bazasining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash. |
3-ILOVA