“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri va Mudofaa vazirining taklifi qabul qilinsin hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolar tomonidan Maxsus hisob raqamiga to‘lanadigan pul badali summasi 2003-yilda eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida belgilansin.