Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishi lozim bo‘lgan chaqiriluvchilarni tayyorlash tartibini belgilaydi.
10. Komissiya tomonidan “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv muassasalarida tayyorlash uchun tavsiya etilgan chaqiriluvchilar Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
15. “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv muassasasi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tuzilgan ro‘yxatga asosan chaqiriluvchilarni o‘quv muassasasiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqariladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”