“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2013-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
o‘n kun muddatda — tasdiqlangan Nizomni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar hamda barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan uning talablariga izchil rioya etilishini ta’minlasinlar;
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan oqilona foydalanilishi va uning muhofaza qilinishi, shuningdek barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suv olishning belgilangan limitlariga rioya etilishi, hisobga olish va hisobotlarning belgilangan tartibda yuritilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin, shuningdek ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini belgilaydi.
suvdan foydalanish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
suv iste’moli (suvni iste’mol qilish) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanish;
suv iste’molchisi — o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
suv iste’molchilari uyushmasi — yuridik shaxs bo‘lgan suv iste’molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha to‘planadigan va suv rejimining o‘ziga xos shakllari va belgilari bo‘lgan tabiiy (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (ko‘llar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sun’iy (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek buloqlar va boshqa obyektlar;
Oldingi tahrirga qarang.
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari — suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan holda faoliyat yuritadigan hamda suv xo‘jaligi tashkilotlari va suv iste’molchilari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida suv yetkazib berish va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan xizmat.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
3. Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga soluvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (er usti suvlari), O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (yer osti suvlari) o‘z vakolatlari doirasida suvdan foydalanishni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, Suv xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradilar
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi va Orol dengizi havzasidagi boshqa davlatlar hududida joylashgan transchegaraviy suv obyektlaridan (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlaridan) foydalanishni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Transchegaraviy suv obyektlarida suvdan foydalanish va suv iste’moli, suv xo‘jaligi va suvni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi transchegaraviy suv obyektlarining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tartibga solinmagan qismida suvdan foydalanish yoki suv iste’moli O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Suv obyektidan suv olish usuliga, suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etishiga qarab suvdan foydalanish suvdan umumiy va maxsus foydalanishga bo‘linadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda o‘z ehtiyojlarini hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida suvdan foydalanish suvdan umumiy foydalanish hisoblanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan suvdan foydalanish suvdan maxsus foydalanish hisoblanadi. Suvdan maxsus foydalanishga, ayrim hollarda, maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etadigan suvdan foydalanish ham kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suvdan umumiy va maxsus foydalanish turlari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida, qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
8. Maqsadli foydalanilishiga ko‘ra suv iste’moli ichimlik, kommunal-maishiy, davolash, kurort, rekreatsiya, baliqchilik xo‘jaligi, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi suv iste’moliga va boshqa turlarga bo‘linadi.
9. Suv obyektidan olinadigan suvning miqdoriga qarab suv iste’moli umumiy va maxsus suv iste’moliga bo‘linadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda o‘z shaxsiy ichimlik, maishiy, rekreatsiya, davolash ehtiyojlari, hayvonlarni sug‘orish va boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadidagi suv iste’moli umumiy suv iste’molidir. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bir sutkada 5 kub metrgacha hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish umumiy suv iste’moliga kiradi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan suv iste’moli maxsus suv iste’molidir. Maxsus suv iste’moliga ayrim hollarda maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etadigan suv iste’moli ham kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Suv resurslari qonunchilikda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda iste’mol uchun beriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Suv obyektlari yoki ularning qismlari suvdan foydalanish yoki suv iste’moli manbalari bo‘lishi va qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish yoki suv iste’moliga berilishi mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxslarga butunlay yoki qisman foydalanishga berilgan suv obyekti tanho foydalaniladigan suv obyektidir.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
13. Suv obyektlari doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Muddati avvaldan belgilanmagan holda foydalanish — doimiy foydalanish deb e’tirof etiladi. Suvdan vaqtincha foydalanish muddati: qisqa — uch yilgacha va uzoq — yigirma yilgacha bo‘lishi mumkin.
Suv obyektlaridan vaqtincha foydalanish muddatlari suvdan foydalanuvchi manfaatdor tomonlar iltimosiga binoan, shu suv obyektini tanho foydalanish uchun berish to‘g‘risida qaror chiqargan yoki suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma bergan davlat organlari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Suv obyektlari suvdan foydalanuvchilarga suv iste’molchilarining qishloq xo‘jaligi, ichimlik, davolash va maishiy ehtiyojlarini, aholining kurort, rekreatsiya va o‘zga ehtiyojlarini, sanoat, energetika, transport, baliqchilik xo‘jaligi hamda boshqa davlat yoki jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda foydalanishga beriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanishga va umumiy suv iste’moliga shu suv obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan suv xo‘jaligi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlari bilan kelishilgan holda belgilangan shartlarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi, zarur hollarda esa, bunday suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish qonunchilikka muvofiq taqiqlab qo‘yilishi mumkin.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarib olinadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Birgalikda foydalaniladigan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanishga va suv iste’mol qilishga “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan belgilangan shartlarda, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat organlari bilan kelishuv bo‘yicha ruxsat etiladi, zarurat bo‘lganda esa — qonunchilikka muvofiq taqiqlab qo‘yilishi mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xo‘jaligi komissiyasi (DMSK) yig‘ilishi protokollari, shuningdek Hukumatlararo qarorlar bilan (kichik transchegaraviy daryolardan) belgilangan limitlar bo‘yicha transchegaraviy suv obyektlarining (bir necha respublikalar hududidan o‘tuvchi Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, ularning irmoqlari) suv resurslari;
O‘zbekiston hududidagi haqiqiy sersuvligidan, shuningdek qayta tartibga solinganligi va bir o‘zandan ikkinchi o‘zanga tashlanganligidan kelib chiqib kiritilgan tuzatishlar hisobiga olingan yer usti suv manbalari hajmidan;
18. Suv olish limitlari barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga nisbatan belgilanadi.
20. Ko‘kalamzorlashtirish, sport va sog‘lomlashtirish obyektlari ehtiyojlari uchun belgilanadigan suv olish limitlari ustuvorligiga ko‘ra kommunal ehtiyojlarga tenglashtiriladi.
21. O‘zbekiston Respublikasi hududida suv olish limitlari buning uchun vakolatli bo‘lgan tashkilotlar tomonidan belgilanadi hamda barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Suv olish limitlari suv xo‘jaligi organlari tomonidan belgilanadi, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari xizmat ko‘rsatadigan boshqa suv iste’molchilari, shuningdek tegishli foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan kommunal hamda maishiy xo‘jalik korxona va tashkilotlari bundan mustasno.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Suv olish limitlari suv xo‘jaligi organlari tomonidan suv manbalari (daryolar, kollektor-drenaj suvlari, shuningdek boshqa yer usti suvlari) bo‘yicha, havza irrigatsiya tizimlari, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bo‘yicha belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer osti suvlaridan suv olish limitlari geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishgan holda suv xo‘jaligi organlari tomonidan belgilanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga ega bo‘lgan magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, yirik va alohida muhim suv, energetika va kommunal-maishiy obyektlardan foydalanuvchi alohida korxonalar va tashkilotlarga — manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan — irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga — viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) yoki tumanlararo ahamiyatga ega bo‘lgan suv obyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha;
(24-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan — suv iste’molchilariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga — tuman ahamiyatiga ega bo‘lgan suv obyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha belgilanadi.
(24-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Qishloq xo‘jaligidan tashqari ehtiyojlar uchun yer osti suvlaridan suv olish limiti suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilgan holda ruxsatnoma amal qiladigan muddat davri uchun belgilanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Kommunal suv ta’minoti tizimidan suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarga suv olish limiti Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda, ularga xizmat ko‘rsatadigan tegishli foydalanish tashkiloti tomonidan belgilanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
26. Suv olish limitlari suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari uchun manbalarning taxmin qilingan va haqiqiy suvliligi hisobga olingan holda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun - bir yilda ikki marta hamda boshqa ehtiyojlar uchun - bir yilda bir marta belgilanadi va ular uchun majburiydir.
27. Suvdan foydalanishni rejalashtirish va suv olish limitlarini belgilash, birinchi navbatda, aholining ichimlik suvga bo‘lgan va maishiy ehtiyojlarini qondirishni, suvning suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari o‘rtasida ilmiy asosda taqsimlanishini, suvni muhofaza qilish shartlarini va suv yetkazadigan zararli ta’sirning oldini olishni ta’minlashi lozim.
Bunda davlat suv kadastridagi ma’lumotlar, suv xo‘jaligi balanslari, suvdan kompleks foydalanish va suvni muhofaza qilish sxemalari hisobga olinadi.
28. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari uchun suv olish limitlari ular tomonidan quyidagilar belgilangan tartibda taqdim etilgan taqdirda belgilanadi:
suvdan foydalanish yoki suv iste’molining belgilangan tartibda tasdiqlangan rejalari (suv quvuri – kommunal suv ta’minoti tizimining suvdan foydalanuvchilari va suv iste’molchilari bundan mustasno).
29. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suv olish joylari pasportga ega bo‘lishi, xizmat ko‘rsatadigan foydalanish tashkilotida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Suv olish joylari suvni hisobga olish vositalari (gidropost) bilan jihozlanishi, ular belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
Fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek aholi tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun suvni iste’mol qilishga olinadigan suvni hisobga olish ularning tegishli suv olish joylari suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlangungacha, hajmiy, hisobiy va boshqa usullarda, haqiqiy sug‘oriladigan maydonlarni, sug‘orishlar sonini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish rejimini, suv olish davomiyligi qancha va shu kabilarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suv olish joylarining pasportlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek suvni hisobga olish vositalarini (gidropostlarni) attestatsiyadan o‘tkazish tartibi:
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining foydalanuvchi suv xo‘jaligi tashkilotlari balansidagi va boshqa tashkilotlar hisobida bo‘lgan sun’iy suv obyektlarida;
(29-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (yer osti suvlari bo‘yicha) bilan kelishgan holda — tabiiy suv obyektlarida belgilanadi;
(29-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan – kommunal suv ta’minoti tizimida belgilanadi.
(29-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan — har yili 15-sentabrgacha bo‘lgan muddatda – kuz-qish davri uchun (1-oktabrdan 31-martgacha) hamda 15-martgacha — vegetatsiya davri uchun (1-apreldan 30-sentabrgacha);
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan — har yili 20-sentabrgacha bo‘lgan muddatda — kuz-qish davri uchun hamda 20-martgacha — vegetatsiya davri uchun;
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan — har yili 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda — kuz-qish davri uchun hamda 1-aprelgacha — vegetatsiya davri uchun belgilanadi.
(30-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga suv olish limitlari yiliga bir marta – har yili 1-oktabrgacha belgilanadi.
Qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun suvdan foydalanuvchilarga va suv iste’molchilariga yer osti suvlaridan suv olish limitlari bir marta – maxsus ruxsatnoma amal qiladigan muddatga belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining prognozi asosida;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari buyruqlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Kommunal-maishiy xo‘jalik ehtiyojlari uchun suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga suv olish limitlari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda, ular xizmat ko‘rsatadigan tegishli foydalanish tashkilotlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
33. Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv limitlari olish uchun suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari kuz-qish va vegetatsiya davri boshlanishidan bir oy oldin, qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun esa — har yili 1-sentabrgacha — ularga xizmat ko‘rsatadigan tegishli foydalanish tashkilotlariga yozma ravishda murojaat qilishlari va ushbu Nizomning 28-bandiga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha zarur hujjatlarni taqdim etishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Suv olish limitlari ruxsat etilgan jami suv olish miqdorini suv manbalari (daryo, soy, buloq suv havzasi, irrigatsiya tizimi, magistral kanal (tizim) sug‘orish va kollektor tarmog‘i, yer osti suvlari va boshqa suv manbai) bo‘yicha aks ettirib, ular har o‘n kunliklar kesimida aniq suv olish joylariga taqsimlangan bo‘lishi kerak.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
35. Suv olish limitlarini belgilashda tarmoqning ustuvorligiga hamda barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining alohida manbalar va irrigatsiya tizimlari bo‘yicha kutilayotgan suvlilikni hisobga olib suv bilan teng foizda ta’minlanishiga rioya etilishi kerak.
36. Suv olish limitlari suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvliligi kamaygan hollar bundan mustasno.
Manbalarda suv hajmi kamaygan yoki ko‘paygan holatlarda suv olish limitlariga, yuqori vakolatli tashkilotning ruxsati bilan, suvdan foydalanish yoki suv iste’mol qilish rejasi parametrlari o‘zgartirilmasdan, darhol tuzatishlar kiritilishi mumkin.
37. Suvdan foydalanish va suv iste’mol qilishning belgilangan davri tugagandan keyin ikki oy muddatda vakolatli tashkilotlar tomonidan, manbalardagi suvning haqiqiy miqdori hisobga olingan holda, o‘tgan davr uchun suv olishning uzil-kesil limitlari tasdiqlanadi.
38. Suvdan foydalanish va suv iste’moli, har yilgi suv bilan haqiqiy ta’minlanganlik hisobga olingan holda, suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalari asosida amalga oshiriladi. Suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalari tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan tuziladi.
Kollektor-drenaj tarmoqlarida suvdan foydalanish va suv iste’molini rejalashtirish yerlarning meliorativ holatini hamda kollektor-drenaj suvi sifatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va boshqa suv iste’molchilarining suv iste’moli rejalari ularga xizmat ko‘rsatadigan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan tasdiqlanadi. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari suv ta’minoti rejalarini umumlashtiradilar va uyushmalarning suvdan foydalanish rejalarini tuzadilar.
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suvdan foydalanish rejalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi.
(39-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari, magistral kanallar (tizim) boshqarmalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan;
(40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi suv xo‘jaligi tashkilotlari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(40-bandning to‘tinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Kommunal-maishiy xo‘jaliklar ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq tuziladi va tasdiqlanadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
42. Suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalari suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomaning uzviy qismi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari, shuningdek, boshqa suv xo‘jaligi organlari hamda o‘zga yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi suvga doir munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
44. Suvdan foydalanuvchilarning suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlari, shuningdek ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun shartnoma asosida haq to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining foydalanuvchi suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan suv yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash shartlari va holatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomalarning namunaviy shakllari Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan (kommunal suv ta’minoti tizimida suvdan foydalanish va suv iste’moli holatlaridan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan (tabiiy suv obyektlaridan suv olishda), O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan (yer osti suvlarini olishda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha tasdiqlanadi.
(45-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kommunal suv ta’minoti tizimidagi suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomalarning namunaviy shakllari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq tasdiqlanadi.
(45-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
46. Yuridik va jismoniy shaxslar suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomalarni ularga xizmat ko‘rsatadigan tegishli foydalanish tashkilotlari bilan tuzadilar.
47. Quyidagilarning mavjud bo‘lishi suvdan foydalanish yoki suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomani tuzishda majburiy talab hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish (aholi tomorqa yerlari bundan mustasno) vositalari bilan jihozlash;
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish yoki suv iste’molining tasdiqlangan rejasi (kommunal-maishiy suv ta’minotidagi fuqarolar bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, yirik va alohida muhim obyektlardan foydalanuvchi ayrim tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibiga kiradigan foydalanuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarida;
Oldingi tahrirga qarang.
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan fermer va dehqon xo‘jaliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda ular xizmat ko‘rsatadigan zonadagi boshqa suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar — tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida hisobga olinadi.
(48-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida hisobga olinadigan shartnomalar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomalar reyestri belgilangan tartibda nazoratni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalariga (sun’iy suv obyektlaridagi suvdan foydalanish va suv iste’molida), shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining tegishli organlariga (tabiiy suv obyektlaridagi suvdan foydalanish va suv iste’molida) beriladi.
(48-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kommunal suv ta’minoti tizimining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bilan tuzilgan suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinadi.
(48-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq shartnoma bilan belgilanadi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
50. Suvdan foydalanish va suv iste’moli uchun suv resurslarini olish faqat xizmat ko‘rsatuvchi foydalanish tashkilotlari bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnoma mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
51. Suv obyektlaridan suv olish faqat suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining yozma buyurtmanomalari bo‘yicha (kommunal suv ta’minoti tizimidagi, shuningdek yer osti suv havzalaridan suv olish holatlaridan tashqari), ularning suvdan foydalanish va suv iste’moliga tayyorligiga ko‘ra, suvdan foydalanish va suv iste’moli rejasi asosida, belgilangan suv olish limiti doirasida amalga oshiriladi.
Suv resurslari olish yuzasidan buyurtmanomalar suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan xizmat ko‘rsatadigan foydalanish tashkilotiga yoki uning vakolatli shaxsiga suv olish boshlanishidan o‘n kun oldin belgilangan shaklda, suv olishning aniq joylari va muddatlari (suv olishning boshlanishi va tugashi), shuningdek olinadigan suv miqdori, undan foydalanish yoki uni iste’mol qilishning maqsadi ko‘rsatilgan holda beriladi.
Suv manbaidan suv olish uchun buyurtmanomada ko‘rsatilgan suv resurslari miqdori tasdiqlangan suv olish limitidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Suv resurslarini olish hajmini kamaytirish yoki to‘xtatish zarur bo‘lgan taqdirda suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bu to‘g‘rida tegishli xizmat ko‘rsatuvchi foydalanish tashkilotiga yoki uning vakolatli shaxsiga yozma ravishda (avariya holatlarida – telefon orqali) xabar qilishi kerak.
52. Suv resurslarini olish joylari ularni boshqarish va hisobga olishning tegishli vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Suv resurslarini boshqarish va hisobga olish vositalari doimo soz ish holatida bo‘lishi zarur. Suv olish joylarini suv resurslarini boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash mansubligiga ko‘ra suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan amalga oshiriladi.
53. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari ajratilgan suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanishga, shuningdek suvni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rishga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
54. Suvdan foydalanish va suv iste’molida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kommunal suv ta’minoti tizimidagi suvdan foydalanish va suv iste’molida suv resurslarini olish, hisobini va hisobotini yuritish tartibi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 174-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 09/21/174/0279-son)
korxona, muassasa, tashkilot, fermer xo‘jaligi tugatilganda, dehqon xo‘jaligi tugatilganda (faoliyati to‘xtatilganda);
Suvdan foydalanish yoki suv iste’moli huquqi (ichish yoki maishiy iste’moldan foydalanish huquqidan tashqari) quyidagi holatlarda ham bekor qilinishi mumkin:
suvdan foydalanish yoki suv iste’moli va suvlarni muhofaza qilish qoidalari buzilganda (tegishli shartnoma tuzmasdan suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish, suv olishga buyurtmanoma va ruxsatnoma bo‘lmasdan turib suv resurslarini olish, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan joylardan suv olish, suvni boshqarish va hisobga olishning texnik jihatdan yaroqsiz vositalaridan foydalanish, suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalarini shikastlash, ulardan foydalanish qoidalarini buzish, suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha suv olish hisobini va hisobotini muntazam ravishda yuritmaslik, belgilangan normadan ortiqcha va past sifatli oqindi suvlarni suv obyektlariga tashlash va boshqalar);
belgilangan maqsaddan tashqari suvdan foydalanganda yoki suvni iste’mol qilganda (suvdan foydalanish va suv iste’moli yuzasidan shartnomalarda ko‘rsatilmagan maqsadlarda suvdan foydalanish, sug‘orish suvini kollektor-drenaj tarmoqlariga oqizish, suv resurslaridan oqilona foydalanishning agrotexnika usullariga rioya etmaslik va boshqalar);
suvni limitdan ortiqcha olganda (suv iste’moli bo‘yicha shartnomada belgilangan suv olish limitidan ortiqcha suv olish);
suv yetkazib berish va ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun suvdan foydalanish va suv iste’moli bo‘yicha shartnomada nazarda tutilgan haqni to‘lamaganda.
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilish, shuningdek suvdan foydalanish va suv iste’moli yuzasidan shartnomani bekor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish unga ruxsatnoma bergan organning qarori bilan qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi.
(57-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
58. Suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi buzilgan taqdirda xizmat ko‘rsatuvchi foydalanish tashkilotlari tomonidan suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga nisbatan shartnomada nazarda tutilgan choralar qo‘llanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tabiiy suv obyektlari suvidan foydalanish va iste’mol qilish tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(58-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sun’iy suv obyektlari suvidan foydalanish va suvini iste’mol qilish tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(58-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
59. Suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini buzganlik uchun fuqarolar va mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga nisbatan ular tomonidan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik xo‘jaligi, sanoat, energetika va kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun suv olish tartibi buzilgan taqdirda:
Oldingi tahrirga qarang.
suv iste’molchilari tomonidan limitdan ortiqcha suv olinganligi uchun — limitdan ortiqcha olingan har ming kub metr suv uchun — belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida;
(60-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlamasdan suv olish suv olishga ruxsat etilmagan joylardan, shuningdek, shartnoma tuzmasdan suv olganlik uchun — olingan har ming kubometr suv uchun — belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida;
(60-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
Oldingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomasisiz suv olganlik yoki suvdan foydalanganlik uchun — olingan har ming kubometr suv uchun — belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 40 foizi miqdorida;
(60-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suvni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun — olingan har ming kubometr suv uchun — belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida jarima sanksiyalari qo‘llaniladi.
(60-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Bir yil mobaynida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi takroran buzilgan taqdirda, ushbu bandda ko‘rsatilgan jarima sanksiyalari o‘n baravar miqdorida qo‘llaniladi.
Qishloq xo‘jaligi suv iste’molchilariga nisbatan limitdan ortiqcha suv olinganligi uchun jarima sanksiyalari bir yilda ikki marta (kuz-qish va vegetatsiya davrlari yakunlari bo‘yicha), qolgan suv iste’molchilari uchun esa — kalendar yil yakunlari bo‘yicha bir marta qo‘llaniladi.
Suvdan foydalanish va suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomalarda ushbu bandda ko‘rsatilgan jarima sanksiyalaridan tashqari boshqa qo‘shimcha javobgarlik choralari ham nazarda tutilishi mumkin.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan — sun’iy suv obyektlaridan suv olishda;
(61-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy organlari tomonidan – tabiiy suv obyektlaridan suv olishda qo‘llaniladi.
(61-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Oldingi tahrirga qarang.
62. Kommunal-maishiy xo‘jalikda suvdan foydalanish va suv iste’molining belgilangan tartibi buzilganligi uchun qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
63. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga – tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ushbu Nizomning 60-bandida ko‘rsatilgan jarima sanksiyalari sud tomonidan qo‘llaniladi, ular aybiga iqror bo‘lgan va jarima sanksiyalarini ixtiyoriy ravishda to‘lagan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Qolgan holatlarda jarima sanksiyalarini qo‘llanish ushbu Nizomning 61-bandida ko‘rsatilgan organlar tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(63-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Oldingi tahrirga qarang.
64. O‘zboshimchalik bilan qurilgan suv olish inshootlari va ochilgan suv olish joylari hamda o‘rnatilgan suv olish qurilmalarini (nasos stansiyasi, sifon va boshqalar) tugatish va uni dastlabki holatiga keltirish qonunbuzuvchining o‘zi tomonidan yoki uning mablag‘i hisobiga amalga oshiriladi.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 310-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son)
Oldingi tahrirga qarang.
65. Tashkilotlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari va fuqarolar suv to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish natijasida yetkazilgan zararlarni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplashlari shart.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
66. Ushbu Nizomning 60-bandida ko‘rsatilgan jarima sanksiyalarini qo‘llashdan tushgan pul mablag‘lari Davlat budjeti, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi o‘rtasida qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Oldingi tahrirga qarang.
67. Suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jarima solishdan tushadigan, shuningdek, suv olish tartibini buzganlik uchun jarima sanksiyalari mablag‘lari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(67-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga;
(67-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi ushbu bandning to‘rtinchi xatboshisida ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanadi.
(67-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
a) Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish to‘g‘risida” 1993-yil 3-avgustdagi 385-son qarori;
b) Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2003-yil 24-sentabrdagi 411-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 88-modda);
v) Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda):
a) 1-ilova 20-bandining “Shakllantirish manbai” ustunidagi “Suv limiti ortiqcha olinganligi uchun jarimalar” so‘zlari “Suvni limitdan ortiqcha olganlik, suvni ruxsat etilmagan suv olish joylaridan olganlik, shuningdek suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suvni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun jarimalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;