14.02.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2326
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq hamda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridan keng foydalanishni ta’minlash, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalanish va qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritishni soddalashtirish maqsadida buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar hamda ularning tarkibiy va hududiy tuzilmalarida (keyingi o‘rinlarda matnda davlat boshqaruvi organlari deb yuritiladi), shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-yanvardagi 23-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2326-1, 21.01.2015-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 38-modda)
1. Qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish — ularni markazlashtirilgan tartibda yig‘ish, mazkur Qoidalarning 1-ilovasidagi Qonun hujjatlarining rasmiy davriy nashrlarini hisobga olish jurnalida (keyingi o‘rinlarda matnda Jurnal deb yuritiladi) hisobga olish hamda nazorat nusxalarini olib borishdan iborat.
2. Davlat boshqaruvi organlarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va bevosita ushbu tashkilotlar faoliyatiga tegishli sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda quyidagi sohalarga oid normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobi yuritiladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-yanvardagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 38-modda)
(3-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-yanvardagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 38-modda)
17. Rasmiy nashrlar ushbu Qoidalarning 6-bandida ko‘rsatilgan xodimlar tomonidan saqlanadi. Bu xodimlar moddiy javobgar shaxs hisoblanadi va ular bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
18. Ushbu Qoidalarning bajarilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2326-2, 15.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2018-y., 10/18/2326-2/1229-son)
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 340-son “O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan keng foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan foydalanilishi yuzasidan doimiy ravishda monitoring olib boradi.