O‘zbekiston Respublikasini “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-y., 7-son, 64-modda) muvofiq buyuraman:
11. Korxona (tashkilot) rahbariyati vodorod sulfidning atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risidagi arizaga muvofiq (2-ilova*), obyekt atrofida, tozalash-himoya (THS ) doirasida hamda konning tashqi chegaralarida aholini va atrof-muhitni himoya qilish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqishi zarur.
44. O‘lchangan natijalar “Havo tarkibidagi vodorod sulfidning nazorati qayd daftari”ga kiritiladi (3-ilova*). Vodorod sulfidining xavfli to‘planish darajasi aniqlansa, zudlik bilan odamlarni zaharlanishdan ogohlantiruvchi choralar ko‘rilishi va korxona ma’muriyati xabardor qilinishi kerak.