O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligi xizmatining, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori, 29.12.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2174
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (keyingi o‘rinlarda JPK deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb yuritiladi) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qo‘yish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish va yo‘q qilib tashlash tartibini belgilaydi.
2. Surishtiruvchi, tergovchi va sud mazkur Yo‘riqnomaning 1-bandida ko‘rsatilgan narsa va hujjatlarni JPK 198, 200 va 201-moddalariga, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi esa, 329-moddasiga muvofiq ularning talabiga asosan yoki ushbu narsa va hujjatlarning egasi bo‘lmish shaxslar tashabbusi bilan taqdim etilgan holda, agarda ular ish uchun ahamiyatli bo‘lsa yoki kelgusida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lsa, ularni qabul qilishi shart.
4. JPKning 206-moddasiga muvofiq, olib qo‘yilayotgan yoki taqdim qilinayotgan narsalar ishga taalluqliligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga asos bo‘ladigan, shuningdek ularni boshqa narsalardan farqlovchi belgilarini aniqlash maqsadida JPK 135 — 137, 139 va 140-moddalarida belgilangan qoidalar asosida darhol ko‘zdan kechiriladi.
5. JPK 90 — 92, 141, 163, 202-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq narsalarning olib qo‘yilganligi, taqdim etilganligi to‘g‘risida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yadi.
11. JPK 207-moddasiga muvofiq ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqlash uchun topshirish masalasi narsani ashyoviy dalil deb e’tirof etish va jinoyat ishiga qo‘shish to‘g‘risidagi surishtiruvchi, tergovchining qarori, sudning ajrimiga asosan hal etilishi lozim.
30. Mazkur Yo‘riqnomaning 25 — 27-bandlarida qayd etib o‘tilgan narsalar yoki boshqa qimmatliklar ashyoviy dalil bo‘lib hisoblangan hollarda, ular zarur tekshiruvlar o‘tkazilgandan so‘ng uch kunlik muddatdan kechiktirmasdan, alohida muhrlangan va ro‘yxati ilova qilingan paketlarda javobgar shaxsga saqlash uchun saqlash xonasiga yoki banklar yoki ularning filiallariga topshiriladi. Bunday hollarda yo‘naltiruvchi xatda jo‘natilayotgan qimmatliklar ashyoviy dalil ekanligi va ular olib qo‘yilishi (qabul qilinishi) uchun asos bo‘lgan jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan yoki hukmni ijro etuvchi organning alohida farmoyishi berilmagunga qadar saqlanishi haqida alohida ko‘rsatib o‘tiladi.
Ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan tovarlarning iste’molga, foydalanishga yoki qayta ishlashga yaroqsizligi to‘g‘risida ekspertiza tomonidan xulosa chiqarilgan taqdirda uni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi davlat ijrochisi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakillari va xolis guvohlar ishtirokida iste’mol qilish, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb topilgan mol-mulkni Nizomda nazarda tutilgan barcha talablar bajarilgan holda yo‘q qilib tashlaydi.
54. Ashyoviy dalil tariqasida mazkur Yo‘riqnomaning 25 — 27-bandlarida qayd etib o‘tilgan narsalar qo‘shilgan jinoyat ishini qabul qilish vaqtida sud kotibi ishda surishtiruv yoki dastlabki tergov organi tomonidan ushbu ashyoviy dalillar saqlash uchun topshirilganligini tasdiqlovchi kvitansiyaning mavjudligini tekshiradi. Ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobiga ular haqida saqlanayotgan joyi ko‘rsatilgan holda yozuv kiritiladi.
55. Mazkur Yo‘riqnomaning 25 — 27-bandlarida sanab o‘tilgan va ishga sud tomonidan ashyoviy dalillar sifatida qo‘shilgan narsalar ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida ro‘yxatdan o‘tkazilishi, o‘ramga solinishi, muhrlanishi va bir sutka muddat davomida xizmat ko‘rsatuvchi bankka yoki javobgar shaxsga saqlash xonasida saqlash uchun topshirilishi kerak.
Tergovga qadar tekshiruv materiali, jinoyat ishi raqami, o‘ziga nisbatan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotgan shaxs, gumon qilinuvchi, ayblanuvchining F.I.O.
Olib qo‘yilgan,taqdim etilgan narsalarning nomlanishi, alohida belgilari, raqamlari
Miqdori, summasi
Kelib tushgan narsalar qachon, qayerda kim tomonidan olib qo‘yilgan (qabul qilingan)
Saqlash joyi. Saqlash uchun Mas’ulning lavozimi va familiyasi
Ashyoviy dalillar, boshqa narsalar qayerga va qanday asoslarga ko‘ra yuborilgan
Ashyoviy dalillar, boshqa narsalar qabul qilib olgan shaxsning lavozimi va familiyasi
Qabul qilish sanasi va imzo, muassasa shtampi
Narsalari qaytarilgan shaxsning F.I.O., pasport yoki identifikatsiya ID karta raqami, sana va imzo
Tergovga qadar tekshiruv materiali, jinoyat ishi raqami, o‘ziga nisbatan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotgan shaxs, gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining F.I.O.
Saqlanishi
Sudning ashyoviy dalillar yuzasidan qarori
Ijrosi
Izoh
Mas’ul shaxsning familiyasi ko‘rsatilgan haqiqiy saqlash joyi
Qachon, kimga ko‘zdan kechirish uchun berilgan va qachon qaytarilgan
Hujjatlar ijro qilish uchun kimga yuborilgan (berilgan)
Ashyoviy dalillar ijro qilish uchun kimga yuborilgan (berilgan)
Sana ko‘rsatilgan holda ijro etilganligi to‘g‘risidagi qayd yozuv