Neftni qayta ishlash zavodini va Qorovulbozor tuman markazini qum bosishidan muhofaza qilish hamda ushbu mintaqada ekologiya vaziyatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Buxoro viloyati hokimligi Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga va Qorovulbozor tuman markaziga yondosh 18 ming gektar erni ajratish masalasini belgilangan tartibda hal qilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi ushbu erlardagi avtomobil yo‘llari, novlar va sug‘orish tarmoqlari bo‘ylab ihota o‘rmonzorlari, manzarali ihota daraxtzorlari, kichik o‘rmonlar va ko‘chatzorlar barpo etish hamda ularni parvarish qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonasi tashkil etsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘rmon xo‘jaligi korxonasi tashkil etish uchun ilovaga muvofiq mablag‘ ajratsin.
3. «O‘zbekneftgaz» korporatsiyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi hisob-kitoblariga binoan, tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonasini ihota o‘rmonzorlari barpo etish uchun zarur bo‘lgan texnika, asbob-uskunalar va anjomlar bilan ta’minlasin.
4. «O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish» davlat-kooperativ qo‘mitasiga tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonasining texnika va transport vositalarini tuzatish hamda ularga servis xizmati ko‘rsatish, korxonani zarur ehtiyot qismlar bilan ta’minlash yuklansin.
5. «O‘zdavneftmahsulot» birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi buyurtmanomalariga binoan, ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonasini ihota o‘rmonzorlari va manzarali ihota daraxtzorlari barpo etishga doir ishlarni bajaruvchi texnika va avtomashinalarning uzluksiz ishlashi uchun yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda «O‘zkimyosanoat» uyushmasi ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonasi tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasiga mineral o‘g‘itlar va daraxtzorlarni himoya qilish kimyoviy vositalari ajratishni nazarda tutsinlar.
7. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi atrofida yashil voha tashkil etishni 2000 yilgacha har yili O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritishni va Davlat o‘rmon qo‘mitasiga asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Lavozimlar nomi | Soni | tarif razryadlari | tarif stavkasi | Oylik ish haqi so‘m | |||
maosh | 15 %li ustama | 50 % tuman ustamasi | hammasi | ||||
Direktor | 1 | 11 | 4.029 | 3 022 | 453 | 1 511 | 5 186 |
Bosh o‘rmonbegi | 1 | 10 | 3.768 | 2 826 | 424 | 1 413 | 4 663 |
O‘rmon muhofazasi va himoya muhandisi | 1 | 7 | 3.012 | 2 259 | 339 | 1 129 | 3 727 |
O‘rmon daraxtlari etishtirish muhandisi | 1 | 6 | 2.769 | 2 077 | 312 | 1 038 | 3 427 |
Bosh iqtisodchi | 1 | 9 | 3.512 | 2 634 | 395 | 1 317 | 4 346 |
Bosh buxgalter | 1 | 10 | 3.768 | 2 826 | 424 | 1 413 | 4 663 |
Hisobchi-kassir | 1 | 6 | 2.769 | 2 077 | 312 | 1 038 | 3 427 |
Inspektor-mashinkada yozuvchi | 1 | 2 | 2.107 | 1 580 | 237 | 790 | 2 607 |
Xo‘jalik mudiri | 1 | 4 | 2.316 | 1 737 | 260 | 868 | 2 865 |
Farrosh | 1 | 1 | 1.0 | 750 | 113 | 375 | 1 238 |
Qorovul | 2 | 1 | 1.74 | 1 305 | 196 | 652 | 2 153/4 306 |
Mexanik | 1 | 6 | 2.769 | 2 077 | 312 | 1 038 | 3 427 |
Boshqaruv apparati jami: | 13 | ||||||
Ishlab chiqarish xodimlari: | |||||||
O‘rmon ustasi | 1 | 5 | 2.539 | 1 904 | 285 | 952 | 3 141 |
O‘rmon nazoratchilari | 4 | 8 | 3.26 | 2 445 | 367 | 1 222 | 4 034/16 136 |
Yengil avtotransport haydovchisi | 1 | 2 | 1 436 | 215 | 718 | 2 369 | |
Jami: | 6 | 20 967 | |||||
Hammasi: | 19 | 51 273 |
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 11 yanvardagi 6-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 2-son, 17-modda)