LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublikada yuqori sifatli bintlar va jarrohlik doka salfetkalari ishlab chiqaradigan zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlarni eksport qilish maqsadida Vazirlar mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konsernining 2001-yilning birinchi yarim yilligida Guliston shahridagi “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatining mavjud maydonlarida 31,748 mln. dona bint va 86,063 mln. dona jarrohlik doka salfetkalari tayyorlash uchun 1222,5 tonna ip kalava ishlab chiqaradigan korxona tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
umumiy qiymati 11.340.025 yevro (11.907.026 AQSh dollariga teng) bo‘lgan loyihani mablag‘ bilan ta’minlash Ispaniyaning “SESSE” eksport-import agentligi sug‘urta qoplamasi ostida Ispaniyaning “Vanso Santander Sentral Nisrano, S.A.” banki tomonidan va “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatining o‘z mablag‘lari hisobiga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshirilishi;
“Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyati tomonidan bint va jarrohlik doka salfetkalari tayyorlash bo‘yicha barpo etilayotgan ishlab chiqarish uchun qiymati 7.098.000 yevro bo‘lgan (7.452.900 AQSh dollariga teng) texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish, ularni montaj qilish va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan “Grupos De Aspirasion Y Caldereria, S.A.” (Ispaniya) kompaniyasi bilan kontrakt tuzilganligi;
“Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyati o‘z mablag‘lari hisobiga 3.295.2 ming so‘mlik (1991-yilgi narxlarda) qurilish-montaj ishlarini bajarganligi va ip kalava ishlab chiqarish asbob-uskunalarini montaj qilishni tugallayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ispaniyaning “Vanso Santander Sentral Nisrano, S.A.” bankining Ixtisoslashtirilgan “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki tomonidan qayta moliyalanadigan kreditini qaytarish “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatining o‘z mablag‘lari hisobiga 2 va 3-ilovalarga muvofiq amalga oshiriladi;
kreditni qaytarish davrida “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyati ishlab chiqarilayotgan bintlar va jarrohlik doka salfetkalarining 80 foizini va ip kalavaning 30 foizini erkin almashtiriladigan valyutaga tashqi bozorga yetkazib beradi.
4. “Asaka” banki Ispaniyaning “Vanso Santander Sentral Nisrano, S.A.” banki bilan kredit bitimlari tuzsin va qarz mablag‘larining “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatiga qayta moliyalanishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri “Asaka” bankining Ispaniyaning “Vanso Santander Sentral Nisrano, S.A.” banki oldidagi to‘lov majburiyatlari va “Asaka” bankiga “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatining to‘lov majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ispaniyaning “Vanso Santander Sentral Nisrano, S.A.” bankiga xorijiy kreditor uchun maqbul bo‘lgan shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. “Asaka” banki o‘zining valyuta resurslari hisobiga, loyihani investitsiyalash davridagi moliyaviy xarajatlarni to‘lash uchun “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatiga belgilangan tartibda kredit ajratishni nazarda tutsin.
8. “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatiga bintlar va jarrohlik doka salfetkalari ishlab chiqaradigan korxonani bir paytda loyihalash va qurishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Guliston shahridagi “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatining bintlar va jarrohlik doka salfetkalari ishlab chiqarish korxonasini O‘zbekiston Respublikasi 2000-yilgi investitsiya dasturining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida quriladigan obyektlar ro‘yxatiga kiritsin;
2000-yildan boshlab har yili paxta tolasidan foydalanish balanslarida Guliston shahridagi “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, xomashyo uchun amaldagi preyskurantlar bo‘yicha milliy valyutada haq to‘langan holda, limit ajratishni nazarda tutsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni konsullik yig‘imlaridan ozod qilgan holda, kelish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “O‘zfarmsanoat” davlat-aksiyadorlik konserni buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi. xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirishni davlat boji to‘lashdan ozod qilgan holda ta’minlasin.
12. “Sarbonteks” aksiyadorlik-ishlab chiqarish-savdo-tijorat jamiyatida ishlash uchun keladigan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashash va transportda yurish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha milliy valyutada haq to‘lash huquqi berilsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari H.S.Karomatov va B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Kredit miqdori — 6798300 yevro (7.138.215 AQSh dollariga teng). | |||||||||||
Bir martalik vositachilik haqi — 67983 yevro + boshqa xarajatlar — 20.000 yevro = 87983 yevro (92.382 AQSh dollariga teng). | |||||||||||
Foiz stavkasi — 4.54% + 2.46% (“Asaka” banki marjasi) = 7%. | |||||||||||
Kreditni qaytarish davri — 10 yil, shu jumladan 18 oylik imtiyozli davr. | |||||||||||
2000-y. | 2001-y. | 2002-y. | 2003-y. | 2004-y. | 2005-y. | 2006-y. | 2007-y. | 2008-y. | 2009-y. | Jami | |
Asosiy qarzni qaytarish | 799800 | 799800 | 799800 | 799800 | 799800 | 799800 | 799800 | 799800 | 399900 | 6798300 | |
Kredit uchun foizlarni to‘lash | 475881 | 461885 | 405899 | 349913 | 293927 | 237941 | 181955 | 125969 | 69983 | 13997 | 2617346 |
Bir martalik vositachilik haqi | 87783 | 2617346 | |||||||||
Qaytariladigan summaning hammasi: | 563664 | 1261685 | 1205699 | 1149713 | 1093727 | 1037741 | 981755 | 925769 | 869783 | 413897 | 9503429 |
AQSh dollari hisobida | 591847 | 1324769 | 1265984 | 1207198 | 1148413 | 1089628 | 1030843 | 972057 | 913272 | 434592 | 9978600 |
1. Kredit miqdori — 1.199.700 yevro (1259685 AQSh dollariga teng). | ||
2. Bir martalik vositachilik haqi — 11.997 yevro (12597 AQSh dollariga teng). | ||
3. Foiz stavkasi — (Eurolibor) 3.73% + 0,5% + 4% (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki marjasi) = 8.23% . | ||
4. Kreditni qaytarish davri — 360 kun . | ||
2000-yil | Jami | |
Asosiy qarzni qaytarish | 1199700 | 1199700 |
Kredit uchun foizlarni to‘lash | 98735 | 98735 |
Bir martalik vositachilik haqi | 11997 | 11997 |
Qaytariladigan summaning hammasi: | ||
yevro hisobida | 1310432 | 1310432 |
AQSh dollari hisobida | 1375954 | 1375954 |