21.05.2004 yildagi 5-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.11.2018
 LexUZ sharhi
2. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori yoki ajrimi ustidan FPKning 320, 322, 323 va 346-moddalarida belgilangan muddatlar va tartibda taraflar hamda ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar apellatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror esa protest keltirishi mumkinligini hisobga olib, apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilish masalasini hal etishda sudlar apellatsiya tartibida ish yuritishni qo‘zg‘atishning qonunda belgilangan shartlari hamda tartibiga rioya qilinganligini tekshirib ko‘rmog‘i kerak. Xususan, apellatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs apellatsiya tartibida shikoyat berish (protest keltirish) huquqiga egaligi yoki ega emasligini; ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan-kirmaganligini va mazkur hal qiluv qarori ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish mumkinligi yoki mumkin emasligini; apellatsiya shikoyati (protesti) mazmuniga taalluqli qonun talablariga rioya qilingan-qilinmaganligini; apellatsiya shikoyati bo‘yicha davlat boji to‘langan-to‘lanmaganligini tekshirishi lozim.
3. Apellatsiya shikoyati va protesti FPKning 322-moddasiga muvofiq apellatsiya instansiyasi sudi nomiga yoziladi, lekin hal qiluv qarori chiqargan sudga beriladi.
Bevosita apellatsiya instansiyasi sudiga berilgan shikoyat (protest) FPKning 325-moddasiga muvofiq rasmiylashtirish uchun hal qiluv qarori chiqargan sudga yuborilishi lozim.
4. Sudlar apellatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs apellatsiya shikoyati berishning (protesti keltirishning) FPKning 320-moddasida belgilangan yigirma kunlik muddatiga rioya qilgan-qilmaganligini tekshirayotganda bu muddat FPKning 127-moddasiga muvofiq hal qiluv qarori chiqarilgan kunning ertasidan boshlanishini inobatga olishi zarur.
6. Apellatsiya shikoyati yoki protesti, agar bu shikoyat yoki protest FPKning 322-moddasida belgilangan tartib buzilgan holda berilgan va mazkur Kodeksning 323-moddasi talablariga javob bermaydigan bo‘lsa, shuningdek davlat boji to‘lashdan ozod qilinmagan shaxs tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati, agar u shikoyat berish uchun boj to‘lamagan bo‘lsa, harakatsiz qoldirilishi lozim.
Qonun apellatsiya shikoyatiga nisbatan ma’lum talablar qo‘yganligi sababli FPKning 322 va 323-moddalari talablariga javob bermaydigan “dastlabki” apellatsiya shikoyatlari (protestlari) qabul qilinmasligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Sudya yoki sud raisi apellatsiya shikoyati yoki protestini olganidan keyin, FPKning 325-moddasiga muvofiq, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat yoki protestning nusxalarini yuborishi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni apellatsiya instansiyasida ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilishi, hal qiluv qarori ustidan shikoyat berishning (protest keltirishning) FPKning 320-moddasida belgilangan muddati o‘tgan vaqtdan e’tiboran o‘n kun ichida ishni tushgan shikoyat yoki protest bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
9. Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyati yoki protesti bo‘yicha tushgan ishni FPKning 331-moddasiga muvofiq, u (ish) kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay ko‘rishi lozim. Sudya FPK 325-moddasi 2-bandining ishda ishtirok etuvchi shaxslarni apellatsiya instansiyasida ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilishga doir talabini bajarar ekan, FPKning 331-moddasida nazarda tutilgan muddat buzilmasligini mo‘ljallagan, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisida shaxsan ishtirok etishining real imkoniyatini hisobga olgan holda ishni apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi lozim.
10. Apellatsiya instansiyasi sudlariga shu narsa ko‘rsatib o‘tilsinki, ishlar apellatsiya shikoyati (protesti) bilan birga tushganda FPK 325-moddasining 3-bandida belgilangan muddatlarga rioya qilinganligini aniqlash va bu muddat buzilganligi bilan bog‘liq har bir holatga xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirish zarur.
11. Apellatsiya shikoyati yoki protesti yuzasidan sudga tushuntirish berish (e’tiroz bildirish) hamda bu tushuntirishni (e’tirozni) tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilib topshirish FPKning 327-moddasiga asosan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqi ekanligi e’tiborga olinadigan bo‘lsa, mazkur hujjatlarning birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligi ishni apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishga to‘sqinlik qilmaydi.
12. Apellatsiya shikoyati bergan shaxs, FPKning 329-moddasiga muvofiq, o‘z shikoyatini to‘ldirish, o‘zgartirish va undan voz kechishga haqli.
13. Sudlarga shu narsa tushuntirib o‘tilsinki, FPKning 330-moddasiga asosan, apellatsiya shikoyati berilgan yoki protesti keltirilgandan keyin da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi, javobgarning da’vogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda bayon etilib, apellatsiya instansiyasi sudiga topshirilishi lozim.
15. Sudlarga tushuntirib o‘tilsinki, ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rishning FPKning 331-moddasida nazarda tutilgan muddatini uzaytirish masalasi bo‘yicha tegishli sud raisi qaror chiqaradi.
17. Apellatsiya instansiyasi sudida FPKning 92 va 93-moddalarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq ish yuritishni to‘xtatib turish FPKning 7-bobida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
20. Sud chiqargan hal qiluv qarorining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini apellatsiya instansiyasi FPKning 332-moddasiga muvofiq to‘liq hajmda, shu jumladan shikoyat keltirmagan shaxslarga nisbatan ham, tekshiradi.
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, FPK 57-moddasining talablariga ko‘ra dalillarni taqdim etish majburiyati taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar zimmasiga yuklatiladi, sud esa ularning iltimosnomasiga asosan dalillarni to‘plashda yordam ko‘rsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
v) FPK 314-moddasi ikkinchi qismining 1–8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga va ishni birinchi instansiya sudiga yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborishga;
g) hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga hamda FPKning 97 va 100-moddalarida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra ish yuritishni tugatishga yoxud arizani ko‘rmasdan qoldirishga haqli.
26. Apellatsiya instansiyasi sudi ishdagi mavjud materiallar (dalillar), shuningdek qo‘shimcha taqdim qilingan hujjatlar (dalillar) asosida ish uchun ahamiyatga molik holatlarni aniqlasa, FPK 343-moddasining 2-bandiga asosan, ishni yangidan ko‘rish uchun yubormasdan hal qiluv qarorini o‘zgartirishga yoxud mazkur qarorni butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga haqli.
29. Apellatsiya instansiyasi sudiga FPKning 213 va 215-moddalari talabiga muvofiq, aniqlangan ish holatlaridan kelib chiqib hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki yangi hal qiluv qarori chiqarish haqidagi ajrimda yo‘l qo‘yilgan arifmetik xatoni tuzatish, shuningdek ushbu ajrim tushunarli bo‘lmasa, uni qo‘shimcha ajrimda tushuntirish huquqi berilgan.
Apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini o‘zgartirar yoki uni butunlay yoxud qisman bekor qilar hamda yangi hal qiluv qarori chiqarar ekan, FPK 214-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, protsessual qonun mazkur normasining ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan tartibda va muddatlarda qo‘shimcha ajrim chiqarishga haqli.
30. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, protsessual huquq normalarini FPK 314-moddasi ikkinchi qismining 1–8-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan tarzda buzish hollarining istalgan birini apellatsiya instansiyasi sudi aniqlagan taqdirdagina birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori albatta bekor qilinishi, ish esa birinchi instansiya sudiga yangidan ko‘rish uchun yuborilishi kerak.
Ish birinchi instansiya sudida ko‘rilayotganda FPKning 92-moddasida nazarda tutilgan ish yuritishni to‘xtatib turish uchun asoslar bo‘lgani holda ish birinchi instansiya sudi tomonidan mazmunan hal qilinganligi (bu asoslar apellatsiya shikoyati yoki protestini ko‘rib chiqish vaqtida ham saqlanib turgan bo‘lsa) hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish yuritishni to‘xtatib turish zarurligi ko‘rsatilgan holda ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga asos bo‘lishini sudlar e’tiborda tutmog‘i lozim.
31. Apellatsiya instansiyasi sudi FPKning 97 va 100-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga, ish yuritishni tugatishga yoki arizani ko‘rmasdan qoldirishga, agar apellatsiya instansiyasi sudida shunday qaror qabul qilinishiga sabab bo‘luvchi holatlar aniqlangan bo‘lsa, haqlidir.
Sudlarning e’tibori apellatsiya instansiyasi sudi majlisining bayonnomasi FPKning 21 va 22-moddalari talablariga muvofiq ravishda yuritilishi zarurligiga qaratilsin.
35. “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasiga muvofiq, ish bo‘yicha apellatsiya tartibida ish yuritish kassatsiya tartibida ish yuritishni istisno qiladi. Apellatsiya tartibida shikoyat berilgan (protest keltirilgan) hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ko‘rilmasdan qoldirilishi lozim.
37. O‘zbekiston Respublikasi FPKning 219-moddasiga asosan darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv qarorlari ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish ularning ijrosini to‘xtatmaydi.
38. Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan shikoyat berishning (protest keltirishning) FPK 346-moddasining birinchi qismida belgilangan o‘n kunlik muddat sud tomonidan ajrim taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.
39. Sud majlisida ishtirok etmagan tarafga hal qiluv qarorini sirtdan chiqargan sudga shu hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqida FPKning 229-moddasiga muvofiq ariza berish huquqi berilganligi, unda (sud majlisida ishtirok etmagan tarafda) sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirmay qoldirish to‘g‘risida sud chiqargan ajrim ustidan FPKning 232-moddasining ikkinchi qismiga asosan xususiy shikoyat berish huquqi borligidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori ustidan ayni bir vaqtda apellatsiya tartibida shikoyat berish imkoniyatini istisno qiladi.
41. Agar sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani FPK 233-moddasining 1-bandiga muvofiq qanoatlantirmay qoldirish to‘g‘risida sud chiqargan ajrimga berilgan xususiy shikoyatni ko‘rishda, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilishning FPKning 234-moddasida nazarda tutilgan asoslari aniqlangudek bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirmay qoldirish to‘g‘risida sud chiqargan ajrimni hamda sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuboradi.
Apellatsiya instansiyasi sudi, agar u sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini ko‘rayotganda sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilishning FPKning 234-moddasida nazarda tutilgan asoslari mavjudligini aniqlasa, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni mazmunan ko‘rishni tiklagan holda ko‘rib chiqish uchun uni o‘sha sudning o‘ziga yuborishga haqli.