LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyuldagi 313-sonli “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son qaroriga muvofiq hamda alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2009-yil 1-apreldan boshlab alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlarga dizayni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan, himoyaning qo‘shimcha darajalariga ega bo‘lgan yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilsin.
2. Belgilansinki, eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan hamda ulgurji va chakana savdo tarmog‘idagi alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab olti oy o‘tgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yilishi kerak.
yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishini alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar e’tiboriga yetkazsinlar;
ishlab chiqaruvchi korxonalar va import qiluvchilarning yangi namunadagi aksiz markalari tayyorlashga buyurtmalari “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida o‘z vaqtida joylashtirilishini ta’minlasinlar;
2009-yil 1-oktabrdan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilishi hamda ulgurji va chakana savdo tarmog‘ida ularning sotilishini aniqlash va oldini olish, shuningdek ushbu mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qo‘yish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 285-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 8-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chetdan keltiriladigan va respublikaning o‘zida ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
“4. Alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlariga aksiz markalarining dizayni har 2 yilda yangilab turilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda aksiz markalarining dizayni almashtiriladigan joriy yilning 1-fevraligacha:
himoyaning qo‘shimcha darajalari joriy etilishini hisobga olgan holda yangi namunadagi aksiz markalarining dizaynini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar;
yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar.
O‘zbekiston Respublikasi hududida eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotishga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab olti oy mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsat beriladi.
Eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan hamda ulgurji va chakana savdo tarmoqlaridagi alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlari yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab olti oy o‘tgandan keyin markalanmagan hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yilishi kerak”.
“alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar — buyurtma berilayotgan aksiz markalari sonining to‘liq nominal qiymatini va aksiz solig‘ining barcha summasini”;
“Alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini import qiluvchilar aksiz markalarini aksiz solig‘ini to‘liq hajmda to‘lagandan keyin sotib oladilar”.
“19. O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz markalari bilan markalanmagan alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan, ularni olib kelayotgan va sotayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar”.